O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi X. Q. Nomozov, sh. M. Turdimetov
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
KITOB
Bo‘z-voha tuproqlari. Bu tuproqlar qadimgi dehqonchilik
vohalarida tarqalgan. Ular sug‘orish jarayonida bo‘z tuproqlardan hosil bo‘ladi. Lekin inson faoliyati ta’siri natijasida tabiiy bo‘z tuproqlarga xos bo‘lgan profil xarakteri butunlay o‘zgarib ketgan. Bo‘z-voha tuproq tipi sug‘oriladigan tuproqlar tasnifiga ko‘ra (Qo‘ziyev,1991) sug‘oriladigan och tusli, tipik va to‘q tusli bo‘z, o‘tloqi-bo‘z, o‘tloqi bo‘z-voha tuproqlarini ham ichiga oladi. Bu tuproqlar rivojlangan joylarda yer osti suvi chuqurroq bo‘lib, tuproq hosil qilish jarayoniga ta’sir ko‘rsatmaydi. Xususan, bo‘z-voha tuproqlar vohalarning juda qadimdan beri sug‘orilib kelayotgan yerlarida hosil bo‘lgan. Ularning asosiy genetik belgilari: a) agroirrigatsion keltirilmalardan tashkil topgan qatlamning mavjudligi; b) agroirrigatsion keltirilmaning har-yili keltirilib turishi hisobiga tuproq hosil bo‘lish jarayonining yangilab turishi; c) chirindi qatlamining qalinligi va sh.k. Bo‘z-voha tuproqlari alohida ma’lum daryo havzalarida tarqalganligi uchun agroirrigatsion yotqiziqlarning rangi, undagi 106 zarrachalarning yirik yoki maydaligi, mineralogik va kimyoviy tarkibi sug‘orish manbalariga bog‘langan bo‘ladi. O‘tloqi-bo‘z-voha tuproqlari. Bu tuproqlar asosan, yer osti suvlariga nisbatan yaqin, ya’ni 3-5 metr atrofida bo‘lganda rivojlanadi. Bunday sharoit tog‘ oldi past tekisliklarida yer osti suvlarining oqish tezligi pasayib yer ustiga birmuncha ko‘tarilgan hollarda vujudga keladi. Sun’iy sug‘orish natijasida ham respublikamizning qator regionlaridagi ba’zi joylarda yer osti suvining sathi ma’lum darajada ko‘tarilishi mumkin. Ana shunday sharoitlarda sug‘orilayotgan bo‘z, bo‘z-voha tuproqlari o‘tloqi bo‘z- voha tuproqlariga o‘tadi. Bunday sharoit Mirzacho‘l, Samarqand va Toshkent vohalarida vujudga kelgan. Bundan tashqari, Zarafshon daryosining suvi ko‘plab sug‘orish ishlariga ishlatilganligi uchun, uning II terrasasi ayrim qismlarida yer osti suvlari sathi birmuncha pastga tushgan. Bunday joylarda o‘tloqi tuproq hosil bo‘lish jarayoni, o‘tloqi-bo‘z tuproq hosil bo‘lish jarayoni bilan almashiniladi. Shunday qilib, yuqoridagi ma’lumotlardan shunday xulosa qilish mumkinki, o‘tloqi-bo‘z-voha tuproqlari tabiiy bo‘z, o‘tloqi-bo‘z, o‘tloqi tuproqlar asosida hosil bo‘lishi mumkin. Bu tuproq hosil bo‘lishining asosiy sharoiti yer osti suvlarining 3-5 metr chuqurlikda bo‘lishidir. Albatta, bunday sharoitda hosil bo‘lgan tuproq o‘ziga xos morfologik tuzilish xususiyatlariga ega. Tuproq haydalma qatlami to‘zonli va yog‘ingarchiliklar hamda sug‘orishlarda zich qatqaloq paydo bo‘ladi. Haydalma ostki qatlam sug‘orish suvlari va ishlov beriladigan qurollar ta’sirida zichlangan hamda monolitli qatlam sifatida qabul qilingan. Profilning o‘rta qismida bo‘z tuproqlarga nisbatan ancha chuqurlikda yomg‘ir chuvalchangi va boshqa yer qazuvchilarning izlari yaqqol ko‘rinadi, bu tuproqqa donador kesakchali strukturani beradi. Bo‘z tuproqlar mintaqasida Mirzacho‘l vohasidan tashqari ikkilamchi sho‘rlanishga moyil bo‘lmasalarda, ba’zi hollarda, ular profilida suvda eriydigan ma’lum miqdordagi tuzlar yig‘ilishi mumkin. Ammo, sug‘orish jarayonida bu hududlar tabiiy yaxshi drenalashganligi uchun unchalik ko‘p bo‘lmagan tuz miqdori yuvilib ketadi va o‘simliklar o‘sishi va rivojlanishiga deyarli salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Bu tuproqlarda chirindili qatlam ancha qalindir. 107 Bo‘z-voha tuproqlariga xos bo‘lgan umumiy morfologik belgilardan biri, agroirrigatsion keltirilmalar hisobiga hosil bo‘lgan qatlamdan tashqari chirindili qatlamning qalinligi agroirrigatsion keltirmalar qalinligi to‘g‘ri keladi. Sug‘oriladigan bo‘z tuproqlarda esa 40-50 sm gacha yetadi. Кeyingi-yillarda mineral o‘g‘itlar, har xil kimyoviy moddalarni ko‘plab qo‘llash natijasida tuproq chirindisining harakatchanligi oshadi. Shu tufayli chirindi miqdori ko‘p bo‘lmasada, uning rangi tuproqning pastki qatlamlarigacha yetib keladi. Sug‘oriladigan bo‘z tuproqlarning xarakterli xususiyati-alohida qatlamlarning va butun tuproq profilining kam qalinligi, konkrensiyalar ko‘rinishida karbonat tuzlarning ko‘p ajraladigan karbonat qatlamining borligi bilan farqlanadi, bu xossalar bo‘z-voha tuproqlariga xos emasdir. Morfologik, kimyoviy va ba’zi boshqa xususiyatlari bilan sug‘oriladigan bo‘z tuproqlarga yaqin tursada, shubhasiz ularning rivojlanishi voha tuproq paydo bo‘lish tipi bo‘yicha ketadi. Buning asosi suv va issiqlik rejimidagi o‘zgarishlar, sug‘orish suvlari bilan yangi moddalarning kelishi, agrotexnika va boshqalar ta’siri ostida moddalarning kichik aylanishini tezlashishishi hisoblanadi. Bo‘z tuproqlarni sug‘orishlarda yuviladigan irrigatsion tipini kelib chiqishi ellyuvial jarayonini tezlashishiga olib keladi. Sug‘orish jarayoni och tusli bo‘z tuproqlardagi suvda eriydigan tuzlar tarkibi va ularning profilda joylashishini keskin o‘zgartiradi. Bu hol joylarning gidrogeologik sharoiti bilan bevosita bog‘liqdir. Bu o‘zgarishlar sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlarda ikki xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin: Birinchidan, gidrogeologik sharoiti yaxshi bo‘lib, ya’ni yer osti suvlarining to‘la oqib chiqib ketishiga imkon bo‘lgan hududlarda rivojlangan sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlar tarkibidagi suvda eriydigan tuzlarning tuproq profilidan yuvib chiqib ketishi kuzatiladi. Bunday joylarda-yillar davomida sug‘orish natijasida suvda eriydigan tuzlar butunlay yo‘qoladi, agroirrigatsion keltiril- malar hisobiga hosil bo‘layotgan qatlam qalinlashib boradi. Ikkinchidan, sug‘orish yuzasidan chuqurda yotgan yerlarning sathi hududdan oqib chiqib keta olmagani uchun ko‘tarila boshlaydi. Bunday joylarning aniq misoli sifatida Mirzacho‘lni aytish mumkin. 108 Bu yerlarda sug‘orila boshlangandan keyin, yer osti suvlari sathi balandga ko‘tarilib, tuproqning suv balansida yangi muvozanat paydo bo‘ladi. Mazkur balansning sarflanish qismi tuproqdagi namning bevosita yer yuzasidan bug‘lanishi o‘simliklar transpiratsi- yasi hisobiga oshadi. Bu jarayon o‘simliklar vegetatsiyasi hamda havo va tuproq harorati ijobiy bo‘lgan vaqtda uzluksiz davom etadi. Chunki, yer osti suvlari sathi ko‘paygan paytda tuproq grunt kapillyar yo‘llari orqali bug‘langan nam o‘rni doimo to‘lg‘azib turiladi. Albatta, bunday sharoitda rivojlanayotgan, sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproq ham o‘zining xususiyatlarini tamomila o‘zgartira boshlaydi. Tuproq hosil bo‘lish jarayoni esa irrigatsiya gidromorf sharoitda kechadi va gidromorf tuproqlarga xos gleyli qatlamlar bunyodga keladi. Tabiiy bo‘z tuproqlardagi profilning ma’lum qismida ko‘zga ko‘rinadigan yangi hosil bo‘lgan karbonatlar har xil shaklda uchraydi. Ularning tarqalish chuqurligi och tusli bo‘z tuproqlarga qarab oshib boradi. Tahlillarning natijalari ko‘rsatishicha, bo‘z tuproq profilining taxminan o‘rta qismida karbonatlar eng ko‘p to‘planadi. Ularni hosil qilgan ona jinslarga nisbatan ham bo‘z tuproqlar birmuncha karbonatlarga boydir. Tuproqlardagi singdirish sig‘imi va kationlar tarkibi tuproqning fizikaviy-kimyoviy xossalari orqali, ularning unumdorlik imkoniyatlarida katta rol o‘ynaydi. Umuman, bo‘z-voha tuproqlarining singdirish sig‘imi unchalik katta emas. Mazkur hol bu tuproqlarda chirindi va kolloidlar miqdorining kamligi bilan bog‘liq. Singdirilgan kationlar orasida asosiy o‘rinni kalsiy va magniy kationlari egallaydi. Singdirilgan kalsiyning miqdori bo‘z-voha tuproqlarining yuqori qatlamlarida singdirilgan kationlarning umumiy yig‘in- disidan 60-80 foizni tashkil qiladi. Olingan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, sug‘orish jarayonida voha tuproqlarining yuqori qatlamlarida singdirilgan magniy miqdori quruq tuproqlarga nisbatan sezilarli oshadi. Ayniqsa, bu jarayon yer osti suvlari yuzasiga yaqin (3-5 m) bo‘lganda kuchli kechadi. Tabiiy bo‘z tuproqlarning kam chirindiligi, bu tuproqlarda o‘sayotgan o‘simliklarning kam hosildorligi va ularning issiqlik, suv tartiblari bilan bog‘liqdir. Tipik bo‘z tuproqlarda organik massaning 109 umumiy zonasi gektariga 20 tonna atrofida bo‘lib, shundan faqatgina 1,5 tonnasi o‘simliklarning yer ustidagi qismini tashkil etadi. Sug‘oriladigan bo‘z tuproqlardagi biologik mahsulotlar massasi 10 tonnaga yetadi. Lekin bu ham ularda chirindi miqdo- rining keskin ko‘payishiga olib kelmaydi. Bu hol sug‘oriladigan tuproqlarda mineralizatsiyalash jarayonini kuchli jadallashuvi, mikroflora sonini oshishi va biologik faol vaqtning uzoq davom etishi bilan bog‘liqdir. Bo‘z-voha tuproqlarida chirindi miqdori 0,9-1,0 % atrofida. Sug‘oriladigan bo‘z tuproqlarning haydalma qatlamida chirindi miqdori 0,8% dan oshmaydi. Bo‘z-voha tuproqlari chirindiga boy bo‘lmaganligi uchun ularda azot miqdori ham ko‘p emas. Bo‘z-voha tuproqlarida kalsiy karbonat tuzlari miqdori ko‘p bo‘lganligi uchun fosforning asosiy qismi shu kation bilan birikmalar hosil qiladi. Shuning uchun ham kalsiy, ko‘p hollarda tuproq eritmasidagi fosfatlar konsen- tratsiyasining rostlagichi bo‘lib, u fosforli o‘g‘itlarning tuproqdagi o‘zgarishini belgilaydi. Tuproqdagi gumus va azotning miqdori tuproq sho‘rlanish darajasiga bog‘liq. Buni quyidagi Mirzacho‘l vohasida olingan ma’lumotlardan ham ko‘rish mumkin (Sh.Turdimetov, 1999). O‘zbekiston sug‘oriladigan tuproqlarining fizik holatini belgilovchi ko‘rsatkichlar orasida eng avvalo tuproqlarning agre- gatligi, zichligi va suv o‘tkazuvchanligi kabilarni ko‘rsatish lozim. Sug‘orish jarayonida bo‘z-voha tuproqlari faqat shu tuproqqa xos bo‘lgan bir qator agrofizik xususiyatlarga ega bo‘ladilar. Sug‘orish jarayonida tuproqlarda ma’lum darajada mikroagre- gatlarning miqdori kamayadi, tuproqlarning dispersligi oshadi va sug‘oriladigan tuproq qatlamlarida bo‘z tuproqlarga nisbatan tarkiblilik koeffitsiyenti kamayadi. Nisbatan, yaqinda o‘zlashtirilgan bo‘z tuproqlarda tarkiblilik koeffitsiyenti qo‘ruq bo‘z tuproqlarga yaqin. Tuproqlarning agregatlik darajasi, ko‘p hollarda ularning fizik holatini aniqlaydi. Sug‘orish jarayoni tuproqlarning zichligini ma’lum miqdorda o‘zgarishiga olib keladi. Кo‘p hollarda bo‘z tuproqlar mintaqasida tarqalgan sug‘oriladigan tuproqlar zichligi jadal ishlov berish natijasida bir qadar oshib boradi. Tuproq haydov qatlamining 110 zichligi ketma-ket ishlov berish natijasida birmuncha muayyan sharoitda ushlab turilsa, haydov qatlami ostida «plug osti» deb nom olgan qatlam vujudga keladi. Bu qatlamning rivojlanish darajasi tuproqqa berilayotgan ishlarning unumliligi, haydash chuqurligi, ishlarning qanday sharoitda o‘tkazilishi bilan bog‘liq. Umuman, sug‘oriladigan tuproqlarning hammasida ham zich- ligi qo‘ruq tuproqlardagiga nisbatan oshiqroqdir. Chunki, sug‘orish natijasida tuproqlarning, ayniqsa bo‘z tuproqlarning cho‘kishi yuz beradi, shu bilan birga ularning g‘ovakligi ham kamayadi. Sug‘oriladigan tuproqlar mamlakatmizning sahro va bo‘z tuproqlar mintaqasida tarqalgan bo‘lib‚ qishloq ho‘jalik ishlab chiqarish asosini tashkil qiladi. Bo‘z voha tuproqlari tog‘ oldi va past tеkisliklarida Chirchiq-Ohangaron‚ Farg‘ona‚ Samarqand‚ Mirzacho‘l‚ Kitob-Shahrisabz‚ Surhon-Shеrobod kabi vohalarda kеng tarqalib‚ tabiiy va lalmikor bo‘z tuproqlarini sug‘orish natijasida hosil bo‘lgan. Bo‘z tuproqlar tog‘ oldi past tеkisliklarida‚ daryolarning yuqori tеrrasalari va tog‘lar orasidagi akkumulyativ tеkisliklarini egallaydi. Bo‘z tuproqlar jug‘rofiy kеnglik‚ past- balandlik‚ bioiqlim sharoitiga binoan 300 mеtrdan to 1700 mеtr balandlikgacha uchraydi. Mamlakatimizning janub va shimoliy mintaqalarida o‘zining morfologik tuzilishi‚ fizik xossalari‚ kimyoviy tarkibi va unumdorligi bilan ajralib turadi. Bo‘z tuproqlar dеyarli o‘zlashtirilib O‘zbеkistonda sug‘oriladigan tuproqlar ichida o‘zining unumdorlik darajasi bilan ajralib turadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling