O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi X. Q. Nomozov, sh. M. Turdimetov


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet43/99
Sana02.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1836342
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   99
Bog'liq
KITOB

Botqoq tuproqlar
Bu poyasdagi botqoq tuproqlar o‘tloqi va botqoqlashgan-o‘tloqi 
tuproqlar orasidagi pastqamliklarda, sizot suvlari yozgi suv 
ko‘tarilishi davrlarida yеr yuziga yaqinlashib kеladigan joylarda 
hosil bo‘ladi. Sizot suvlari ozayganda 20-50 sm chuqurlikka 
yaqinlashadi. O‘simliklari qamish va qo‘g‘adan iboratdir. Sizot 
suvlarining uzoq vaqt tuproq ustiga chiqib yotishi tufayli torf 
qatlami hosil bo‘ladi va ular torflashgan botqoqlar dеb yuritiladi. 
Ularning tarkibida chirindi (10-22%), azot va fosfor moddalar ko‘p. 
Sizot suvlari tеzda pasayib kеtadigan joylarda esa illashgan-botqoq 
tuproqlar hosil bo‘ladi. Illashgan-botqoq tuproqlarda chirindi
(1,5-2 %), azot va fosfor moddalari ozdir. 
Botqoq tuproqlar dеyarli o‘zlashtirishga tortilgan bo‘lib, qo‘riq 
holda juda oz uchraydi. 


104 
Savollar 
 
1. Gidromorf tuproqlarning hosil bo‘lish sharoitlari nimalar-
dan iborat? 
2. O‘tloqi tuproqlar qanday xossa va xususiyarlarga ega? 
3. Otloqi tuproqlarning morfologik belgilarini aytib bering. 
4. Botqoq tuproqlar qanday sharoitlarda hosil bo‘ladi? 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


105 
 
BO‘Z TUPROQLAR MINTAQASI SUG‘ORILADIGAN 
TUPROQLARI 
O‘zbekistonning sug‘oriladigan voha tuproqlari Amudaryo
Sirdaryo, Zarafshon, Qashqadaryo, Sheroboddaryo deltalari va 
vodiylari, shuningdek, Tyan-Shan, Hisor, Pomir-Oloy tuproqlaridan 
farq qiladi. Bu hududning tuproq qoplami och tusli, tipik va to‘q 
tusli bo‘z hamda gidromorf o‘tloq va botqoq tuproqlardan tashkil 
topgan. Bu yerlarning ko‘p qismi lalmikor dehqonchilik va 
yaylovlardan iborat. Sug‘oriladigan yerlar alohida vohalar 
ko‘rinishida Zarafshon, Sirdaryo, Chirchiq, Angren, Qashqadaryo 
va shu kabi boshqa daryolar havzasiga to‘g‘ri keladi. Ular 
tog‘larning oldi va past tekisliklarini egallab yotadi. Tog‘ oldi 
tekisliklarining vohalari, odatda, bo‘z tuproqlar mintaqasiga kiradi 
va tuproq hosil bo‘lish jarayonlarining kechishi bilan sahro 
mintaqasidan farq qiladi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling