Defitsit – biror narsaning yetishmasligi, kamchiligi. Jumladan, tovarlar yetishmasligi, byudjet
MABLAG’‘ining yetishmasligi.
Djobber – yirik miqdordagi tovarlarni tez sotib yuborish maqsadida harid qiladigan firma.
Dividend – aksiya egasining oladigan daromadi bо‘lib, aksiyador jamiyati foydasining bir
qismini tashkil etadi.
Diler – birjadagi yoki savdodagi vositachi bо‘lgan shaxs.
Diskaunter – rivojlangan mamlakatlardagi uzoq muddat ishlatishga mо‘ljallangan tovarlarni
arzon bahoda va qо‘shimcha xizmatsiz sotiladigan dо‘kon.
Distribyuter – о‘z nomidan va о‘z MABLAG’‘i hisobiga tovarlarni harid qilib, sotuvchi
vositachi. Mollarni ulgurji sotib oladi va chakana savdo firmalari, dо‘konlarga sotadi.
Ijara – qarzga berish. Bir shaxs yoki korhona, tashkilotning boshqa shaxs, korhonadan ma’lum
muddatga va ma’lum tо‘lov tо‘laydigan sharti bilan oladigan mulki.
Imidj – firmanin mavqei, ishlab chiqarayotgan molning, xizmatning sifati, rahbarlarning
obrо‘si haqidagi buyurtmachi va xaridorning fikri.
Import – chet eldan tovarlarni sotib olish yoki boshqa usullar bilan keltirish. Keltirilgan mol
iste’mol, qayta ishlash, hatto tashqariga sotish maqsadida bо‘lishi mumkin.
Investitsiya – kelgusida foyda olish, samaraga erishish maqsadida birorbir korhonaga uzoq
muddatga kapital qо‘yish.
Investor – investitsiya bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxs yoki fuqaro.
Do'stlaringiz bilan baham: |