O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus
Download 365.85 Kb. Pdf ko'rish
|
qadimgi xitoyda falsafiy fikrlarning shakllanishi va rivoji (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI
- 5A120501 – “Falsafa tarixi” (yo’nalishlar bo’yicha) ta’lim yo’nalishi
- 1.01. Qadimgi Xitoy falsafasida dunyo va inson tushunchasi……………… 5 1.02. Qadimgi Xitoyda falsafiy fikrlar rivoji (Lao Szi, Konfutsiy)………… 11
- II. BOB. Qadimgi Xitoy falsafasiy maktablari…………………………23-32 2.01. Xitoyda fasafiy maktablarning yuzaga kelishi……………………… 24
- I.BOB. Qadimgi Xitoyda borliq va inson haqidagi tushunchalarning shakllanishi. 1.01. Qadimgi Xitoy falsafasida dunyo va inson tushunchasi.
- 1.02. Xitoyda falsafiy fikrlarning rivojlanishi (Lao Szi, Konfutsiy).
- 1.03. Xitoy falsafasida naturfalsafiy g`oyalarning ahamiyati.
1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI “Sharq falsafasi va madaniyati” kafedrasi Ergashev Urolbek Berkinovich QADIMGI XITOYDA FALSAFIY FIKRLARNING SHAKLLANISHI VA RIVOJI mavzusida K U R S I S H I 5A120501 – “Falsafa tarixi” (yo’nalishlar bo’yicha) ta’lim yo’nalishi Toshkent-2015 2
M U N D A R I J A: KIRISH……………………………………………………………………… 3 I.BOB. Qadimgi Xitoyda borliq va inson haqidagi tushunchalarning shakllanishi…………………………………………. 5-22 1.01. Qadimgi Xitoy falsafasida dunyo va inson tushunchasi……………… 5 1.02. Qadimgi Xitoyda falsafiy fikrlar rivoji (Lao Szi, Konfutsiy)………… 11 1.03. Xitoy falsafasida naturfalsafiy g`oyalarning ahamiyati…..…………. 22 II. BOB. Qadimgi Xitoy falsafasiy maktablari…………………………23-32 2.01. Xitoyda fasafiy maktablarning yuzaga kelishi……………………… 24 2.02. Qadimgi Xitoy falsafiy maktablari ta`limotlarining hozirgi davrdagi ahamiyati………………………………………………… 29 XULOSA…………………………………………………………………… 33 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………... 34
3
Mazkur kurs ishining dolzarbligi, mamlakatimizning mustaqilikka erishishi sharofati bilan uning xalqaro ilmiy-falsafiy va madaniy aloqalarining jadallashuvi, xususan, xalqimiz o’zligini anglash, dunyoni tanish jarayonining chuqurlashib borayotganligi va fanga bo’lgan munosabatda ob’yektivlikni saqlash respublikamizda falsafa fani oldiga yangi talablar va vazifalar qo’ymoqda. Shuningdek, XX asrning oxirlariga kelib, butun dunyoda ma’naviy- axloqiy, ijtimoiy muammolar ham global tus ola boshladi. Ushbu muammolarni har tomonlama hal etishda Sharq mamlakatlarida mintaqaga xos bo’lgan g’oyalar, qarashlarga murojaat etish ahamiyatlidir. Prezidentimiz Islom Karimov, “Asrlar mobaynida xalqimizning yuksak ma’naviyat, adolatparvarlik, ma’rifatsevarlik kabi ezgu fazilatlari Sharq falsafasi va islom dini ta’limoti bilan uzviy ravishda rivojlandi. Va o’z navbatida bu falsafiy-axloqiy ta’limotlar ham xalqimiz dahosidan bahra olib boyib bordi” 1 deya
ta’kidlagani Sharq falsafasiy tafakkurining ahamiyatini yana bir bor ifodalaydi. Undan tashqari davlatimiz tomonidan umumjahon falsafiy tafakkuri taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shgan jahon xalqlari sivilizatsiyasining boy ilmiy- falsafiy merosini o’rganish va shu asosda inson salohiyatini yuksaltirish, uni komil qilib tarbiyalash kabi muammolarga alohida e'tibor qaratilmoqda. Qadimgi Xitoyning ilg’or falsafiy, axloqiy, ilmiy va ijtimoiy g’oyalaridan hozirgi vaqtda ham bahramand bo’la olishimiz mavzuning dolzarbligiga asos bo’la oladi. Chunki biz Qadimgi Xitoy falsafasini chuqur o’rganish asnosida insoniyat kelajagi va taraqqiyoti uchun qonuniy zarurat sifatida vujudga kelgan adolat, erkinlik, yaxshilik, insonparvarlik, mehr-muruvvat, saxovat kabi umuminsoniy ezgu tushuncha hamda amallarni o’zimizga singdirishimiz mumkin. Insoniyat sivilizatsiyasining beshiklaridan sanalmish qadimgi Xitoy dastlabki falsafiy fikrlar vujudga kelgan mamlakatlardan biridir. Qadimgi Xitoy
1
4 falsafasi turli xil yo’nalish va oqimlarga boydir. Ularda falsafiy tafakkur qadriyatlarini ishlab chiqishga jazm qilgan mashhur kishilar, o’z davrining ko’zga ko’ringan donishmandlari tabiat, jamiyat va inson hayotiga taaluqli ko’pgina muammolarning yechimini topish yo’llarini izladilar, o’z davri shart-sharoitlari ideallaridan kelib chiqib ta`limotlar yaratdilar. Qadimgi Xitoy falsafiy maktablari tomonidan yaratilgan ta`limotlar hozirgi zamonda ham faylasuflar tomonidan qiziqib o’rganilmoqda. Ayniqsa, Konfutsiychilik ta`limotining Xitoy, Koreya kabi mamlakatlarda e`tiqod darajasiga ko’tarilganligi va hatto hozirgi kunda ham o’z ta`sirini saqlab kelayotganligi Qadimgi Xitoy falsafiy maktablarining falsafiy tafakkur xazinasiga qo’shgan hissalari katta ekanligidan dalolat beradi. Kurs ishida Qadimgi Xitoy falsafasining turli yo’nalishlari, ularning o’ziga xos xususiyatlari va hozirgi zamondagi ahamiyatlari to’g’risida fikr yuritiladi. Albatta Qadimgi Xitoy falsafasi keng qamrovli bolganligi sababli uning barcha jihatlarini bitta ilmiy ishda yoritib bo’lmaydi. Shuning uchun ham mazkur ishda asosiy masalalar va biz uchun zarur ma’lumotlar bayon qilindi.
5
shakllanishi. 1.01. Qadimgi Xitoy falsafasida dunyo va inson tushunchasi. Umuman olganda qadimgi Sharq xalqlarining tarixi va madaniyati, ilk siyosiy, huquqiy, diniy, badiiy, falsafiy qarash va tasavvurlari, ularning mazmun va mohiyati haqida antik zamon mualliflarining asarlarida, arxeologik manbalarda, xalq og’zaki ijodiyoti, afsona, miflar, dostonlar va rivoyatlarda aks etgan
2 . Qadimgi Xitoy ham ijtimoiy falsafiy fikr dastlab vujudga kelgan va taraqqiy etgan Sharq mamlakatlaridan biri bo’lgan. Eramizdan avvalgi II minginchi yilning o`rtalariga kelib, Yuan-in davlatida muayyan xo`jalik shakli yuzaga kelgan. Eramizdan avvalgi XII asrda esa urushlar natijasida davlat Chjou qabilasining qo`liga o`tgan. Bu hokimiyat eramizdan avvalgi III asrgacha davom etgan. Bu vaqtda diniy mifologik dunyoqarash ya’ni asotir tafakkur ustivorlik qilgan. U olam va tabiatning paydo bo`lishini o`ziga xos tarzda tushuntirgan va dunyoviy bilimlar rivojiga o`z ta`sirini o`tkazgan. Qadimgi Xitoy falsafasida turli xil yo`nalish va oqimlar mavjud. Ularda falsafiy tafakkur qadriyatlarini ishlab chiqishga uringan mashhur kishilar, o`z davrining ko`zga ko`ringan donishmandlari tabiat, jamiyat va inson hayotiga taalluqli bo`lgan ko`pgina muammolarning real yechimini izlaganlar. Bunday muammolarni o`z ijtimoiy ideallaridan kelib chiqqan holda hal etishga uringanlar. Tabiiyki muammolarning yechimi bir xil emas, chunki olam cheksiz va benihoyadir. Qadimgi Xitoy asotirlari (mifologiyalari)da butun koinot - osmon, yer va tabiat hodisalari ilohiylashtirilgan bo`lib, inson hayot kechirish muhitini tashkil qiladi. Aynan shu afsonalashtirilgan muhitdan narsalar, hodisalar mavjudligini ta`minlaydigan, ularni boshqarib turadigan oliy bir tamoyil keltirib chiqariladi. Bu
2
Tulenov J., G’afurov Z. Falsafa: Oliy o’quv yurti talabalari uchun. Toshkent, O’qituvchi, 1997, 34-bet 6 tamoyil ko`pincha oliy hukmdor (Shan-di), ba`zan esa oddiy osmon (Tyan) sifatida ishlatib kelingan. Xitoy faylasuflari asosan kambag`al a`yonlarga mansub bo`lgan. Ular ko`pincha g`oyat ulkan imperatorlik saroylari qoshida amal qilgan ma`muriy tizim sektorlarida faoliyat yuritishgan. Ko`pgina buyuk xitoy mutafakkirlari ana shu ijtimoiy muhitning samarasi sifatida dunyoga kelgan. Xitoy falsafasi dunyo va inson haqida o‘ziga xos tushunchalar yaratgan. Xitoy falsafiy tafakkurining ibtidosi ham, xuddi keyinchalik Qadimgi Misr, Hindiston, Bobil va Yunonistonda bo‘lgani kabi asotir tafakkurga borib taqaladi. Xitoy afsonaviy fikrida ham osmon, yer va tabiatdagi barcha narsalar ilohiylashtiriladi. Ilohiylashtirilgan muhitdan eng oliy qoida keltirib chiqariladiki, u dunyoni boshqarib, ashyolarga mavjudlik baxsh etadi. Butun tabiat jonlantirilgan – har bir narsa, joy va hodisa o‘z devlariga ega. O‘lgan ajdodlar ruhini hurmatlash keyinchalik ularga
sig‘inishni keltirib chiqarib, Qadimgi
Xitoyning muhofazakorona tafakkur yuritishiga olib kelgan. Ruhlar insonga uning kelajagini bashorat qilishi, uning xulqi va faoliyatiga ta’sir qilishi mumkin, deb tushunilgan. Qadimgi afsonalarning ildizlari eramizdan oldingi 2000-yillar qa’riga borib taqaladi. O‘sha vaqtda Xitoyda alqov so‘zlar va ifodalardan foydalanib, fol amaliyoti orqali ruh bilan aloqaga kirish yoyilgan edi. Bunday alqov yozuvlarni bronza idishlarga yozilgan ayrim parchalar, keyinchalik esa, “O‘zgarishlar kitobi”dan mushohada qilish mumkin. Qadimgi Xitoy afsonalar to‘plami eramizdan oldingi VII-V asrlarga taalluqli “Tog‘lar va dengizlar kitobi” (Shan xay szin)da bayon etilgan. Xitoy falsafiy fikri rivojining o‘ziga xos xususiyati ularga donishmand erlar, deb atalmish kishilarning ko‘rsatgan ta’siri bilan belgilanadi. Ularning ismlari ma’lum bo‘lmasa ham, ammo shu narsa seziladiki, ular dunyoni afsonaviy tushunish chegarasidan chiqib, uni tushunchalar orqali idrok qilishga harakat qilganlar. Afsonalar bilan borliqni tushunchalar orqali idrok qilishga aloqa chizig‘i tortgan bu donishmandlar ijodidan keyingi Xitoy faylasuflari naqlu qavllar keltirganlar va ularning qarashlarini rivojlantirganlar.
7 Xitoyda falsafiy qarashlar erta paydo bo‘lgan bo‘lib, jamiyatda qulchilik tizimining shakllanishi va sodda tabiiy bilimlarning rivojlanishi bilan o‘zaro bog‘liqdir. Arxeologlar suyaklarda topgan yozuvlari, “Shu-jing” deb nomlangan qadimgi kitob Xitoy munajjimlari Shan-in davridayoq (er.av. 18-12asr) yilni 366 kundan iboratligini aniqlab, oy-quyosh taqvimini yaratganligidan guvohlik beradi. Oy va quyosh yillari o‘rtasidagi farqni bartaraf etish uchun ular har 3 yilda taqvimga qo‘shimcha oy qo‘shdilar. Eramizdan avvalgi VII asrda esa, ular oy- quyosh taqvimini takomillashtirdilar. Bunda har 19 yilga 7 ta qo‘shimcha oy qo‘shildi. Qadimgi Xitoy olimlari tomonidan oy-quyosh taqvimining yaratilishi yerga nisbatan yulduz, quyosh va oyning joyini o‘zgarishini va harakatlarining ko‘p asrlik kuzatuvlari natijasida asoslangan edi. Eramizdan avvalgi. II ming yillikning oxiridan boshlab qadimgi Xitoy munajjimlari quyosh tutilishi haqidagi yozuvlarni olib bordilar. Ko‘p o‘tmay ularning davriyligidan xabardor bo‘ldilar. Eramizdan avvalgi VII asrdayoq yilni alohida davrlarga bo‘linishini aniqlab beradigan yozgi va qishki teng kunlikni aniqlash uchun quyosh soatlari qo‘llanar edi. Qadimgi manbalarda kameta va meteoridlar haqida ko‘plab yozuvlar mavjud. Masalan, “Chun syu” yilnomalarida kametani eramizdan avvalgi 611-yilda qutb yulduzi hududiga kirganligi haqida yozilgan. Ularda meteorit yomg‘irlari haqida ham ko‘p sonli yozuvlar mavjud. Xususan eramizdan avvalgi. 687-yilning 6 martida bo‘lib o‘tgan meteorit yomg‘iri haqida yozilgan. Er.avv. 4-asrda Xitoy munajjimlari Gan De va Shi Shen yulduzlar haqidagi 2 ta kitobni yozdilar, keyinchalik u “Gan Shi Sin-szin” nomi bilan bitta umumiy yulduzlar katalogini tuzdilar. Bu dunyo bo‘yicha tuzilgan yulduzlar haqidagi dastlabki katalog edi. Qadimgi Xitoyda astronomiya bilan bog‘liq materialistik fanlar yuqori darajaga erishdi. Masalan, Chjan San (er.avv. II asrning birinchi yarmi) va Szin Chou-chan (eramizning I asri) qadimgi manbalarga asoslanib 9 bobdan tashkil topgan arifmetikaga oid kitob yaratdilar. Unga muvofiq koeffisientlarni tenglashtirish yordamida noma’lumlarni izchil istisno qilish yo‘li bilan 2 ta va 3 ta noma’lum soni bo‘lgan birinchi darajadagi tenglamalarni yechishda tizimli uslub bayon
8 etiladi. Bu asarda matematika tarixida ilk bor manfiy sonlar va ular bilan hisob- kitob qilish qoidalari berilgan. Kitobda kvadrat va kubga sonlarni kiritish qoidalarida asoslangan kvadrat va kub ildizlarni topish uslubi tasvirlangan. Kitob mualliflari tengburchakli uchburchakni gipotenuzasi kvadratini katetlar kvadrati yig‘indisiga tengligi haqida ham xabardor edilar. Qadmgi Xitoy xo‘jaligining asosiy sohasi bo‘lgan ziroatchilikning rivojlanishi davrida astronomik va biologik bilimlar to‘plandi. Birgina (Shi-jing) (“She’rlar kitobi”) kitobida madaniy va yovvoyi o‘simliklarning 200 dan ziyod turlarining tavsifi beriladi. Qadimgi Xitoyning hunarmandchiligi ham takomillashgan edi. Shan In davridayoq, ya’ni eramizning II ming yilligining ikkinchi yarmida sopol buyumlar, yog‘ochdan turli mahsulotlar, asl bronza qurollar, shoyi matolar tayyorlanar edi. Eramizdan avvalgi VI asrda temirning tarqalishi ishlab chiqarishning barcha sohalarida, hattoki ijtimoiy munosabatlarda o‘zgarishlarga va ilmiy bilimlarni yuksalishlarga olib keldi. Bu davrda katta qurilish ishlarini amalga oshirish, ko‘p sonli saroy va shahar qal’alarini qurish, quvur va suv tizimlarini barpo etish avj oldi. Mamlakat harbiy va savdo yo‘llari tarmog‘i bilan bog‘landi. Ishlab chiqarishning barcha sohalaridagi ko‘p asrlik ijodiy mehnat keyinchalik kelib fanning ham rivojlanishiga turtki berdi. Ayniqsa, bu davrlarda tabiat sirlarini bilishga bo‘lgan intilish kuchaydi. Bu haqida, qadimgi “Go yuy” va “Szyu chjuan” manbalarida ko‘plab ma’lumotlar saqlanib qolingan. O‘sha qadim zamonlardayoq suv, olov, yog‘och, oltin va yer birlamchi unsurlar ekanligi haqidagi sodda falsafiy qarashlar yozib qolingan. Szyu Chjuanda birlamchi unsurlar Si (“havo”, “efir”), in (“salbiy”, “zulmat”) va yan (“ijobiy”, “yorug‘lik”) kabi tushunchalarni falsafiy nuqtai nazardan bir-biriga bog‘lab o’rganish chuqur mazmun kasb etadi. O‘zgarishlar kitobida 5 ta birlamchi unsurlarning umumiy asosi o‘z manbasi “tay szi” “buyuk ibtido” bo‘lgan si material substansiya masalalari haqida fikrlar o‘z ifodasini topa boshladi. Xitoy falsafasida bir-biriga qarama-qarshi In va Yan kuchlarga ega bo‘lgan si tumansimon massasidan barcha narsalar vujudga keladi, degan nazariya ham
9 mavjud edi. Qadimgi Xitoyda elementar ilmiy bilimlar asosida paydo bo‘lgan sodda materialistik g‘oyalar birinchi sinfiy jamiyat – qulchilik jamiyati shakllanish va rivojlanish sharoitida qabila jamoasi a’zolarini qabila zodagonlarining tobora o‘sib borayotgan ekspluatatsiya va zulmiga qarshi e’tirozini ifoda etar edi. Qadimgi (“Shi jing”) “She’rlar kitobi”da shunday yozilgan: “Ayrimlar qashshoqlikda va qo‘rquvda yashaydi, boshqalar esa, sharob va musiqa eshitib rohatlanadilar”, “kimda kim ekmasa va mehnat qilmasa, mo‘l hosil yig‘maydi”. Bu esa, o‘z davrining ilg‘or kishilarida “samo” va ”ajdod”lar ruhiga ishonmay qo‘yishiga olib keldi. Masalan, qadimgi she’rlarda shunday satrlarni uchratamiz: “Samo yovuz va adolatsiz, u insonlarga faqat ofat yog‘diradi”. Vafot etgan ajdodlarni ular insonparvarlik va insonlarga muhabbat hissidan ajrab qolib, tashlab ketgan o‘g‘lon va nabira va avlodlari haqida qayg‘urmay qolganlikda ayblaydilar. Kishilarda jamiyatni bunday firklashi Qadimgi Xitoyda asta-sekin ateizmning paydo bo‘lishiga olib keldi. U konservativ 3 qabila zodagonlariga qarshi kurashda jamiyatning ilg‘or kuchlarining jangovar quroli sifatida xizmat qildi. O‘sha davr g‘ayridinlar orasida yirik siyosiy arboblar – qonun asosida boshqarishning asoschilari Guan Chjun (er.avv. VII asr), Szi Chan (er.avv. VI asr) va boshqalar bo‘lgan. Ularning fikricha, farovonlik va baxtsizlikni insonlar o‘zlari barpo etadilar, ularning taqdiri “samo irodasi”ga tobe emas, degan qarashlar amaliy mazmun kasb eta boshladi. “Qonunlar davlatni tarqqiyotga va jamiyatni farovonlikka eltivuchi yagona yo‘l” degan mashhur nazariya Guan Chjunga tegishlidir. Uningcha, Samo osti fuqarolarining barchasi qonun olidida tengdir. “Podsholar esa, qonunlarning buloq - qaynar ko‘zi” ya’ni (yaratuvchisi bo‘lib), ularning o‘zi ham amalda qonunga bo‘ysinadilar, aksincha, jamiyat turg‘unlik sari yuz burib, (unday) davlat inqirozga yuz tutadi. Xitoy falsafasiga xos bo‘lgan yana bir jihati bu xitoy faslafasida tabiiy fanlarni o‘rganishga kam ahamiyat qaratilganligi bilan tasniflanadi. Masalan, Xitoy falsafasida metodologik jihatdan tabiiy fanlarga xos bo‘lgan ilmiy
3
Китайско –русский словарь, 2004, 832-bet.
10 tushunchalar u yoki bu darajada o‘z ifodasini topmagan. Faylasuflar tomonidan tabiiy fanlar ma’lumotlariga murojaat etishni lozim topmaganligi ham bunga ma’lum qadar sabab bo‘lgan. Ammo, ushbu o‘rinda ularning Chjou davridan keyinoq o‘z faoliyatlarini to‘xtatganligini ko‘zdan qochirmaslik kerak. Ana shu ma’noda ayrim ma’lumotlarda qadimgi Xitoy falsafasining tabiiy fanlardan ajratilganligi va mantiqqa oid masalalarning ishlanmaganligi, Xitoyda falsafiy tushunchalar shakllanishining sekin kechganligining asosiy sabablaridan biri bo‘lgan edi, shuning bois ko‘pgina Xitoy maktablari uchun mantiqiy tahlil usuli noma’lumligicha qolib kelgan degan fikrlar ushbu o‘rinda ma’lum ma’noda o‘zini oqlaydi.
11
Qadimgi Xitoyda ilk falsafiy maktabning yuzaga kelishi Li Er – Lao-szi yoki ustoz Lao (er. avv. 579-499 yy) nomi bilan bog‘liqdir. Rivoyat qilishlaricha, Lao-szi volidasining qornida 81 yil yashagan, shu bois u oq soqol bilan tug‘ilgan emish. Olcha daraxti tagida tug‘ilganidan unga Li, qulog‘i uzun bo‘lganidan Er deb ism qo‘yishgan ekan. Manbalarga ko‘ra, Lao-szi arxivnarus bo‘lib ishlagan, ammo mavjud tartiblarni qabul qilolmay, lavozimidan voz kechgan. Lao-szi falsafiy mushohadalarni sevgan; tez orada u Osmon va Osmonosti sirlaridan voqif donishmand sifatida xalqqa taniladi. Yosh Konfutsiy saboq olish uchun uning oldiga borgan. Quldorlik tuzumi ham, uning o‘rniga shakllanayotgan feodal munosabatlari ham mutafakkirga yoqmagan. U eski tuzumning axloqi va qoidalari “kishilarda ishonchni, sadoqatni mahv qiladi, ularni g‘alayonlarga etaklaydi”, yangi munosabatlar tayanayotgan “qonunlar va farmonlar esa o‘g‘rilarni hamda talonchilarni ko‘paytiradi” deb bilgan. Lao-szining besh ming bitiklardan iborat “Daodeszin” (“Ezgu amallar yo‘li yoxud kuch va xatti-harakatlar haqida kitob”) deb nomlangan asari saqlanib qolgan. Ushbu asardagi fikrlar, yondashishlar dao falsafasining asosidir. Donishmand “dao” tushunchasini dunyoning asosi, olamning yaratilish yo‘li, qonuniyati deb ta’riflaydi. Dao – Osmon va Yer negizi, barcha narsalarni yaratuvchidir. To‘g‘ri, “dao” tushunchasi haqida tavsiflar ko‘p, ba’zan uni ta’limot, nazariya, hatto din deb ham atashadi. Ammo Lao-szi uni Butunga, Kamolga yetish yo‘li deb qaraydi. “Dao, – deb yozadi donishmand, – birni bir, ikkini ikki, uchni uch, boshqa barcha narsalarni yaratadi”. Bir – bo‘shliq, ikki – undan yaralgan yorug‘lik va qorong‘ulik, uch esa barcha narsalar ifodasidir. Demak, dao birdan oldin bor edi. Dao, Lao-szi izoh – tavsifiga ko‘ra, eshitadigan, ko‘radigan, sezadigan narsa emas, u borliq yaratilgan noborliqdir. Sir shundaki, noborliq mutlaq yo‘qlik emas, yo‘qlikdan borliqning paydo bo‘lishi g‘ayrihayotiydir. Noborliq biz ko‘rolmaydigan, eshitolmaydigan, tutolmaydigan, ammo borliq yaratilgan ilk substansiyadir. Mutafakkir uni “bo‘shliq” deb ham ataydi. Shu bo‘shliq bo‘lmasa,
12 narsalarning yaratilishi ham, harakatlar ham mumkin emas. Bo‘shliq tufayli narsalar mavjuddir. “Buyuk dao hamma joyda mavjud: o‘ngda ham, chapda ham... Uning marhamatidan barcha mavjudot tug‘iladi va rivojlanadi... Barcha narsalar daoga intiladi, ammo dao narsalar ustidan hukmronlik qilmaydi”. Dao hech nima qilmaydi, biroq u yaratmagan narsa yo‘q; u hech kimga hukm bermaydi, lekin o‘z holatida barqarordir. U boshqalarga yordam beradi, ammo hech kim bilan kurashmaydi. Daoning barcha narsalarga daxldorligi uni ushbu narsalarning yaratilishi va mavjudligini ta’minlaydigan qonunga aylantiradi. Agar dao barcha narsalarga daxldor ekan, u hamma narsalarda bordir; hamma narsalarda bor narsa hamma narsalardan ustundir. Ustunlik – hokimlik belgisi, chunki u istasa narsalarni yaratadi, istasa yaratmaydi, hatto yo‘q qiladi. Daoni bunday voqelikka aylantirish o‘ta sodda qarashdir. Dao falsafasida ilk substansiya bor, lekin xudo yo‘q; unda xudojo‘ylar bor, ammo dogma yo‘q. Daodagi xudojo‘ylik hayotning, borliqning Butunligiga ishonishdadir. Olamni ham, odamni ham hech kim yaratmagan; agar ularni kimdir yaratgan bo‘lsa, yaratish boisi mavjud. Boisi bor narsa o‘tkinchidir, u yo‘q bo‘lishga mahkum. Faqat Mavjudlik, Butun va ularga taallluqli narsalargina barqarordir, abadiydir. “Agar siz, – deb yozadi Lao-szi, – ishingizda Butunni, muabbadni tuygan va u bilan bevosita aloqaga kirishgan bo‘lsangiz, demak, siz dao yo‘lidasiz”. Materializm hamma narsani o‘tkinchi deb biladi, u uchun abadiy narsa yo‘q – hamma narsa tug‘iladi, o‘sadi, o‘ladi. Shuning uchun u jonning lazzatlanib, huzur-halovatda yashashining tarafdoridir. Idealizm ruhni, jannatni sharaflaydi, mavjud dunyoni din, g‘oya uchun fido etishga chaqiradi. Ushbu istaklarida materialistlar idealist, idealistlar materialistdir. Dunyoning bunday bo‘linishi aslida ego ta’siridandir. Qandaydir “izm”larga bo‘lingan dunyo kishilarning qalbini ham ikkiga bo‘ladi. Qalbi bo‘laklangan kishilar hatto o‘zi bilan ham murosada yasholmaydi. Ular ego ta’sirida o‘ziga raqiblar qidiradi, birovlarni
13 dinparastlarga, birovlarni dahriylarga, birovlarni yaxshilarga, birovlarni yomonlarga ajratib jamiyatning, insonning butunligiga rahna soladi. Jahonda sodir bo‘layotgan inqirozlar, nizolar ma’naviyatdagi bo‘shliq oqibatidandir. Olti ming yildan beri odam “men bilaman” deb keladi. Vo darig‘, birorta ham odam bilim yoki bilish nimaligini isbotlay olgan emas. Chunki “inson bilimlarining barchasi ishonchsiz, noaniq va cheklangandir” (B.Rassel). Ishonchsiz, cheklangan “bildim” deb aytishga haqli emas. Shuning uchun dao bilimni, jumladan, falsafani ham, inson takabburligining ko‘rinishidir deb hisoblaydi. Falsafa haqu haqiqatni, borliq va yo‘qlikni so‘zlar, ta’riflar, ramzlar orqali ifodalash usulidir. Ularni har kim har xil tushunadi, talqin qiladi, ular ichida uyg‘unlik, Butun yo‘q. Biroq dao borliqni bilish mumkinligini rad etmaydi; bilish shaxsiy tajribadan iborat. Boshqalarning tajribalari, ular asosida bitilgan kitoblar, to‘qilgan o‘gitlar emas, balki shaxsiy hayotiy tajriba, kuzatuv donishmand qiladi kishini. Boshqalar tajribasiga tayanishda xavf ko‘p, chunki ular kishining fikrini, maqsadini oldindan shakllantirib, bir qolipga solib qo‘yadi. Bu esa rang-barang hayot, beadad Butun xususiyatiga ziddir. Shuning uchun ham dao shaxsiy tajriba, kuzatish tarafdori. Bilim o‘zlashtiriladi, shaxsiy kuzatish tajriba mahsuli. O‘zlashtirilgan bilim boshqa o‘zlashtirilgan bilimlar ta’sirida o‘zgaradi, shaxsiy tajribadan olingan bilim umrboqiydir. O‘zlashtirilgan bilimlar kishini tayyor nazariyalarga, g‘oyalarga bog‘lab qo‘yadi, shaxsiy tajriba bevosita kuzatish natijasidir. O‘zlashtirilgan bilimlarga turg‘unlik, shaxsiy kuzatuvga mudom izlanish xos. Bilim kishilarni biladigan va bilmaydiganlarga, unvonli va unvonsizlarga, ma’lumotli va ma’lumotsizlarga ajratadi, shaxsiy tajribada faqat izlanuvchi mavjud. Shri Bxagavan Radjnish deydi: “Agar Lao-szi biror narsa desa men unga ishonaman, ammo Konfutsiy desa uning so‘zlari shubha uyg‘otadi. Mabodo Suqrot biror narsa desa men unga ishonaman, lekin Aristotel desa men uni qoralayman. Lao-szi va Suqrot chin yurakdan, ichdan, Konfutsiy va Aristotel esa o‘zlashtirganlarini deydi. Lao-szi va Suqrot uchun shaxsiy tajriba, kuzatuv haqu haqiqat, Konfutsiy va Aristotel uchun o‘zlashtirilganlari haqiqatdir”. Shuning uchun dao aqlni, ratsionalni rad etadi. Aql o‘ylab topgan ifodalar, 14 prinsiplar, normalar sun’iydir. Sun’iy tushunchalarni kishilar istagancha, son- sanoqsiz ixtiro qilishlari mumkin. Hayot mudom tabiiy, aql esa hamma narsani o‘zi ixtiro qilgan sun’iy ta’riflar, tushunchalar bilan o‘lchaydi. Natijada, aql rang- barang hayotni tayyor ta’riflar va tushunchalar qolipiga solib, tuyg‘ularni ham siyqalashtiradi. Bundan tashqari, tayyor narsalarni idrok etish, o‘zlashtirish mehnat talab qilmaydi, yangini anglash mudom iztirob, goho adashishdir. Tayyor ta’riflarni yodlashda kishi o‘zini mutaxassis, hatto a’lam sezadi, yangi narsa oldida u ojizdir. Chunki, yangi yangicha talqinni, yangicha idrokni, oldingi tasavvurlardan tez-tez voz kechishni taqozo etadi. Eski – muqimlik, turg‘unlik, osoyishtalik, yangi – bezovtalik, iztirob, qo‘rquv. Ammo hayot cheksiz, beto‘xtov izlanishdir. Shuning uchun dao: “Go‘dakdek yangini bilishga intilib yashang!” deb da’vat etadi. Demak, dao bilimga, falsafaga emas, balki tayyor, qotgan ta’riflar va tushunchalarga qarshi. Dao sun’iy qarama-qarshiliklarga qarshi. Aynan ular bois, inson hayoti murattabdan, garmoniyadan uzoq, ziddiyat, raqobat izlash uning hayot tarziga aylangan. Ushbu qarama-qarshiliklar nizolarga, urushlarga qirg‘inbarotlarga olib keladi. Ijtimoiy-tarixiy tajriba ko‘rsatadiki, deyarli barcha urushlar sun’iy ziddiyatlar sabablidir. Tabiiy qarama-qarshiliklarning urush keltirib chiqarganini insoniyat bilmaydi. Inson ongi, hayot tarzi va borlig‘iga singib ketgan sun’iy qarama- qarshiliklarni bartaraf etish mumkinmi? Aynan ushbu qarama-qarshiliklar bizni ongli mavjudotga aylantirgan emasmi? Ulardan voz kechish tafakkurimizni g‘ariblashtirmaydimi? Bu savollarga qoniqarli javob berish mushkul; har qanday javob o‘zini o‘zi rad etuvchi dalilga ega. Lekin dao falsafasi sun’iy qarama- qarshiliklardan Butunga intilish, Butunda yashash orqali xalos bo‘lish mumkin deb hisoblaydi. Buning uchun esa odam ego – manmanlik, takabburlikdan xalos bo‘lishi vojibdir. Ijtimoiy borliqda dao nofaollik tarafdoridir. Dao nofaolligi hayotga mutlaq befarqlik, zohidlik emas, u ruhni, qalbni to’ldiruvchi va chalg‘ituvchi yugur-
15 yugurlardan xoli, borliqni osuda, tinch, diqqat bilan anglashdir. “Nofaol, harakatsiz aql go‘zaldir, chunki u shu holatida haqu haqiqatni topadi”. Faollik – illyuziya, u kishi atrofida Butunni anglashga xalaqit beradigan to‘lqinlar yaratadi. Yugur-yugurlar bilan Butunni anglab bo‘lmaydi, chunki ruh boshqa narsa g‘amidadir. Butunni, Mavjudlikni anglash shu onni anglashdan boshlanadi. Shu ondan zavq ololmagan Mavjudlikdan zavq ololmaydi; shu ondan hikmat topolmagan Butundan hikmat topolmaydi. O‘tmish ham, kelajak ham shu ondadir. Hayot bilan hamqadam yashash siri ham shu ondan zavqlanib yashashdadir. Har kim o‘ziga in’om etilgan umrni yashaydi, hech kim birov hisobiga umrini uzaytirolmaydi. Demak, hech kim boshqa uchun yashash imkoniga emas, har kim o‘z umriga yoki shu oniga hukmdordir. Shuning uchun kishining umridan yo zavqlanib, yoki qahrlanib yashashi o‘z ixtiyoridadir. Mavjud har bir onni odam zavqqa to‘ldirib yashay oladimi, mana bor sir nimada. Dao mustaqil fikrlash falsafasidir. Umr hikmati mudom yangi fikr izlab yashashdadir. Ana shunda inson aqlu zakovati ilohiy qudratini, Butunga daxldorligini namoyon etadi. Dao falsafasi biror ta’limotni shakllantirishni va’da qilmaydi. Chunki, hayot ta’limotlardan keng. U hayot kabi rang-barang, hayot kabi mavjlanib, to‘lib- toshib, har bir ondan zavqlanib yashash tarafdoridir. Yashashga o‘rgatish esa, ta’limot bo‘lmasa-da, falsafadir. Dao biror idealga etishni ham va’da qilmaydi. U hayot kabi tabiiy, ruh kabi ozod, qalb kabi sertuyg‘u, aql kabi chopqir yashash usulidir. Dao dialektik mushohadalar falsafasidir. U hayotni butun borlig‘icha tadqiq etadi va borliqdagi qarama-qarshiliklardan ma’no izlaydi. Hatto ushbu qarama- qarshiliklarga tayanish dao falsafasidagi yagona bilish usulidir. Ha, dao falsafasicha etuk, ideal bo‘lish bir yoqlamalik bo‘lardi, albatta. Dogmaga aylanmaydigan fikr, qarash yo‘q. Ammo daoda dogma yo‘q, unda mudom izlanish bor. Mustaqil fikrlashga o‘rganish va o‘rgatish ham ma’rifatga mushtoq qalb uchun saboqdir.
16 Konfutsiy kambag’allashib qolgan aristokrat va harbiylar oilasida tug’ilgan. Konfutsiy (er. avv. 551-479 yy.)ning haqiqiy ismi Kun Fu szi (muallim Kun) bo‘lib, lotincha yozilishda Konfutsiy sifatida qayd etilgan. Bu mutafakkir Xitoyning birinchi faylasufi hisoblangan.U 22 yoshida ta’lim berish bilan shug’ullanib, Xitoyning eng mashhur o’qituvchisi sifatida shuhrat qozongan. Konfutsiy o’zi ochgan maktabida 4 ta fan: axloq, til, siyosat va adabiyot o’qitilgan. 50 yoshida Konfutsiy siyosiy faoliyatini boshlab, Lu davlatida yuqori amaldor bo’lib xizmat qiladi. Fitnalar natijasida xizmatidan ketadi, 13 yil mobaynida Xitoyning turli o’lkalariga boradi, biroq u joylarda o’z g’oyalarini qo’llay olmagach, eramizdan avvalgi 484-yilda Luga qaytib keladi. Ta’lim berishdan tashqari qadimiy Xitoyning 5 ta mumtoz asari — “Shudzin”, “Shidzin”, “Idzin”, “Yuedzin” va “Lidzi”ni to’plash, tahrir qilish, tarqatish bilan shug’ullanadi. Konfutsiy ta’limoti uning “Lun yuy” (“Suhbatlar va mulohazalar”) kitobida bayon etilgan. Bu kitob aslida Konfutsiyning fikrlari va suhbatlari asosida shogirdlari va izdoshlari tomonidan yaratilgan. Konfutsiy o’zi, avlodlari, yaqin shogirdlari uchun alohida ajratilgan qabristonga dafn etilgan; uning uyi Konfutsiy ibodatxonasiga aylantirilgan, bu joy ziyoratgoh bo’lib qolgan. Xitoydagi ilm-fan taraqqiyotida Konfutsiy va uning maktabi alohida ahamiyatga ega. Uning butun dunyoda mashhur bo’lgan nomi “kun” va “futszi” so’zlari asosida yasalgan “Kun” hozirgi vaqtda familiyani anglatuvchi so’z bo’lsa, “fu” faylasuf, “szi” o’qituvchi ma’nolarini ifodalovchi so’zlardir. Ya’ni Konfutsiy “falsafa o’qituvchisi” degan so’zlarning familiya (taxallus) maqomini olgan shaklidir. Konfutsiy yashagan davrdan “To’rt asos” va “Besh asos” degan ulkan yozma yodgorliklar saqlanib qolgan. “Besh asos” Konfutsiyga qadar yaratilgan “Qo’shiqlar kitobi”, “Taomillar kitobi” (“Marosimlar kitobi”), “Rivoyatlar kitobi” va “Folbinlik kitobi” (“O’zgarishlar kitobi”) singari qismlardan iborat bo’lgan. Lekin bu kitoblarning barchasi konfutsiylik ta’limoti asosida qayta ishlangan va Konfutsiy ta’limotining mohiyatini ochishga xizmat qilib kelgan. “To’rt asos” esa Konfutsiy “Hikmatlar”idan tashqari, “Menszi” (“Men - muallim”), “Buyuk ta’limot” va “Oraliq haqidagi ta’limot” singari Konfutsiy shogirdlarining hikmatli
17 so’zlaridan tashkil topgan. Konfutsiy ta’limoti markazida “muruvvatli zot” turadi. U hukmron tabaqaning ideal vakili bo’lib, Konfutsiy ta’limoti yordamida o’zida jamiyat farovonligini ta’minlay oladigan va ma’naviy asoslarini ifodalay oladigan olijanob fazilatlarni shakllantirgan. Konfutsiy “Hikmatlar”i “muruvvatli zot”ning shunday yuksak insoniy fazilatlarini aks ettiradi. Aniqroq aytsak, bu zot oliy hukmdorga nisbatan chuqur ehtiromli, xalqqa esa muruvvatli bo’luvchi, butun kuch va qobiliyatini jamiyat oldidagi burchini oqlashga, milliy urf-odat va an’analarning to’la-to’kis bajarilishini ta’minlashga sarf etuvchi kishidir. Shuning uchun ham uning o’gitlari, pand-u nasihatlari Xitoyda hanuzga qadar e’zozlanib va qadrlanib keladi. Uning ta’limoti Sin sulolasi hukmronligi davrida ta’qiqlangan ko‘pgina faylasuflardan biri edi. Xan sulolasi.davrida Konfutsiy katta e’tibor qozonib, ilohiylashtirish darajasiga borib yetgan va yangi davrgacha hurmatli donishmand sifatida taqdirlangan. Ijtimoiy burchga sodiqlik va xolislik bilan nom chiqargan hukmdor Yao xalqni ma’rifatli qilgan, barchaga mehr bilan qarab, fuqarolik va qonunchilikni joriy etgan. Uning hukmronligi davrida uylarning eshigi qulflanmagan, yuqolgan narsalar esa, egalariga qaytarilgan. Yao tomi qamish bilan yopilgan kulbada yashagan. Uning taomi yovvoyi o‘tlar va guruch bo’tqasi bo’lgan. Kiyimi nihoyatda oddiy bo‘lgan. Kulolchilik idishlaridan ovqat yegan. Agar mamlakatda kimdir och qolgan bo‘lsa, Yao albatta shunday degan: “Uning och bo‘lishiga men aybdorman”. Agar mamlakatda kimningdir kiyimi bo‘lmasa, Yao albatta yana shunday degan: “Uning kiyimi yo‘qligiga men aybdorman!” Agar mamlakatda kimdir jinoyat qilgan bo‘lsa, Yao albatta shunday degan: “Men uni jinoyat qilishgacha olib bordim”. U barcha uchun ma’suliyatni o‘z bo‘yniga olgan. Mamlakatni ko‘p yil boshqargan Yao, qarib qolganda hokimiyatni o‘g‘liga qoldirishni istamagan. Chunki, uning o‘g‘lining davlatni boshqarishga iste’dodi yo‘q bo‘lganligidan, Yao o‘zidan keyin xalqni qiynalishini istamagan. Shuning uchun salohiyatli kishilarni atrofiga to‘plab, ulardan eng aqllisiga taxtni topshirmoqchi bo‘lgan. Shunday odam Shun
18 bo‘lib chiqqan. U yoshligidayoq ota-onasiga chuqur hurmati bilan mashhur bo‘lgan, dehqonchilik, baliqchilik va kulolchilikni o‘rgangan. Shun Yaoga o‘xshab bir necha o‘n yillar podsholik qilgan va juda ko‘p xayrli ishlari bilan dong chiqargan. Keyin u ham, Yaoga o‘xshab, ashula va raqslar bilangina ovora bo‘lgan o‘z o‘g‘liga taxtni qoldirmagan, balki iste’dodli va adolatli Yuyga hokimiyatni topshirgan. Yuy o‘z hukmronligi davrida misli ko‘rilmagan suv toshqinini bartaraf etgan. Toshqinga qarshi kurashda u o‘z qo‘liga savat va belkurak olib ishtirok etgan. Shamol va yomg‘irga qaramasdan toshkinga karshi uzi oldinda borib, butun xalqni o’z ketidan safarbar etgan. U daryolar o’zanini tozalagan, yangi oquv yo’llarini ochgan. Konfutsiy o‘z tashviqotlarida yuqoridagi afsonaviy hukmdorlar faoliyatidan o‘rnak olishga chaqirgan. O‘zi to‘g‘risida u shunday degan: “Men sharhlayman, ammo yaratmayman”. Men qadimgi davrlarga ishonaman va uni sevaman”. Va yana boshqa joyda: “Mening ta’limotim, qadimgilarning bizga qoldirgan va dars bergan ta’limotlaridan o‘zga narsa emas. Bu ta’limotga men hech narsa qo‘shmasdan va hech narsani olib qolmasdan, avvalgidek, sof holicha yetkazayapman. Bu ta’limot o‘zgarmasdir, osmonning o‘zi uning ijodkoridir. Men o‘zim yerga urug‘ sepadigan va sug‘oradigan dehqonga o‘xshayman, ammo u o‘z- o‘zicha sepilgan urug‘ni ko‘kartirib chiqaradigan va o‘simlikning boshqa turi shakliga aylantira oladigan kuchga ega emas”. “Yer yuzidagi adolatsizlikni tugatish uchun nima qilmoq kerak?”, degan savolga Konfutsiy kishilarni axloqiy tarbiyalash yo’li bilan deb javob bergan. Konfutsiyning ta’kidlashicha, “shaxs faqat o’zi uchun emas, balki jamiyat uchun ham yashashi kerak.” 4
maqsadga yo’naltirilgan oliy kuch sifatida talqin etilgan. U barcha aholining taqdirini belgilaydi. Osmon ulug‘vor qudratga ega bo‘lgan kuch bo‘lib, aql va oliy
4
Nazarov Q. Falsafa ma’ruzalar matni. Toshkent, Ditaf, 2000, 33-bet
19 adolat ramzidir. Ammo osmon hukmini yerda ijro qilishga kim loyiq? Osmonning yerdagi shunday “vakili” hukmdor shaxsidir. Bu haqida konfutsiychilikning “Shu- szin” kitobida shunday deyiladi: “Osmon, odamlarga hayot bag‘ishlash bilan birga, ularga ehtiroslar ham beradi. Agar odamlar boshqaruvchisiz qolishsa, unda bosh-boshdoqliklar kelib chiqishi mumkin, shuning uchun osmon oliy aql egasi bo‘lgan insonni yaratdiki, lozim bo‘lgan vaqtda hukmron bo‘lishga qodir”. Shunday qilib, Konfutsiy va uning izdoshlari hukmdorning hokimiyatini ilohiylashtirdilar. U nafaqat osmonning yerdagi “vakil”i, balki insonlar dunyosi bilan ruhlar va ilohiy kuchlar o‘rtasidagi vositachi hamdir. Konfutsiy “ismlarni tuzatish” (chjen min) g‘oyasini ham oldinga surgan edi. Tuzatish yoki to‘g‘irlash tushunchasining mohiyati quyidagilardan iborat edi: Har bir kishi jamiyatda o‘ziga ajratilgan muayyan joyni egallashi va shunga muvofiq o‘z xatti-harakatini o‘lchashi lozim, ya’ni jamiyatda o‘z “maqom”i ga ega bo‘lishi yo hukmdor yoki shoh, katta lavozimdagi mansabdor yoki o‘rtacha lavozimdagi xodim, yoki oddiy fuqaro bo‘lishi zarur. Konfutsiy shunday yozgan edi: “Olijanob er” – o‘zi bilmagan narsaga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lmog‘i lozim. Agar ismlar noto‘g‘ri bo‘lsa, aytilgan so‘zlar asosli bo‘lmaydi. Agar aytilgan so‘zlar asosli bo‘lmasa, u vaqtda ishlar bajarilmaydi. Agar ishlar amalga oshmasa, rasm-rusumlar va musiqa ravnaq topmaydi. Agar rasm-rusumlar va musiqa ravnaq topmasa, jazolash yetarli darajada qo‘llanilmaydi. Agar jazolash yetarli darajada qo‘llanilmasa, xalq nima qilishini bilmay qoladi”. G‘arbiy Chjou sulolasi davridagi muayyan me’yorlar, munosabatlar, harakatlar, huquq va burchlarni ifodalovchi tartib tushunchasining (li) ilk ma’nosini Konfutsiy namunaviy g‘oya sifatida tavsiya etadi. Uning fikricha, tartib insonning tabiatga, jumladan, kishilar o‘rtasidagi munosabatlarida namoyon bo‘ladigan umumiy orzudagi istak tufayli o‘rnatiladi. Tartib (li) tashqi xatti- harakatni, ya’ni etiketni ham o‘z ichiga oluvchi axloqiy tushuncha sifatida namoyon bo‘ladi. Tartibga asliy kelib chiqish jihatdan rioya etish burch majburiyatlarini maqsadga muvofiq ravishda bajarishga olib keladi. “Agar olijanob er (szyun szi) aniq ish tutuvchi va vaqtni bekorga sarflamaydigan bo‘lsa,
20 basharti u boshqalarga nisbatan hurmat bilan muomala qiladigan va tartibga rioya etuvchi bo‘lsa, unda to‘rt dengiz orasida yashovchi kishilar unga birodar bo‘ladilar”. Tartib (li) xayrli ish (de) bilan to‘ldiriladi: “Szichan haqida gapirgan muallim, uning olijanob er kishiga taalluqli to‘rt xayrli ishini ta’kidlab o‘tgan. Xususiy xatti-harakatida u muloyim, xizmatda aniq ish tutuvchi, insonparvar va odamlarga nisbatan adolatli”. Konfutsiy fikricha, o‘z vazifalarini ana shunday tartibga binoan bajarish zaruriy ravishda odamgarchilikning (jen) namoyon bo‘lishiga olib keladi. Odamgarchilik – insonga nisbatan qo‘yiladigan barcha talablarning asosidir. Insonning yashash tarzi shunchalik ijtimoiydirki, u uni boshqarib turuvchi quyidagilarsiz yashay olmaydi: a) o‘zing nimaga erishmoqchi bo‘lsang, boshqalarga ham shunga erishishga yordam ber; b) o‘zing xohlamagan narsani, boshqalarga ham ravo ko‘rma. Odamlar oilaviy sharoitga bog‘lik ravishda, keyin esa, ijtimoiy holatlarga nisbatan bir-birlaridan farqlanadilar. Oilaviy otasolorlik (patriarxal) munosabatlaridan Konfutsiy o‘g‘illik va birodarlik olijanobligi (syao ti) asosiy qoidasini keltirib chiqaradi. Ijtimoiy munosabatlarga oilaviy munosabatlar tengdirlar. Fuqaroning hokimga, boshliqning o‘z qo‘l ostidagi xizmatchiga bo‘lgan munosabati o‘g‘ilning otaga va ukaning akaga bo‘lgan munosabati kabidir. Xizmat yuzasidan boshliqqa nisbatan bo‘lgan muomala tartibiga rioya etish uchun Konfutsiy adolatlilik va ijrochilikning asosiy qoidalarini ishlab chiqdi. Adolatlilik va ijrochilik haqiqatni borliq sifatida tushunishga bog‘liq bo‘lmaganligi tufayli, Konfutsiy bu masala bilan maxsus shug‘ullanmaydi. Inson tartib va uning holati taqozo etgandek, xatti-harakat etmog‘i lozim. To‘g‘ri ijrochilik xatti-harakati – bu shunday odobki, unda tartib va odamgarchilikka qat’iy ravishda rioya qilinadi, negaki, “olijanob er qaysi narsa yaxshi ijrochilikka kirishini, xuddi kichik lavozimdagi odamlar nima foydaligini bilganidek, uning farqiga boradilar”. 21 Konfutsiy aqidasicha, ma’lumotli kishilarning yo‘li shunday bo‘lib, ular axloqiy kuchga (de) egadirlar va shuning uchun ham jamiyatni boshqarish ularga ishonib topshirilishi kerak. Konfutsiyning axloqiy-siyosiy ta’limoti qandaydir nazariy bilish asosiga tayanmaydi. Bilim (chji) va uning kelib chiqish masalasini Konfutsiy qadimgi kitoblarni o‘rganish va qadimgi ajdodlar tajribasidan iqtibos qilishganda, deb bildi. Uning fikricha, bilimning asosiy manbasi o‘qishdir va uning manbasi esa, qadimgi rivoyatlar va solnomalardir. Shuning uchun Konfutsiychilikka jamiyat taraqqiyotidagi ilgarigi va yangi tajribaga tanqidiy munosabatda bo‘lib, ulardan xulosalar chiqarish yot edi. Tabiatshunoslik fanlariga umuman e’tibor berilmagan edi. Har qanday yangi hodisa eskiga tajriba nuqtai nazaridan baholanar va o‘tmishga borib taqalar edi. Masalaning bunday qo‘yilishi Xitoy o‘tmishini ideallashtirishga olib keldi. Konfutsiychilik ta’limoti muhofazakorona fikrlar tayanchiga aylandi.
22
Qadimgi Xitoy falsafasining muhim jihatlaridan biri qarama-qarshi kuchlar mavjud ekanligining e`tirof etilishidir. Qadimgi Xitoy ta`limotlariga ko’ra Dao koinotdagi bo’shliq (noborliq)da tug’iladi. In va Yan qarama-qarshi kuchlarining o’zaro ta`siri natijasida koinotdagi bo’shliq - vakuum girdobga aylanadi va unda kuchli portlash sodir bo’ladi. Ushbu spiralsimon olov girdobi ichida Dao embrioni tug’iladi. U o’zida jismiy, ruhiy va ma`naviy mohiyatlarni mujassamlashtiradi. Dao kengayib differensiallashishi natijasida besh element vujudga keladi, bir element o’rtada qoladi boshqalari uning qutblarida gorizontal holatda joylashadi. Shunga monand ravishda besh ruhiy element ham joylashadi.
Download 365.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling