О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi
“O’zbekiston suv boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston tabiiy geografiyasi darslarida ekologik talim-tarbiya berish masalalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishbilarmonlar o`yini
- Konferentsiya darslari
- 2.2 Hamkorlikda o’qitish darslarida ekologik ta’lim tarbiya berish usullari
- Darsning mavzu
- Darsning tarbiyaviy maqsadi
- Darsning rivojlantiruvchi maqsadi
- Darsni jihozlash
- Topshiriqning didaktik maqsadi
- Taqqoslanadigan jihatlar Tekisliklar Tog’ mintaqasi
- “O’zbekiston iqlimi” mavzusidagi hamkorlikda o`qitish texnologiyasining komandada o`qitish metodidan foydalanilgan darsning texnologik xaritasi.
- Darsning ta`limiy maqsadi
- Darsning rivojlantiruvchi maqsadi
- Darsda foydalaniladigan texnologiya
“O’zbekiston suv boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish” mavzusidagi didaktik o`yin texnologiyasining ijodiy o`yin metodidan foydalanilgan darsning texnologik xaritasi. Texnologik bosqich O`qituvchi faoliyati O`quvchi faoliyati I bosqich Tashkiliy qism 5-minut
II bosqich O`quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish. 5-minut
III bosqich Yangi mavzuni o`rganish. O`quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtiradi.
O`quv topshiriqlarining didaktik maqsadi, bajari- ladigan o`quv topshiriqlari bilan tanishtiradi.
“olimlar” guruhlarini va ularning mustaqil ishini tashkil etadi. Dars mavzusi, maqsadi, borishi va unda bajariladi- gan topshiriqlarni anglaydi.
O`quv topshiriqlarining didaktik maqsadi, bajari- ladigan o`quv topshiriqla- ri yuzasidan ko`rsatmalar- ni anglaydi.
O`z o`quv faoliyatini tash- kil etadi. “Olimlar” guruhi 35
30-minut
IV bosqich Erishilgan natijani tahlil
qilish va
yakun yasash. 5-minut
dasturidan o`rin
olgan
topshiriqlarini mustaqil o`zlashtirilishini ta`minlaydi. “Olimlar” uchrashuvi guru- hini tashkil etadi. Har bir guruhda o`quv materiali yuzasidan tayyorlagan ma`ru-zalarini tinglaydi. O`quvchilar faoliyatini tahlil qiladi, o`quvchilarga mustaqil va
ijodiy ish
topshiriqlarini beradi. topshiriqlarini bajaradi. 1-guruh. “Gidrologlar” 2-guruh. “Iqlimshunoslar” 3-guruh. “Geograflar” 4-guruh. “Ekologlar” “Olimlar” uchrashuvi guru-hida ishtirok etadi. Har bir guruh o`quv materiali yuzasidan ma`ruzalar tayyorlaydi O`z o`quv faoliyati va erish-gan natijasini tahlil qiladi va baholaydi. Mustaqil va ijodiy ish topshiriqlarini oladi.
o`qituvchi va o`quvchilardan puxta tayyorgarlik ko`rishni talab etadi. Shu sababli o`qituvchi quyidagi vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirishi zarur: O’zbekiston tabiiy geografiyasi fanidan tabiiy geografik rayonlar mavzulari bo’yicha o’tkazish maqsadga muvofiq. Ushbu didaktik o`yin davomida o`quvchilar oldiga qo`yiladigan o`quv-bilish xarakteridagi muammoli vaziyatlar tizimini vujudga keltirish yo`llarini aniqlash va loyihalash; o`quvchilarni o`yinning maqsadi va vazifalar bilan tanishtirish, didaktik o`yin talab etadigan vazifalarni taqsimlash va har bir o`quvchiga tegishli aniq yo`llanmalar, ko`rsatmalar berish[15]. Konferentsiya darslari: Didaktik o`yinli darslar ichida konferentsiya darslari muhim o`rin tutadi. Konferentsiya darslari o`quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirishda, ilmiy dunyoqarashni kengaytirishda, ularni qo`shimcha va mahalliy materiallar bilan tanishtirishda, ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar 36
bilan mustaqil ishlash ko`nikma va malakalarini rivojlantirishda, yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlashda, eng asosiysi tanlangan mavzuning ekologik ta’lim-tarbiya bilan uyg’unlashuvi ta’minlashda muvaffaqiyatli hisoblanadi. O`qituvchi konferentsiya darsini o`tishdan avval dars mavzusini, maqsadi va vazifalarini aniq belgilab olib shu mavzuga oid qo`shimcha ilmiy, ilmiy- ommabop adabiyotlarni ko`zdan kechiradi. Mazkur dars o`tkazishdan 10 kun oldin dars mavzusi e`lon etilib, unga tayyorgarlik ko`rish uchun adabiyotlar tavsiya qilinadi. Asosan ushbu usul o’quv yili ohirida geografiya va biologiya o’qirtuvchilarining o’zaro hamkorligida 7-sinf o’quvchilari bilan “Tabiat va jamiyat o’zaro aloqadologi” mavzusida konfrensiya o’tkazish maqsadga muofiqdir. Konfrensiya o’tkazishdan oldin insonning tabiatga ko’rsatayotgan tasiri hususiyatlarini aniqlash maqsadida mahalliytabiiy komplekslarni o’rganish bo’yicha amaliy mashg’ulotlar uyushtiriladi va quyidagi topshiriqlarga javob tayyorlash tayinlanadi: 1. Inson xo’jalik faoliyatining o’lka tabiiy komplekslariga ko’rsatayotgan sezilarli ta’sirini aniqlash. 2. Muhofaza qilishga muhtoj bo’lgan tabiiy obektlar mavjudmi? 3. Ularni tariflash, mahalliy yodgorlik sifatida hisobga olish mumkinmi? 4. Insonning tabiatga ko’rsatayotgan qaysi tasiri kuchli – ijobiymi yoki salbiy? 5. Ayrim tabiiy obektlarni muhofaza qilish uchun davlat muassasalariga murojat qilish zarurati bormi? Konfrensiyaga korxona, jamoa xo’jaliklari raxbarlarini, tabiatini muhofaza qilish jamiyati hodimlarini, olim va yozuvchilarni taklif qilish mumkin. Konfrensiyaga 1-2 oy ilgari tqyyorgarlik ko’rila boshlaydi. O’quvchilar alohida guruhlarga bo’linib konfrensiya o’tkaziladigan honani jixozlaydilar, plakatlar tayyorlaydilar, mavzuga doir she’rlar tanlaydilar va hakozo. Konfrensiya o’tkazish rejasi va
mavzulari: konferensiyani odatda o’qituvchining kirish so’zi bilan boshlanadi. Taklif qilingan mehmonlarga so’z beriladi. Keyin shu sinf o’quvchilaridan iborat hakamlar hayati a’zolari o’z 37
o’rinlarini egallaydilar va butun konfrensiya-ishiga rahbarlik qiladilar. Zarur hollarda hakamlar hayatiga o’qituvchi ko’rsatmalar berib boradi. Ma’ruzalar mavzsi: 1. Nima sababdan tabiiy muhitni muhofaza qilish zaruriyati paydo bo’lgan? 2. Sayyoramiz aholisi tabiiy n\muhit haqida havotirga tushmasligi mumkinmi? 3. Jaxondagi taraqqiyparvar ishlar tabiiy va jamiyatning o’zaro aloqadorligi muommosiga qanday munosabat bildirmoqdalar? 4. Inson hayotida qazilma boyliklar qanday ahamiyatga ega? 5. Nima uchun toza havo va chuchuk suv insoniyat uchun eng zaruriy hisoblanmoqda? 6. Inson qit’alar va okeanlar tabiatiga qanday ta’sir ko’rsatmoqda? 7. Sayyoramiz tabiatini muhofaza qilishda halqaro hamkorlik doirasida bizning mamlakatimiz qanday tadbirlarni amalga oshirmoqda? 8. Bizning hayot sharoitimizga tabiat qanday ta’sir ko’rsatadi? 9. Nima sababdan Orol dengizi va Orol bo’yi tabiatini muhofaza qilish muommosi vujudga keladi? 10. O’lkamiz tabiatini muhofaza qilishda o’quvchilar qanday tadbirlarni amalga oshirishlari lozim? Konfrensiyani o’lkamiz, mamlakatimiz rang-barang tabiatini aks ettirilgan kinofilimdan 2-3 daqiqali lavha tomosha qilish bilan boshlash yanada muhim ahamiyat kasb qiladi. Maruzalar va konfrentsiya ishini hakamlar hayati a’zolari olib boradilar. Ular ma’ruzachilarga savollar beradilar va barcha ishlarning sifatini baholaydilar. Hay’at raisi so’zga chiquvchilarning belgilangan vaqtga rioya qilishlarini kuzatib boradi, agar ma’ruzachi bir daqiqa ortiq vaqt sarflasa ham ishining bahosi pasaytiriladi. Konfrensiya yakunida o’quvchilar faoliyati baholanib sinf jurnaliga qo’yiladi. Ushbu didaktik o’yin turining muvaffaqiyati o`qituvchining ilmiy-metodik saviyasiga va pedagogik mahoratining yuqori darajada bo`lishi, zamon bilan hamnafasligi, o`quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va boshqarish ko`nikmalariga bog’liq bo`ladi shuningdek, yuqori O’zbekiston tabiiy geografiyasi fanini o’qitishda o’lkamizning dolzarb ekologik
38
muommolariga bag’ishlangan (“Orolim mening – dardim mening” , “Orol bo’yi – muhofazaga muxtoj”) konfrensiyalar uyushturish o’quvchilarda ekologik madaniyatini shakillantirishiga yordam beradi. O’zbekiston tabiiy geografiyasi fanini o’qitishda ekologik ta’lim-tarbiya berish dars jarayonida, boshqa didaktik o`yinlar bilan bir qatorda o`yin mashqlardan o`z o`rinda va samarali foydalanish maqsadga muvofiq. O`yin mashqlari uchun televidenie va matbuot orqali berib borilayotgan va o`quvchi yoshlarning eng qiziq mashg’ulotiga aylangan o`yinlarni andoza qilib olish mumkin. Bular jumlasiga “Zakovat”, “Zinama- zina”, “Kim millioner bo`lishni xoxlaydi?” kabilarni kiritish mumkin. Mazkur o`yinlarda o`quvchilar avvalo o`z kuchi va bilimlarini sinab ko`radilar va yana ularning aksariyati shu o`yinlar ishtirokchisi bo`lishni orzu qiladilar[15]. Zamon bilan hamnafas ishlayotgan har bir o`qituvchi o`quvchilardagi bu istak va orzularni amalga oshirish uchun ta`lim jarayonida shunga o`xshash o`yinlarni o`z vaqtida o`tkazishi o`quvchilarning ekologik bilim olishga bo`lgan qiziqishlarini orttirish va bilish faoliyatini faollashtirishga zamin tayyorlaydi.
39
Hamkorlikda o`qitish texnologiyasi har bir o`quvchining tahsil olishdagi muvaffaqiyati guruh muvaffaqiyatiga olib kelishini anglagan holda muntazam va sidqidildan aqliy mehnat qilishga, o`quv topshiriqlarini sifatli bajarishga, o`quv materialini puxta o`zlashtirishiga, o`rtoqlariga hamkor bo`lib, o`zaro yordam uyushtirilishiga zamin tayyorlaydi. Bu esa o’z navbatida O’zbekiston tabiiy geografiyasi fanini o’qitishda ekologik-ta’lim-tarbiya berish uyg’unligini tashkil etishda dars samaradorligini o’z-o’zidan oshirishga imkon beradi[15]. Geografiya o`qituvchi jarayonida hamkorlikda o`qitish metodlaridan foydalanish maqsadida qaysi mavzularni hamkorlikda o`qitish metodlaridan foydalanib, o`rganish mumkinligini aniqlashi va mazkur darslarni taqvim-rejada belgilashi; tanlagan mavzu bo`yicha o`quvchilarga tavsiya etiladigan o`quv topshiriqlari va ularni bajarish yuzasidan ko`rsatmalarni tayyorlashi; hamkorlikda o`qitish metodlaridan foydalanib, o`tiladigan dars turi, dars tuzilishi va borishini loyihalashi; o`tgan va yangi mavzular yuzasidan o`quvchilar bilimini nazorat qilish uchun test topshiriqlarini tuzishi kerak. Mazkur metodlardan foydalanganda shuni nazarda tutish kerakki, o`quvchilar o`z sheriklari bilan hamkorlikda o`quv topshiriqlarni to`g’ri bajarishlari barobarida guruh a`zolarining faolligi, hamkorlikning vujudga kelishi, ular o`rtasidagi muloqotda ekologik madaniyatni shakllantirishi, amal qilinishi ham hisobga olinadi. Shunday qilib, guruh a`zolari bir vaqtning o`zida ikkita topshiriqni bajaradi: 1. akademik topshiriq - bilish va ijodiy izlanish orqali o`quv topshiriqlaridan ko`zlangan maqsadga erishish;
40
2. ijtimoiy-psixologik topshiriq - dars davomida yuksak ekologik madaniyatiga ega bo`lishi, odob osoyishtaligini saqlashi; O`qituvchi har ikkala topshiriqning yuqori saviyada bajarilishini nazorat qiladi. O`qituvchi dars jarayonida hamkorlikda o`qitish metodlaridan foydalanishi uchun ushbu texnologiyaning o`ziga xos xususiyatlariga oid bilim, ko`nikma va malakalarni, o`quvchilarning mustaqil ishlari, o`quv bahsi va munozaralarni samarali tashkil etish yo`llarini egallagan, o`quvchilarda esa darslik, ilmiy- ommabop adabiyotlar ustida mustaqil va ijodiy ishlash, o`z fikrini qisqa va aniq bayon etish, fikrlarni asoslash va dalillash, mantiqiy fikr yuritish, o`quv bahsi va munozaralarda faol qatnashish ko`nikmalari shakllangan va ongli intizom vujudga kelgan bo`lishi lozim. Hamkorlikda o`qitish texnologiyasining bir nechta metodlari mavjud: -Komandada o`qitish metodida o`quvchilar teng sonli ikkita komandaga ajratiladi. Har ikkala komanda bir xil topshiriqni bajaradi. Komanda a`zolari o`quv topshiriqlarini hamkorlikda bajarib, har bir o`quvchi mavzudan ko`zda tutilgan bilim, ko`nikma va malakalarni o`zlashtirishiga e`tiborni qaratadi. Ammo o`quvchilarga topshiriqlarni hamkorlikda bajarish bo`yicha ko`rsatma berilishi etarli emas. O`quvchilar o`rtasida tom ma`nodagi hamkorlik, har bir o`quvchining qo`lga kiritgan muvaffaqiyatidan quvonish, bir-biriga sidqidildan yordam berish hissi, qulay ijtimoiy-psixologik muhit vujudga kelishi zarur. Mazkur texnologiyada o`quvchilarning bilimlarni o`zlashtirish sifatini aniqlashda ularni bir-biri bilan emas, balki har bir o`quvchining kundalik natijasi, avval qo`lga kiritilgan natija bilan taqqoslanadi. Shundagina o`quvchilar o`zining dars davomida erishgan natijasi komandaga foyda keltirishini anglagan holda ma`suliyatni his qilib, ko`proq izlanishga, bilim, ko`nikma va malakalarni puxta o`zlashtirishga intiladi, shu bilan birga mashg’ulotlar jarayonida ekologik ta’lim-tarbiya uzviyligi ta’minlanib, o’quvchilarda ekologik madaniyatning rivojlanib borishi imkoniyatlari vujudga keladi. Darsning mavzu: O’zbekiston iqlimi. 41
Darsning ta`limiy maqsadi: O`quvchilarni mamlakatimizning iqlimi, iqlim hosil qiluvchi va unga ta’sir etuvchi omillarni, iqlimining o`ziga xos xususiyatlari, iqlimning o’zgarish sabablari bilan tanishtirish. Darsning tarbiyaviy maqsadi: mamlakatimizning iqlimi mintaqalararo tafovutlarini tushuntirish orqali o`quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, ahloqiy, ekologik ta’lim- tarbiya berish. Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O`quvchilarning havo harorati, taqsimlanishi, yog’inlarning yillik o’zgarishi, shamollar,yil fasllari bilan tanishish va kuzatish, darslik ustida mustaqil ishlash ko`nikmalari, nutq va muloqot madaniyatini, ekologik madaniyatini rivojlantirish. Darsni jihozlash:O’zbekistonning tabiiy kartasi, 7-sinf atlasi va kontur kartasi. Darsda foydalaniladigan texnologiya: Hamkorlikda o`qitish texnologiyasi (komandada o`qitish metodi) Darsning borishi: I.Tashkiliy qism II. O`tgan mavzu (ya’ni “O’zbekistonning yer yuzasi, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari”) yuzasidan o`quvchilarning o`zlashtirgan bilimlarini nazorat qilish va baholash. III. O`quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtirish. IV.Yangi mavzuni o`rganish: a) o`quvchilarni komandaga ajratib bir necha kichik guruhlarni tashkil etish hamda, har bir komanda a`zolari tomonidan belgilangan o`quv topshiriqlarini mustaqil ravishda sifatli bajarilishiga, ekologik ta’lim-tarbiya uyg’unligiga erishish; Topshiriqning didaktik maqsadi: O’zbekiston iqlimini vujudga kelishi, o`ziga xos xususiyatlari, mintaqalararo taqsimlanishi, yil sayin iqlimning o’zgarish sabablari, ularning oqibatlarini ekologik baholash va o`rganish. № O`quvchilar o`zlashtirishi lozim bo`lgan materiallar yuzasidan o`quv topshiriqlari Topshiriqni bajarish bo`yicha ko`rsatmalar Izoh
Darslikdagi mavzunini diqqat bilan o`qing,
42
1.
2. 3.
4.
5. 6.
7.
atlasda iqlim bo’limini ko’zdan kechirib quyidagi savollarga javob tayyorlang.
O’zbekiston qaysi iqlim
mintaqasida joylashgan? Iqlimni hosil qiluvchi omillarni ayting
Atlasdan o’rtacha yillik
Quyosh radiatsiyasi va quyoshning nur sochib turish muddati o’rganing
Yog’inlarning hudud bo’ylab va yil fasllari bo’yicha taqsimlanishini o`rganing.
Qanday shamollar borligini va ularning xususiyatlarini aniqlang.
Yillik o’rtacha harorat qanday aniqlanadi? Darslikdagi mavzu
oxirida berilgan savollarga javob toping va topshiriqlarni bajaring. Topshiriq asosida
jadvalni to`ldiring. O`quvchilar guruhi
bilan hamkorlikda ishlang.
O`quvchilar bilan o`tkaziladigan savol- javobda faol ishtirok eting
O`zlashtirgan bilimlaringiz asosida, darslik va iqlim kartasidan foydalanib quyidagi jadvalni to`ldiring. Taqqoslanadigan jihatlar Tekisliklar Tog’ mintaqasi Quyosh
radiatsiyasi, yog’inlarning taqsimlanishi, Shamollar
Yil fasllari bo’yicha: Qish
Bahor
Yoz
Kuz
Atmosferani ifloslanishi
43
b) o`quv materialini yaxlit holda qayta ishlab chiqilishini amalga oshirish. V. Yangi mavzu yuzasidan komandalar o`rtasida savol-javob, o`quv bahsi uyushtirish. VI. O`quvchilar bilimini test savollari yordamida nazorat qilish va baholash. VII. Yangi mavzuni qayta ishlash va yakunlash. VIII.Uyga vazifa berish. “O’zbekiston iqlimi” mavzusidagi hamkorlikda o`qitish texnologiyasining komandada o`qitish metodidan foydalanilgan darsning texnologik xaritasi. Texnologik bosqichlar O`qituvchining faoliyati O`quvchi faoliyati I bosqich Tashkiliy qism 3-minut
O`tgan mavzu yuza- sidan o`quvchilarning bilimlarini nazorat qilish va baholash 3-minut
III bosqich O`quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish. 5-minut
IV bosqich Yangi mavzuni o`rganish. 30-minut
O`quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtiradi.
O`tgan
mavzu yuzasidan tuzil-gan test topshiriqlari yorda-mida o`quvchilarning bilimlarini nazorat qiladi va baholaydi.
maqsadi,bajariladigan o`quv topshiriqlari bilan tanish- tiradi.
O`quvchilarning komandalarda mustaqil ishini tashkil etadi. O`quv dasturidan o`rin olgan Dars mavzusi, maqsadi, borishi va unda bajariladigan topshiriqlarni anglaydi. O`tgan mavzu yuzasidan tuzilgan test topshiriqlarini bajaradi.
O`quv dasturining didaktik maqsadi, bajariladigan o`quv topshiriqlari yuzasi- dan ko`rsatmani anglaydi.
O`quvchilar bilan hamkor- likda o`quv faoliyatini tashkil etadi. O`quv dasturidan o`rin
44
V bosqich O`quvchilar bilimini nazorat qilish va baho- lash. 2-minut
VI bosqich Erishilgan natijani tahlil qi-lish va yakun yasash. 2-minut topshiriqlarni mustaqil o`z- lashtirilishini va ekologik ta’limni ta`minlaydi. Topshiriq yakunida komandalar o`rtasida savol- javob, o`quv bahsi, munozara o`tkazadi.Tegishli hollarda yordam uyushtiradi.
O`rganilgan mavzuga oid test topshiriqlari, savollar, ekologik so’rovlar va
didaktik jadvallar beradi. Komandalar faoliyatini tahlil qiladi,o`quvchilarga mustaqil va ijodiy ish topshiriqlarini beradi olgan ekologik topshiriqlarni mustaqil o`zlashtiradi.
Komandalar o`rtasida o`tka- ziladigan savol-javob, o`quv bahsi, munozarada faol ishtirok etadi.
Test topshiriqlari, savollar, ekologik so’rovlarni va didaktik jadvallarni bajaradi. Mustaqil va ijodiy ish topshiriqlarini belgilaydi.
Kichik guruhlarda hamkorlikda o`qitish metodi. Bu yondashuvda kichik guruhlar 4 ta o`quvchidan tashkil topadi. O`qituvchi avval mavzuni tushuntiradi, so`ngra o`quvchilarning mustaqil ishlari tashkil etiladi. O`quvchilarga berilgan o`quv topshiriqlari 4 qismga ajratilib, har bir o`quvchi topshiriqning ma`lum qismini bajaradi. Topshiriq yakunida har bir o`quvchi o`zi bajargan qism yuzasidan fikr yuritib, o`rtoqlarini o`qitadi, so`ngra guruh a`zolari tomonidan topshiriq yuzasidan umumiy xulosa chiqariladi. O`qituvchi har bir kichik guruh axborotini, qo’shimcha ekologik bashoratlash bo’yicha fikrlarini tinglaydi va test topshiriqlari yordamida bilimlarni nazorat qilib baholaydi. O`quvchilarning kichik guruhlardagi o`quv faoliyati o`yin (turnir, musobaqa) shaklida, individual tarzda xam tashkil etilishi mumkin. Dars mavzusi: O’zbekistonning tabiiy boyliklari va ularni muhofaza qilish. 45
Darsning ta`limiy maqsadi: O`quvchilarni tabiiy resurslar, ularning turlari, tabiat va tabiiy boyliklarni muhofaza qilish bo’yicha dalillari bilan tanishtirish. Darsning tarbiyaviy maqsadi:O`quvchilarni O’zbekiston tabiati va tabiiy boyliklarini muhofaza qilish, ba’zi hududlarning ekologik holati bilan tanishtirish orqali ilmiy-ekologik dunyoqarashini kengaytirish. Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O`quvchilarning tabiiy boyliklar, ekologik holati va amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi bilimlari, darslik ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish. Darsni jihozlash: O’zbekiston tabiiy xaritasi, tabiatni muhofaza qilish xaritasi,7-sinf atlasi-kontur kartasi, Qo’riqxona, milliy bog’, buyritmaxonalar jadvali. Darsda foydalaniladigan texnologiya: Hamkorlikda o`qitish texnologiyasi (kichik guruhlarda o`qitish metodi) Asosiy tushunchalar va tayanch bilimlar: Tabiiy boylik (resurs), qo’riqxona, milliy bog’, buyritmaxona, rezervat, tabiat yodgorliklari, O’zbekiston “Qizil kitob”i, tabiatni muhofaza qilish, alohida muhofaza qilinadigan hududlar. Darsning borishi: I.Tashkiliy qism II. O`tgan mavzu yuzasidan o`quvchilarning bilimlarini test savollari yordamida nazorat qilish va baholash. III. O`quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtirish. IV. Yangi mavzu bo`yicha o`qituvchining axboroti: Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling