Oʻzbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Bekobod shahar Iqtisodiyot


Download 254.36 Kb.
bet10/12
Sana16.06.2023
Hajmi254.36 Kb.
#1496588
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
amaliyot kundaligi

Bekobod shahar Iqtisodiyot
va moliya boshlig‘i : Baykuziyev.Sh ________
5-mavzu. Amaliyot obyektida moliyaviy nazorat natijalarini o’rganish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.04.2021 yildagi “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-sonli Qarora hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021 yil 22-apreldagi “Mahalliy budjet mablag‘lari sarflanishida jamoatchilik ishtirokini ta’minlash to‘g‘risida”gi KQ-213-sonli, 2022 yil 26-yanvardagi “Tuman (shahar) budjetlari mablag‘larini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yo‘naltirish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi KQ-302-IV-sonli Qarori, 2022 yil 30-iyundagi “Tuman (shahar) budjetlari mablag‘larini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yo‘naltirish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi KQ-377-IV-sonli Qarori, 2022 yil 20-sentabrdagi KQ-406-IV-sonli Qarorlariga asosan Bekobod shaharda 2022 yil 1 va 2-mavsumda jami 285 ta taklif fuqarolar tomonidan kelib tushgan, shulardan 143 taklif kengash qarorlari hamda tegishli tashkilotlarning xulosalariga asosan rad qilingan, qolgan 142 ta taklif ovoz berish jarayoniga o‘tkazilgan, shundan
16 taklif g‘olib deb topilgan.
Shaharda 2022 yil 1 va 2-mavsumlarda g‘olib bo‘lgan jami 16 ta taklifdan 8 tasiga smeta ekspertiza xujjatlari tayyorlangan bo‘lib qolgan 8 ta taklif elektron birja savdolari orqali xarid qilingan.
Bekobod shahar hokimligida ochilgan fuqarolar tashabbusi jamg‘armasida 2022 yil 1 yanvar xolatiga 550 176,0 ming so‘m mablag‘ mavjud bo‘lib, 2022 yil davomida jami 6 535 294,0 ming so‘m mablag‘ shakllantirilgan, shundan Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashining 2022 yil 17-yanvardagi “Bekobod shahar 2022 yilgi mahalliy budjeti tasdiqlash to‘g‘risida”gi VI-58-2-10-149-K/22-sonli qaroriga tasdiqlangan shahar mahalliy budjetining 5 foizi yani 4 821 869,0 ming so‘m rejalashtirilib o‘tkazib berilgan. Bundan tashqari shaharda jami mahalliy budjeti qo‘shimcha manbasining 30 foizi yani 1 713 425,0 ming so‘m mablag‘ fuqarolar tushabbusi jamg‘armasiga o‘tkazilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 2021 yil
22-apreldagi “Mahalliy budjet mablag‘lari sarflanishida jamoatchilik ishtirokini ta’minlash to‘g‘risida”gi KQ-213-sonli Qaroriga asosan 2022 yil Xalq deputatlari shahar kengashining 2022 yil 12-apreldagi VI-63-36-10-149-K/22-sonli qaroriga asosan 2022 yil 1-mavsumda jami 9 ta g‘olib bo‘lgan taklifga 3 700 000,0 ming so‘m mablag‘ moliyalashtirilgan hamda Xalq deputatlari shahar kengashining 2022 yil 21-oktabrdagi VI-75-124-10-149-K/22-sonli qaroriga asosan 2022 yil 2-mavsumda g‘olib bo‘lgan 7 ta taklifga 3 155 951,0 ming so‘m mablag‘ moliyalashtirib berilgan.
Bekobod shaharda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga mablag‘larni yo‘naltirishda boshqa investitsiya dasturlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar bilan parallel ravishda mablag‘lar yo‘naltirilganlik holatlari aniqlanmadi.
Shahar 2022 yil fuqarolar fikri asosida shakllantirilgan tadbirlardan 2 ta taklif shu yili tugatilmagan jumladan
- Bekobod shahrida joylashgan Kasb-xunar maktabini avtodrom maydonini asfalt qoplama bilan ta’mirlash uchun 300 000,0 ming so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib 2022 yil 20-dekbrda “Farovon bunyodkor ishonch” MChJ bilan shartnoma qilinib 82 258,0 ming so‘m mablag‘ kassa qilingan yani 30 foiz avans to‘lovi to‘lab berilgan hamda xozirda ishlar amalga oshirilmoqda.
- Shahardagi O‘zbekiston MFY O‘zbekiston ko‘chasini ta’mirlash uchun 56 000, ming so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib 2022 yil 28-noyabr kuni Farovon bunyodkor ishonch” MChJ bilan shartnoma qilinib 15 900,0 ming so‘m mablag‘ kassa qilingan yani 30 foiz avans to‘lovi to‘lab berilgan hamda xozirda ishlar amalga oshirilmoqda.
2022 yil fevral-mart oylarida o‘tkazilgan tashabbusli budjetlashtirish jarayonlarida har biri 2 mingdan ortiq ovoz to‘plab lekin g‘olib deb topilmagan loyixalar Bekobod shaharda mavjud emas.
2022 yil shahar mahalliy budjetida jami 1 215 219,0 ming so‘m mablag‘ rejalashtirilgan bulib, shundan 813 150,0 ming so‘m mablag‘ yani 67 foizi “Ochiq budjet” axborot portali orqali sarflangan jumladan;
- Shahardagi J.Manguberdi oraliq ko‘chalari uchun 327 600,0 ming so‘m.
- Shahardagi A.Qaxxor 2 ko‘chasiga 485 550,0 ming so‘m.
G‘olib bo‘lgan jami 8 ta loyixalarga yani 4 096 000,0 ming so‘mlik takliflarga Qurilish-ta’mirlash, obodonlashtirish, ichimlik suvi va oqava tizimini yaxshilash bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqilgan va ekspertizadan o‘tkazilgan.
Tegishli mutaxassislar jalb qilinmaganligi sababli bajarilgan ta’mirlash ishlarining loyiha-smeta hujjatlariga mosligi, sifati, narxi va hajmi yuzasidan nazorat o‘lchovlari o‘tkazilmadi.
Mahsulotlar (ish, xizmatlar) xarid qilishda “Davlat xaridlari” to‘g‘risidagi qonun talablariga rioya etilganligi yuzasidan tegishli mutaxassis jalb qilish ta’minlanmaganligi sababli o‘rganish o‘tkazilmadi.
Shahar bo‘yicha jami 8 ta loyixa ijrosi o‘rganilib mahsulot yetkazib beruvchilar tomonidan yetkazish uchun xarid qilingan mahsulotlarni kirim qilinishini tahlil qilindi hamda yetkazib berilgan tovar-moddiy qiymatliklarning haqiqatda mavjudligini inventarizatsiyadan o‘tkazildi, shuningdek xarid qilingan tovar-moddiy boyliklar shartnoma va xisobfaktura bo‘yicha mavjudligi o‘rganildi.



Download 254.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling