О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus


 Biznes - reja nima uchun zarur?


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/53
Sana02.01.2022
Hajmi0.62 Mb.
#195443
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   53
Bog'liq
kichik biznes va tadbirkorlik fanidan biznes reja tuzish boyicha

                                        1.2. Biznes - reja nima uchun zarur? 

•  - yangi biznesni boshlash uchun; 

•  - o’z biznesingizni kengaytirish uchun; 

•  - uni boshqa shaxsga o’tkazish yoki sotish uchun; 

•  - ssuda olish uchun. 

Ko’pincha  ohirgi  sababni  muhim  deb  biladilar.  Aslida  bunday  emas. 

Biznesingiz  bilan  bog’liq  bo’lgan  eng  muhim  narsa,  ayniqsa  kimningdir  pulini 

olish  xoxishi  bo’lganda,  bu  menedjment.  Qisqasi-bu  Sizsiz.  Ko’pgina 

tadbirkorlarni Biznes- rejani tuzish yo’lidagi dastlabki xarakatlari»ga faqat birinchi 

sabab  etklab  boradi. Biznes  -  reja  turli  xil  biznesmenlar,  tadbirkorlar,  korhonalar, 

firmalar  va  boshqalar  yoki  turli  xil  mulk  shaklida  bo’lib  turli  xil  xizmatlarni 

bajarish,  har  xil  sifatdagi,  xajmdagi,  turlicha  vaqtda  maxsus  ishlab  chiqarishga 

xoxishi bo’lgan xodimlar nuqtai nazaridan qaraladi. 

Biznes olamidagi tug’ilgan yangi fikrlarni, yangi xoxishni o’z vaqtidasaqlab 

qolib  uni  haqiqatga  aylantirish  foydadan  xoli  bo’lmaydi.  Biznes  sohasidagi  yangi 

fikrlar miyaga har qanday sharoitda va xolatda keladi. Masalan, nonushta vaqtida 

yoki  samalayotda  uchayotganingizda  ,  ta’tilda  plyajda  cho’milish  vaqtida  yoki 

muvaffaqiyatsizlikka uchraganda va hokazo. 

Shundan  so’ng,  munozaralar,  izlanishlar,  o’z-o’zini  tahlil  qilish  va 

boshqalardan so’rab-surishtirishlar jarayonida bu fikr kurtak otadi. Mevani o’zini, 

shaklini yaratish xaddan tashqari faol ishlashni  talab etadi. 

Bola  tug’ilishidan  farq  qilgan  holda  yangi  biznesni  tug’ilishi baxtga  qarshi 

ma’lum muddat oralig’ida sodir bo’lmaydi. Ko’pincha asoslanmagan yangi biznes 



 

unib  chiqkuncha  nobud  bo’lib  ketadi.  Amaliyotda  yashab  qolgan    bizneslar 



miqdori  20%  -ni    tashkil  etadi.  Yangi  biznesni  xayotini  ta’minlashni  salmog’ini 

oshirish  o’z  qo’lingizda  -faqat  biznes-rejani  to’g’ri  tayyorlash  lozim.  Biznes-reja 

eng boshidan qattiq va ishonchli poydevorga o’rnatilishi zarur. 

Agar  Siz  shunday  rejasiz  «ish»  boshlasangiz o’zingiz  mo’ljallagan  narsaga 

erishaolmay qolishingiz mumkin. 

Dunyo  amaliyoti  shuni  ko’rsatadiki  biznes-reja  xamma    uchun  zarur:  o’z 

loyihangizni amalga oshirish uchun kimdandir pul olmoqchi bo’lsangiz – bankirlar 

uchun,  investorlar  va  o’zlarining  kelajaklarini  va  vazifalarini  aniq  bilmoqchi 

bo’lgan xodimlaringiz uchun, eng muhimi - Sizning o’zingiz uchun. Sizning biznes 

rejangiz  qog’ozda  Sizning  biznesingizning  o’tgan  davrdagi  va  avvalgi  xolatini, 

hozirgi  va  kelajakdagi  xolatini  qiqacha  aks  etiradi.  Endi  boshlanayotgan  biznesni 

rejalashtirishda rejaning eng asosiy maqsadi - biznesni sinchiklab rejalashtirish, uni 

moliyaviy va tashkiliy ta’minlash. Biznes reja - bu Sizning o’yiningizning rejasi. U 

Sizning  faoliyatingizni  aniq  maqsadi,  yo’nalishi  va  asosiy  bosqichlarini  belgilab 

beradi. 

Biznes  ishlari  boshlangandan  keyin  olingan  natijalarni  reja  bilan  solishtirib 

boriladi,  muammolar  bo’lsa  yuzaga  chiqariladi,  rejaga  tuzatishlar  kiritib  boriladi, 

shu  bilan  biznesni  to’g’ri  yo’nalishga  solinadi.  Aks  holda  uni  boshqarish 

qiyinlashib  ketadi.  Biznes  reja  ana  shuning  uchun  ham  zarur  bo’ladi.  Demak, 

biznes-  reja  hozirgi  va  kelajakdagi  yutuqlarni,  o’sishni  aks  etdiradigan  biznesni 

ma’lum muddatga yozilishidir. 

•   Biznes rejaning tarkibiy qismlari. 

•    Biznes reja qanday qismlardan tashkil topadi? 

Bu  savolga  standart,  bir  xil  javob  topish  qiyin.  Biznes-rejaning  qismlarini 

soni va nomi turlicha atalsada o’z mohiyati bo’yicha yaqin keladi. Biznes - rejada 

quyidagi ma’lumotlar beriladi: 




Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling