O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus


Download 28.14 Kb.
bet2/7
Sana25.11.2021
Hajmi28.14 Kb.
#177295
1   2   3   4   5   6   7

Kirish.



Ushbu qo`llanma 5312100 – Energoaudit va sanoat korxonalarining energetik tekshiruvi ta’lim yo`nalishi talabalariga “Issiqlik texnologik jarayonlari va qurilmalari” fanidan “Porshenli kompressorlarni hisoblash” mavzusidagi kurs loyihasidagi hisob-kitob va grafik ishlarni bajarish uchun taqdim etildi. Mavzuni tanlash fanning namunaviy o`quv dasturiga muvofiq.

Texnikada gazsimon modda (gaz va bug') larni siqib quvurga yoki idishga haydash uchun ishlatiladigan mashinalarni kompressorlar deb aytiladi.

Ko'pincha porshenli yoki markazdan qochma asosda ishlaydigan kompressorlar ishlatiladi. I.YO.D.laridagi gazning issiqlik ta’sirida mexanik ish olinsa, kompressorlarda gazni siqish uchun mexanik ish sarflanadi. Shu xususiyatiga ko`ra kompressorlar juda ko`p sanoat korxonlaridagi ishlab chiqarishning birlamchi texnik mashinasi hisoblanadi. Porshenli kompressorlar siqish pog`onasi (bosqichi) soniga qarab bir, ikki va ko`p bosqichli, ishlash prinsipi bo`yicha esa, oddiy (bir tomonlama) va ikki harakatli kompressorlarga bo`linadi. Kompressor yuritmasining tuzulishi xuddi porshenli nasosning tuzulishiga o`xshash.

Kompressor yuritmasining gazni biror oraliq yoki oxirgi bosimgacha siquvchi qismiga siqish bosqichi deyiladi.


Download 28.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling