O‘ZBekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus talim vazirligi


Loyihalanadigan binoda olib boriladigan texnologik jarayonlar va binoning issiqlik-namlik rejimi haqida malumot


Download 1.42 Mb.
bet2/5
Sana23.12.2022
Hajmi1.42 Mb.
#1048117
1   2   3   4   5
Bog'liq
sanoat asliddin

3. Loyihalanadigan binoda olib boriladigan texnologik jarayonlar va binoning issiqlik-namlik rejimi haqida malumot.

Loyihalash uchun topshiriq sifatida Nukus shahrida quriladingan temir beton buyumlari zavodining orayopma plitalari ishlab chiqarish sexi binosi berilgan. Loyihalanadigan temirbeton buyumlari zavodi sanitariyaviy klassifikatsiyasi bo‘yicha sanoat korxonalarining 2-guruhiga kiritilib ishlab chiqarish jarayonlari noqulay sharoitlarda o‘tadi, lekin jarayon mobaynida ko‘p miqdorda issiqlik, chang va namlik ajralib chiqmaydi. Loyihalanadigan bino 2 ta 18 metr kenglikda joylashgan o‘zaro parallel bo‘lgan prolyotdan tashkil topgan. Proletlarda texnologik jarayonlar bo‘ylama ravishda tashkil etilgan. Loyihalanadigan binoda texnologik jarayonlarni amalga oshirish uchun asosiy xom ashyo sifatida beton va temir ( turli armaturalar, simlar) maxsulotlaridan foydalaniladi. Betonni tayyorlash uchun suv, to‘ldiruvchi sifatida mayda chaqiq tosh va qumdan, bog‘lovchi sifatida sementdan foydalaniladi. Loyixalanadigan sexga beton qorishmasi RMZ zavodida markazlashgan xolda tashkil etilgan beton qoruv sexidan, aramatura karkaslari esa karkaslarni tayyorlovchi sexdan olinadi.


Loyihalanadigan bino normal issiqlik-namlik rejimiga ega bo‘lib isitilmaydigan binolar tarkibiga kiritiladi.
4. Loyihalanadigan binoning xajmiy-tarxiy yechimi.

Loyihalash uchun topshiriq sifatida berilgan Paxtakor shahridagi temir beton buyumlari zavodining orayopma plitalari ishlab chiqarish sexining gabarit o‘lchamlari quyidagicha :


-binoda prolyotlar soni jami 2 ta bo‘lib kengligi 18 metr bo‘lgan parallel prolyotlar

- 2 ta parallel prolyotlarda qavatning balandligi -7.2 m;


- bo‘ylama o‘qlar bo‘yicha joylashgan yuk ko‘taruv konstruksiyalarining qadami -6m;
- binoning uzunligi 2ta parallel bo‘ylama proletlarda -60 m;
- loyihalanadigan binoning barcha prolyotlarida qo‘llanilgan ko‘prikli kranlarning yuk ko‘tarish qobiliyati -5 t;

Loyixalanadigan bino karkasli konstruktiv sxema asosida loyixalangan bo‘lib, binoning asosiy yuk ko‘taruv konstruksiyalari, yani yuk ko‘taruvchi elementlari ko‘ndalang ramalardan tashkil topgan. Binoning parallel prolyotlardagi bo‘ylama yo‘nalishdagi yuk ko‘taruv konstruksiyalari A, B, va C bo‘ylama o‘qlar bo‘yicha, ko‘ndalang yo‘nalishdagi yuk ko‘taruv konstruksiyalari esa 10 va 11 ko‘ndalang o‘qlar bo‘yicha joylashtirilgan.


Binoning parallel prolyotlari, yani A, B, va C bo‘ylama o‘qlar bo‘yicha uzunligi 60 metrni tashkil etadi. Sanoat binolarida unifikatsiyalangan prolyotlar va seksiyalarni loyihalashga qo‘yilgan talablardan kelib chiqib binoning 8-sonli ko‘ndalang o‘qida parallel prolyotlar uchun deformatsion (cho‘kish) chokini qabul qilamiz.
Loyihalanadigan binoda yuk ko‘taruvchi elementlarni modul muvofiqlashtiruvchi o‘qlarga bog‘lash ishlarini loyihalandigan binoning prolyoti, balandligi va bo‘ylama yo‘nalishda joylashgan konstruksiyalarning qadamini hisobga olgan holda aniqlaymiz. Binoning A va C o‘qlar bo‘yicha joylashgan chekka qator ustunlarini “nol” bog‘lam asosida qabul qilamiz, yani A va C o‘qlar bo‘yicha joylashgan yuk ko‘taruv konstruksiyalarining chekka qirralari va o‘qlar orasidagi masofani nolga teng deb qabul qilamiz.
Loyihalanadigan binoda yuk ko‘tarish og‘irligi 5 tonna bo‘lgan ko‘prikli kranlarning mavjudligini hisobga olgan holda, konstruktiv elementlarni modul muvofiqlashtiruvchi o‘qlarga bog‘lash qoidalaridan kelib chiqib, o‘zaro parallel prolyotlarning birinchi va oxirgi, yani 1 va 11 ko‘ndalang o‘qlarida, ko‘ndalang cho‘kish choki joylashgan 8-sonli o‘qda, ko‘ndalang prolyotning birinchi va oxirgi, yani A va C bo‘ylama o‘qlarida joylashgan ustunlarning geometrik o‘qlarini asosiy o‘qlardan 500 mm ichkariga siljitamiz.
Yuqoridagi rejalashtiruv asosida A,B, va C bo‘ylama o‘qlar hamda 1-11 ko‘ndalang o‘qlarda joylashgan yuk ko‘taruv konstruksiyalarining geometrik o‘qlari va reja o‘qlariga bog‘lash amalga oshirilgan.



Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling