O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus
- chizma. "Respublika byudjeti bilan o'zaro hisob-kitoblar" hisobvarag'ini sxematik ko'rinishi
Download 1.3 Mb.
|
ppppppp
- chizma. "Respublika byudjeti bilan o'zaro hisob-kitoblar" hisobvarag'ini sxematik ko'rinishi.
Berilgan va olingan mablag'lar bo'yicha davlat byudjeti ijrosi davrida yuzaga keladigan o'zaro hisoblashishlarning hisobi. Buxgalteriya o'tkazmalari matritsasi :
062 - "Mahalliy byudjetlar bilan hisob-kitoblar" nomli hisobvaraqda yuqori va quyi mahalliy byudjetlar o'rtasidagi o'zaro hisob-kitoblar bo'yicha operatsiyalar hisobga olinadi. 062-sonli hisobvaraqning debetida quyidagilar aks ettiriladi: a) o'zaro hisob-kitoblar bo'yicha boshqa mahalliy byudjetlardan olinishi lozim bo'lgan summalar; b) o'zaro hisob-kitoblar bo'yicha xarajatlarni qaytarish uchun boshqa mahalliy byudjetlar tomonidan o'tkazilgan summalar; v) o'zaro hisob-kitoblar bo'yicha qarzlarni qaytarishda hisobga olingan quyi byudjetlardan undirib olinishi lozim bo'lgan ortiqcha daromad summalari yoki yuqori byudjetdan olinishi lozim bo'lgan dotatsiyalar, subventsiyalarning summalari; g) boshqa mahalliy bo'ysunishga o'tkazilgunicha tashkilotlar va korxonalarning moliyalashtirish bo'yicha hisobvaraqlariga o'tkazilgan mablag'larning summalari. 062-sonli hisobvaraqning kreditida quyidagilar aks ettiriladi: a) o'zaro hisob-kitoblar bo'yicha boshqa mahalliy byudjetlarga o'tkazilishi lozim bo'lgan summalar; b) o'zaro hisob-kitoblar bo'yicha qarzlarni to'lash uchun boshqa mahalliy byudjetlardan kelib tushgan summalar; v) quyi byudjetga o'tkazish lozim bo'lgan dotatsiyalar, subventsiyalarning summalari yoki yuqori byudjetga o'tkaziladigan, o'zaro hisob-kitoblar bo'yicha qarzlarni qaytarishda hisobga olingan ortiqcha daromad summalari; g) boshqa mahalliy bo'ysunishdan o'tkazilgunga qadar korxonalar va tashkilotlarni moliyalashtirish hisobvarag'iga o'tkazilgan mablag'lar summalari; g) respublika bo'ysunishidan tuman yoki shahar bo'ysunishiga o'tkazilishda, tuman yoki shahar moliya bo'limlarida 062-sonli hisobvaraqning kreditiga respublika byudjeti bo'yicha ochilgan byudjet mablag' ajratmalarining summasi o'tkaziladi. Ushbu hisobvaraq bo'yicha debet qoldiq boshqa mahalliy byudjetning mazkur byudjetga qarz summasini ko'rsatadi, kredit qoldiq esa - mazkur byudjetning boshqa byudjetga qarz summasini ko'rsatadi. Buxgalteriya o'tkazmalari matritsasi :
“Respublika byudjetidan berilgan va olingan mablag'lar” nomli 071-sonli hisobvaraqda mahalliy byudjetlardan Respublika byudjetiga o'tkaziladigan hamda Respublika byudjetidan olinadigan mablag'lar hisobga olinadi. Buxgalteriya o'tkazmalari matritsasi :
"Mahalliy byudjetlardan berilgan va olingan mablag'lar" nomli 072-sonli hisobvaraqda mahalliy byudjetlarga beriladigan va mahalliy byudjetlardan olinadigan mablag'lar hisobga olinadi. 072-sonli hisobvaraqning debetida o'zaro hisob-kitoblar bo'yicha mahalliy byudjetlarga beriladigan summalar aks ettiriladi; 072-sonli hisobvaraqning kreditida o'zaro hisob-kitoblar bo'yicha mahalliy byudjetlardan olinishi lozim bo'lgan summalar aks ettiriladi. Buxgalteriya o'tkazmalari matritsasi :
Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling