O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus
To'lov xujjatlari ilova qilingan bank ko'chirmalari
Download 1.3 Mb.
|
ppppppp
- Bu sahifa navigatsiya:
- Respublika budjeti xarajatlarining analitik va sintetik hisobi
- Takrorlash uchun savollar
To'lov xujjatlari ilova qilingan bank ko'chirmalari
6.3 -chizma. Xarajatlar hisobini xujjatlashtirishni sxematik ko'rinishi Chizmadan ko'rinib turibdiki, O'zbekiston Respublikasi moliya vazirligi G'aznachiligi va uning hududiy bo'limlarida Davlat byudjeti kassa xarajatlari daftarlari byudjet va byudjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha har bir byudjetdan mablag' oluvchi bo'yicha alohida yuritiladi. Xarajat turlari bo'yicha rejali ajratilgan byudjet mablag'lari o'zgarishlari, xarajatlar turlari bo'yicha smetalarga kiritilayotgan o'zgartirishlar ro'yxati rekvizitlari ko'rsatilgan holda, tegishli yozuvlar bilan rasmiylashtiriladi. Keyinchalik, kassa xarajatlari hisobida, operatsiyalar amalga oshirilgan sanaga muvofiq: tegishli xarajat turlari bo'yicha summalar yoyilmasida kassa xarajatlarini amalga oshirilishida asos bo'lgan to'lov topshiriqnomalari, cheklar va boshqa tegishli hujjatlarning rekvizitlari yoziladi. Bank hujjatlari va shaxsiy hisobvaraqdan kunlik amalga oshirilgan operatsiyalar ko'chirmaga ilovalar kiritilgandan so'ng kassa xarajatlari jami hisoblanadi va so'rovnomaga ko'ra hisobot sana boshiga rejali ajratilgan byudjet mablag'lari qoldiqlari chiqariladi. Rejali ajratilgan byudjet mablag'lariga o'zgartirishlar kiritishda ularning qoldiqlari, kiritilgan o'zgartirishlarni hisobga olgan holda chiqariladi. Bundan tashqari, oy oxirida tegishli ravishda oylik va yil boshidan (kassa) aylanmalar jami hisoblanadi. Moliya organlari, G'aznachilik va uning xududiy bo'linmalari tomonidan amalga oshirilgan kassa xarajatlari byudjet tasnifining har bir bo'linmasi bo'yicha hisobga olinadi. Respublika budjeti xarajatlarining analitik va sintetik hisobi G'aznachilikda respublika byudjeti xarajatlari hisobi 02 "Xarajatlar" nomli hisobvaraqda yuritiladi. Ya'ni: 020 Budjet xarajatlari Bojxona organlari g'azna depozit schyoti mablag'lari hisobidan amalga 023 oshirilgan xarajatlar 025 Davlatning tashqi qarzi mablag'lari hisobidan xarajatlar Budjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi mablag'lari hisobidan amalga 028 oshirilgan xarajatlar 029 Budjetdan mablag' oluvchilarni boshqa byudjetdan tashqari mablag'lari hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar "Budjet xarajatlari" nomli 020-sonli hisobvaraqda Respublikasi byudjeti, Qoraqalpog'iston respublikasi va mahalliy byudjetlarning kassa xarajatlari hisobga olinadi. Bu schyotning debet tomonida davlat byudjeti xarajatlari summasi kredit tomonida xarajatlarni hisobdan chiqarilishi yoki o'tkazilishi aks ettiriladi. Buxgalteriya o'tkazmalari matritsasi :
023 - sonli “Bojxona organlari g'azna depozit schyoti mablag'lari hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar” hisobvaraqda moliya yilida g'azna depozit schyoti mablag'lari hisobidan amalga oshirilgan kassa xarajatlari hisobga olinadi. Bu schyotning debet tomonida bojxona organlari g'azna depozit schyoti mablag'lari hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar summasi kredit tomonida xarajatlarni hisobdan chiqarilishi yoki tiklanishi aks ettiriladi. Buxgalteriya o'tkazmalari matritsasi :
Davlatning tashqi qarzi mablag'larining ishlatilishi bilan bog'liq, kassa xarajatlari hisobi bilan bog'liq operatsiyalar hisobi uchun mo'ljallangan. Bu schyotning debet tomonida Davlatning tashqi qarzi mablag'lari hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar summasi kredit tomonida xarajatlarni hisobdan chiqarilishi yoki tiklanishi aks ettiriladi. Buxgalteriya o'tkazmalari matritsasi :
hisobidan xarajatlar” g'azna hisobvaraqlaridan byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi mablag'lari hisobidan amalga oshiriladigan ijtimoiy nafaqalar to'lovlariga kassa xarajatlari bilan bog'liq operatsiyalar hisobi uchun mo'ljallangan. Bu schyotning debet tomonida Pensiya jamg'armasi mablag'lari hisobidan amalga oshiriladigan ijtimoiy nafaqalar to'lovlariga kassa xarajatlari summasi kredit tomonida xarajatlarni hisobdan chiqarilishi yoki tiklanishi aks ettiriladi. Buxgalteriya o'tkazmalari matritsasi :
029-sonli hisobvaraqda “Byudjetdan mablag' oluvchilarni boshqa byudjetdan tashqari mablag'lari hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar” g'azna hisobvaraqlaridan byudjetdan tashqari boshqa mablag'larning kassa xarajatlari bilan bog'liq operatsiyalar hisobi yuritiladi. Bu schyotning debet tomonida Byudjetdan mablag' oluvchilarni boshqa byudjetdan tashqari mablag'lari hisobidan amalga oshirilgan xarajatlari summasi kredit tomonida xarajatlarni hisobdan chiqarilishi yoki tiklanishi aks ettiriladi. Buxgalteriya o'tkazmalari matritsasi :
Takrorlash uchun savollar Respublika budjeti xarajatlari kassa ijrosi deganda nimani tushunasiz? Moliyalashtiruvchi organlar, ularning huquqlari va majburiyatlari nimalardan iborat? Respublika budjeti xarajatlari kassa ijrosi hisobini qanday izohlaysiz? O‘zbekiston Respublikasi G‘aznachiligi orqali moliyalashtirish tartibi deganda nimani tushunasiz? G‘aznachilik bo‘linmalarida moliyalashtirishni xujjatlashtirish va buxgalteriya yozuvlarida aks ettirish qanday amalga oshiriladi? G‘aznachilikda budjet xarajatlari hisobining qanday hususiyatlari bor? Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling