7. Mehnat va moddiy resurslari rejasi (tashkiliy reja)
Rejaning bu qismida qanday mutaxassislar ishlatiladi. Ularning kasbi, ma’lumoti,
tajribasi qanday, ishni muvaffaqiyatli olib borish uchun qancha ish haqi berilishi
kerak degan ma’lumotlar ko’rsatiladi. Shu bilan birga bunday xodimlar qaerdan
qancha muddatga jalb etiladi.
Korhonani kim va nima bilan shug’ullanishi, bo’limlarning o’zaro aloqalari
qanday bo’ladi, ularning faoliyatini Siz qanday boshqarasiz va nazorat qilasiz
degan savollarga javob beruvchi tashkiliy sxemasi berilishi kerak. Butun yil
davomida mijozlarni talabini qondirish uchun moddiy resurslar miqdoridan va
sifati bo’yicha etarli bo’lishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |