O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 3.01 Kb. Pdf ko'rish
|
o‘rnida o‘nlab mustaqil davlatlar shakllangan. Ularning o‘z yo‘li,
maqsad-muddaolari bor. Hozir eski, almisoqdan qolgan xalifalikni tiklash g‘oyasi xomxayoldan boshqa narsa emas. 29. Vahhobiylik – diniy-siyosiy oqim bo‘lib, u XVIII asrda Markaziy Arabistonning Najd vohasida yuzaga kelgan. Unga Muhammad ibn Abdul Vahhob (1703–1794) asos solgan. Vahhobiylar bevosita din nomidan ish ko‘rgan va uni «tozalash», ya’ni payg‘ambar davridagi asl holatiga qaytarish kabi g‘oyalarni ilgari surgan. Ingliz mustamlakachiligi bu vaziyatdan o‘z maqsadida foydalangan: g‘oya tarafdorlari qurollantirilib, Usmonli turklarga qarshi jangga tashlangan. Shuning uchun ham ular usmonli turklar mansub bo‘lmish hanafiy mazhabini kofir mazhabi deb e’lon qilishgan. Vahhobiylar dunyoviy madaniyatga qarshi bo‘lib, musiqa, teatr va tasviriy san’atni gunoh deb hisoblashadi. Ayni paytda ular hokimiyatni egallash va uning vositasida o‘z tartib-tamoyillarini hayotga tatbiq etish uchun qat’iy kurash olib borishadi. Faqat bu niyatni amalga oshirishda din ular uchun bir niqob, xolos. Vahhobiylik harakati XIX asr boshlarida juda avj olgan edi. Vahhobiylar iymon masalasida o‘ta mutaassiblik, siyosiy raqiblar bilan kurashda esa oshkora ekstremizm yo‘lini tutganlar, dindan o‘z siyosiy niyatlarini amalga oshirishda vosita sifatida foydalanganlar. Vahhobiylar 1803-yili Makkani, keyin Madinani bosib olishadi. Bu muqaddas joylardagi barcha qabr toshlarini, hatto Bibi Oysha, Bibi Fotima va sahobalar sag‘anasidagi qabr toshlarini buzib, sindirib tashlashadi. 1810-yili Muhammad payg‘ambarimiz masjidini ham talon-toroj qilishadi. So‘nggi paytda vahhobiylikning muayyan ko‘rinishdagi tarafdorlari O‘zbekistonga ham suqulib kirishga harakat qildi. Ular yoshlarni yo‘ldan urishga, har qanday vositani ishga solib, o‘zlari uchun ijtimoiy muhit yaratishga urindi. Biroq O‘zbekiston hukumatining izchil siyosati tufayli vahhobiylik ko‘rinishidagi diniy 189 ekstremizm va aqidaparastlikning keng yoyilishining oldi olindi. 31. «Hizbut-tahrir al-islomiya» norasmiy siyosiylashgan partiya 1953-yilda paydo bo‘ldi. Uning asoschisi Misrdagi «al-Azhar» universitetini tamomlab, Quddus shahri sha’riy shikoyat sudining a’zosi lavozimida ishlagan shayx Taqiyiddin Nabahoniy (1909– 1979) bo‘lib hisoblanadi. U Iordaniyadagi «Al-Ixvon al-muslimun» («Musulmon birodarlar») diniy ekstremistik tashkiloti rahbarlaridan biri edi. Nabahoniy o‘z qarashlarini «Islom nizomi», «Islomiy olamga qaynoq nidolar», «Hizbut-tahrir tushunchalari» va boshqa risolalarida bayon qilgan. Bugungi kunda partiyaga Falastinning Xalil shahrida tug‘ilgan Abdulqadim Zallum rahbarlik qilmoqda. Mazkur diniy tashkilot faoliyati 1982-yildan sezilarli darajada jonlandi. Tashkilot rahbarlarining asosiy qismi G‘arbiy Yevropa davlatlarida faoliyat olib boradi. «Hizbut-tahrir»ning boshqa norasmiy diniy tashkilotlardan farqi – uning a’zolari hujumni asosan kishilar ongini zaharlashga qaratadi, ya’ni islomiy davlat nizomini targ‘ib etishni bosh maqsad qilib qo‘yadi. Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun 1989-yilda tashkilotning «Al-Va’y» («Ong») nomli jurnali chiqa boshladi. «Hizbut-tahrir»ning g‘oyasi va maqsadi islomning asl ta’limotidan uzoq, demokratik-huquqiy davlat konstitutsiyasiga zid, kishilarning diniy e’tiqodi, demokratik tamoyillar, jumladan, yurtimizdagi vijdon erkinligini suiiste’mol qilib, siyosiy hokimiyatga intilishdan iborat. Bunday partiya va oqimlarning asosiy maqsadi mamlakatda siyosiy beqarorlik, iqtisodiy tanazzul, eng yomoni, birodarkushlik, xunrezlikni keltirib chiqarib, taraqqiyotga to‘sqinlik qilishdir. 190 MUNDARIJA «Milliy istiqlol g‘oyasi» fani .................................................................. 3 BIRINCHI QISM (Nazariy mashg‘ulotlar) Milliy istiqlol g‘oyasi fanining predmeti, mavzusi, maqsad va vazifalari ............................................................................... 7 «G‘oya» va «mafkura» tushunchalarining mohiyati va mazmuni ............................................................................................. 13 G‘oya va mafkuraning tarixiy shakllari ............................................... 20 Hozirgi zamonda inson qalbi va ongi uchun kurash ............................ 28 Markaziy Osiyo: Geosiyosat va mafkuraviy jarayonlar ......................... 35 Biz qanday jamiyat barpo etmoqdamiz? .............................................. 43 Taraqqiyotning o‘zbek modeli ............................................................. 56 Zararli g‘oyalar va mafkuraviy tahdidlarga qarshi ogohlik va hushyorlik ............................................................... 63 Milliy istiqlol mafkurasining mohiyati va mazmuni ......................................................................... 68 Milliy istiqlol mafkurasining asosiy tamoyillari ................................... 77 Milliy istiqlol mafkurasining maqsad va vazifalari ............................... 84 Vatan ravnaqi va yurt tinchligi, xalq farovonligi va komil inson g‘oyasi ............................................................................. 93 Istiqlol va g‘oyaviy tarbiya ................................................................. 111 Komil inson – milliy istiqlol g‘oyasining asosiy maqsadlaridan biri ............................................................................. 116 191 IKKINCHI QISM (Amaliy mashg‘ulotlar) «G‘oya» va «mafkura» tushunchalarining mohiyati va mazmuni ....................................................................... 124 G‘oya va mafkuraning tarixiy shakllari ............................................. 127 Hozirgi zamonda inson qalbi va ongi uchun kurash. Taraqqiyot va hozirgi dunyoning mafkuraviy manzarasi ........................................... 133 Markaziy Osiyo: Geosiyosat va mafkuraviy jarayonlar ........................................................................................... 136 Biz qanday jamiyat barpo etmoqdamiz? ............................................. 139 Taraqqiyotning o‘zbek modeli ............................................................ 143 Qo‘shimcha amaliy mashg‘ulot. Zararli g‘oyalar va mafkuraviy tahdidlarga qarshi ogohlik va hushyorlik ............................................ 145 Milliy istiqlol mafkurasining mohiyati va mazmuni ........................... 148 Milliy istiqlol mafkurasining asosiy tamoyillari .................................. 151 Milliy istiqlol mafkurasining maqsad va vazifalari .............................. 154 Milliy istiqlol mafkurasining bosh g‘oyasi va asosiy g‘oyalari ............................................................................... 156 Istiqlol va g‘oyaviy tarbiya .................................................................. 158 QO‘SHIMCHA VA IXTIYORIY MAVZULAR G‘oya va mafkuralarning falsafiy, tarixiy manbalari ................................................................................ 165 Komil inson – milliy istiqlol g‘oyasining maqsadi ............................ 171 UCHINCHI QISM Asosiy tushuncha va atamalarning qisqacha lug‘ati ............................. 175 MILLIY ISTIQLOL G‘OYASI Oltinchi nashr O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti 100083, Toshkent, Matbuotchilar ko‘chasi, 32. Tel: 236-55-79; faks: 239-88-61 Muharrir: M. Tursunova Musahhih: H. Zokirova Dizayner va sahifalovchi: D. Ermatova Nashriyot litsenziyasi: AI ¹216, 03.08.2012. Bosishga ruxsat etildi 21.10.2013. Bichimi 60 x 90 1/16. Ofset qog‘ozi. Shartli bosma tabog‘i 12,0. Nashriyot-hisob tabog‘i 12,5. Adadi 6010 nusxa. Buyurtma № «START-TRACK PRINT» MCHJ bosmaxonasida chop etildi. Manzil: Toshkent shahri, 8-mart ko‘chasi, 57-uy. Download 3.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling