O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi X. Q. Nomozov, sh. M. Turdimetov


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet44/99
Sana02.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1836342
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   99
Bog'liq
KITOB

Bo‘z-voha tuproqlari. Bu tuproqlar qadimgi dehqonchilik 
vohalarida tarqalgan. Ular sug‘orish jarayonida bo‘z tuproqlardan 
hosil bo‘ladi. Lekin inson faoliyati ta’siri natijasida tabiiy bo‘z 
tuproqlarga xos bo‘lgan profil xarakteri butunlay o‘zgarib ketgan. 
Bo‘z-voha tuproq tipi sug‘oriladigan tuproqlar tasnifiga ko‘ra 
(Qo‘ziyev,1991) sug‘oriladigan och tusli, tipik va to‘q tusli bo‘z, 
o‘tloqi-bo‘z, o‘tloqi bo‘z-voha tuproqlarini ham ichiga oladi. Bu 
tuproqlar rivojlangan joylarda yer osti suvi chuqurroq bo‘lib, tuproq 
hosil qilish jarayoniga ta’sir ko‘rsatmaydi. 
Xususan, bo‘z-voha tuproqlar vohalarning juda qadimdan beri 
sug‘orilib kelayotgan yerlarida hosil bo‘lgan. Ularning asosiy 
genetik belgilari: a) agroirrigatsion keltirilmalardan tashkil topgan 
qatlamning mavjudligi; b) agroirrigatsion keltirilmaning har-yili 
keltirilib turishi hisobiga tuproq hosil bo‘lish jarayonining yangilab 
turishi; c) chirindi qatlamining qalinligi va sh.k. 
Bo‘z-voha tuproqlari alohida ma’lum daryo havzalarida 
tarqalganligi uchun agroirrigatsion yotqiziqlarning rangi, undagi 


106 
zarrachalarning yirik yoki maydaligi, mineralogik va kimyoviy 
tarkibi sug‘orish manbalariga bog‘langan bo‘ladi. 
O‘tloqi-bo‘z-voha tuproqlari. Bu tuproqlar asosan, yer osti 
suvlariga nisbatan yaqin, ya’ni 3-5 metr atrofida bo‘lganda 
rivojlanadi. Bunday sharoit tog‘ oldi past tekisliklarida yer osti 
suvlarining oqish tezligi pasayib yer ustiga birmuncha ko‘tarilgan 
hollarda vujudga keladi. Sun’iy sug‘orish natijasida ham 
respublikamizning qator regionlaridagi ba’zi joylarda yer osti 
suvining sathi ma’lum darajada ko‘tarilishi mumkin. Ana shunday 
sharoitlarda sug‘orilayotgan bo‘z, bo‘z-voha tuproqlari o‘tloqi bo‘z-
voha tuproqlariga o‘tadi. Bunday sharoit Mirzacho‘l, Samarqand va 
Toshkent vohalarida vujudga kelgan. Bundan tashqari, Zarafshon 
daryosining suvi ko‘plab sug‘orish ishlariga ishlatilganligi uchun, 
uning II terrasasi ayrim qismlarida yer osti suvlari sathi birmuncha 
pastga tushgan. Bunday joylarda o‘tloqi tuproq hosil bo‘lish 
jarayoni, o‘tloqi-bo‘z tuproq hosil bo‘lish jarayoni bilan 
almashiniladi. Shunday qilib, yuqoridagi ma’lumotlardan shunday 
xulosa qilish mumkinki, o‘tloqi-bo‘z-voha tuproqlari tabiiy bo‘z, 
o‘tloqi-bo‘z, o‘tloqi tuproqlar asosida hosil bo‘lishi mumkin. Bu 
tuproq hosil bo‘lishining asosiy sharoiti yer osti suvlarining 3-5 
metr chuqurlikda bo‘lishidir. Albatta, bunday sharoitda hosil 
bo‘lgan tuproq o‘ziga xos morfologik tuzilish xususiyatlariga ega. 
Tuproq haydalma qatlami to‘zonli va yog‘ingarchiliklar hamda 
sug‘orishlarda zich qatqaloq paydo bo‘ladi. Haydalma ostki qatlam 
sug‘orish suvlari va ishlov beriladigan qurollar ta’sirida zichlangan 
hamda monolitli qatlam sifatida qabul qilingan. Profilning o‘rta 
qismida bo‘z tuproqlarga nisbatan ancha chuqurlikda yomg‘ir 
chuvalchangi va boshqa yer qazuvchilarning izlari yaqqol ko‘rinadi, 
bu tuproqqa donador kesakchali strukturani beradi. 
Bo‘z tuproqlar mintaqasida Mirzacho‘l vohasidan tashqari 
ikkilamchi sho‘rlanishga moyil bo‘lmasalarda, ba’zi hollarda, ular 
profilida suvda eriydigan ma’lum miqdordagi tuzlar yig‘ilishi 
mumkin. Ammo, sug‘orish jarayonida bu hududlar tabiiy yaxshi 
drenalashganligi uchun unchalik ko‘p bo‘lmagan tuz miqdori 
yuvilib ketadi va o‘simliklar o‘sishi va rivojlanishiga deyarli salbiy 
ta’sir ko‘rsatmaydi. Bu tuproqlarda chirindili qatlam ancha qalindir. 


107 
Bo‘z-voha tuproqlariga xos bo‘lgan umumiy morfologik 
belgilardan biri, agroirrigatsion keltirilmalar hisobiga hosil bo‘lgan 
qatlamdan tashqari chirindili qatlamning qalinligi agroirrigatsion 
keltirmalar qalinligi to‘g‘ri keladi. Sug‘oriladigan bo‘z tuproqlarda 
esa 40-50 sm gacha yetadi. Кeyingi-yillarda mineral o‘g‘itlar, har 
xil kimyoviy moddalarni ko‘plab qo‘llash natijasida tuproq 
chirindisining harakatchanligi oshadi. Shu tufayli chirindi miqdori 
ko‘p bo‘lmasada, uning rangi tuproqning pastki qatlamlarigacha 
yetib keladi. 
Sug‘oriladigan bo‘z tuproqlarning xarakterli xususiyati-alohida 
qatlamlarning va butun tuproq profilining kam qalinligi, 
konkrensiyalar ko‘rinishida karbonat tuzlarning ko‘p ajraladigan 
karbonat qatlamining borligi bilan farqlanadi, bu xossalar bo‘z-voha 
tuproqlariga xos emasdir. 
Morfologik, kimyoviy va ba’zi boshqa xususiyatlari bilan 
sug‘oriladigan bo‘z tuproqlarga yaqin tursada, shubhasiz ularning 
rivojlanishi voha tuproq paydo bo‘lish tipi bo‘yicha ketadi. Buning 
asosi suv va issiqlik rejimidagi o‘zgarishlar, sug‘orish suvlari bilan 
yangi moddalarning kelishi, agrotexnika va boshqalar ta’siri ostida 
moddalarning kichik aylanishini tezlashishishi hisoblanadi. 
Bo‘z tuproqlarni sug‘orishlarda yuviladigan irrigatsion tipini 
kelib chiqishi ellyuvial jarayonini tezlashishiga olib keladi. 
Sug‘orish jarayoni och tusli bo‘z tuproqlardagi suvda eriydigan 
tuzlar tarkibi va ularning profilda joylashishini keskin o‘zgartiradi. 
Bu hol joylarning gidrogeologik sharoiti bilan bevosita bog‘liqdir. 
Bu o‘zgarishlar sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlarda ikki 
xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin:
Birinchidan, gidrogeologik sharoiti yaxshi bo‘lib, ya’ni yer osti 
suvlarining to‘la oqib chiqib ketishiga imkon bo‘lgan hududlarda 
rivojlangan sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlar tarkibidagi suvda 
eriydigan tuzlarning tuproq profilidan yuvib chiqib ketishi 
kuzatiladi. Bunday joylarda-yillar davomida sug‘orish natijasida 
suvda eriydigan tuzlar butunlay yo‘qoladi, agroirrigatsion keltiril-
malar hisobiga hosil bo‘layotgan qatlam qalinlashib boradi. 
Ikkinchidan, sug‘orish yuzasidan chuqurda yotgan yerlarning 
sathi hududdan oqib chiqib keta olmagani uchun ko‘tarila boshlaydi. 
Bunday joylarning aniq misoli sifatida Mirzacho‘lni aytish mumkin. 


108 
Bu yerlarda sug‘orila boshlangandan keyin, yer osti suvlari sathi 
balandga ko‘tarilib, tuproqning suv balansida yangi muvozanat 
paydo bo‘ladi. Mazkur balansning sarflanish qismi tuproqdagi 
namning bevosita yer yuzasidan bug‘lanishi o‘simliklar transpiratsi-
yasi hisobiga oshadi. Bu jarayon o‘simliklar vegetatsiyasi hamda 
havo va tuproq harorati ijobiy bo‘lgan vaqtda uzluksiz davom etadi. 
Chunki, yer osti suvlari sathi ko‘paygan paytda tuproq grunt 
kapillyar yo‘llari orqali bug‘langan nam o‘rni doimo to‘lg‘azib 
turiladi. Albatta, bunday sharoitda rivojlanayotgan, sug‘oriladigan 
och tusli bo‘z tuproq ham o‘zining xususiyatlarini tamomila 
o‘zgartira boshlaydi. Tuproq hosil bo‘lish jarayoni esa irrigatsiya 
gidromorf sharoitda kechadi va gidromorf tuproqlarga xos gleyli 
qatlamlar bunyodga keladi. 
Tabiiy bo‘z tuproqlardagi profilning ma’lum qismida ko‘zga 
ko‘rinadigan yangi hosil bo‘lgan karbonatlar har xil shaklda 
uchraydi. Ularning tarqalish chuqurligi och tusli bo‘z tuproqlarga 
qarab oshib boradi. Tahlillarning natijalari ko‘rsatishicha, bo‘z 
tuproq profilining taxminan o‘rta qismida karbonatlar eng ko‘p 
to‘planadi. Ularni hosil qilgan ona jinslarga nisbatan ham bo‘z 
tuproqlar birmuncha karbonatlarga boydir. 
Tuproqlardagi 
singdirish sig‘imi va kationlar tarkibi 
tuproqning fizikaviy-kimyoviy xossalari orqali, ularning unumdorlik 
imkoniyatlarida katta rol o‘ynaydi. 
Umuman, bo‘z-voha tuproqlarining singdirish sig‘imi unchalik 
katta emas. Mazkur hol bu tuproqlarda chirindi va kolloidlar 
miqdorining kamligi bilan bog‘liq. Singdirilgan kationlar orasida 
asosiy o‘rinni kalsiy va magniy kationlari egallaydi. 
Singdirilgan kalsiyning miqdori bo‘z-voha tuproqlarining 
yuqori qatlamlarida singdirilgan kationlarning umumiy yig‘in-
disidan 60-80 foizni tashkil qiladi. Olingan ma’lumotlar shuni 
ko‘rsatadiki, sug‘orish jarayonida voha tuproqlarining yuqori 
qatlamlarida singdirilgan magniy miqdori quruq tuproqlarga 
nisbatan sezilarli oshadi. Ayniqsa, bu jarayon yer osti suvlari 
yuzasiga yaqin (3-5 m) bo‘lganda kuchli kechadi. 
Tabiiy bo‘z tuproqlarning kam chirindiligi, bu tuproqlarda 
o‘sayotgan o‘simliklarning kam hosildorligi va ularning issiqlik, suv 
tartiblari bilan bog‘liqdir. Tipik bo‘z tuproqlarda organik massaning 


109 
umumiy zonasi gektariga 20 tonna atrofida bo‘lib, shundan 
faqatgina 1,5 tonnasi o‘simliklarning yer ustidagi qismini tashkil 
etadi. Sug‘oriladigan bo‘z tuproqlardagi biologik mahsulotlar 
massasi 10 tonnaga yetadi. Lekin bu ham ularda chirindi miqdo-
rining keskin ko‘payishiga olib kelmaydi. Bu hol sug‘oriladigan 
tuproqlarda mineralizatsiyalash jarayonini kuchli jadallashuvi, 
mikroflora sonini oshishi va biologik faol vaqtning uzoq davom 
etishi bilan bog‘liqdir. 
Bo‘z-voha tuproqlarida chirindi miqdori 0,9-1,0 % atrofida. 
Sug‘oriladigan bo‘z tuproqlarning haydalma qatlamida chirindi 
miqdori 0,8% dan oshmaydi. 
Bo‘z-voha tuproqlari chirindiga boy bo‘lmaganligi uchun 
ularda azot miqdori ham ko‘p emas. Bo‘z-voha tuproqlarida kalsiy 
karbonat tuzlari miqdori ko‘p bo‘lganligi uchun fosforning asosiy 
qismi shu kation bilan birikmalar hosil qiladi. Shuning uchun ham 
kalsiy, ko‘p hollarda tuproq eritmasidagi fosfatlar konsen-
tratsiyasining rostlagichi bo‘lib, u fosforli o‘g‘itlarning tuproqdagi 
o‘zgarishini belgilaydi. 
Tuproqdagi gumus va azotning miqdori tuproq sho‘rlanish 
darajasiga bog‘liq. Buni quyidagi Mirzacho‘l vohasida olingan 
ma’lumotlardan ham ko‘rish mumkin (Sh.Turdimetov, 1999). 
O‘zbekiston sug‘oriladigan tuproqlarining fizik holatini 
belgilovchi ko‘rsatkichlar orasida eng avvalo tuproqlarning agre-
gatligi, zichligi va suv o‘tkazuvchanligi kabilarni ko‘rsatish lozim. 
Sug‘orish jarayonida bo‘z-voha tuproqlari faqat shu tuproqqa 
xos bo‘lgan bir qator agrofizik xususiyatlarga ega bo‘ladilar. 
Sug‘orish jarayonida tuproqlarda ma’lum darajada mikroagre-
gatlarning miqdori kamayadi, tuproqlarning dispersligi oshadi va 
sug‘oriladigan tuproq qatlamlarida bo‘z tuproqlarga nisbatan 
tarkiblilik koeffitsiyenti kamayadi. Nisbatan, yaqinda o‘zlashtirilgan 
bo‘z tuproqlarda tarkiblilik koeffitsiyenti qo‘ruq bo‘z tuproqlarga 
yaqin. Tuproqlarning agregatlik darajasi, ko‘p hollarda ularning 
fizik holatini aniqlaydi. 
Sug‘orish jarayoni tuproqlarning zichligini ma’lum miqdorda 
o‘zgarishiga olib keladi. Кo‘p hollarda bo‘z tuproqlar mintaqasida 
tarqalgan sug‘oriladigan tuproqlar zichligi jadal ishlov berish 
natijasida bir qadar oshib boradi. Tuproq haydov qatlamining 


110 
zichligi ketma-ket ishlov berish natijasida birmuncha muayyan 
sharoitda ushlab turilsa, haydov qatlami ostida «plug osti» deb nom 
olgan qatlam vujudga keladi. Bu qatlamning rivojlanish darajasi 
tuproqqa berilayotgan ishlarning unumliligi, haydash chuqurligi, 
ishlarning qanday sharoitda o‘tkazilishi bilan bog‘liq. 
Umuman, sug‘oriladigan tuproqlarning hammasida ham zich-
ligi qo‘ruq tuproqlardagiga nisbatan oshiqroqdir. Chunki, sug‘orish 
natijasida tuproqlarning, ayniqsa bo‘z tuproqlarning cho‘kishi yuz 
beradi, shu bilan birga ularning g‘ovakligi ham kamayadi. 
Sug‘oriladigan tuproqlar mamlakatmizning sahro va bo‘z 
tuproqlar mintaqasida tarqalgan bo‘lib‚ qishloq ho‘jalik ishlab 
chiqarish asosini tashkil qiladi. Bo‘z voha tuproqlari tog‘ oldi va 
past tеkisliklarida Chirchiq-Ohangaron‚ Farg‘ona‚ Samarqand‚ 
Mirzacho‘l‚ Kitob-Shahrisabz‚ Surhon-Shеrobod kabi vohalarda 
kеng tarqalib‚ tabiiy va lalmikor bo‘z tuproqlarini sug‘orish 
natijasida hosil bo‘lgan. Bo‘z tuproqlar tog‘ oldi past tеkisliklarida‚ 
daryolarning yuqori tеrrasalari va tog‘lar orasidagi akkumulyativ 
tеkisliklarini egallaydi. Bo‘z tuproqlar jug‘rofiy kеnglik‚ past-
balandlik‚ bioiqlim sharoitiga binoan 300 mеtrdan to 1700 mеtr 
balandlikgacha uchraydi. Mamlakatimizning janub va shimoliy 
mintaqalarida o‘zining morfologik tuzilishi‚ fizik xossalari‚ 
kimyoviy tarkibi va unumdorligi bilan ajralib turadi. Bo‘z tuproqlar 
dеyarli o‘zlashtirilib O‘zbеkistonda sug‘oriladigan tuproqlar ichida 
o‘zining unumdorlik darajasi bilan ajralib turadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling