O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus


Pedagogik amaliyot davrida talabalar quyidagi kasbiy ko‘nikma, malakalarni mustahkamlashi kerak


Download 463.5 Kb.
bet2/26
Sana17.06.2023
Hajmi463.5 Kb.
#1525451
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
Majmua praktika ishlangani 4-курслар учун tayyor

Pedagogik amaliyot davrida talabalar quyidagi kasbiy ko‘nikma, malakalarni mustahkamlashi kerak:
- umumiy o‘rta ta’lim va kasb-hunar ta’limi fanlari mazmuni, davlat ta’lim standartlari, fan dasturlari bo‘yicha ish yuritish;
- boshlang‘ich ta’limi fanlarining sinflar va kurslar bo‘yicha o‘quv rеjasida jоylashtirilishini o‘rganish;
- sinf-dars tizimiga riоya qilgan hоlda fanlar bo‘yicha reja-kоnspеkt, kalеndar- reja asоsida dars o‘tish;
- an’anaviy va zamоnaviy mеtоd hamda tехnоlоgiyalarni dars jarayonida qo‘llash;
- dars jarayonida tarbiyaviy ishlarni оlib bоrishni bilishi va ulardan fоydalana оlish lоzim.
Bundan tashqari, pedagogik amaliyot uslubiy-metodik va tashkiliy-uslubiy hamda tarbiyaviy faoliyat turlarini ham qamrab oladi. Amaliyot yakunida talabalar muassasa bilan hamkorlikda hisobot taqdimotlarini o‘tkazadilar. Amaliyot jarayoni hisobotlarini topshiradilar.


Pedagogik-amaliyot talabalari uchun eslatma


1. BT va STI ta’lim-tarbiya amaliyotini o‘tayotgan amaliyotchi-talaba pedagogik amaliyot davrida maktab direktori, pedagogik amaliyot rahbari, fan uslubiyotchisi va maktab o‘qituvchilarining buyruqlariga hamda maktabning ichki tartib-qoidalariga qat’iy rioya qiladi.
2. Shaxsiy rejada ko‘rsatilgan ish turlarini bajarish, har bir dars va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarga puxta tayyorlanish, shuningdek, ota-onalar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy, g’oyaviy-mafkuraviy, ilmiy-pedagogik bilimlarni ommaviy targ‘ib qilishda faol ishtirok etish har bir amaliyotchi-talaba uchun majburiydir.
3. Pedagogik amaliyot davrida amaliyotchi-talaba o‘z shaxsiy rejasida belgilanganidek:
a) amaliyotning birinchi haftasida maktab, sinf shuningdek, o‘quvchilar jamoasida uyushtirilayotgan ma’naviy - ma’rifiy ishlar bilan tanishadilar;
b) maktab o‘qituvchilarining darslarini kuzatadilar;
d) o‘zi kabi amaliyotchi-talaba (o‘rtoqlari) ning darslarini sinfdan tashqari mashg‘ulotlarini kuzatadi va ularning muhokamasida qatnashadi;
e) sinf o‘quvchilarini yosh va xarakter xususiyatlarini o‘rganadi;
d) rejalashtirilgan tarbiyaviy ishlarni mustaqil o‘tkazadi;
f) amaliyotchi-talaba to‘garaklarga rahbarlik qiladi, kechalar tashkil qilishda faollik ko‘rsatadi va uyushtiradi;
g) devoriy gazetalar chiqaradi, ko‘rgazmali qurollar tayyorlaydi, o‘quvchilarning ma’naviyati va shunga o‘xshash tarbiyaviy jarayonlarni tashkil etadi.
4. Amaliyotchi-talaba o‘qituvchilarining ilg‘or tajribalarini o‘rganadi, maktabda metodik ishlarni uyushtirishda faollik ko‘rsatadi, nazorat-monitoring kabineti, metod birlashma ishlari bilan tanishadi, ilg‘or ta’lim texnologiyalarini o‘rganadi.
5. Talaba pedagogik amaliyot jarayonida bajarilayotgan ishlarni o‘zida aks ettiruvchi kundalik daftarni izchil va muntazam yurgizadi, vaqti-vaqti bilan qilingan ishlar haqida guruh rahbari, uslubiyotchilarga axborot berib boradi.
6. Amaliyotchi-talaba har kuni maktabda 6 soatdan kam bo‘lmasligi, shu vaqt ichida ta’lim va tarbiya ishlarini bajarishi lozim.
7. Maktabdagi tartib - intizomni, o‘quvchilar qoidalarini, maktab direktorini, sinf murabbiysi va pedagogik amaliyot rahbarining talablarini buzgan talabalar pedagogik amaliyot o‘tashdan mahrum qilinadilar.
8. Pedagogik amaliyot jarayonidagi faoliyati “qoniqarsiz” deb topilgan talaba kursdan kursga ko‘chirilmaydi va Davlat Attestatsiya Komissiyasi imtihoniga qo‘yilmaydi.
9. Pedagogik amaliyot davrida shu maktabda pedagogik amaliyot o‘tayotgan talabalardan biri guruhga boshliq (sardor) qilib tayinlanadi. Uning vazifasi: amaliyotchi talabalarning maktabga (amaliyotga) qatnashini, davomatini hisobga olish, ularga jamoa bo‘lib uslubiy-tadrijiy suhbatlar uyushtirish va ular bilan o‘tkaziladigan uslubiy seminarlar haqidagi xabarlarni yetkazish, amaliyot rahbarining, fan metodistlarining topshiriqlarini talabalarga yetkazish va bajarishdan iborat.
10. Pedagogik amaliyot tamom bo‘lgach, talaba shu esdalikda ilova qilingan hujjatlarni aniq va to‘la rasmiylashtirishi, bajarilgan ishlar yuzasidan hisobot tayyorlashi va tikilgan papka holida fakultet pedagogik amaliyot rahbariga topshirishi shart.



Download 463.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling