O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi X. Q. Nomozov, sh. M. Turdimetov


Tuproq paydo qiluvchi ona jinslar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet62/99
Sana02.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1836342
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   99
Bog'liq
KITOB

Tuproq paydo qiluvchi ona jinslar. Tog‘ relyefining 
shakllariga qarab mazkur hududlarda asosan ellyuviy, dеllyuviy, 
prollyuviy, allyuviy va lyosslar kabi tuproq hosil qiluvchi ona 
jinslar tarqalgan. 
Tog‘ jigarrang tuproqlari kо‘pincha lyosslar va lyossimon 
qumoqlarda rivojlanadi. Lyosslar tarkibida asosiy fraksiyani 0,5-0,1 
mm li zarrachalar tashkil qilib, ularning miqdori о‘rtacha 35-50% 


154 
ga yеtadi. Fizik loyning (0,001 mm dan kichik) miqdori esa 30-50% 
ni tashkil etadi. Lyosslardagi karbonatlar miqdori 10-22% gacha 
yеtishi mumkin. 
Undan tashqari tog‘ yon bag‘irlaridagi jigarrang tuproqlar 
prollyuvial yotqiziqlarda ham rivojlanishi kuzatiladi. Ayni 
yotqiziqlar ayniqsa о‘rtacha balandlikdagi tog‘li hududlardan past 
tog‘li hududlarga о‘tadigan joylarda kеng tarqalgan. Masalan, Sо‘x, 
Sanzar, Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo, Chirchiq va boshqa 
tog‘ daryolari о‘rta oqimlarining tog‘ yonbag‘irlarida prollyuvial 
yotqiziqlar kо‘p uchrab, ularning tarkibida toshli, qumli, qumoqli 
qatlamlar kо‘zga tashlanadi. Bu jinslar о‘zining suv о‘tkazuvchanlik 
qobiliyati bilan lyoss va lyossimon yotqiziqlardan kеskin ajralib 
turadi. Ayrim tog‘ vodiylarida jigarrang tuproqlarning allyuvial 
yotqiziqlar ham rivojlanishi aniqlangan. Allyuvial yotqiziqlar silliq 
toshli, qumoqli va loyli qatlamlardan tashkil topadi. Ularning 
tarkibida turli qalinlikda shag‘allar, qumlar va qumoqlar ham 
uchraydi. Allyuvial yotqiziqlar qalinligi 1-3 m gacha yеtishi 
mumkin. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, turli tarkibli ellyuvial, 
dеllyuvial, prollyuvial va boshqa tо‘rtlamchi tuproq hosil qiluvchi 
ona jinslar ohaktosh, qumtosh, slanеs, granit, qizil rangli loyli va 
magmatik jinslarning nurash mahsulotlaridan hosil bо‘lib, jigarrang 
tuproqlarning taraqqiyoti, rivojlanishi va tarqalishida muhim о‘rin 
tutadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling