O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘limvazirligi
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Amaliyot Hisoboti
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIMVAZIRLIGI ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI Mashinasozlik fakulteti ―Mashinasozlik texnologiyasi‖ kafedrasi «TASDIQLAYMAN» «Mashinasozlik texnologiyasi» Kafedrasi mudiri Muxiddinov Z.N. «___» __________2023-yil. Malakaviy amaliyot HISOBOT _____________________________________ (korxona nomi) Bajardi 4 kurs s15-19MT guruh talabasi _______ Norov Jasurbek Ixtiyor o‘g‘li (imzo) TDTU dan malakviy amaliyot rahbari _______ ________________________ (imzo) (F.I.SH) Korxonadan malakviy amaliyot rahbari ______ __________________________ (imzo) (F.I.SH) Hisobot baho bilan baholandi Toshkent 2023 1 Mundarija 1. Kirish…………………………………………………………………..2-4; 2. ―TCT Cluster‖ MCHJ, MTP tashkil topish tarixi. …………………5-7; 3. Korxonaning texnologik jarayonlarini batafsil taxlil qilish……………8-9; 4. Korxonada ishlatiladigan jihozlarni tahlil qilish va o‘rganish………10-12; 5. Korxona iqtisod bo‘limi. Mehnat muhofazasi………………………13-15; 6. Xulos………………………………………………………………..........16; 7. Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………..........17; 2 Qishloq xo‘jaligi – O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun o‘sish nuqtasidan biridir, shu nuqtaning bir bo’g’ini Mashina Traktor Parki (MTP) Reja: 1. Kirish. 2. ―TCT Cluster‖ MCHJ, MTP tashkil topish tarixi. 3. Korxonaning texnologik jarayonlarini batafsil taxlil qilish. 4. Korxonada ishlatiladigan jihozlarni tahlil qilish va o‘rganish. 5. Korxona iqtisod bo‘limi. Mehnat muhofazasi. 6. Xulosa. 7. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish - Qishloq xo‗jaligi O‗zbekistonda asosiy iqtisodiy tarmoq hisoblanadi. U YaIMning qariyb 27 foizini egallaydi, mamlakatdagi jami aholining 30 foizdan ortig‗ini ish bilan ta‘minlaydi, qashshoqlikni kamaytirishga hissa qo‗shadi. Bugungi kunga qadar qishloq xo‗jaligida 20 million gektardan ortiq yer, jumladan, 3,2 million gektar sug‗oriladigan ekin maydonlarida aholi ehtiyojlari uchun oziq-ovqat mahsulotlari, iqtisodiyot tarmoqlari uchun zarur xomashyo yetishtirilmoqda. 2017 yilda klaster tizimining paydo bo‗lishi tufayli qishloq xo‗jaligi yanada rivojlana boshladi. Bu tizim endigina yo‗lga qo‗yilmoqda, zanjirning ayrim bo‗g‗inlarida muammolar mavjud, ammo uni yanada takomillashtirish O‗zbekiston qishloq xo‗jaligining ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish imkonini beradi. 3 2019 yilda Qishloq xo‗jaligini 2020-2030 yillarda rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi. Mazkur Strategiya 2030 yilgacha 1,0 million gektardan ortiq qishloq xo‗jaligi yerlarini o‗zlashtirish, 535,0 ming gektardan ortiq lalmi, yaylov va boshqa yerlardan samarali foydalanishni ta‘minlash; tarmoqda band bo‗lgan har bir kishiga o‗rtacha mehnat unumdorligining 1,7 barobar yoki yiliga 6,5 ming dollargacha o‗sishini ta‘minlash; qayta ishlangan tayyor mahsulotlar hajmini 30 foizgacha oshirish; mahsulot eksportini 20 milliard dollargacha oshirishni nazarda tutadi. 2017–2021 yillarda qishloq xo‗jaligi yalpi mahsuloti 6,8 foizga o‗sdi. Ushbu davrda ishlab chiqarishning o‗rtacha yillik o‗sish sur‘ati taxminan 1,7 foizni tashkil etdi. 2017-2021 yillarda qishloq xo‗jaligining har bir band kishiga to‗g‗ri keladigan qo‗shilgan qiymati 7,0 foizga oshib, 2019 yildagi o‗rtacha jahon ko‗rsatkichidan 60 foizga oshdi. 2020-2021 yillarda kvotalar va narxlarni nazorat qilishning bekor qilinishi ekinlarni diversifikatsiya qilish, boshqa ekinlar, meva va sabzavotlar yetishtirishga bosqichma-bosqich o‗tishga yordam bermoqda. Qishloq xo‗jaligi mahsulotlari eksporti respublika tashqi daromadining 10 foizdan ortig‗ini tashkil qilmoqda. O‗zbekistonda 2019 yil 15 oktyabrdan boshlab un narxini davlat tomonidan tartibga solish to‗xtatildi. 2020 yil hosilidan boshlab davlatning g‗allaga buyurtmasi 25 foizga qisqartirildi, 2021 yil hosilidan esa davlat tomonidan g‗alla xarid narxlarini belgilash amaliyoti butunlay bekor qilindi. 2020 yil hosilidan paxta xomashyosining xarid narxlarini belgilash amaliyoti bekor qilindi va paxtani erkin joylashtirish huquqi berildi. 4 Ilmiy va innovatsion ishlanmalarni joriy etish hisobiga meva-sabzavot, kartoshka, dukkakli va yog‗li o‗simliklar ishlab chiqarish hajmi yiliga 6-8 foizga, go‗sht 16 foizga, sut 13 foizga, tuxum 27 foizga, baliq yetishtirish hajmi 2 marotabaga, asal 30 foizga ortadi. Meva-sabzavotni qayta ishlash darajasi 15 foizga, go‗sht 9 foizdan 15 foizga, sut 14 foizdan 18 foizga yetkaziladi. Bunday tartibning o‗rnatilishi yer unumdorligi va yerdan foydalanish samaradorligini oshirishga, jumladan, almashlab ekishni ta‘minlashga qaratilgan samarali usul va texnologiyalardan foydalanishga xizmat qilmoqda. Markaziy Osiyo davlatlari orasida aholi zichligi bo‗yicha O‗zbekiston birinchi o‗rinda – 1 kv.km.ga 51,4 kishi to‗g‗ri keladi. Har gektar sug‗oriladigan yerga respublika aholisining 8 nafari to‗g‗ri keladi. Aholining o‗sish sur‘ati sug‗oriladigan yerlar maydonining o‗sish sur‘atlaridan ancha yuqori. Shuning uchun so‗nggi 30 yil ichida aholi jon boshiga to‗g‗ri keladigan sug‗oriladigan yerlar maydoni, ya‘ni aholining o‗sishi hisobiga 0,23 gektardan 0,16 gektargacha, qariyb 25 foizga kamaydi. Osiyo taraqqiyot banki ma‘lumotlariga ko‗ra, agar hozirgi tendensiyalar davom etsa, keyingi 30 yil ichida sug‗oriladigan maydonlar yana 20-25 foizga qisqaradi. Bir so'z bilan aytganda, klaster tizimi nafaqat qishloq xo'jaligi, balki sanoat va xizmat ko'rsatish sohalarini qamrab olmoqda. Zamon talabiga mos odimlash esa hamisha barcha jabhalarda yutuq va samaralar garovi bo'lib kelgan. YA'ni, klasterlar boqimandalikka chek qo'yib, erkin va samarali mehnat qilishga undaydi. 5 2. ―TCT Cluster‖ MCHJ, MTP tashkil topish tarixi. Darhaqiqat, Quyichirchiq tumanidagi mavjud 30,5 ming gektar sugʻoriladigan ekin maydonlari Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-dekabrdagi qarori bilan tashkil etilgan ―TCT Cluster‖ klasteri ixtiyoriga berilgan. Natijada nafaqat paxtachilik, balki gʻallachilik, sholichilik, baliqchilik kabi qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoqlarida ishlab chiqarishning klaster usuli joriy etildi. Amaliyotga innovatsion va intensiv texnologiyalar qoʻllanilib, hududning tuproq-iqlim sharoiti inobatga olingan holda, ziraotlarning eng maqbul navlari tanlab ekildi. — Shu paytgacha Toshkent viloyatida ―Buxoro-6‖, ―Buxoro-8‖, ―Buxoro-102‖ navlari deyarli ekilmagan, — deydi klaster rahbari, iqtisodiyot fanlari doktori, senator Murtazo Rahmatov. — Chunki koʻpchilik hosil pishmay qoladi, deb oʻylashadi. Amalda buning aksiga guvoh boʻlib turibmiz. Mana, qarang, koʻsaklar yuz foiz ochilgan.Aslida, Buxoro navlari tasodifan tanlangani yoʻq. Bu qarorga kelishdan oldin klaster qoshida tashkil etilgan Ilmiy markaz hamda Ilmiy-texnik kengash aʼzolari, yetuk olimlar bilan hududning tuproq-iqlim sharoiti, suv bilan taʼminlanganlik darajasi, chigit unib chiqishi va rivojlanishiga xavf solishi mumkin boʻlgan barcha omillarni chuqur tahlil qildik. Shundan soʻng Buxoro navlarini ekamiz, degan toʻxtamga keldik. "TCT Cluster" MCHJ ning Ujakent mashina traktor parki (MTP)da 258 ta chopiq va haydov traktorlari, 340 ta Tirkama, 189 ta kultivator, 50 ta chigit va g‘alla ekish Seyalkalari, 34 ta g‘alla o‘rish kombaynlari, 25 ta paxta terim mashitalari, 25 ta purkagichlar, 30 ta mineral o‘g‘it sepgich texnikalari mavjud. 6 7 8 3. Korxonaning texnologik jarayonlarini batafsil taxlil qilish. MTP faoliyati bilan to‘liq tanishib chiqdim bu amaliyot davrida. Qishloq xo‘jaligida MTP ni muhim o‘rni bor ,bu yerda dalaga ishlov beradigan texnikalar, agregatlar, tashuvchi tirkamalar, maxsus texnikalar dalaga ishliv beruvchi barcha texnikalar shu yerda saqlanadi.Men amaliyot o‘tagan Quyichirchiq TCT Cluster MTP da xizmat ko‘rsatish bo‘limi mavjud bo‘lib unda 7 nafar xodim ishlaydi. Boshqaruv bo‘limida esa Direktor eksplutatsiya bo‘lim boshlig‘i glavniy injener tabelshik iqtisodchi va hokazolar ishlashadi.Qishloq xo‘jaligida ishlar yil 12 oy davom etadi: yanvar fevral oylari chigit ekish uchun seyalkalar tamirlanib mavsumga tayyorlanadi. Bu vaqtda g‘alla o‘rish komaynlari tamirlanadi mavsumga. Shundan so‘ng paxta terish mavsumi uchun paxta terish mashinalari tayyorlanadi, parallel ravishda bug‘doy ekish boshlanadi. Shundan so‘ng kuzgi shudgor ishlari xullas yil davomida bu yerda ish qizg‘in davom etadi. Tamirlash bo‘limida turli kalitlar naborlari, qo‘l mechiki, gayichniy kalitlar, tokarniy stanok, svarka, moyka, vulkanizatsiya bir so‘z bilan aytganda barcha kerakli jihozlar bu yerda mavjud men bularni barchasi bilan amalda tanishdim bevosita chigit ekish mavsumida qatnashdim. Kuhin planter rusmli seyalkada chigit ekildi, mavsum davomida turli nosozliklar kamchliklarni bartaraf etishda shaxsan qatnashdim va o‘zimga kerakli tajribalarga ega bo‘ldim. 9 Qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarish jarayonida dala ishlarini qisqa muddat ichida bajarish zarurligi tufayli mashinalarning ishga tayyorligi qishloq xo‗jaligida muhimahamiyatga ega. Mashinalarga texnik xizmati ko‗rsatish esa ularga dala ishlarini bajarish davrida mustaxkam ishlashini nazarda tutadi. Dala ishlarini bajarish jarayonida mashinalar og‗ir sharoitda ishlaydi, ya‘ni chang ko‗tarilib moylash mahsulotlari eskiradi, uyilish qismlari jadalligi ortadi, mexanizm va detallarning ishlashi yomonlashadi, o‗nqir cho‗nqirlarda ishlashi natijasida dvigatel, transmissiya detallari va yurish qismlari turlicha yuklanishda ishlaydi va eyiladi. Agar mashinalarni texnik jixatdan ishga yaroqli bo‗lishiga qaratilgan choralar o‗z vaqtida va sifatli bajarilmasa yuqoridagi omillarni ta‘sir etishi natijasida mashinalarning foydalanish ko‗rsatkichlari ancha pasayishi va kamchiliklarining kelib chiqishi natijasida agregatlar to‗xtab qolishi mumkin. Bu esa mahnat unumdorligiga ta‘sir etadi, ish sifati kamayadi, yonilg‗i-moylash maxsulotlari sarfi ortib texnikalarni saqlash va ularga xizmat ko‗rsatish xarajatlari ko‗payad Texnik xizmati ko‗rsatish -mashinalardan foydalanishda, foydalanishga tayyorlashda, tashish va saqlashda ularning sozligini, ish qobiliyatini texnik shayligini ta‘minlash uchun bajariladigan ishlar majmuidan iborat. Mashinalarga texnik xizmat va ta‘mirlash tizimi har bir aniq foydalanish sharoitiga qarab o‗zaro bog‗langan tadbirlar majmuidan iborat. Bu tadbirlar texnik xizmatni va ta‘mirlashni tashkil etish texnologiyasini ifodalaydi, hamda normativ-texnik xujjatlarda ko‗rsatilgan sifat ko‗rsatkichlarini qanoatlantirishi lozim. Xozirgi davrda mashinalarga texnik xizmat ko‗rsatishning ikki tizimi: extiyojga va talabga muvofiq; ogohlantiruvchi-rejali texnik xizmat ko‗rsatish amalda qo‗llaniladi. Texnik xizmat tizimining «ogohlantiruvchi» deb atalishining mohiyati shundan iboratki, davriy texnik xizmatlarda bajariladigan texnologik operatsiyalar nosozliklarning vujudga kelishini, detallar eyilib sinishini oldini oladi. 4. Korxonada ishlatiladigan jihozlarni tahlil qilish va o‘rganish. 10 Texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashning quyidagi uchta strategiyasi keng tarqalgan: - ta’mirlash-xizmat tadbirlari nosozlik yuzaga kelgandan so‘ng uning oqibatini yo‘qotish uchun amalga oshiriladi - ta’mirlash-xizmat tadbirlari bajarilgan mexanizatsiyalashgan ishlarning miqdori yoki yonilg‘i sarfiga asoslanib qatiyan belgilangan grafik (reglament) bo‘yicha amalga oshiriladi; - ta’mirlash-xizmat tadbirlari mashinalarga o‘rnatilgan avtodiagnostika tizimi va davriy tashxis asosida amaldagi texnik holatiga muvofiq amalga oshiriladi. Bu strategiyalarning uchinchisi ko‘proq istiqbolli hisoblanadi. CHunki, bunda mashinalarga murakkab elektron jixozlar o‘rnatiladi, texnik servis o‘tkazishda elektron-mexanik tashxis anjomlari qo‘llaniladi va yuqori malakali kadrlarni jalb qilinadi. Istiqbolda texnikalarni ishlab chiqaruvchi va servis korxonalari jaxon standartiga bosqichma-bosqich moslashtirilishi amalga oshiriladi. Texnikalarni ishlab chiqaruvchi korxonalarning texnik markazlari va dilerlari kelgusida servis xizmatlarini bajaruvchilar bo‘lib qoladi. Ta’mirlash tizimi quyidagi joriy, kapital va ehtiyoj bo‘yicha ta’mirlash turlarini nazarda tutadi. Ular yordamida transport vositalarining zarur bo‘lgan texnik holati va foydalanish davrida ularning ishga yaroqliligi (ishlash qobiliyati) saqlab turiladi. Joriy ta’mirlash texnikani ishlatish jarayonida bajariladi, ya’ni buzilishning oldini olish maqsadida berilgan markadagi mashinalar uchun belgilangan texnik xizmat ko‘rsatishning muayan turi bilan birga bajariladi. Joriy ta’mirlash ishlari mashinaning murakkabligiga qarab, ustaxonalarda o‘tkaziladi. Ehtiyoj bo‘yicha ta’mirlash mashinalarda kutilmagan hollarda, tasodifiy sodir bo‘ladigan buzilish va nosozliklarni tuzatish uchun rejasiz, ya’ni ehtiyoj bo‘yicha ta’mirlash ham o‘tkaziladi. Ehtiyoj bo‘yicha ta’mirlash ishlari tashxislash natijalari yoki talab etilganholda nuqsonning holatiga qarab oddiy yoki murakkab uslubda bajarilishi mumkin. Kapital ta’mirlash texnikalarning resursini to‘liq tiklash uchun bajariladi. Bunda, texnika uni tashkil etuvchi detallarga bo‘laklanadi va barcha detallari, uzellari hamda mexanizmlarining ish qobiliyati tiklanadi. Mashinalarni kapital ta’mirlash ishlari mahalliy mashinasozlik korxonalari MHD davlatlari mashinasozlik korxonalari standartlari asosida ishlab chiqilgan mashinalardan foydalanishdagi ikki marta rejali joriy ta’mirlash ishlari bajarilgandan keyin amalga oshiriladi.CHet el texnikalariga belgilangan resursni 11 (moto-soat, gektar, tonna, tonnakilometr) to‘liq o‘tab bo‘lgandan so‘ng yoki tashxis xulosasiga ko‘ra kapital ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.Kapital ta’mirlash ishlari maxsus texnologik jixozlangan korxona va sexlarda amalga oshiriladi Egasiz ta’mirlash usulidan ixtisoslashtirilgan korxonalarda foydalaniladi. Bunda texnika detallarga to‘liq bo‘laklanadi, belgilanmaydi va tiklangandan keyin har xil markadagi texnikalarning duch kelganiga o‘rnatiladi. Bu usulning ijobiy tomoni mashinaning ta’mirda turishmuddati qisqaradi, ustama xarajatlar kamayadi. Egali ta’mirlash usulida mazkur texnikaga tegishli hamma detallar va uzellar ta’mir qilingandan keyin yana shu texnikaning o‘ziga qo‘yiladi. Bu usulning ijobiy tomoni shundaki, ruxsat etilgan chegaralarda eyilgan barcha detallardan unumli foydalanish mumkin. Bu o‘z navbatida texnikaning yaxshi saqlanishidan manfaatdorlikni ta’minlaydi. Kamchiligi-texnik ta’mirda ko‘proq turib qoladi. Agregat usulida ta’mirlash – egasiz usulda ta’mirlashning shunday turiki, bunda buzilgan agregatlar yangisi bilan yoki ta’mir qilingani bilan almashtiriladi. Agregat va uzellarning o‘zi ixtisoslashtirilgan ta’mirlash korxonalarida ta’mirlanadi. Bu usulda ta’mirda bo‘lish muddati ancha qisqaradi, ta’mirlash sifati yaxshilanadi va tannarxi kamayadi. Oqim usulda ta’mirlash ishlab chiqarishning bir maromda kechishini ta’minlaydigan texnologik jarayonning uzluksizligi bilan ajralib turadi. Bu usulda ta’mirlash ishlari ixtisoslashtirilgan ish o‘rinlarida ma’lum ketma-ketlikda va bir vaqtning o‘zida bajariladi. Uzellar, agregatlar va mashinalar oqim liniyalarida ta’mir qilinadi va yig‘iladi. Oqim usuli ta’mirlashning eng samarali va ilg‘or usuli hisoblanadi. Ammo uni ishlab chiqarish dasturi katta bo‘lgan ixtisoslashgan ta’mirlash korxonalarida qo‘llash yaxshi samara beradi. Uzel usulida ta’mirlash mayda seriyada ishlab chiqarilgan texnikalarga qo‘llaniladi. Bunda, texnikani ta’mirlash texnologik jarayoni tashkil etuvchilarga bo‘linadi. 12 13 5. Korxona iqtisod bo‘limi. Mehnat muhofazasi. Korxona bosh bugalteri va iqtisodchisidan MTP iqtisodi va boshqaruvi haqida malumotlar oldim. Korxona Case Servis bilan hamkorlikda ishlaydi va bundan tashqari bir qancha dillerskiy tashkilotlar MCHJ lardan ehtiyot qismlar oladi. O‘z iqtisodini ko‘tarish uchun esa texnikalarini ijara va boshqa shartnomalar asosida ishlatib daromad oladi. Mashina-traktor parklari yuridik shaxs bo‗lib hisoblanadi, o‗z mulkiga, yumaloq muhriga, to‗rtburchak tamg‗asi (shtampiga), mustaqil va tugal balansiga, bank muassasalarda hisob-kitob va valyuta hisob raqamlariga ega, MTPlar o‗z nomidan mulkiy va boshqa nomulkiy huquqlarga ega bo‗lishi, sudlarda javobgar hamda da‘vogar bo‗lishi mumkin. MTPlar O‗zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‗jaligi vazirligi hamda ―O‗zqishxo‗jta‘minotta‘mir‖ Davlat qo‗mitasi tomonidan tasdiqlangan ushbu Nizom asosida faoliyat ko‗rsatadi. 1.3. Mashina-traktor parki qishloq xo‗jaligiga ishlab chiqarish-texnika xizmati ko‗rsatuvchi tuman aksionerlik assotsiatsiyalari va boshqa xo‗jalik jamiyatlarining asosiy bo‗g‗ini bo‗lib hisoblanadi. Aksionerlik assotsiatsiyalari va boshqa xo‗jalik jamiyatlari uyushmalari ―O‗zqishxo‗jta‘minotta‘mir‖ tuman bo‗linmalari va ularning tarkibiy tuzilmalari negizida tashkil etiladi. Barcha bo‗g‗inlar, aksiyadorlik jamiyatlari va ―O‗zqishxo‗jta‘minotta‘mir‖ning boshqa tuman bo‗linmalari birinchi navbatda mashina-traktor parklarining ehtiyojini bajaradilar va qondiradilar. 1.4. MTP o‗z faoliyatida ―O‗zbekiston Respublikasida korxonalar to‗g‗risida‖gi, ―Ijara to‗g‗risida‖gi va O‗zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, Oliy Majlis qarorlariga, O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ―O‗zqishxo‗jta‘minotta‘mir‖ Davlat qo‗mitasining, ―Agromashservis‖ Qoraqalpog‗iston Respublikasi va viloyatlar birlashmalarining, ―O‗zqishxo‗jta‘minotta‘mir‖ birlashmalarining ko‗rsatmalariga, boshqa me‘yoriy hujjatlarga amal qiladi. 1.5. O‗z ishlab chiqarish faoliyatini yuritish uchun MTPlar O‗zbekiston Respublikasining ―Ijara to‗g‗risida‖gi Qonuniga muvofiq kooperativlardan, fermer xo‗jaliklaridan va boshqa qishloq xo‗jaligi korxonalaridan hamda tashkilotlaridan (bular keyingi o‗rinlarda ―xo‗jaliklar‖ deb ataladi) shartnoma narxi bo‗yicha keyinchalik sotib olish huquqi bilan uzoq muddatli ijaraga olingan mashina va 14 mexanizmlar bilan, bunda sotib olinayotgan texnikaning resursiga, texnik holatiga va ish unumiga alohida e‘tibor qaratilib, shuningdek, sotib olinayotgan yangi texnika bilan butlanadi. Mehnat muhofazasi - inson ning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobilyatining saqlanishiga qaratilgan tadbirlar. Qonun hujjatlarida mehnat jarayonida qoʻllaniladigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnik, sanitariya-gigiyena, davolash-profilaktika chora tadbirlari belgilab qoʻyiladi. Mehnat qiluvchi shaxs xavfsizligi, salomatligi, mehnat qilish qobiliyatini himoyalash, sogʻlom mehnat sharoitlari yaratish, kasb kasalliklari yuz berish xavfini oldini olish, ishlab chiqarishda jarohatlanishlarga yoʻl qoʻymaslik kabilar mehnat muhofazasi oldidagi vazifalar hisoblanadi. OʻzRda xavfsiz va qulay mehnat sharoitida ishlash yuzasidan fuqarolarning huquqlari Konstitutsiyada (37-modda) mustahkamlanib qoʻyilgan. Ushbu konstitutsiyaviy kafolatni amalda roʻyobga chiqarilishiga qaratilgan aniq chora tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi ning Mehnat kodeksida, "Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida"gi qonun (1993-yil 6-may)da, boshqa bir qator qonunlar va qonun osti normativ hujjatlarida belgilangan. Oʻzbekistonda Mehnat muhofazasi uchun katta moliyaviy mablagʻlar ajratiladi va oʻzlashtiriladi. Sogʻlom va xavfsiz mehnat sharoitida mehnat qilish huquqi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining eng asosiy mehnat huquqlaridan boʻlib hisoblanadi. Mehnat muhofazasiga oid talablar va standartlar Mehnat kodeksi, "Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida"gi qonun talablari asosida ishlab chiqariladigan korxona va tashkilotlarning ichki mehnat tartibi qoidalari, jamoa shartnomalari, tarmoq yoki mintaqaviy jamoa kelishuvlari, korxonalarning boshqa ichki normativ huquqiy hujjatlarida, muayyan soha, kasb, ish joylariga oid boʻlgan Mehnat muhofazasi standartlarida belgilab qoʻyiladi. Mulkchilik shakli va xoʻjalik yuritish usulidan qatʼiy nazar barcha korxona, muassasa, tashkilotlar oʻz xodimlari uchun sogʻlom va xavfsiz mehnat sharoitini yaratishi, xavfsizlik texnikasi choralarini koʻrishi, mehnatni muhofaza qilish xizmatlarini tashkil etishi, boshqa tashkiliy texnik tadbirlarni amalga oshirishi shart. 15 Xavfsizlik texnikasi - mehnat muhofazasi boʻlimlaridan biri; ishchidagi jarayonlarda vujudga keladigan xavfli omillarning ishlovchilarga zararli taʼsiri oldini olishga doyr tashkiliy va texnik tadbirlar hamda vositalar majmui. Ularni yaratish va i.ch.da qoʻllash ishlari belgilangan tartibda tasdiqlangan meʼyoriytexnik hujjatlar (standartlar, qoidalar, meʼyorlar, instruksiyalar) asosida amalga oshiriladi. Tashkiliy tadbirlar: ishchilarga xavfsiz va zararsiz ish usullari toʻgʻrisida yoʻlyoʻriqlar berish, i. ch. sanitariyasi va mehnat gigiyenasi asoslarini oʻrgatish; mehnat qilish va dam olish qonunqoidalarini ishlab chiqish va i.ch.ga tatbiq qilish. Texnik tadbirlar maʼlum meʼyorlar va qoidalarga asoslanadi. Bunda insonning ruhiy, anatomik, fiziologik xususiyatlari hisobga olinadi. Mas, mashinaning boshqarish organlarini inson uchun qulay yerga joylashtirish, ish vaqtida zararli chang, gaz 16 qilinadi, ogohlantiruvchi belgilar va plakatlar osib qoʻyiladi. Koʻpincha ishlayotgan mashinalarning uzellari bilan bogʻliq qurilmalar (elektron qurilmalar, fotoelement, avtomatik saqlagich) dan foydalaniladi. Bularga saqlagich klapanlari, vklyuchatellar, eruvchan saqdagichlar, shtiftlar va boshqa kiradi. Xavfli, zararli ishlarni bajarishda jarayonlarni uzokdan turib boshqarish usuli yaxshi samara beradi. Himoya qilishda signalizatsshdan foydalaniladi. Jihozlarni yurgizib yuborishdan oldin ularning ishi tekshiriladi hamda sinaladi. Juda xavfli jihozlar (bosim ostida ishlaydigan idishlar, yuk koʻtarish mashinalari) davlat inspeksiyasi nazorati ostida boʻladi, namlik, tra, havoning tozaligi, shovqinlar, nurlanish taʼsiri va boshqa doimo nazorat qilinadi. Xavfsizlik texnikasi ning muayyan sohalarida ishlaydigan kishilar qoidalarga muvofiq shaxsiy himoya vositalari (kiyimbosh, poyabzal, ehtiyot belbogʻi, koʻzoynak va boshqalar)dan foydalanadi. Xar bir korxonada Xavfsizlik texnikasi uchun maʼmuriyat javobgar hisoblanadi. 17 Xulosa: Men amaliyot davrimda korxona bilan to‘liq tanishib chiqtim. Korxona xodimlari u yerda bajariladigan ishlarini ,barcha texnikalar va agregatlar omborda ehtiyot qismlarni saqlash hujjatlarni tayyorlashni o‘rgandim. Bazida kutilmagan holatlarda qatnashdim ular yuzasidan Dalolatnoma tuzdim, turli nosozliklarni bartaraf etishda mutsxasislarga yaqindan yordam berdim va o‘zimga kerakli tajriba va ko‘nikmalarni oldim.Tamirlash bo‘limida tamirlash uchun kerakli barcha asbob va uskunalar bor ekan. Tokarlik stanogida turli elementar ishlarni mutaxasis yordamida bajardim,vulkanizatsiyada ishladim ,moykada yordam berdim,payvantlashda, dala sharoitlarida chigit ekish mavsumida yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etishda qatnashdim. Case puma rusmli yuqori unumli haydov traktorini 300 motor soatlik, 1200 motor soatlik moyini almashtirdim. Toshkent Cotton Tekistil zavodi ochilish marosimida,unib chiqqan go‘za qator orasiga ishlb berishga bag‘ishlangan seminard, yashil makon loyihasidagi ko‘chat ekishda,har shanba o‘tkaziladigan shanblik hasharda qatnashdim. Korxona texnika xavfsizligi mutaxasisidan remont paytida ehtiyot choralarini ko‘rish,og‘ir yuk ko‘tarmaslik vas hu kabi kerakli ko‘rsatmalar oldim. Korxona xodimlarini bir biriga munosabati ahilligi bir birini tushinishi mena yaxshi ta‘surot qoldirdi. Amaliyot davrimda o‘zimga kerak bo‘lgan ko‘plab ishlarni amalda bajarib ko‘rib o‘rgandim kerakli xulosalar oldim korxona haqida ijobiy tasurotlarga ega bo‘ldim. 18 Foydalanilgan adabiyotlar. 1. Traktor va qishloq xo‘jaligi mashinalaridan foydalanish. A.K.Igamberdiyev, S.Aliqulov. Toshkent 2020 2. Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi. O‘.R.Yo‘lodoshev, O.T.Hasanov. R.T. Xo‘jaqulov, O.T. Xasanova Toshkent 2012 3. Google.com Ziyo.net https.xs.post.klaster-quyichirchiq tumani. https. Wikipediya.com Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling