O`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi


Download 1.01 Mb.
bet2/9
Sana07.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1083350
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mustaqillik yillarida Ozbekistonda shakllangan muzeylar va ularning ahamiyati

II. Asosiy qism.
1. Muzeylar ajdodlar xotirasi koʻzgusi .
Muzeylarning dastlabki vatani Yunonistondir. Yunonistonda Gelikon tog’i atrofida muzalarga bag’ishlab har besh yilda bir marta bayramlar o’tkazilib.unda shoirlar, rassomlar, va haykaltaroshlarning o’zaro musobaqalari bo’lib turgan.
Muzeylar ayniqsa Evropada Uyg’onish davrida rivojlangan. 15 asrda Italiyada ilk marotaba ommaviy muzey ochilgan. Londondagi Britaniya muzeyi (1753), Parijdagi Luvr muzeyi (1793) va boshqalar ham Evropadagi ilk ommaviy muzeylardan hisoblanadi.
O’rta Osiyo, xususan O’zbekiston muzeylari haqida gapiriladigan bo’lsa, san’at asarlari, badiiy boyliklar, odamlar sig’inadigan hayvonlar, xudolarning haykallari va yozuvlari qadrlangan va yig’ib borilgan, ammo ommaviy muzeylar yurtimizda rus bosqinidan keyin paydo bo’lgan.
O’rta Osiyo xalqlari qadimdan Yaqin Sharq va G’arb davlatlari, ya’ni Urartu, Misr, Gretsiya, Bobil, Rim kabilar bilan iqtisodiy va madaniy aloqalar o’rnatganlar. O’rta Osiyo zaminida o’tgan mashhur «Buyuk ipak yo’li» Sharqiy Osiyo va Hindistonni O’rta er dengizi mamlakatlari bilan bog’lar edi.
Bunday jozibali o’lka barcha davlatlarda chet el istilochilarining diqqat markazida bo’lgan. Shu sababli taqdir taqazosi bilan O’rta Osiyoning tarixiy qismati juda og’ir kechdi. Bosqinchilik urushlari, hukmron doiralarning o’zaro ichki ziddiyatlari tufayli to’s — to’polonlar ham tez — tez yuz berib turgan.
Doimiy qirg’inlar tufayli betakror saroylar, go’zal shaxarlar, noyob inshootlar vayronaga aylanib, yig’ilgan bebaho madaniy boyliklar g’oliblar o’ljasi bo’lardi.
Muarrix Muxammad Narshahiyning guvoxlik berishicha, arablar Poykant janglaridan hisobsiz tillo, kumush buyumlar, qurol aslahalar, qimmatbaho kiyim — kechaklardan iborat katta o’lja bilan qaytganlar. Arab istilosi davrida xazina to’plash, madaniy boylik jamg’arish ishlarida durustroq siljish yuz bermadi.
O’rta Osiyoda mustaqil Somoniylar davlatining (IX — Xasrlar) barpo bo’lishi bu borada tubdan o’zgarish qildi. Bu davrda saroy boyliklaridan tashqari, katta kutubxonalar, arxivlar tashkil etildi.
Tarix guvoxligicha, X asrdagi Buxoro va Sheroz amirliklari kutubxonalarida insoniyat yaratgan ko’plab nodir kitoblar bo’lgan. G’aznaviy sulolasining asoschisi Muxammad G’aznaviy ham juda ko’p kitoblar to’plagan. Xorazmshoh Muxammad mamlakatning ravnaqi yo’lida katta ishlar qildi. Go’zal saroylar, qasrlar, maqbaralar qurdi. Nodir moddiy — ma’naviy boyliklar to’plandi, ammo bu betakror san’at va madaniyat yodgorliklari, butun shahar mo’g’ul bosqinchilari istilosi tufayli yo’qotildi. Kutubxonalar yondirildi, madaniy hayot 100 yillar orqaga chekindi.
Oradan 150 yil o’tgandan so’ng O’rta Osiyoda fan va madaniyat qayta kurtaklay boshladi. Ayniqsa, Amir Temur tomonidan yagona markazlashgan davlat tuzilishi va Samarqandning poytaxt qilinishi katta boyliklarning to’planishiga sabab bo’ldi. Me’moriy yodgorliklar, maqbaralar, masjid — madrasalar, saroylar qurildi.
Amir Temur zabt etgan mamlakatlardan qadimiy qo’lyozmalar, xon, amirlarga tegishli yozishma va elchilik hujjatlari, musulmon dunyosining muqaddas kitobi bo’lmish «Usmon Qur’oni»ning asl nusxasini Samarqandga keltirdi. Dunyoga mashhur Temur kutubxonasini barpo etdi. Temurning sevikli nabirasi, Sharqning buyuk astronom olimi Mirzo Ulug’bek bu kutubxonani yanada boyitdi.
Temuriy hukmdorlarning hammasi madaniyatni rivojlantirishga katta hissa qo’shdilar.
Ma’lumotlarga ko’ra, Alisher Navoiyning juda katta, nodir, qo’lyozmalarga boy shaxsiy kutubxonasi bo’lgan. Bu kutubxonadan tarixchi Xondamir, musavvir Bexzod va boshqa olimu fozillar foydalanganlar.
Buxoro-Xiva xonliklarida ham nodir qo’lyozmalar kollektsiyasini to’plab saroy va shaxsiy kutubxonalar barpo etish odat bo’lgan edi.
Xiva xoni Muxammad Raxim II, (Feruz tahallusi bilan mashhur shoir 1865—1910) kutubxona barpo etib uni dunyoning har chekkasidan keltirilgan nodir qo’lyozmalar bilan boyitib boradi. O’rta Osiyoda birinchi bo’lib Xivada litografiya tashkil qilib, noshirlik san’atini rivojlantiriladi.
XIX asrda Xiva xonligi o’zining kitob xazinasi bilan dunyoga mashhur bo’ladi. Bu erda arab, fors —tojik tillaridagi qo’lyozmalar o’zbek tiliga tarjima qilingan.
Qo’qon xonligida ham boy kutubxona bo’lib, nodir qo’lyozmalarga ega edi. Bu davrda O’rta Osiyoning yirik shaharlari Farg’ona, Buxoro, Qo’qon, Toshkent va boshqa shaharlarda kitob ixlosmandlari bo’lib, ular juda katta mablag’ sarflab nodir qo’lyozmalarni yiqqanlar. Masalan: Toshkentda Jo’rabekning shaxsiy qo’lyozmalar kollektsiyasi mashhur edi. (1906 yilda o’ldirilgan.), Boqijon boy, Qozi Muxiddin, Andijondagi Dukchi Eshon kutubxonalari, Buxoroda yashagan Qozi Sharifjon Maxzun Ziyoning kutubxonasi va undagi qo’lyozmalar o’zining nodirligi va qadimiyligi bilan mashhur edi.
Shunday qilib, yuqoridagi faktlar asosida shunday xulosaga kelish mumkinki, O’rta Osiyo diyorida moddiy va ma’naviy yodgorliklarni to’plash asriy an’ana bo’lib, milliy xususiyatlarga, islom dini urf odatlarga rioya qilgan holda amalga oshirilgan.
O’rta Osiyolik buyuk allomalarning qomusiy, shox asarlari XII asrdan Ovrupa mamlakatlarida lotin tiliga tarjima qilinishi, dunyo fani rivojiga katta hissa qo’shdi. Sharq, mamlakatlarida esa, bu shoh asarlar kutubxonalarning oltin fondiga aylandi.
Qadimdan Yevropalik olimlar, hukmron doiralar O’rta Osiyo xalqlarining tarixi, madaniyati va madaniy yodgorliklarini egallashga harakat qilardilar. Keyingi davrga kelib, O’rta Osiyodan faqat erli mualliflarning qo’lyozmalari emas, balki Sharqdagi buyuk mutaffakkirlarning faqat nomlarigina ma’lum, ammo o’zi topilmagan asarlari ham xuddi shu erdan chiqish mumkin degan mulohazada bo’ldilar.
Darhaqiqat, ularning taxminlari to’g’ri chiqdi va izchil olib borilgan harakatlari natijasida O’rta Osiyoning ma’naviy hazinalari Ovro’po — Osiyo davlatlarining mulkiga aylandi. Bu ishlar xilma —xil yo’llar bilan amalga oshirildi: bu boyliklar xonliklarga kelgan elchilarga sovg’a sifatida berildi, savdogarlar, ataylab kelgan sayyoxlarning harakatlari, o’rtadadagi vositachilar orqali va bosqinchilik harakatlari tufayli xorijiy mamlakatlarga chiqa boshladi. Masalan: 1740 yili Eron shohi Nodirshoh O’rta Osiyoni bosib oladi va Amir Temur maqbarasidan ko’p yodgorliklarni oladi: Temur qabri ustidan nefrit toshi, sohibqironning maqbaraga qo’yilgan oltin sopli qilichi va qalqonlari, qabr ustiga qo’yilgan Qur’on Samarqanddan bosib olingan bexisob o’ljalar ichida olib ketiladi. Ammo Temur qabri toshini yo’lda sinib qolgani uchun tezikda qaytaradi.
1831 — 1833 yillarda Ost —Indiya kompaniyasining leytenanti Aleksandr Byorns Buxoroda yashab, qadimiy tilla va kumush tangalarni yig’adi va 200 dan ortiq nodir numizmatika kollektsiyasini barpo etib, Britaniya muzeyiga taqdim etadi. Hozir bu kollektsiya bebaxo hisoblanadi. AxMMO bu borada Rus imperiyasi alohida keng ko’lamda «izlanish» ishlarini olib bordi.
Bu jarayon ayniqsa XIX asrga kelib juda avj oldi.
Peterburgdagi Osiyo muzeyining direktori, sharqshunos olim X. D. Fren 1834 yil O’rta Osiyodan izlab topilishi mumkin bo’lgan Sharq mualliflariga mansub «Yuz asarning xronologik ro’yxati» ni tuzib chiqdi.
Orenburg bojxonasiga savdogarlarni jo’natish va ko’rsatilgan qo’lyozmalarni Peterburgga yuborish haqida farmoyish berildi, bu vazifa buyurganidan ham a’lo darajada bajarilib, Yaqin va O’rta Sharq xalqlari tarixi geografiyasiga doir qimmatli qo’lyozmalar Peterburgga oqib kela boshladi. Bu O’rta Osiyo moddiy va ma’naviy yodgorliklarining olib kelinishining birinchi bosqichi edi.
Shu davrdayoq Ovro’po davlatlari va Rusiyaning podsho saroylari kutubxonalarida Turkiston yodgorliklari paydo bo’la boshladi. 1853 yili rus qo’shinlari tomonidan Oq masjid qal’asining qo’lga kiritilishi paytida moddiy va ma’naviy xazinalarimiz rus qo’shini tomonidan vaxshiylarcha talandi.
1869 yildan rejali o’lja yig’ish choralari ishlab chiqildi. Soldat — ofitserlar qo’llariga Peterburgda yozilgan tavsiyanoma berilib qanday narsalarga ahamiyat berishliklari ko’rsatilgan edi. Asosiy maqsad: Turkiston shaharlari va xonliklardan qo’lyozmalar, hujjatlar, tanga, muxr, amaliy san’at namunalari, osori — atiqalar, mahalliy hunarmandlarning ijod maxsulotlari, gilamlar, mis o’ymakorligi buyumlari, nodir egar — jabduqlar, zargarlik buyumlari, ayniqsa, soplari dur, gavxar toshlari bilan bezatilgan qimmatbaho metallardan yasalgan qilich, xanjar, pichoqlar va boshqa buyumlar Peterburgdagi muzey xamda kutubxonalarga jo’natilishi kerak edi.
Harbiy boshliqlar va amaldorlar bu qimmatbaho yodgorliklardan o’zlariga kollektsiya to’plashni ham unutmadilar.
1869-yili Samarqandda Turkistonnning birinchi general —gubernatori K. P. Fon Kaufman (1867—1882Y) musulmon dunyosining muqaddas kitobi VII asr Kufa qo’lyozma yodgorligi «Usmon Qur’oni»ni Peterburg imperatoriga jo’natdi.
1870-yili Buxoro amiri fuqarolari qo’zg’olonini bostirish bahonasidagi harbiy yurishda Shahrisabz va Kitob beklariga qarashli joylardan 97 jild qadimiy qo’lyozmalar tortib olindi.
Madaniy va ma’naviy yodgorliklarni ilmiy asosda yig’ish 1873 yili Xiva xonligiga yurish oldidan juda mukammal tashkil qilindi. Bu ishga Peterburgdagi rus geografiya jamiyati bosh qosh bo’ldi. Yirik sharqshunos olim P. I. Lerx xonlikda nimalarga e’tibor berish va yig’ish haqida mukammal dastur ishlab chiqib Turkistonga yubordi. Dastur, ya’ni «Ko’rsatma» tipografiya yo’li bilan nashr qilinib soldat va ofitserlarga tarqatildi.
«Ko’rsatmaning» maxsus bo’limida arxiv hujjatlari, tilla, kumush tangalar va qo’lyozma kitoblarni yig’ish alohida qayd etildi. Yana ko’rsatiladiki, yuqoridagi yodgorliklar, qozixonalar, masjid — madrasa va xonadonlardan olinsin. Bu erlarda Abu Rayxon Beruniy, A. Navoiy va boshqa mutaffakkirlarning qo’lyozmalari bo’lishi shartligi ko’rsatiladi. Yozilgan qo’lyozma va osori — atiqa buyumlarini Peterburgga jo’natish Turkiston general — gubernatorining faxriy maslahatchisi sharqshunos olim A. L. Kun zimmasiga ma’muriy yo’l bilan yuklatiladi. Soldat va ofitserlarni rag’batlantirish yo’llari ko’rsatiladi.
Bu paytda Xiva xoni shoshilinch ravishda qochgan bo’lib, saroy bosqiichilar ihtiyorida qolgan edi. Xon saroyi va undagi xazinalar talon —taroj etildi, qo’lyozmalar va hujjatlar Peterburg imperatori kutubxonasiga (hozirda S. Shedrin nomidagi Peterburg davlat kutubxonasi) jo’natildi. Xiva xoni taxti esa 1874 yilda Moskvadagi qurol aslaha palatasiga topshirildi. Bu taxtni ilmiy tavsif etgan rus olimi V. V. Stasov: «Bu taxt Xiva hunarmand ustalarining mahorat cho’qqisi, ya’ni metallga gul solish hunarining betakror mahsuli» deydi. Xon saroyidan olingan qimmatli o’ljalar ichida 200 ta pul yasaydigan qoliplar, 25 pud tilla va kumush, xon muhri, 200 dan ortiq qadimiy tangalar, behisob qimmatli toshlar va tillodan yasalagan zargarlik buyumlari va kiyim — kechaklar bor edi. Bu narsalar Peterburg va Moskva muzeylariga Ermitaj, Tsarskoselskiy arsenal, Moskva politexnika muzeyi, etnografiya muzeyi va boshqa joylarga jo’natildi. Bular butun dunyodan keltirilgan san’at durdonalari edi. Behisob Xitoy chinni idishlari, Eron, turkman ipak gilamlari, Kashmir ro’mollari, ajoyib chopon va qurol aslahalardan, behisob zargarlik buyumlaridan iborat edi. Faqat XVII —XVIII —XIX asrga oid Xitoy chinnisidan yasalgan buyumlar 1000 dan ortiq bo’lib bu narsalar rus ofitserlariga o’lja bo’ldi.
1875—1876 yili Qo’qonga yurish bo’ldi, xonlik tugatilib, xonlik xazinasi, undagi qo’lyozmalar qimmatli mis, tilla, kumush buyumlar, qurol aslaxalr Peterburgga jo’natildi. Qo’qondan olingan misgarlik, zargarlik buyumlari shu vaqtgacha yirik muzeylar — Ermitaj, Britan muzeyi va boshqa muzeylarning ko’rgazmalarida ko’rsatilmoqda. Shunday qilib, O’rta Osiyo xalqlarining to’kilgan qonlari hisobiga Turkiston erida 5 ta ma’muriy viloyat: Sirdaryo, Zarafshon (Samarqand), Farg’ona, Kaspiy orti viloyati, Ettisuv tuzilib general — gubernatorga qaram bo’ldi va Rossiyaning to’la ma’nodagi koloniyasiga aylandi.
Buxoro bilan Xiva rus imperiyasining tobe xonliklari bo’lib qoldi. O’lkada yarim podsho Turkiston general — gubernator bo’lib, u cheklanmagan vakolatga ega edi.
Endi yangi vazifa O’rta Osiyoning ulkan territoriyasini o’zlashtirish, uni chorizmning Sharqdagi istehkomiga, boyish manbaiga aylantirish, o’lkani mukammal o’rganish, ya’ni o’lkani er osti va er usti boyliklarini o’simlik va hayvonot olamini, tarixini, etnografiyasini o’rganish zarur edi.
Bu borada katta dastur ishlab chiqildi: unda Turkistonning qadimgi tarixi, moddiy va ma’naviy yodgorliklari, geografiyasi, er osti va er usti boyliklari, tabiati, hayvonot dunyosi, urf odatlari, hayot tarzini keng ko’lamda o’rganish va o’zlashtirish mo’ljallangan edi.
Shu maqsadda general — gubernator xuzurida faxriy maslaxatchilar shtati barpo etildi va bu lavozimlarga sharq tarixi bilimdonlari jalb etildi.
Peterburgdan sharqshunos olimlar O’rta Osiyoga doimiy va uzoq muddatli komandirovkalarga kelib mahalliy kollektsionerlar va sharqshunoslar yordamida har taraflama tekshirish o’tkazar edilar. Ular ishni arxeologik qazilmalar va betakror maqbara va madrasalardan boshlar edilar. Bu ishlarning atijasi o’laroq, ular ixtiyorida qadimiy nodir yodgorliklar, qimmatli manbalar to’planardi. Bu noyob manbalar Peterburg muzey va kutubxonalariga jo’natiladi. Ular Peterburgning hamma shaharlariga general gubernator vakolati bilan borib xon saroylari, madrasalar, masjidlar, qozixona va savdogarlarning shaxsiy kollektsiyalarini, moddiy va madaniy yodgorliklarni, qadimiy nodir qo’lyozmalarni izchil ravishda qo’lga kiritib, saralab Peterburgdagi arxeoglogiya komissiyasiga, Osiyo muzeyiga va Imperator kutubxonasiga uzluksiz jo’natib turdilar. Bulardan tashqari shu maqsad yo’lida 1867 yildan to 1917 yilgacha Turkistonda 15 tadan ortiq ilmiy jamiyat va to’garaklar ishlab turgan.
1895 yilda Toshkentda arxeolog, etnograf va antropologlar to’garagi tashkil etilib, unga Nikolay Petrovich Ostroumov boshchilik qildi. To’garakning asosiy vazifasi — o’lkaning boy madaniyati va tarixini o’zida mujassamlashtirgan yodgorliklarni to’plash hamda o’rganish bo’ldi. Bu ishda Peterburgdagi imperator arxeologlar jamiyati bilan hamkorlik yo’lga qo’yilgan edi. To’garak to’plangan yodgorliklar haqida markazga axborot berib turar va markazdagilarning tavsiyasi bilan qo’lga kiritilgan yodgorliklarni Peterburgga jo’natar edilar. 1898 yilda Andijon qo’zg’olonining sardori Dukchi Eshon kutubxonasi musodara qilindi. Undagi 194 nodir qo’lyozma tezlikda Peterburgga jo’natildi. Turkiston xazinalarini markazga yuborishda jonbozlik ko’rsatgan yana 3 chi bir guruh bor ediki, ular mahalliy havaskor yodgorliklar muxlislari edilar. Ular o’lka ziyolilari, rus ma’muriyatining rasmiy xodimlari va katta kichik harbiy amaldorlar edilar. Rus tarixining namoyandalari o’zlarining Turkistonda olib borgan ilmiy va yodgorliklarni to’plash ishlarida mahalliy muxlislarga tayandilar. Masalan: samarqandlik Mirza Qosimov, toshkentlik savdogar Akrom Asqarov, samarqandlik Mirza Abdulla Buxoriy, etnograf Shoximardon Ibrohimov, samarqandlik Abu Said Maxsum, arxeolog Olim Turdi Mirg’iyosov va boshqalar. Bulardan tashqari, yana Peterburg, Moskva muzeylaridan behisob mutaxassislar tez — tez o’lkaga keldilar va hisobsiz yodgorliklarni olib ketdilar. Shunday qilib, bunday jozibali, afsonaviy o’lka rus hukmdorlarini shoshiltirib qo’ydi. O’lkada har taraflama «ilmiy tekshirish» ishlari rivojlanib ketdi. Chor hukumati Turkiston o’lkasi xalq ommasiga milliy jihatdan o’zini anglash uchun imkon bermas, chunki ular orasida tarixiy bilimlarni keng tashviqot qilish va ular e’tiborini qadimgi yodgorliklar qimmatiga jalb etish chorizmning mustamlaka siyosatiga putur etkazadi, deb hisoblardilar. Lekin O’rta Osiyoni o’z mustamlaka mulki deb bilgan chorizm beqiyos boyliklarni o’zlashtirish uchun Turkistonni ilmiy asosda o’rganish zarurligini yaxshi tushunardi.
Ilmiy jamiyatlar, Turkiston o’lkasining tadqiqotchi olimlari, ayrim shaxslar, ayrim muassasalar o’z fondlarini Turkiston o’lkasi mineralogiyasi, zoologiyasi, numizmatikasi, etnografiyasi, flora, fauna dunyosiga oid ajoyib kollektsiyalar bilan to’ldirib oldilar.
Shu munosabat bilan tarqoq kollektsiyalarni birlashtirish va ularni Peterburgga jo’natish uchun saralash markazi lozim bo’lib qoldi. Buning uchun eng qulay Markaz muzey hisoblanib, o’lkada muzey tashkil etish masalasi ko’tarildi. Jumladan, A. P. Fedchenko Turkiston general gubernatoriga tayyorlagan axborotda «Turkistonni muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun u bilan asosli ravishda tanishib chiqish kerak, muzey esa buning eng yaxshi vositasidir», deb yozgan edi.
Shunday qilib, A. P. Fedchenko, I. V. Mushketov, V. F. Oshanin, V. V. Bartold va boshqalar Turkistonda muzeylar qurilishining tashabbuskorlari bo’ldilar.
1876 yil birinchi bo’lib Toshkent muzeyi (hozirgi O’zbekiston tarixi davlat muzeyi) ochildi. Shu paytdan e’tiboran, O’rta Osiyoda bosh muzeyning mavjudligi rasman tan olindi.
1896 yili Samarqand, 1898 yili Ettisuv, 1899 yili Farg’ona va Kaspiy orti (Ashxobot) o’lka muzeylari barpo etildi.
Ekspozitsiyalarning mazmuniga kelsak, uning asosiy vazifalaridan biri chorizm qurolining O’rta Osiyodagi g’alabalarini sharaflashdan iborat bo’lib, Turkistonni bosib olishdagi rus generallari va ofitserlarining ko’rsatgan «jangovarligi» madx etilib, ularning sanoqsiz portretlari ko’rsatilgan edi. Ekspozitsiyalarda mahalliy tillarda izoh tekstlari berilmasdan, mahalliy axoli muzeyni ko’rish va tushunish uchun qisqacha izohlarga muxtoj edi.
Umuman, mustamlaka ma’muriyati muzey ekspozitsiyalardan, hukumron metropoliya g’oyalarini targ’ib qilish uchun foydalanar edi. Bu ishda rus burjuaziyasi, savdogarlar hamda korchalonlar, mustamlaka tabiiy boyliklarini suiste’mol qilishdagi o’z yutuqlarini namoyish etish va shu bilan o’z mahsulotlarini pullash uchun reklama yaratishga harakat qilar edilar.
Shunday bo’lsada, XIX asrda Turkiston o’lkasida dastlabki muzeylarning yuzaga kelishi o’lkada madaniyatning rivojiga qo’shilgan hissa, deb bilamiz. Mahalliy aholining oz qismi ziyolilari muzey ekspozitsiyalari bilan tanishib, o’lkalarining o’z tabiati, er osti va usti boyliklaridan namunalar ko’rib, o’zligini bilishda turtki olgan bo’lsalar ajab emas.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling