O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti milliy g`oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta`limi kafedrasi III bosqich 304 -guruh talabasi ismoilova madinaning


“Qonun — ustuvor, jazo — muqarrar”


Download 353.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana18.03.2023
Hajmi353.17 Kb.
#1282287
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ISMOILOVA MADINA2366

“Qonun — ustuvor, jazo — muqarrar” tamoyilini bosh mezonga aylantirish 
orqali qonuniylikni qatʼiy taʼminlovchi, ochiq va adolatli prokuratura faoliyatining 
mustahkam huquqiy asoslarini yaratish, tezkor-qidiruv va tergov faoliyati ustidan 
nazoratni kuchaytirish, fuqarolarning qadr-qimmati va erkinligini samarali himoya 
qilishning taʼsirchan mexanizmlarini joriy etish, huquqni muhofaza qiluvchi 
organlarda jinoyatlar haqida xabarlarni hisobga olish tizimini tubdan isloh qilish, 
jinoyatlarni yashirish holatlarining oldini olishda zamonaviy usullardan foydalanish 
kabi vazifalar belgilangan. 
Yana bir asosiy maqsad sud va boshqa organlar hujjatlarining oʻz vaqtida va toʻliq 
ijrosini taʼminlash, sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishning samarali 
mexanizmlarini joriy etish, sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishning 
muqobil, suddan tashqari usullaridan foydalanish koʻlamini kengaytirish bilan 
bogʻliqdir. 
Shu bilan birga, ushbu maqsad doirasida majburiy ijro organlari faoliyatiga 
xalqaro standartlarni bosqichma-bosqich joriy etish va ayrim funksiyalarni (sud 
hujjatlari bundan mustasno) xususiy sektorga oʻtkazish, davlat ijrochilari ish 
yuklamasini kamaytirish vazifasi ham nazarda tutilgan. 
Yuqoridagilar bilan bir qatorda, Taraqqiyot strategiyasida belgilangan 
advokatura institutining inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini 
himoya qilishdagi salohiyatini tubdan oshirish, aholi va tadbirkorlik subyektlarining 
malakali huquqiy xizmatlarga boʻlgan talabini toʻliq qondirish hamda faol fuqarolik 
jamiyatini rivojlantirish va fuqarolar oʻrtasida qonunga hurmat hissini shakllantirish 


25 
kabi ulugʻ maqsadlar belgilangan boʻlib, mazkur maqsadlar aholining huquqiy ongi 
va huquqiy madaniyatini oshirishga yordam beradi. 
Umuman, Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan maqsad 
va vazifalar mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligiga asoslangan demokratik 
huquqiy davlat barpo etish, fuqarolarimizning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati 
yuksaltirish, tadbirkorlik faoliyati uchun qoʻshimcha huquqiy kafolatlarni 
belgilashga va eng asosiysi, yurtimizda adolat va qonun ustuvorligini taʼminlash 
orqali “Inson qadri uchun” tamoyilini toʻlaqonli roʻyobga chiqarishga xizmat qiladi. 
Oliy Majlisga va xalqimizga yo‘llanayotgan bu yilgi Murojaatnoma, o‘tgan 
yillardan farqli ravishda, murakkab bir davrga to‘g‘ri kelmoqda.
14
Barchamiz yaxshi bilamizki, bugungi kunda butun insoniyat koronavirus 
pandemiyasi degan global ofatni boshidan o‘tkazmoqda. Bunday ulkan falokat jahon 
miqyosida so‘nggi yuz yilda ro‘y bermagan, desak, ayni haqiqatni aytgan 
bo‘lamiz.Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoning 191 mamlakatida 81 million kishi 
koronavirus bilan kasallangan. Ulardan 1 million 765 ming nafari vafot 
etgan.Pandemiya jahon iqtisodiyoti uchun - shunga e’tibor bering - har oyda qariyb 
400 milliard dollar miqdorida zarar keltirmoqda. Bugungi kunga qadar dunyo 
bo‘yicha 500 millionta ish o‘rni yo‘qotilgan.Afsuski, bu ofat butun insoniyat qatori 
xalqimiz uchun ham kutilmagan tashvish va murakkab muammolarni keltirib 
chiqardi. Buxoro va Sardobada yuz bergan tabiiy va texnogen ofatlar ham el- 
yurtimizning irodasini yana bir bor sinovdan o‘tkazdi. 
Xalqimizning bukilmas irodasi, fidokorona mehnati va matonati, aholi va davlat 
organlarining birgalikdagi sa’y-harakatlari tufayli mavjud qiyinchiliklarni mardona 
yengib o‘tmoqdamiz.Xabaringiz bor, pandemiyaning birinchi kunlaridan boshlab 
butun boshqaruv tizimi va barcha tibbiyot muassasalari favqulodda ish rejimiga 
o‘tkazildi.Qisqa muddatda Toshkent shahri va hududlarda barcha sharoitlarga ega 
14
Shavkat Mirziyoyevning parlamentga murojaatnomasi 20-dekabr 2022-yil 


26 
bo‘lgan qariyb 30 ming o‘rinli davolash maskanlari tashkil etildi. Ular zarur dori-
darmon, himoya va eng zamonaviy diagnostika vositalari bilan ta’minlandi. 
Pandemiyaga qarshi kurashish uchun 200 mingdan ziyod tibbiyot xodimi, jumladan, 
chet ellik 150 nafar yuqori malakali shifokor va mutaxassislar jalb etildi. 
Xorijdan 600 mingdan ortiq vatandoshlarimiz yurtimizga olib kelindi. Chet elda 
qiyin ahvolga tushib qolgan 100 mingga yaqin fuqarolarimizga zarur yordamlar 
ko‘rsatildi.Pandemiya oqibatlarini yumshatish va bartaraf etish uchun davlat 
tomonidan jami 82 trillion so‘mlik kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. 
Jumladan, Inqirozga qarshi jamg‘arma tashkil etilib, koronavirusga qarshi kurashish, 
aholi va korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq tadbirlarga byudjetdan 16 
trillion so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi. Shuningdek, davlat korxonalariga va 
500 mingdan ziyod tadbirkorlik sub'yekti hamda qariyb 8 million fuqaroga jami 66 
trillion so‘mlik soliq imtiyozlari, kredit muddatlarini uzaytirish va moliyaviy 
qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy yordamlar berildi. 
“Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati doirasida fidoyi va olijanob 
vatandoshlarimizning faol ishtirokida 800 mingdan ziyod ehtiyojmand oilalarga 1 
trillion so‘mdan ortiq moddiy yordam ko‘rsatildi.O‘z paytida ko‘rilgan tezkor va 
tizimli choralarimiz natijasida ushbu xatarli kasallikning keng tarqalishiga yo‘l 
qo‘yilmadi. Yurtimizda osoyishta hayot, barqaror iqtisodiy rivojlanish davom 
etmoqda. 
Karantin talablarini to‘g‘ri qabul qilib, ularga amal qilgan, sabr-toqatli, olijanob 
xalqimizga, o‘ta xatarli vaziyatda o‘zini ayamasdan mardona mehnat qilgan 
jonkuyar shifokorlarga, “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakatida munosib 
ishtirok etgan barcha tadbirkor va fuqarolarimizga yana bir bor o‘zimning chuqur 
minnatdorchiligimni izhor etaman.Pandemiyaga qarshi kurashda bizga amaliy 
ko‘mak bergan Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, 
xalqaro moliya institutlari, Rossiya, Xitoy, AQSh, Turkiya, Birlashgan Arab 


27 
Amirliklari, Janubiy Koreya, Yaponiya, Germaniya kabi davlatlar rahbarlariga 
tashakkur bildiraman. 
Mamlakatimiz bilan yaqin do‘stlik va hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga 
munosib hissa qo‘shib kelayotgan chet davlatlarning hurmatli elchilari, xalqaro 
tashkilotlar vakillariga rahmat aytib, ezgu tilaklarimni bildirishdan mamnunman. 


28 
Xulosa 
Men ushbu kurs ishidan quyidagi xulosalarga keldim. Mamlakatimizda sud 
tizimining mustaqilligini ta’minlash, fuqarolarning daxlsiz huquq va qonuniy 
manfaatlarini himoya qilish, jinoyat qonunchiligini liberallashtirish, odil sudlovning 
amaldagi mustaqilligiga erishish amalga oshirilayotgan keng qamrovli 
islohotlarning “Islohot – inson uchun!” degan hayotiy shiorning amaldagi ifodasidir. 
Binobarin, ana shu tub yangilanishlar jamiyatimizda qonun ustivorligini ta’minlash 
bilan birga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini adolatli 
tarzda himoyalashga xizmat qiladi. 
Xulosa qilib aytganda, qonun ustuvorligi jamiyatda erkinlik, adolat, tenglik 
kafolatlanishini, inson huquqlari himoyalanishini, mamlakat iqtisodi barqaror 
o‘sishi uchun tadbirkorlarda, chet ellik investorlarda mustahkam ishonchni 
shakllanishining mustahkam garovidir 

Download 353.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling