O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Jigar qurtining ko`payish va rivojlanish bosqichlari


Download 426.67 Kb.
bet11/15
Sana07.04.2023
Hajmi426.67 Kb.
#1339395
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi

2.2 Jigar qurtining ko`payish va rivojlanish bosqichlari
Fasciolalarning tuxumlari oval shaklida, sariq-tilla rangda bo’lib, bitta qutbida qopqoqchasi mavjud. F. hepatica tuxumlarining o’lchami 0,12-0,15 mm ga teng. F.gigantica tuxumlari esa biroz yirikroq bo’ladi.
Fasciolalar biogelmint bo’lib, ular asosiy va oraliq xo’jayinlar ishtirokida rivojlanadi. Asosiy xo’jayin vazifasini o’txo’r sutemizuvchilar, oraliq xo’jayin vazifasini esa Lymnaeidae oilasiga mansub chuchuk suv mollyuskalari bajaradi. O’zbekistonda chuchuk suvlarda yashaydigan qorinoyoqli mollyuskalardan kichik chuchuk suv shilliqqurti (Lymnaea truncatula) oddiy jigar qurtining oraliq xo'jayini hisoblanadi. F.gigantica ning oraliq xo’jayini doirasi esa ancha keng bo’lib, uning rivojlanishi L. auricularia, L. bactriana, L. subdisjuncta va L. impura mollyuskalari ishtirokida o’tadi. Ushbu turlarga oid mollyuskalar ko’pincha yer osti suvidan paydo bo’lgan doimiy va vaqtinchalik suv havzalari(ko’llar, suv qochirish kanallari, buloq suvlari)da tarqalgan. Ularni shuningdek barcha sug’orish shoxobchalarida ham yetarli darajada uchratish mumkin. Hozirgi vaqtda fasciolalarning oraliq xo'jayinlari sifatida 18 turga kiruvchi chuchuk suv qorinoyoqli mollyuskalari aniqlangan.
Jigar qurti nihoyatda serpusht, bitta jigar qurti bir hafta davomida bir milliontagacha tuxum qo'yishi mumkin. Tashqi muhitda qulay sharoit bo'Iganda 17-18 kunda usti mayda kiprikchalar bilan qoplangan, harakatchan lichinka-miratsidiy chiqadi(21-rasm).
Miratsidiylar 2-3 kun suvda erkin suzib yuradi va keyingi rivojlanishi uchun oraliq xo'jayini-qorinoyoqli mollyuskalarni topib, xartumi orqali mollyuska chig'anog'ini teshadi va uning ichiga kiradi. So'ngra bu lichinkalar mollyuska jigariga o'rnashib, kiprikli ustki qavatini tashlab, qopga o'xshash shaklga ega bo'lgan keyingi lichinkalik davri - sporotsistaga aylanadi. Sporotsista ichidagi embrion hujayralari partenogenez (otalanmasdan) yo'li bilan ko'payib, lichinkaning navbatdagi generatsiyasi-rediyalarni hosil qiladi. Rediyaning kalta xaltaga o'xshash ichagi bo'ladi. Bitta sporotsistada 10-15 ta rediyalar yetiladi. Sporotsista yorilib, rediyalar mollyuska tanasiga chiqadi. Rediyalar murakkabroq tuzilgan bo'lib, ularda og'iz, shoxlanmagan to'g'ri ichak, ichki qismida esa tuxum (embrion) hujayralari bo'ladi. Bunday rediyalar sporotsista po'stini yorib chiqib, mustaqil ravishda rivojlanishini davom ettiradi. Rediyalar mollyuska ichida 2-2,5 oy yashaydi. Cho'ziq shakldagi rediyalar ham partenogenetik yo'l bilan ko'payib, jigar qurtining navbatdagi lichinkalik davri - serkariylarni hosil qiladi. Serkariylar rediyalardan keskin farq qilib, ularning tanasi tuxum shaklida, 2 ta so'rg'ichi, ya'ni og'iz va qorin so'rg'ichi, 2 shoxchaga bo'lingan o'rta ichagi, anchagina rivojlangan ayiruv organlar sistemasi, jinsiy organlar boshlang'ichi va orqa uchida lichinkaga xos organ muskulli dumi bo'ladi. Serkariylar ana shu dumi orqali suvda suzadi.



Download 426.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling