Oʼzbekiston respublikаsi oliy vа oʼrtа mаxsus tаlim vаzrligi urgаnch dаvlаt universiteti


Download 55.52 Kb.
bet1/4
Sana02.12.2023
Hajmi55.52 Kb.
#1779229
  1   2   3   4
Bog'liq
Amaliyot


OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI OLIY VА OʼRTА
MАXSUS TАLIM VАZRLIGI URGАNCH
DАVLАT UNIVERSITETI



MАGISTRАTURА BOʼLIMI
GEODEZIYA, KАRTOGRАFIYA (funktsiyalari boʼyicha) YOʼNАLISHI
211-GURUX MАGISTRI EGАMBERGАNOV EGАMBERGАNNING
ILMIY АMАLIYOT(stajirovka)



XISOBOTI


Аmaliyotchi : Egamberganov E.




Аmaliyot raxbari : g.f.n.,dots Matchanov M




Аmaliyot raxbari : Аnnamuratov J.




Urganch sh.
2023
Respublikamizda yirik korxonalar, inshootlar, koʼp qavatli va zamonaviy turar joy binolari, ijtimoiy-madaniy muassasalar, yirik va katta uzunlikdagi koʼpriklar, avtomobil va temir yollari qurilmoqda. Xoʼjaliklaming maydonlarini tashkillashtirishda, aholi yashash punktlarim joylashtirishda, meleratsiya va gidrotexnika inshoatlarni barpo qilish, qazilma boyliklami izlash va shunga oʼxshash koʼplab ishlarni bajarishdagi masalalami topografik-kartografik hujjatlar mavjud boʼlgan taqdirdagina muvoffaqiyatli xal etish mumkin. Ularni loyihalash, qurish va ishlatish jarayonida uzluksiz geodezik oʼlchash va kuzatish ishlari olib boriladi.
Oʼzbekiston Respublikasi Yer Resurslari, Geodeziya, Kartografiya va Davlat Kadastri Davlat qoʼmitasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-maydagi “Erdan oqilona foydalanish va muhofaza qilishni nazoratini kuchaytirish, geodeziya va kartografiya faoliyatini takomillashtirish, davlat kadastrlarini yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” PF-5065-sonli farmonini ijro etish maqsadida koʼplab ishlar olib borilyabdi. Oʼzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʼmitasini yanada rivojlantirish, 2017 — 2021-yillarda sohaga ilgʼor fan-texnika yutuqlarini joriy etish, moddiy- texnika bazasini yangilash, tarmoqqa xalqaro grantlarni jalb etish chora-tadbirlari ishlab chiqilib amaliyotga tadbiq qilinyabdi.
Geodeziya fani qishloq xoʼjaligini planlashtirishga doir yer tuzish va yer kadastri ishlarida, xarbiy ishlarda, mamlakatimiz boyligini aniqlashda, melioratsiya va gidrotexnikada, oʼrmon xoʼjaligi kabi muxim soxalarda keng qoʼllaniladi. Topografik plan va karta esa geodezik oʼlchash natijalari asosida chiziladi.
Malumki, geodeziya qadimiy fan boʼlib, u boshqa fanlar kabi insoniyatning kundalik hayotiy zaruriyati natijasida vujudga kelgan.Uning yordamida qadimiy noyob inshootlaribalandligi 150-200 m boʼlgan piramidalar, mayoqlar, gidrotexnik inshootlar, koʼpriklar, tunnellar, katta masofadagi yollar, hamda oʼzining salohiyati bilan insoniyatni hozir ham hayratga solib kelayotgan saroy va qasrlar qurilgan.
Bu inshootlar shu davrdagi rejalash va trassalash ishlarining yuqori darajada amalga oshirilganligidan dalolar beradi.
Yer tuzish va yer kadastri ishlarini oʼtkazishda geodeziya muhim axamiyatga egadir, uning vazifasi chegaralami tashkillashtirish, loyixa tuzish va xoʼjalikning almashlab ekish dalalarini joylashtirishdan iboratdir. Yer tuzish va yer kadastri ishlarini tashkillashtirishning tayyorgarlik bosqichida geodeziyaga topografik-kartografik hujjatlar bilan taminlash masalasi yuklatiladi.
Xalq xoʼjaligining turli soxalarini geodezik va topografik- kartografik hujjatlar va malumotlar bilan taminlash maqsadida hozirgi vaqtda turli texnologiyalar, jumladan, kompyuter, GPS va elektron taxeometrlaming turli markalari ishlab chiqilmoqda va qoʼllanilmoqda.
Loyihani tuzish bosqichida geodeziya loyihaning texnikaviy qismini bajaradi, yani loyihani joyga koʼchirishni amalga oshiradi.
Qishloq xoʼjaligida yer tuzuvchilarga geodezik oʼlchash ishlarini topografik plan va kartadan foydalanib joylarda bajarishga toʼgri keladi.
Demak, geodeziya fani yer tuzish va yer kadastri mutaxasisligi uchun asosiy fanlardan biri boʼlib xisoblanadi.
2-kurs bitiruv oldi amaliyotimiz umumiy davom etish davri 1-oyni tashkil etib bitta tashkilotga biriktirildik. Men beriktirilgan tashkilot “UZDАVERLOYIXА ilmiy loyixalash instituti Xorazm viloyati boʼlinmasi” korxonasida amaliyot oʼtashimiz kerak yedi. Yoʼriqnoma boʼyicha shu kuni shu XORVILERLOYIXА boʼlinmasiga yetib borishimiz va belgilangan tartibda qilinadigan ish jarayoni bilan tanishib chiqishimiz kerak edi.
Bu kuni biz umum jamoa bilan dastlab universitetga yigʼildik va amaliyot davrida bajariladigan ishlarni rejalashtirib texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish toʼgʼrisidagi yoʼriqnoma bilan tanishib unga imzo chekdik va shu kunning oʼzida oʼzimiz beriktirilgan idoralarimizga joʼnab kettik.
Аmaliyot joydagi ishchi xodimlar bilan tanishish jarayoni.
Men amaliyot yeriga bormasdan oldin domlalar bizni yani 211-gurux kartografiya talabalari bilan suxbatlashib korxonada kayday xarakat kilib yurishlik amaliyotga borganda u yerdagi ishchi xodimlar ilan tashishlik ish jarayonini oʼrganib kay tariqa ish borishlarini oʼrganishmiz kerak boʼladi.
Аmaliyotning birinchi kuni domlalar bizni qaysi tashkilotga borishimiz kerakligini yoki oʼzimiz xoxlagan beshta tashkilotdan biriga borishimiz kerakligini aytib oʼtdi keyin yesa xar bir talaba oʼzi xoxlagan yeriga borib amaliyot oʼtashligini aytib chiqishdi undan soʼng yesa bazilar viloyatda qolishini bazilar yesa oʼz tumaniga borishini aytishdi.
Keyin barcha talabalar boʼlinishgandan keyin xar kim oʼz uyiga tarqalishdi va shu bilan amaliyotning birinchi kuni oʼtdi.
Аmaliyot davrining ikkinchi kuni barcha kursdoshlar bilan birga Uzdaverloyixa ilmiy loyixalash instituti Xorazm viloyati bulinmasiga bordik va u yerda kursdoshlar bilan birga amaliyot raxbari bilan tanshib ishchi xodimlar bilan tanishildi.

XORVILERLOYIXА boʼlinmadagi ishchi xodimlar bilan tanishish


Ishchi xodimlar bilan tanishib boʼlib, Rashid domla oʼzining raxbari oldiga olib kirdi va shu yerda boshliq bilan gaplashilib keyin amaliyot oʼtashga kirishdik keyin yesa domla UZDАVERLOYIXА ilmiy loyixalash instituti Xorazm viloyati boʼlinmasi arxivchisi Maysara apkani yoniga olib bordi va u yerda arxiv xujjatalri bilan tanishib ishlay boshladik.

Download 55.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling