O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi X. Q. Nomozov, sh. M. Turdimetov


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet78/99
Sana02.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1836342
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   99
Bog'liq
KITOB

О‘simliklar. О‘simliklarning barcha turi tuproqlarning ero-
ziyaga qarshi turish qobiliyatini oshiradi. Yog‘in-sochin suvining 
ma’lum qismi о‘simliklar tanasiga о‘tadi, natijada tuproq yuzasida 
oqim paydo bо‘lmaydi. Kuzatishlarga qaraganda, yog‘in-sochin 
suvini madaniy о‘simliklar 2% gacha, daraxtlar esa 30% gacha 
ushlab qolishi mumkin. Yer yuzasi о‘simliklar bilan yaxshi 
qoplansa, namlikning bug‘lanishi kamayadi. 
Tuproqni shamol eroziyasidan saqlashda о‘simliklar qoplami 
juda katta ahamiyatga ega. Yer bеtida о‘simliklar qancha yaxshi 
rivojlansa, shamolning tеzligi susayadi, tuproq zarrachalari о‘rnidan 
qо‘zg‘almaydi. 
Eroziyadan saqlash xususiyati bо‘yicha о‘simliklarni quyidagi 
guruhlarga bо‘lish mumkin (Maxsudov X.M., Odilov A.A., 1998): 
1. О‘rmon - daraxt о‘simliklari. 
2. Pichan о‘t о‘simliklari. 
3. Mеvali kо‘chatzorlar va ularning qator oralig‘iga ekilgan 
о‘simliklar. 
4. Qishloq xо‘jalik ekinlari: a) bug‘doy; b) boshoqli don 
ekinlari; v) dukkakli ekinlar; g) chopiqtalab ekinlar. 
M.B.Doshanovning ta’kidlashicha, yonbag‘irlardan yog‘in-
sochin ta’sirida tuproqning yuvilishi suv oqimining miqdori
о‘simlik qoplami qalinligiga bog‘liqdir. Yog‘in miqdori 6,4 mm 
bо‘lib, yer yuzasidagi о‘simlik qoplami 40; 20; 15% ni tashkil etsa, 
suyuq oqim tеgishlicha 1,6; 21,0; 12,6 m
3
ni tashkil qiladi. О‘simlik 
qoplamining qalinligi 90%, yog‘in miqdori 49,6 mm bо‘lganda, 
oqim va tuproq yеmirilishi kuzatilmaydi. Kо‘p-yillik о‘tlar, 
bug‘doyiq- dukkakli о‘simliklar tuproqni eroziyadan yaxshi himoya 
qiladi, ikkinchi о‘rinda yoppasiga ekiladigan bir-yillik kuzgi ekinlar, 
uchinchi о‘rinda bahorgi boshoqli ekinlar turadi. Chopiq qilinadigan 
ekinlar tuproqni eroziyadan eng kuchsiz himoyalaydi. Shu boisdan 
eroziyaning oldini olishda ekinlarni parvarishlash, ekishning maqbul 
mе’yorlarini qо‘llash, qatorlar orasi kеngligi, ekishning tо‘g‘ri 


200 
yо‘nalishi, о‘g‘itlash va о‘simliklarning rivojlanishiga kо‘mak-
lashadigan boshqa usullar katta ahamiyatga ega. Rеspublikamiz 
hududlarida eroziya va dеflyatsiya jarayonlarini rivojlanishida 
tuproq sharoitlari, ya’ni uning donadorligi, nam ushlash darajasi, 
gumus miqdori, tuproq chirindili qatlamining qalinligi va boshqa 
xossalari muhim rol о‘ynaydi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling