xavflilik
xususiyatiga
ega
bo'lmasdan,
ijtimoiy
zararli
qilmish
hisoblanadi.
Demak, jinoyatning nojo'ya xatti-harakatdan asosiy farqi,
unda qilmish ijtimoiy xavfli hisoblanadi.
53
Masalan. aynan bitta ko'rinishga ega bo'lgan, lekin ikki xil
javobgarlikni vujudga keltiradigan huquqbuzarlikni, ya’ni jinoyat
va ma’muriy huquqbuzarlik o'rtasidagi farqni, ijtimoiy xavflilik
darajasida ko'rish mumkin. Jumladan, O'zR MJtKning 41-
moddasiga binoan haqorat qilish, ya’ni shaxsning sha’ni va
qadr-qimmatini qasddan kamsitish — ma’muriy huquqbuzarlik
hisoblanadi. O'zR JKning 140-moddasiga binoan esa, haqorat
qilish, ya’ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan
qasddan
tahqirlash,
basharti,
shunday
harakatlar
uchun
ma’muriy jazo qo'llanilgandan keyin sodir etilgan bo'lsa, jinoyat
hisoblanadi. Bunda, haqorat qilish harakati ma’muriy jazo
qo'llanilgandan so'ng, qayta sodir etilishi ijtimoiy xavfni (jinoiy
qilmishni) vujudga keltiradi.
Qonun chiqaruvchi ma’muriy huquqbuzarliklarga tavsif
berar ekan, jinoyatlardan farqli o'laroq, ulami ijtimoiy xavfli
xatti-harakatlar deb atamagan.
Ma’muriy nojo'ya xatti-harakatlar bilan intizomiy nojo'ya
xatti-harakatlami taqqoslaganda, ulaming ikkalasi ham ijtimoiy
xavfli qilmish hisoblanmasligini e ’tiborga olish lozim. Lekin
ulaming
formal
xususiyati
—
huquqqa xilofliligi
nuqtai
nazaridan kelib chiqqanda, ma’lum bir farqli tomonlar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |