O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti milliy g`oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta`limi kafedrasi III bosqich 304 -guruh talabasi ismoilova madinaning


Download 353.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana18.03.2023
Hajmi353.17 Kb.
#1282287
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ISMOILOVA MADINA2366

 
 


22 
4.
 Taraqqiyot strategiyasi: qonun ustuvorligining muhim kafolati 

Oxirgi besh yil davomida amalga oshirilgan islohotlar natijasida 


mamlakatimizda Yangi Oʻzbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, 
ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-maʼrifiy asoslari yaratildi. 
Endilikda, bosib oʻtilgan yoʻl va orttirilgan tajribalar, erishilgan yutuq va 
kamchiliklarni chuqur tahlil qilish orqali “Inson qadri uchun” tamoyiliga asoslangan 
holda aholi farovonligini taʼminlash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish
mamlakat taraqqiyotini jadallashtirishning muhim ustuvorliklari hamda aniq 
marralarini belgilash vazifasi oldimizda turibdi. 
Mazkur vazifalarni amalga oshirish maqsadida “Harakatlar strategiyasidan — 
Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan hamda Harakatlar 
strategiyasining mantiqiy davomi sifatida «2022 — 2026-yillarga moʻljallangan 
Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi qabul qilindi. 
Harakatlar strategiyasidan farqli oʻlaroq, Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot 
strategiyasini muhokama qilish jarayonida aholining katta qismi faol ishtirok etdi. 
Bu esa, Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasining yanada xalqchil
boʻlishini taʼminladi.
13
Taraqqiyot strategiyasi mamlakatimizda keyingi besh yil davomida amalga 
oshiriladigan islohotlar uchun dasturilamal vazifasini bajarib beradi. Unda 
mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy 
va zarur shartiga aylantirish eng ustuvor yoʻnalishlardan biri sifatida belgilangan. 
Buning uchun bir nechta zarur maqsadlar nazarda tutilgan. 
Jumladan, mulkiy huquqlarning daxlsizligini ishonchli himoya qilish hamda 
davlat organlarining mulkiy munosabatlarga noqonuniy aralashuvini cheklash 
maqsadi belgilangan boʻlib, ushbu maqsadga xususiy mulk daxlsizligi va himoyasi 
13
Saburov N., Saydullayev Sh.” Davlat va huquq nazariyasi”O’quv qo’llanma. – Toshkent 


23 
kafolatlarini kuchaytirish, mulkiy, shu jumladan yer uchastkasiga boʻlgan 
huquqlarni soʻzsiz taʼminlash, xususiy mulk ustuvorligini asosiy tamoyil sifatida 
belgilash, davlat idorasining rasmiy maʼlumotiga ishonib mol-mulk sotib olgan 
shaxsning huquqini himoya qilish tizimini joriy etish orqali erishish mumkin. 
Qonun ustuvorligi va konstitutsiyaviy qonuniylikni taʼminlash hamda inson 
qadrini ushbu jarayonning bosh mezoni sifatida belgilash maqsadi boʻyicha asosiy 
eʼtibor fuqarolarga huquqiy taʼsir koʻrsatish, shu jumladan, shaxslarning 
harakatlanish erkinligini cheklash bilan bogʻliq choralarni qoʻllashda qonuniylikka 
rioya etish, mahkumlar va jazoni oʻtab boʻlgan shaxslarning mehnat, ijtimoiy 
taʼminot va xalqaro eʼtirof etilgan boshqa huquqlarini taʼminlash, ularning ijtimoiy 
moslashuvi 
va 
jamiyatga reintegratsiyasiga koʻmaklashishning 
samarali 
mexanizmlarini joriy etish, mahkumlar hamda jazoni oʻtab boʻlgan shaxslarning 
huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish orqali ularning ijtimoiy 
moslashuvini 
taʼminlash, 
qiynoqlarning 
oldini 
olish 
boʻyicha preventiv mexanizmlarni takomillashtirishga qaratilgan. 
Shuningdek, ushbu maqsad yoʻlida fuqarolarni yashash joyi boʻyicha hisobga 
olish tizimini yanada soddalashtirish va aholiga qoʻshimcha qulayliklar yaratish, 
boshlangan islohotlarni yakuniga yetkazish, jinoyat, jinoyat-protsessual va jinoyat 
ijroiya qonunchiligini takomillashtirish siyosatini izchil davom ettirish, jinoiy 
jazolar va ularni ijro etish tizimiga insonparvarlik tamoyilini keng joriy etish, ushbu 
yoʻnalishda maxsus qonun qabul qilish, yuvenal adliya tizimini shakllantirish 
hamda bola huquqlari qonunchiligini kodifikatsiyalash belgilangan. 
Navbatdagi asosiy maqsad davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati
ustidan samarali sud nazoratini oʻrnatish, fuqaro va tadbirkorlik subyektlarining odil 
sudlovga erishish darajasini oshirishni nazarda tutadi. Bunda, asosiy vazifalar 
sifatida maʼmuriy sudlarda mansabdor shaxslarning qarorlari ustidan berilgan 
shikoyatlarni koʻrib chiqish tizimini takomillashtirish orqali sud nazoratini qoʻllash 
sohasini kengaytirish, «Xabeas korpus» institutini yanada rivojlantirish orqali 


24 
tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish, sud protsessida tomonlarning haqiqiy 
tenglik va tortishuv tamoyillarini roʻyobga chiqarish, sud tizimini bosqichma-
bosqich raqamlashtirish, odil sudlovga erishish darajasini oshirish kabilar 
belgilangan. 

Download 353.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling