Grafikdan ko`rinadiki:
Har-hil elementlarning bog`lanish energiyasi bir biridan farq qiladi;
Massa sonlari 40dan –100 gacha bo`lgan yadrolarga solishtirma energiyaning katta qiymatlari mos keladi;
Yengil yadrolarda solishtirma energiya yadro nuklonlari soni kamayishi bilan kamayadi, og`ir yadrolarda nuklonlar soni oshishi bilan oshadi.
Ko’rinаdiki egri chiziqning mаksimumi nikеl yadrоsigа mоs kеlаdi (1-rаsmdа). U Mеndеlееv jаdvаlining o’rtаsidа jоylаshgаn kimyoviy elеmеnt. Bundаn shundаy xulоsа chiqаrish mumkin: enеrgiyaning аjrаlib chiqishigа sаbаb, ikki xil yadrоviy rеаksiyalаrning mаvjudligi. Uning biri оg’ir yadrо pаrchаlаnish jаrаyonidа еngil аtоmlаr hоsil bo’lish bilаn birgаlikdа enеrgiya аjrаlib chiqsа, ikkinchisi, ikki еngil аtоmlаrning qo’shilishi nаtijаsidа оg’ir yadrо hоsil bo’lib, enеrgiya аjrаlishidir.
Turli elementlar izotoplarining massalari mas -spektrometr deb ataluvchi qurilmalar yordamida yetarlicha aniqlik bilan o’lchanadi. Ion manbaida (IM) jism atomlari musbat zaryadlangan ionlarga aylantiriladi. So’ngra D1 va D2 tirqishli to’siqlar oralig’ida q zaryadli ionlar qU energiyagacha tezlatiladi, ya’ni vakuum kameraga (VK) kirayotgan ionlar uchun
= qU (26)
munosabat o’rinli bo’ladi. Bunda m – ionning massasi, v – uning tezligi. Vakuum kamerada ionlarga perpendikulyar yo’nalishdagi bir jinsli magnit maydon ta’sir qiladi. Bu maydon ta’sirida ion aylanma traektoriya bo’yicha harakatlanadi. R radiusli aylana bo’ylab harakatlanayotgan ionga ta’sir etuvchi markazdan ko’chirma kuch induksiyasi V bo’lgan magnit maydon tomonidan ta’sir etuvchi Lorents kuchiga teng, ya’ni
= qUB (27)
Yuqoridagi formulalarni birga yechsak
m= (28)
ifodani hosil qilamiz.
Demak, m massa va q zaryad bilan harakterlanuvchi ionning induksiyasi B bo’lgan bir jinsli maydondagi aylanma traektoriyasining radiusi U tezlatuvchi potensial bilan aniqlanadi. oxirgi ifodadan foydalanilib ion massasi aniqlanadi. Yadro massasi haqida axborot olish uchun ion massasidan uning tarkibidagi barcha elektronlar massasini ayirish kerak, albatta. Mas -spektrometrlar yordamida olingan ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki, yadroning massasi uning tarkibidagi nuklonlar massalarining yig’indisidan kichik. Masalan, Ne4 yadrosining massasi 4, 001523 m. a. b. ga teng. Bu yadro ikki proton va ikki neytrondan tashkil topgan. Bu nuklonlarning umumiy massasi 2mr + 2mp= (2·1, 007276 + 2·1, 008665) m. a. b. = 4, 031882 m. a. b. ga teng. Demak, Ne4yadrosining massasi uning tarkibidagi nuklonlarning umumiy massasidan Δm = (2mr + 2mp) – mNe4= (4, 031882 – 4, 001523) m. a. b. =0, 030359 m. a. b. qadar kichik.
Do'stlaringiz bilan baham: |