O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi
Download 1.04 Mb.
|
Yo’ldosh shakllanishida dastlabki a’zolarning ro’li Reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUSTAQIL ISHI
- Tayanch tushunchalar
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti Biologiya fakulteti Biologiya (turlari bo’yicha) yo’nalishi 201-guruh talabasi Azimova Xumoraning “Gistalogiya” fanidan “Yo’ldosh shakllanishida dastlabki a’zolarning ro’li” Mavzusidagi MUSTAQIL ISHI Tekshirdi:_______________ Bajardi:________________ Toshkent-2023 Yo’ldosh shakllanishida dastlabki a’zolarning ro’li Reja: 1.Sutemizuvchilar rivojlanishida trofoblast va xarionning paydo bo’lishi 2.Yo’ldosh shakllanishida dastlabki a’zolarning ishtiroki va yo’ldoshni tuzulishi 3.Embrion rivojlanishida xar bir dastlabki a’zolarning roli 4.Xomiladorlik davrida ona organizmida yuz beradigan fizziologik jarayonlar Tayanch tushunchalar: xarion, trofoblast, yo’ldosh ,yo’ldosh turlari, amnion, serroz pardalar. Embrion bilan ona organizni o’rtasida aloqa bog’lash plasentasiya deyiladi. Bu aloqa yo’ldosh yoki bola o’rni hosil bo’lishi o rqa li o’rnatiladi. Yo’ldosh hosil bo’lishida emrio nning vaqtincha organlari ishtirok etadi. Urug’lanish sodir bo’lgandan keyin blastosist 1 hafta ichida implantasiya, ya'ni bachadon devoriga trofoblastlaning vorsinkalari orqali yopishadi va katta xavfli davr o’tadi. Ammo bu xavf yo’ldosh hosil bo’lguncha davom etadi .Homila bilan ona organizmi o’rtasidagi aloqa yo’ldosh orqali bog’langandek mustahkam bo’lmaydi.Ikkinchi tomondan, trofoblast embriondan kelayotgan toksin moddalarni neytirallay olmaydi. Bu moddalar ona jigariga kelib neytrallanadi.Shuning uchun yo’ldosh hosil bo’lguncha ona organizmida taksikoz, ya'ni embrion qonidagi zaharli moddalardan zaharlanish, ya'ni ko’ngil aynish, qayt qilish kabi holatlar kuzatiladi. Shunday holatlarda ko’ngil istagan narsalar iste'mol qilinsa, bu hodisaning oldi olinadi. Odamlarda homiladorlikning 78-80 kunlariga kelib yo’ldosh hosil bo’ladi. Implantasiyadan keyin blastodermik pufakchaning o’sishi bilan yo’ldoshli hayvonlarda embrionning oziq moddalarga bo’lgan ehtiyoji ortadi. Rivojlanishning boshlang’ich davrlarida embrion oziq moddani ona organizmidan trofoblast orqali oladi. Trofoblast ikkita bosim kuchi ta'sirida bo’ladi, ya'ni unga tashqi tomondan ona organizmi to’qimalarining bosimi ta'sir etsa, ichki tomondan amnion suyuqligining bosimi ta'sir etadi. Bu bosimlarning ta'siri trofoblast devoridagi hujayralarning normal o’sishi va ko’payishiga xalaqit beradi. Natijada trofoblastning usfki tomoni tugunchali, o’sim tali, vorsinkasimon bo’lib qoladi. Bu birlamchi vorsinkalar bo’lib, ularga mezcnxima qo’shilishi natijasida tashqi epiteliy bilan qoplangan o 'simtaga aylanadi. Trofoblasfda vorsinkalar hosil bo’lgandan keyin bu tuzilma xorion yoki seroza deb ataladi. Xorion vorsinkalarining joylanishiga qarab yo’ldoshlar har xil bo’ladi. Ular embrion qorin qismining ro'parasida yoki atrofida joylashadi. Xorionning ichkari tomonini allantois qoplaydi. Shuning uchun yo’ldoshni xorioallantois deb birgalikda ham nomlanadi . Su t emizuvchilarda kindik yo’li quyidagi yo'1 bilan hosil bo’ladi. Tuxu m qo’yib ko’payadigan amniotalarga qaraganda sut emizuvchilarda tuxumning sariqlik xaltasi kichikroq bo’ladi. Yo’ldoshli sut emizuvchilarda entoderma qavatning asosiy qismi ichakning hosil bo’lishiga sarflanadi. Shuning uchun sariqlik xaltasi kichik bo’lib, asta-sekin hajmi kamayib boradi va ichak bilan bog’lanib, ingichka poyacha hosil qiladi. 5 oylik embrion va bachadon o’rtasidagi aloqa (B.Karlson, 1983 bo’yicha). 1-tushib ketuvchi bazal qobiq; 2-tarmoqlangan xorion; 3-sariqlik xaltasi; 4-tushib ketadigan yopishib turuvchi qobiq; 5-amnion; 6-silliq xorion; 7-bachadon bo’ynining bezlari, 8- shilliq qopqoq. Amnion bo’shlig’i qora rang bilan, bachadon bo’shlig’i oqish rang bilan ko’rsatilgan. Tuxum qo’yuvchi sut emizuvchilarda tuxum ona organizmida turgan paytida uning teshiklari orqali ona oragnizmidan oziqlanadi. Shuning uchun ularning tuxum qo’yishini "erta tug’ish" deb atasa bo’ladi. Xaltali sut emizuvchilarda xorion bachadon shilimshiq qavati bilan oddiy birikadi. Bularda embrion bachadon bezlaridan ajralib chiqadigan, xorion epiteliysi bilan so’rilib, kindik tomirlari orqali embrionga o’tadigan oziq moddalar hisobiga oziqlanadi. Bularda oziq moddalar oqib turadigan maxsus organ yo’q. Shuning uchun xaltalilar yo’ldoshsiz hayvonlar hisoblanadi. Shunday qilib, embrionning ona organizmi hisobiga oziqlanishi yo’ldosh orqali amalga oshadi. Yo’ldosh bachadon shilimshiq qobig’idan va xorion vorsinkalaridan hosil bo’ladi va u bola o’rni ham deb ataladi. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling