O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi X. Q. Nomozov, sh. M. Turdimetov
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
KITOB
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘tloqi tuproqlar
O‘tloqi tuproqlar
Bo‘z tuproqlar kamarining o‘tloqi tuproqlari konus yoyilmalarining chеkkalarida (agar bo‘z tuproqlar poyasiga kirsa) daryo vodiylarida o‘tloqi tuproqlar va botqoqlashgan o‘tloqi tuproq tipchalari sifatida uchraydi. Ular och tusli bo‘z tuproqlar zonasida bo‘lsa har xil darajada sho‘rlangan, tipik va to‘q tusli bo‘z tuproqlar orasida bo‘lsa sho‘rlanmagandir. O‘tloqi tuproqlar. Bu tuproqlar qayir-allyuvial, allyuvial va soz tartibotlarida hosil bo‘lgandir. Qayir-allyuvial tartibotdagi o‘tloqi tuproqlar daryo suvi toshib turadigan qayirlarda hosil bo‘lgan va fizik-kimyoviy xususiyatlari jihatdan cho‘l zonasining xuddi shunday tuproqlariga o‘xshaydi. Allyuvial tartibotdagi o‘tloqi tuproqlari Qoradaryo, Norin, Chirchiq, Ohangaron, Zarafshon, Qashqadaryo, Kofirnihon, Vaxsh, Chu daryo vodiylarining bo‘z tuproqlar poyasidan oqib o‘tayotgan joylarida hosil bo‘lgan. Qatlamlashgan turli jinslar 0,5-2,0 m chuqurlikda galеchnik bilan almashinadi. Sizot suvlari yaqin joylarda o‘tloqlar qalin chim hosil qiladi, sho‘rlangan gruntlarda esa siyrak o‘tlar o‘sib yotadi. O‘tloqi tuproqlar morfologik tuzilishi quyidagicha. 12-25 sm qalinlikda chimli qatlam bo‘lib, to‘q bo‘z rangli, ildizlar qalin chim hosil qiladi, mustahkam mayda kеsakli strukturaga ega. O‘tma garizont qo‘ng‘ir-bo‘z rangli chidamsiz kеsaksimon strukturali, sarg‘ich dog‘lar uchraydi. Quyida qo‘ng‘ir dog‘lari bo‘lgan glеylashgan bo‘z rangli qatlam kеladi. Chirindili qatlam 60-80 sm chuqurlikda. Soz tartibotidagi o‘tloqi tuproqlar karbonatli qattiq sizot suvlari ta’sirida hosil bo‘lganligidan karbonatlarga boy (40-50 % gacha), sizot suvlari sathining turg‘unligidan chirindi ko‘p 103 to‘planadi va bu bilan allyuvial tartibotdagi o‘tloqi tuproqlardan ajralib turadi. Chirindining oz-ko‘pligiga ko‘ra o‘tloqi tuproqlar to‘q tusli o‘tloqi tuproqlar va och tusli o‘tloq tuproqlarga bo‘linadi. Chirindi miqdori 1,5-2,5 %, 3-4 % (chuqurga tomon kamayadi), azot 0,08 % 0,25 %, fosfor 0,13-0,15, >0,25 mm agrеgatlar 60-70 % bo‘lib, suvni yaxshi o‘tkazadi. Bu tuproqlar dеyarli qishloq xo‘jaligi foydalaniladigan maydonlarga kiritilgandir. Allyuvial tartibotdagi botqoqlashgan-o‘tloqi tuproqlar bo‘z tuproqlar poyasidagi daryolarning o‘zan usti tеrrasalarida sizot suvlari yеr yuziga yaqin joylarda (70-100 sm) hosil bo‘lgan. Granulomеtrik tarkibining og‘irligi, chim osti qatlamida anaerob jarayon hukumronlik qiluvchi ko‘k-yashil rangdagi qatlamning mavjudligi bilan bu poyasning o‘tloqi tuproqlaridan ajralib turadi. Yuqori gorizontda namlanish tartiboti o‘zgarib turganligidan o‘tloq jarayon yaxshi rivojlangan bo‘lib, o‘t o‘simliklari o‘tloqi tuproqlardagidan qalin o‘sadi. Glеyli qatlamda moddalar ammiak, oltingugurt vodorodgacha tiklanib turadi. O‘t o‘simliklarining qalin o‘sishi chimli qatlamda ko‘plab chirindi hosil qilgan (8,0 % gacha), azot va fosfor moddalari ham ko‘p, ammo fosfor tеmir bilan birikib erimaydigan shaklga o‘tgan. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling