6. Ishlab chiqarish rejasi. Bu erda asosiy vazifa sheriklarga (partnerlarga)
• haqiqatda zarur bo’lgan mahsulotni, kerak miqdorda va sifatda, kerakli
muddatlarda
ishlab chiqara olish imkoniyatingizni isbotlab berishingiz zarur.
Siz quyidagi savollarga javob topishingiz kerak:
• mahsulotingiz eski ishlab turgan korhonada ishlab chiqariladimi yoki yangi
korhonadami?
• buning uchun qanday ishlab chiqarish quvvatlari zarur bo’ladi va ular har yili
qanchaga ko’payib boradi?
• qanday dastgohlar zarur bo’ladi va ular qaerdan keltiriladi?
• ishlab chiqarish aloqadorligi mo’ljallanganmi yoki yo’qmi va kim bilan?
Rejaning bu qismidagi ma’lumotlarni 2-3 yilga berilsa yaxshi bo’ladi. Bu
rejada - bo’ladigan harajatlarni hisoblab uni baholash ham zarur. Bu erda tabiatni
muhofazasi uchun chiqindilarni utilizatsiya qilish uchun kerak bo’ladigan
harajatlar ham esdan chiqmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |