O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti milliy g`oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta`limi kafedrasi III bosqich 304 -guruh talabasi ismoilova madinaning
Download 353.17 Kb. Pdf ko'rish
|
ISMOILOVA MADINA2366
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari”
22 4. Taraqqiyot strategiyasi: qonun ustuvorligining muhim kafolati Oxirgi besh yil davomida amalga oshirilgan islohotlar natijasida mamlakatimizda Yangi Oʻzbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-maʼrifiy asoslari yaratildi. Endilikda, bosib oʻtilgan yoʻl va orttirilgan tajribalar, erishilgan yutuq va kamchiliklarni chuqur tahlil qilish orqali “Inson qadri uchun” tamoyiliga asoslangan holda aholi farovonligini taʼminlash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, mamlakat taraqqiyotini jadallashtirishning muhim ustuvorliklari hamda aniq marralarini belgilash vazifasi oldimizda turibdi. Mazkur vazifalarni amalga oshirish maqsadida “Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan hamda Harakatlar strategiyasining mantiqiy davomi sifatida «2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi qabul qilindi. Harakatlar strategiyasidan farqli oʻlaroq, Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini muhokama qilish jarayonida aholining katta qismi faol ishtirok etdi. Bu esa, Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasining yanada xalqchil boʻlishini taʼminladi. 13 Taraqqiyot strategiyasi mamlakatimizda keyingi besh yil davomida amalga oshiriladigan islohotlar uchun dasturilamal vazifasini bajarib beradi. Unda mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish eng ustuvor yoʻnalishlardan biri sifatida belgilangan. Buning uchun bir nechta zarur maqsadlar nazarda tutilgan. Jumladan, mulkiy huquqlarning daxlsizligini ishonchli himoya qilish hamda davlat organlarining mulkiy munosabatlarga noqonuniy aralashuvini cheklash maqsadi belgilangan boʻlib, ushbu maqsadga xususiy mulk daxlsizligi va himoyasi 13 Saburov N., Saydullayev Sh.” Davlat va huquq nazariyasi”O’quv qo’llanma. – Toshkent 23 kafolatlarini kuchaytirish, mulkiy, shu jumladan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni soʻzsiz taʼminlash, xususiy mulk ustuvorligini asosiy tamoyil sifatida belgilash, davlat idorasining rasmiy maʼlumotiga ishonib mol-mulk sotib olgan shaxsning huquqini himoya qilish tizimini joriy etish orqali erishish mumkin. Qonun ustuvorligi va konstitutsiyaviy qonuniylikni taʼminlash hamda inson qadrini ushbu jarayonning bosh mezoni sifatida belgilash maqsadi boʻyicha asosiy eʼtibor fuqarolarga huquqiy taʼsir koʻrsatish, shu jumladan, shaxslarning harakatlanish erkinligini cheklash bilan bogʻliq choralarni qoʻllashda qonuniylikka rioya etish, mahkumlar va jazoni oʻtab boʻlgan shaxslarning mehnat, ijtimoiy taʼminot va xalqaro eʼtirof etilgan boshqa huquqlarini taʼminlash, ularning ijtimoiy moslashuvi va jamiyatga reintegratsiyasiga koʻmaklashishning samarali mexanizmlarini joriy etish, mahkumlar hamda jazoni oʻtab boʻlgan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish orqali ularning ijtimoiy moslashuvini taʼminlash, qiynoqlarning oldini olish boʻyicha preventiv mexanizmlarni takomillashtirishga qaratilgan. Shuningdek, ushbu maqsad yoʻlida fuqarolarni yashash joyi boʻyicha hisobga olish tizimini yanada soddalashtirish va aholiga qoʻshimcha qulayliklar yaratish, boshlangan islohotlarni yakuniga yetkazish, jinoyat, jinoyat-protsessual va jinoyat ijroiya qonunchiligini takomillashtirish siyosatini izchil davom ettirish, jinoiy jazolar va ularni ijro etish tizimiga insonparvarlik tamoyilini keng joriy etish, ushbu yoʻnalishda maxsus qonun qabul qilish, yuvenal adliya tizimini shakllantirish hamda bola huquqlari qonunchiligini kodifikatsiyalash belgilangan. Navbatdagi asosiy maqsad davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini oʻrnatish, fuqaro va tadbirkorlik subyektlarining odil sudlovga erishish darajasini oshirishni nazarda tutadi. Bunda, asosiy vazifalar sifatida maʼmuriy sudlarda mansabdor shaxslarning qarorlari ustidan berilgan shikoyatlarni koʻrib chiqish tizimini takomillashtirish orqali sud nazoratini qoʻllash sohasini kengaytirish, «Xabeas korpus» institutini yanada rivojlantirish orqali 24 tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish, sud protsessida tomonlarning haqiqiy tenglik va tortishuv tamoyillarini roʻyobga chiqarish, sud tizimini bosqichma- bosqich raqamlashtirish, odil sudlovga erishish darajasini oshirish kabilar belgilangan. Download 353.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling