O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva
“Ehtiyojlar ierarxiyasini o‟rganish metodikasi
Download 6.94 Mb. Pdf ko'rish
|
psixodiagnostika va eksperimental psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- So‟rovnoma
“Ehtiyojlar ierarxiyasini o‟rganish metodikasi‖ 8 8 Аkindova I.А. Оsobennosti samoaktualizatsii lichnosti v professiyax razlichnogo urovnya sotsialnogo prestija: Аvtoref. dis. ... kand. psixol. nauk. –SPb.: SPbGU, 2000. – 24 s. Mazkur metodika sinaluvchining o‘z fikriga ko‘ra moddiy ta`minlanganlik, xavfsizlik, muloqot va munosabat, hurmat qozonish hamda shaxsiy salohiyatni ro‘yobga chiqarishga bo‘lgan ehtiyoji qanchalik qondirilayotganini tekshirish uchun xizmat qiladi. Metodika to‘liq standartlashtirilgan bo‘lib, uning qaysi shkalasi bo‘yicha sinaluvchi eng Yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lsa, u o‘zining shu yo‘nalishdagi ehtiyoji etarlicha qondirilmayotgan, deb hisoblayotgani ma`lum bo‘ladi. Ko‟rsatma: ―Sizga 15 ta tasdiq ma`nosidagi hukmlar beriladi. Ushbu hukmlarning har birini juft- juft qilib bir-biri bilan solishtiring. Bunda, masalan, 1-hukmni 2-hukm bilan solishtirib qaysi biriga ko‘proq qo‘shilsangiz uning raqamini javob varaqasidagi jadvalning 1-katakchasiga yozing. Keyin 1-hukmni 3- hukm bilan solishtirib, bu juftlikdan qaysi birida sizga ma`qul fikr ifodalangan bo‘lsa, o‘shaning raqamini keyingi (gorizontal bo‘ylab) kattakchaga qo‘ying. So‘ngra 1-hukmni 4-hukm bilan va shu tariqa barcha 15 ta hukm bilan solishtirib chiqish zarur. SHundan keyin 2- hukmni 3-hukm, 4-hukm ... 15-hukm bilan, keyin 3-hukmni 4-hukm, 5-hukm ... 15-hukm bilan solishtirib chiqish va javob varaqasini to‘ldirish kerak. So‟rovnoma: 1. Men hurmat va e`tibor qozonishni xohlayman. 2. Men odamlar bilan iliq munosabatlarga ega bo‘lishni xohlayman. 3. Men o‘z kelajagimni ta`minlashni xohlayman. 4. Men hayot uchun pul ishlashni xohlayman. 5. Men yaxshi suhbatdoshlarga ega bo‘lishni xohlayman. 6. Men o‘z mavqeimni mustahkamlashni xohlayman. 7. Men o‘z kuchim va iqtidorimni rivojlantirishni xohlayman. 8. Men o‘zimga moddiy qulaylik yaratishni xohlayman. 9. Men mahorat va bilimim darajasini oshirishni xohlayman. 10. Men noxushliklardan qochishni xohlayman. 11. Men yangi va noma`lum bo‘lgan narsalarga intilishni xohlayman. 12. Men kimgadir ta`sir ko‘rsatish imkoniyatini beruvchi mavqeni egallashni xohlayman. 13. Men yaxshi narsalarni sotib olishni xohlayman. 14. Men to‘liqligicha o‘zimni bag`ishlashim mumkin bo‘lgan ish bilan shug`ullanishni xohlayman. 15. Men boshqalar tomonidan tushunilishni xohlayman 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 Kalit I shkala moddiy ta`minlanganlik 4, 8, 13 II shkala xavfsizlik, 3, 6, 10 III shkala muloqot va munosabat 2, 5, 15 IV shkala hurmat qozonish 1, 9, 12 V shkala shaxsiy salohiyatni ro‘yobga chiqarishga 7, 11, 14 Download 6.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling