O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirligi


Muddatiga  yetmay  tug‘ilgan  bolalarning  homiladan  tashqari  hayot


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/25
Sana03.03.2017
Hajmi5.01 Kb.
#1522
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25

Muddatiga  yetmay  tug‘ilgan  bolalarning  homiladan  tashqari  hayot 
sharoitlariga moslashish xususiyatlari  
Muddatiga  yetmay  tug‘ilgan  chaqaloqlarda  tana  vaznini  yo‘qotilishi 
tug‘ilgandagi  vazniga  nisbatan  o‘rta  hisobda  9-14%  ni  tashkil  qiladi.  Uning 
tug‘ilishdagi  vazniga  bog‘liqligi  kuzatiladi.  Tana  vazni  katta  bolalarda  uning 
yo‘qotilishi  muddatiga  yetib  tug‘ilgan  bolalarga  xos  raqamlarga  yaqinlashgan  (6-
8%).  Muddatiga  yetmay  tug‘ilgan  bolalarda  tana  vaznining  kamayib  ketishi  vaqt 
bo‘yicha  cho‘zilgan,  tananing  birlamchi  vazniga  tiklanishi  hayotining  2-3-
haftasigacha davom etadi. 

 
56 
Muddatiga  yetmay  tug‘ilgan  chaqaloqlarda  tranzitor  giperbilirubinemiya 
muddatida tug‘ilgan bolalarga nisbatan birmuncha ko‘proq kuzatiladi. Sariqlik  90-
59%  muddatiga  yetmay  tug‘ilganlarda  qayd  qilinadi,  muddatiga  yetmay  tug‘ilgan 
bolalar  qonida  bilirubin  miqdori  qonda  85  mkmol’/l  gacha  etadi,  biroq  uning 
yig‘ilishi sekinroq ro‘y beradi. Barvaqt tug‘ilgan chaqaloqlarda sariqlik intensivligi 
bilan  giperbilirubinemiya  darajasi  o‘rtasida  o‘zaro  aloqadorlik  bo‘lmaydi. 
Muddatiga  yetmay  tug‘ilgan  bolada  jigar  ferment  tizimining  birmuncha  sekin 
yetilishi  bilirubin  intoksikatsiyasi  xavfini  tug‘diradi,  yadroli  sariqlik  bilvosita 
bilirubinning  nisbatan  kam  kontsentratsiyalarida  vujudga  kelishi  mumkin  (170 
mkmol’/l). Muddatiga yetmay tug‘ilgan bolalarda bilirubin miqdorining pasayishi 
ham sekinlashgan bo‘ladi va ko‘rinib turadigan sariklik uzoq vaqt 2 haftagacha va 
undan ortiq qayd qilinishi mumkin. 
Muddatiga  yetmay  tug‘ilganlarda  gormonal  kriz  amalda  qayd  qilinmaydi. 
Bundan tashqari muddatiga yetmay tug‘ilganlarda yoki tana vazni ekstremal kichik 
bolalarda aksariyat holatlarda tranzitor gipotireoidizm rivojlanadi. 
Muddatiga yetmay tug‘ilgan chaqaloqlarni parvarishlash  
Muvaffaqiyatli parvarish qilishning asosiy sharti-shikastlovchi tashqi omillar 
ta`sirini  pasaytirish,  dori-darmonlar  ta`siri  kam  bo‘lgani  holda  erta  ratsional 
ovqatlantirishdir.  Katta  odam  uchun  arzimagan  bo‘lib  tuyulgan  tashqi  muhitdagi 
o‘zgarishlar 
muddatiga 
yetmay 
tug‘ilgan 
bola 
organizmida 
chuqur 
shikastlanishlariga  sabab  bo‘lishi  mumkin.  Tashqi  muhit  ko‘pgina  omillarining 
ta`sir  mexanizimlari  va  darajasi  (intensiv  yoritilishining  optimal  darajasi,  eshituv 
ta`sirotlari  va  b.)  etarlicha  o‘rganilmagan,  bu  juda  oddiy  masala  emas.  Quyida 
muddatiga yetmay tug‘ilgan chaqaloqlarni yaxshi parvarishlashda issiqlik rejimi va 
ovqatlantirishning ahamiyatiga to‘xtalib o‘tamiz. 
Issiqlik rejimi 
Tana  vazni  ekstremal  kichik  bo‘lgan  bolalarni  tug‘ilgan  vaqtidan  to  ular 
termoregulyatsiya  markazi  takomillashishiga  qadar,  parvarishlashda  atrof  muhit 
haroratiga  alohida  diqqat  e`tibor  bilan  qarash  lozim.  Klinik  amaliyotda  Yangi 
tug‘ilgan chaqaloqlar parvarishining asosiy vazifasi  bu-termoneytral  atrof muhitni 

 
57 
qo‘llab-quvvatlash.  Termoneytral atrof-muhit   – bu  shunday  muhitki,  bunda bola 
organizmi  minimal  moddalar  almashinuvi  va  kam  miqdorda  kislorodni  talab 
etadigan holda, o‘z tana haroratini me`yorda saqlab turadi. 
Oddiy  muolajalar,  masalan  hayotiy  faoliyat  nazorati  yoki  yo‘rgakni 
almashtirish  bola  tanasining  og‘irligi  juda  kam  bo‘lganda  issiqlikni  yo‘qotish 
xavfiga  olib  kelishi  mumkin.  O‘z  navbatida,  issiqlik  yo‘qotishining  epizodlari 
issiqlik  ishlab  chiqarishga  ham,  uning  zahiralarini  saqlab  qolishga  ham  qodir 
bo‘lmagan bolani sovuq stressga duchor qiladi. Ma`lumki, sovuq stressi fiziologik 
jarayonlarning  o‘zgarishiga  olib  keladi,  bu  kasallik  xavfini  kuchaytiradi,  yoki 
bolaning sog‘ayishini qiyinlashtiradi. Umumiy issiqlik darajasining 25 foizi yangi 
tug‘ilgan chaqaloqning teri sathidan sezilmaydigan suv yo‘qotishlariga sarflanadi, 
bular  metabolizm  darajasiga  mos  keladi  va  bola  tana  vazniga  bog‘liq.  Masalan, 
tana  vazni  800g  bo‘lgan,  muddatiga  yetmay  tug‘ilgan  bolada  terining  ochiq 
sathidan suyuqlik yo‘qotishi soatiga 2,8 ml/sm ni tashkil qiladi, vaholanki og‘irligi 
1800g  bolada  shunday  sharoitlarda  suyuqlik  yo‘qotilishini  soatiga  0,8  ml/sm  ni 
tashkil  etadi.  Buni  infuzion  terapiya  hajmini  hisob-kitob  qilishda  nazarda  tutish 
kerak,  chunki  issiqlik  ishlanishini  ta`minlash  uchun  metabolizm  darajasining 
oshishi suyuqlikning ko‘p yo‘qotilishiga olib keladi.  
Issiqlik  hosil  qilish  asosida  yotadigan  metabolik  jarayonlar  tana  haroratini 
quvvatlab turish uchun organizmni  ATF  shaklidagi energiya  va  birlamchi issiqlik 
bilan  ta`minlaydi.  Uning  miqdori  teri  sathidan  yo‘qotiladigan  hamda,  nafas  bilan 
chiqariladigan  havo  issiqligiga  mos  kelishi  kerak.  Issiqlik  hosil  qilishni 
qisqartiradigan (mushak) termogenez va “qisqartirmaydigan termogenez” hisobiga 
amalga  oshiriladi,  oxirgisi  yangi  tug‘ilgan  chaqaloqda  ko‘proq  muhim.  Yangi 
tug‘ilgan  chaqaloqlarda  issiqlikni  ishlab  chiqarishning  asosiy  mexanizmilariga  - 
faol  mushak  harakatlari  va  qo‘ng‘ir  yog‘ning  oksidlanishi  kiradi.  Homila 
hayotining 26-haftasidan boshlab qo‘ng‘ir yog‘ ishlab chiqariladi  va mediastinum, 
kuraklar  orasida,  umurtqa  pog‘onasi  bo‘ylab,  buyrak,  buyrak  usti  bezi  va  taloq 
atrofidagi  sohalarda  to‘planadi.  Qung‘ir  yog  tarkibining  ko‘p  miqdorini 
uchglitseridlar  tashkil  qiladi.  Ushbu  to‘qima  kapillyar  qon  tomirlariga  boy. 

 
58 
Qo‘ng‘ir  yog‘ning  parchalanishidan,  oddiy  yog‘ga  nisbatan  ko‘proq  miqdorda 
issiqlik ajraladi.   
Issiqlik  hosil  qilishning  oshishi  kislorodga  ehtiyojning  ko‘payishi  bilan 
o‘tadi.  Oksigenatsiya  etarlicha  bo‘lmasa  1  molekula  glyukoza  utilizatsiyasida  38 
molekula ATF hosil bo‘lishi ro‘y beradi, agar oksigenatsiya buzilgan bo‘lsa, faqat 
2 molekula ATF hosil bo‘ladi. 
Tana  sathidan  tashqi  muhitga  issiqlik  yo‘qotilishi  quyidagi  4  ta  yo‘l  bilan 
amalga  oshiriladi:  nurlatish,  konvektsiya,  issiqlik  o‘tkazuvchanlik  va  bug‘lanish 
(Rasm  №1).  Har  bir  mexanizmdan  issiqlik  yo‘qotishning  oldini  olish  va  bolani 
isitishni  ta`minlash  uchun  foydalanilishi  mumkin.  Issiqlikni  birmuncha  issiq 
buyumdan birmuncha sovug‘igacha (ularning bevosita kontaktisiz) nur chiqarishda 
yo‘qotishlar  ko‘pincha  muddatiga  yetmay  tug‘ilgan  bolani  parvarishlashda  ro‘y 
beradi.  Deraza  oldiga  yoki  elvizakka  qo‘yilgan  inkubator  devorlarining  salqin 
tashqi yuzasida issiqlik yo‘qotishlar ko‘p bo‘ladi. Bu yo‘qotishlarning oldini olish 
uchun  qo‘shaloq  devorli  inkubatorlar,  bolani  inkubator  ichida  qo‘shimcha  o‘rab-
chirmash, shuningdek uning tashqi devorlarini nur chiqaradigan issiqlik manbalari 
bilan isitishdan foydalaniladi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
     1 – rasm. Issiqlik yo‘qotish yo‘llari. 
Bug`latish
Konveksiya
Issiqlik
o`tkazuvchanlik

 
59 
Konveksiya  –  issiqlikning  atrofdagi  havoga  o‘tishidir,  shunga  ko‘ra  bunday 
yo‘qotishlar havo oqimining tezligiga va bola ochiq yuzasining maydoniga bog‘liq. 
Issiqlikning konveksiya bilan yo‘qotilishi nafas yo‘llari orqali ro‘y beradi, chunki 
bola  nafas  orqali  iliq  havo  chiqaradi,  shuning  uchun  bola  nafas  olayotgan  gaz 
aralashmasining  isitilishi  g‘oyat  muhim.  Tug‘ruqxonada  muddatiga  yetmay 
tug‘ilgan  chaqaloqni  isitiladigan  stolchaga  yotqizgunlariga  qadar  ko‘p  miqdorda 
issiqlik yo‘qotishi mumkin. 
Perinatal  markazda  tana  og‘irligi  juda  kichik  bolalarni  qabul  qilish  uchun 
maxsus  tug‘ruq palatasi bo‘lishi  kerak,  unda  havo  haroratini  28-30
0
S  gacha tezda 
ko‘tarish mumkin. Bolani isitiladigan stolchadan transport kyuveziga o‘tkazishda, 
uni  salqin  havo  bilan  to‘qnashuviga  olib  kelib,  issiqlik  yo‘qotadi.  Bolani  adyolga 
yo‘rgaklangan  holda  intensiv  davolash  postiga  qo‘lda  ko‘tarib  keltirishda  yana 
issiqlik  yo‘qotish  mumkin.  Bunday  holat  yuz  bermasligi  uchun  transport 
kyuvezidan foydalanish lozim.  
Bolani zamonaviy inkubatorlarda isitish konvektsion usuli amalga oshiriladi. 
Inkubatorlarda  50-60%  atrofida  namlik  saqlanganda  bug‘lanish  hisobiga  issiqlik 
yo‘qotish  juda  kam  bo‘ladi.  Shuningdek,  bolaga  qo‘shimcha  ravishda  plastik 
qoplama,  qalpoqchalar  qo‘llaniladi,  bolaga  fleksor  poza  beriladi.  Inkubatorning 
salbiy  tomoni  zaiflashgan  bola  uchun  xavfli  infeksiya  qo‘zg‘atuvchilarining 
ko‘payishiga  imkon  beradi.  Muntazam  ravishda  sanitariya  ishloviberish,  har  24 
soatda namlanish uchun suvni almashtirish infeksiya xavfini kamaytiradi. 
Issiqlik  o‘tkazuvchanlik  –  bu  issiqlikni  bir  buyumni  ikkinchisiga  ularning 
bevosita muloqotida  o‘tkazishdir. Bola issiqlikni ichki a`zolardan teri yuzasiga va 
teridan o‘zi to‘qnash keladigan sovuq yuzada yo‘qotishi mumkin. Tana vazni juda 
kichik  muddatiga  yetmay  tug‘ilgan  bola  o‘z  tanasiga  zarur  issiqlikni  shu  tariqa 
yo‘qotadigan holatlar ko‘p bo‘ladi. Tug‘ilishi bilan uni oldindan isitib qo‘yilmagan 
yuzaga  yotqizishlari  mumkin.  Issiqlik  o‘tkazuvchanlik  hisobiga  issiqlik 
yo‘qolishining  oldini  olish    uchun  bola  qo‘yiladigan  tarozi  yoki  reanimatsion 
stolchaga oldindan  isitib qo‘yilgan  oqliq  to‘shalishi kerak.  Bola  oldindan  ilitilgan 
inkubatorga  solingandan  keyin  ham  issiqlik  yo‘qotish  davom  etishi  mumkin,  uni 

 
60 
sovuq  rentgen  kassetaga  yotqiziladi,  masalan,  yo‘rgakni  oldindan  isitmay 
yo‘rgaklanadi.  Issiq  o‘tkazuvchanlikdan  yangi  tug‘ilgan  chaqaloqlar  uchun  isitish 
mexanizmi  sifatidan  kam  foydalaniladi.  Issiq  yuza  issiqlik  yo‘qotishdan  saqlaydi, 
biroq  u  issiqlik  manbai  sifatida  foyda  bermaydi.  Issiqlik  o‘tkazuvchanlik 
yordamida isitishdan juda ehtiyotlik bilan foydalanish lozim, chunki bola ularning 
sezuvchan terisi isitish manbaining past haroratlarida termik kuyishi mumkin. 
Termoregulyasiyaning 
buzilish 
holatlari 

Xalqaro 
Kasalliklar 
Klassifikatorida  R80-R83  kodlari  bilan  belgilanadi.  Tana  haroratining    >37,5°  S 
dan  ortishi  gipertermiya  deb  ataladi.  Gipotermiya  quyidagi  3  darajaga  bo‘linadi: 
engil – 36,3-36° S, o‘rta og‘ir – 35,9-32° S, og‘ir –<32° S. 
Issiqlikni  ortiqcha  yo‘qotish  muddatiga  yetmay  tug‘ilgan  bola  organizmida 
quyidagi  patologik  jarayonlarga  olib  keladi:  qonda  kislorod  darajasi  pasayadi, 
metabolik  asidoz  kuchayadi, gipoglikemiya  rivojlanadi bilvosita  bilirubin  darajasi 
ortadi  va  lipoliz  kuchayadi.  Og‘irligi  ekstremal  kichik  bolalar  uchun  issiqlik 
yo‘qotish  hayotini  yo‘qotish  bilan  baravar  bo‘lishi  mumkin.  Ushbu  holatning 
oldini  olish  maqsadida  JSST  tavsiyasiga  ko‘ra  “Issiqlik  zanjiri”  chora-tadbirlarini 
keng qo‘llash zarur. 
 “Issiqlik zanjiri” qadamlari: 
1.
 
Tug‘ruq zali me`yoriy haroratini ta`minlash. 
2.
 
CHaqaloqni zudlik bilan quritish (nam yo‘rgaklarni olib tashlash). 
3.
 
Erta teriga teri kontaktini o‘tkazish (eng kamida 2 soat mobaynida).  
4.
 
Erta  ona  suti  bilan  ovqatlantirish  (tug‘ilgandan  so‘ng  birinchi  30  daqiqa 
mobaynida. 
5.
 
Bolani to‘liq ko‘ruvi, cho‘miltirish va tana vaznini o‘lchashni kechiktirish. 
6.
 
Mavsumga mos kiyintirish. 
7.
 
Ona va bolani birgalikda bo‘lishini tashkil qilish. 
8.
 
Reanimatsiya va transportirovkani issiqlik himoyasi bilan ta`minlash. 
9.
 
Tibbiyot xodimlariga  “issiqlik zanjiri” qadamlarini o‘rgatish.  
 
 

 
61 
4 – jadval.   
Tana haroratini o‘lchash 
 
Jiddiy kasalligi 
bo‘lgan bola 
Vazni kam bola
1
 
Vazni juda 
kam bola
2
 
Kasallik yaxshi 
kechayotgan 
bola 
O‘lchashlar 
soni 
Har soatda 
Kuniga 2 marta 
Kuniga 4 marta 
Har kuni 
 
Chaqaloqlar gipotermiyasini davolash  
Yangi  tug‘ilgan  chaqaloq  sovqotishdan  so‘ng  asta-sekin  isitilishi  kerak. 
Inkubatordagi  harorat  bola  tanasining  haroratidan  1-1,5  gradus  yuqori  bo‘lishi 
kerak.  Keyinchalik  bolaning  aksillyar  yoki  rektal  haroratini  har  15  daqiqada 
o‘lchanadi va u osha borgan sayin inkubatorda havo haroratini 1,0-1,5 gradusdan 
oshirmay  ko‘tarish  mumkin.  Qon  gazlari,  metabolik  jarayonlar,  qonda  glyukoza 
darajasi,  soat  sayin  diurez  sur`atlarini  nazorat  qilish  zarur.  Agar  monitoring  va 
tasvirlangan isitish bosqichlari qadam-baqadam o‘tkazilmasa, balki tez isitilsa, bu 
to‘qimalarda  kislorodga  ehtiyojning  keskin  oshishiga,  suv  yo‘qotishning 
kuchayishiga, apnoe, bradikardiya, nafas qisishiga sabab bo‘lishi mumkin. 
 
Bolani isitish va uning tana haroratini ushlab turish 
usullari 
Tug‘ruq  bo‘limi  xodimlari  gipotermiyali  chaqaloqlarni  isitish  usullarini  bilishlari 
juda muhimdir. Bolani isitish va uning tana haroratini ushlab turishning 5 ta usuli 
bor. Har bir usuldan foydalanishga doir maxsus ko‘rsatmalar quyida berilgan. 
 
Bolani isitish va uning tana haroratini saqlab turish usullari 
Usul  
Tanlash va foydalanish 
bo‘yicha tavsiyalar 
Afzalliklari  
Xavflari/qiyinchiliklari 
Terini  teriga 
tekkizish 
Barqaror holatdagi hamma 
chaqaloqlarga to‘g‘ri 
 
Ona  bolasini 
bevosita 
kuzatib 
 
                                                 
1
 Vazni kam bola deb, tug`ilganda vazni 2,5 kg dan kam yoki homiladorlikning 37- haftasigacha muddatda tug`ilgan 
bolaga aytiladi 
2
 Vazni juda kam bola deb, tug`ilganda vazni 1,5 kg dan kam yoki  homiladorlikning 32- haftasigacha muddatda 
tug`ilgan bolaga aytiladi 
 

 
62 
usuli 
keladi 
 
Og‘irlik darajasi 
o‘rtacha gipotermiyali (32-
36,4S) bolani, ayniqsa 
boshqa usullarni qo‘llab 
bo‘lmaganda, isitish uchun 
to‘g‘ri keladi 
 
Hayot uchun xavfli 
holatlari (ya`ni sepsis, 
og‘ir nafas 
etishmovchiligi) bo‘lgan 
chaqaloqlar uchun to‘g‘ri 
kelmaydi 
turishi mumkin 
 
Onasi 
bo‘lmaganida 
“terini 
teriga” 
usulini 
boshqa 
odam 
bajarishi 
mumkin 
 
CHaqaloqlar, 
odatda, 
normal 
tana 
haroratini 
ushlab turadilar 
Onaning 
“kenguru 
usuli”da  
parvarishi 
 
Holati barqarorlashgan 
Yangi tug‘ilgan va vazni 
1,5-2,5 kg bo‘lgan bolalar 
uchun to‘g‘ri keladi, va 
ayniqsa vazni 1,5-1,8 kg 
bo‘lgan chaqaloqlarni uzoq 
vaqt parvarishlash uchun 
tavsiya qilinadi 
 
Hayot uchun xavfli 
holatlari (ya`ni sepsis, 
og‘ir nafas 
etishmovchiligi) bo‘lgan 
chaqaloqlar uchun to‘g‘ri 
kelmaydi 
 
Agar onada jiddiy 
kasal yoki tug‘ruq bilan 
bog‘liq bo‘lgan asorat 
bo‘lsa, bu usulda 
parvarishlashga imkon 
bermaydi 
 
Ona  bolasini 
bevosita 
kuzatib 
turishi mumkin 
 
CHaqaloqlar 
odatda, 
normal 
tana 
haroratini 
ushlab turadilar 
 
Ona  doimo  bolasi  bilan 
bo‘la olmasligi mumkin 
Nur  issiqligi 
manbai 
 
Vazni 1,5 kg va undan 
ko‘proq Yangi tug‘ilgan 
kasal bolalar uchun to‘g‘ri 
keladi 
 
Tekshirish, davolash va 
muolajalar vaqtida bolani 
issiq tutish, shuningdek, 
sovuq qotgan bolani isitish 
uchun foydalaning 
 
Bolani 
kuzatishga imkon 
beradi 
 
Bola nur 
issiqligi manbai 
ostida bo‘lganida 
ko‘pgina 
muolajalarni 
bajarish mumkin 
 
Agar bolaning harorati 
o‘lchanmasa, bola issiqlab 
ketishi yoki sovuq qotishi 
mumkin. 
 
Bolada suvsizlanish yuz 
berishi mumkin. 
 
Nur issiqligi manbai 
qimmatbaho moslama. 
 
Nur  issiqligi  manbaiga 
ishonchli elektr manbai zarur. 
Inkubator  
Vazni 1,5 kg dan kam 
bo‘lgan davomli 
 
Doimiy 
haroratni 
saqlab 
 
Agar bolaning harorati 
o‘lchanmasa, bola issiqlab 

 
63 
parvarishga muhtoj Yangi 
tug‘ilganlar uchun to‘g‘ri 
keladi, ular uchun kenguru 
usuli bo‘yicha ona 
parvarishi to‘g‘ri kelmaydi 
 
Hayot uchun xavfli 
holatlari (ya`ni sepsis, 
og‘ir nafas 
etishmovchiligi) bo‘lgan 
chaqaloqlar uchun to‘g‘ri 
keladi 
turadi 
 
Bolani 
kuzatishga  imkon 
beradi 
 
Kislorod 
berilishi oson 
 
Bolani 
batamom 
echintirish 
mumkin 
ketishi yoki sovuq qotishi 
mumkin. 
 
Bolada suvsizlanish yuz 
berishi mumkin. 
 
Inkubatorga bakteriyalar 
oson to‘planadi 
 
Qimmatbaho uskuna. 
 
Ishonchli elektr manbai 
zarur. 
 
Bola parvarishiga, 
inkubatorni tozalashga va uni 
ishlatishga maxsus 
tayyorlangan xodim talab 
qilinadi. 
Iliq xona 
 
Kasallikdan 
tuzalatyotgan va diagnostik 
yoki davolash muolajalari 
tez-tez talab qilinmaydigan 
vazni kam bolalarni 
parvarishlash uchun to‘g‘ri 
keladi 
 
Hayot uchun xavfli 
holatlari (ya`ni sepsis, 
og‘ir nafas 
etishmovchiligi) bo‘lgan 
chaqaloqlar uchun to‘g‘ri 
kelmaydi 
 
 
Bola 
sovuq 
qotishi 
mumkin. 
 
Xona 
kattalar 
uchun 
noqulay bo‘lishi mumkin. 
Boshqa 
usullar 
(mas.issiq 
suvli shisha 
yoki qaynoq 
g‘ishtlar) 
 
Boshqa usullarni 
qo‘llab bo‘lmaganda, 
shoshilinch hollar uchun 
to‘g‘ri keladi (mas. 
Transportirovka vaqtida) 
 
 
Bola issiqlab ketishi 
mumkin. 
 
Bola issiq narsalardan 
kuyib qolishi mumkin. 
 
Agar sovub qolgan 
narsalar olib tashlanmasa, 
bola sovqotishi mumkin. 
 
Doimiy haroratni ushlab 
turish qiyin. 
 
    “Teriga teri” usuli 
 
Isitish o‘tkaziladigan xona harorati 25
o
Sdan past bo‘lmasligi kerak.
 
 
Chaqaloq tug‘ilgan zahoti quritiladi, boshiga issiq qalpoqcha kiygiziladi, bolani 
ona ko‘kragiga yotqizilib ustidan issiq adyol bilan yopiladi.
 

 
64 
 
Bolaning    tana  haroratini  “teriga-teri”  usuli  boshlanganidan  ikki  soat  keyin 
o‘lchanadi.  Agar  bolaning  harorati  2  soat  isitishdan  keyin  36.5  –  37.5
o
Sga 
ko‘tarilmasa, chaqaloqni yana bir marta tekshiriladi.
 
 
     Nur issiqligi manbai 
 
Nur  issiqligi  manbai  bu  -  nur  yordamida  bolani  isitishdir.  Ushbu  usulni 
o‘tkazish  vaqtida  bolaga  har  tomondan  yondoshish  va  erkin  kuzatuv  olib  borish 
mumkin.  
 
 Qisqa  muddatda,  bir  necha  soatga  bolani  400  Vt  quvvatli  nur  manbai  ostiga 
50sm uzoqlikda yotqiziladi.  
 
Yorituvchi va elektr lampalar xavfli hisoblanadi, chunki ular bolani kuydirishi 
yoki ustiga tushib ketib jarohatlashi mumkin. 
 
Nur  issiqligi  manbaidan  foydalaniladigan  xonaning  harorati  22
o
Sdan  past 
bo‘lmasligi kerak.
 
 
Bola tozalangan matras (to‘shak) ustiga yotqiziladi.  
 
Nur issiqligi manbaini yoqiladi va tayyorlovchi yo‘riqnomasiga binoan kerakli 
haroratni  (odatda  36
o
S  va  37
o
S  oralig‘ida)  o‘rnatiladi.  Agar  chaqaloqlar  maxsus 
parvarishi bo‘limiga bola olib kelinishi oldindan ma`lum bo‘lsa, bu uskunani bola 
sovuq  yuzada  yotmasligi  uchun  choyshab  va  matrasni  isitish  maqsadida  oldindan 
yoqib qo‘yiladi. 
 
Kuzatish  yoki  muolaja  bajarish  uchun  bola  to‘liq  yoki  qisman  yalang‘och 
bo‘lishidan tashqari hollarda bolaning boshi va usti yopiladi. 
 
Bola  nur  issiqligi  manbai  ostida  bo‘lganda,  imkon  boricha,  uning  vaziyatini 
tez–tez almashtirib turiladi. 
 
Har  soat  uskuna  va  xona  haroratini  tekshiriladi  va  harorat  parametrlarini 
tegishlicha sozlanadi.
 
 
  
Inkubator 
Inkubatorda  bolaning  vazni  va  yoshiga  ko‘ra  zarur  harorati  o‘rnatiladi, 
bolani inkubatorga yotqizishdan avval uni kerakli haroratgacha isitiladi (jadval 2). 

 
65 
                                                                                                             5 – jadval.   
Inkubatorning tavsiya qilinadigan harorati 
Bolaning vazni 
Inkubatorning harorati yosh bo‘yicha 
35 S 
34 S 
33 S 
32 S 
1,5 kg dan kam 
Hayotining 10 – 
12- kunlari 
Hayotining 11- 
kuni   
 3- haftasi 
Hayotining 3-
kuni – 5-haftasi 
5 haftadan 
kattaroq 
1,5 - 2,0 kg 
 
Hayotining 1 -
10- kunlari 
Hayotining 3-
kuni  - 5- haftasi 
4 haftadan 
kattaroq 
2,1 - 2,5 kg 
 
Hayotining 1 – 
10- kunlari 
Hayotining 11- 
kuni  - 3- haftasi 
3 haftadan 
kattaroq 
2,5 kg dan ortiq 
 
Hayotining 1-2 kuni 
Hayotining 2- 
kunidan kattaroq 
 
Kislorod,  namlik,  toza  muhit  va  haroratni  nazorat  qilishni  ta`minlaydigan,  issiq 
havo  yordamida  isitiladigan  inkubatorlar  hozirda  keng  qo‘llaniladi.  Bu 
inkubatorlarda  namlik  suv  rezervuari  yordamida  ta`minlanadi.  Inkubatorlar 
bolaning  izolyatsiyasi  va  nazorati  uchun  juda  qulaydirlar.  Zamonaviy 
inkubatorlarning  devorlari  2  qavatli,  bu  esa  issiqlikni  muqim  ushlab  turishni 
ta`minlaydi. Issiq havo bilan isitiladigan inkubatorlarning 2 turi mavjud. 
1.
 
Inkubatorni  isituvchi  elementi  orqali  isitilgan  havo  konvektsiya  yo‘li  bilan, 
ventilyatorsiz inkubator ichida tarqaladi. 
2.
 
Inkubatorning  isitish  elementi  orqali  isitilgan  havo  ventilyator  yordamida 
tarqatiladi. 
 
Bolani tozalangan matras (to‘shak) va toza choyshab ustiga yotqiziladi.  
 
Bolaning  boshiga  qalpoqcha  kiydirilgan,  usti  ham  yopiq  bo‘lishi  lozim.  bola 
kuzatuv  yoki  muolaja  bajarish  uchun  to‘liq  yoki  qisman  echintirilgan  hollar 
bundan mustasno. 
 
Bolani  ichkariga  joylashtirishingiz  bilan  inkubator  qopqog‘ini  imkon  boricha 
tez  yoping,  va  inkubator  darchalarini  issiqlikni  saqlab  qolish  uchun  doimo  yopiq 
holda saqlang. 
 
Inkubator  haroratini  birinchi  8  soat  mobaynida  har  soatda,  so‘ngra  esa  har  3 
soatda tekshiring: 

 
66 
-
 
Agar  inkubatorning  real  harorati  belgilanganiga  mos  kelmasa,  u  yaxshi 
ishlamayotgan bo‘lishi mumkin;  
-
 
Inkubator  ichida  kerakli  harorat  hosil  bo‘lguncha  harorat  parametrlarini 
o‘zgartiring yoki bolani isitishning boshqa usulidan foydalaning. 
 
Bolaning  haroratini  dastlabki  8  soat  mobaynida  har  soatda,  so‘ngra  esa  har  3 
soatda o‘lchang: 
-
 
Agar  bolaning  harorati  36.5
o
S  dan  past  yoki  37.5
o
S  dan  yuqori  bo‘lsa, 
inkubatorning harorat parametrlarini tegishlicha o‘zgartiring;  
-
 
Agar inkubatorda tavsiya qilingan harorat parametrlari o‘rnatilishiga qaramay, 
bolaning harorati 36.5
o
S dan past yoki 37.5
o
S dan yuqoriligicha qolsa, bolani 
nonormal haroratdan davolang. 
 
Bola tez-tez bajariladigan muolajalar va davolashga muhtoj bo‘lmasa, uni onasi 
bilan birga bo‘lishini ta`minlang. 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling