O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi urganch davlat universiteti


Download 0.66 Mb.
bet7/15
Sana26.01.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1128672
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
Geometrik figuralarni turli belgilari

Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
a)Salomlashish
b)tozalikni tekshirish
c)davomatni aniqlash
d) darsga tayyorgarlik ko‘rish va dars rejasi
Yo‘l patrul xizmati libosidagi o‘qituvchi o‘quvchilarni olib ketayotgan avtobus haydovchisiga (o‘quvchiga) murojaat qiladi:
-Assalomu alaykum o‘rtoq haydovchi.Men oliy toifali yo‘l patrul xizmati nazoratchi inspektori Hilola Jo‘rayeva.
-Marhamat,o‘zingizni tanishtiring
-…
-Bali zukko bolalar
Bog’dagi gul lolalar
Muhtaram Prezidentimizning ichki tuzrizmni rivojantirish maqsadida yaratib bergan imkonniyatlaridan unumli foydalanib sizlar buyuk matematik olim al Xorazmiyning yurtiga yo‘l olganingiz juda yaxshi.Lekin bu juda uzoq safar hisoblanadi.
Ana shu uzoq safaringiz davomida nafaqat haydovchilar,balki siz yo‘lovchilar ham yo‘l qoidalariga amal qilishingiz lozim.
-Qani sizlar yo‘l harakati qoidalarini bilasizmi?
-…
-Juda ham yaxshi.Endi sizlarning svetofor chiroqlaridan qanday foydalana olishingizni sinab ko‘rmoqchiman.
II.O‘tgan mavzuni tekshirish: Buning uchun biz “Svetofor “ usulidan foydalanamiz.
Svetoforning nechta chirog’i bor?
Uchta.Qizil,sariq va yashil
Hozir o‘tgan mavzuni vazifasi bo‘lgan 5- misolni taqqoslashlarini yechilgan holda proyektor ekranida ko‘rsataman.Sizga qizl,sariq va yashil chiroq shaklidagi doiralar tarqatilgan. Agar misol to‘gri bo‘lsa yashil,noto‘gri bo‘lsa q  izil,va bilmasangiz sariq doiralrni ko‘tarasiz.
25:5
30:5
4*6
6*88*6
28:79*7
8*842:6
Yangi mavzu:
-O‘quvchilar matematikadan juda yaxshi bilimga ega ekansiz.Matematika -bu hayot darsi.Kundalik hayotimizni matematikasiz ,ayniqsa,geometric shakllarsiz tasavvur etishimiz qiyin.Bugungi darsimizda matematikaning geometric shakllar nomli sehrli olamiga tashrif buyuramiz.
Sana va mavzuni daftarlarimizga yozamiz.
Mavzu: Geometrik shakllar:kvadrat,to‘g’ri to‘rtburchak,
uchburchak, doira va ular bilan bog’liq kattaliklar
1-masala. Shakllarning o‘xshash va farqli tomonlarini toping.O‘quvchilardan cho‘pdan birinchi qator kvadrat,ikkinchi qator to‘g’ri to‘rtburchak ,uchinchi qator uchburchak shaklini yasaydilar. Keyin shu qatorlar o‘quvchilar shakllarni ip yordamida yasaydilar.
-O‘quvchilar qaysi shaklni cho‘pdan yasay olmadik?
Endi qo‘llarni ushlab aylana shaklini hosil qilamiz.Endi geometrik shakllarning o‘xshash va farqli tomonlarini aytamiz.
O‘qituvchi aylana va doiraga ta’rif berib ularga bog’liq tushunchalarni o‘zlari yordamida radius,doira markazi O nuqta va hokazolarni tushuntirib o‘tadi.
-Sinf xonamizga osilgan yo‘l belgilari qanday shaklda? Ularda sinfimizning va yo‘l harakati qoidalari berilgan.Biz doimo ularga rioya etishimiz shart.
2-masala.Shakllarni daftaringizga chizing.Har qaysi shaklda nechtadan uchburchak va kvadrat bor?

O‘quvchilar shakllarni daftarlariga chizadilar va geometrik shakllarni sanaydilar.Shuningdek , ikki o‘quvchi magnitli doskaga uchburchaklardan foydalanib,bahorda uchiriladigan varrakni yasaydilar va kvadrat shaklidagi varrakda nechta uchburchak va kvadrat borligini aytib va ko‘rsatib beradilar.
3-masala Hamma cho‘pdan kvadrat yasasin.Kvadrat tomonlari uzunliklarini yigindisi 32 sm.Shu kvadratning bitta tomonini uzunligi qancha?
O‘quvchilardan biri doskaga yechadi.Kvadratning hamma tomoni teng bo‘lgani sababli perimetrni 4ga bo‘lsak natija chiqadi.
4-masala .To‘g’ri to‘rtburchakning to‘rtta tomoni teng qismga bo‘lindi.Uning to‘rtdan bir qismi ko‘k ,qolgan qismi yashilga bo‘yaldi.To‘gri to‘rtburchakning qanday qismi yashil rangga bo‘yaldi?O‘quvchilar bu masalani mustaqil bajaradilar.
Javob: To‘rtdan uch qismi yashil rangga bo‘yaldi.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling