O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus vazirligi namangan davlat universiteti qo’lyozma huquqida


Dissertatsiya tuzilishi va u haqidagi umumiy ma’lumotlar


Download 0.59 Mb.
bet16/33
Sana05.01.2022
Hajmi0.59 Mb.
#212640
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33
Bog'liq
yoshlarni ijtimoiy dunyoqarashini shakllantirishda tarixiy etnografik qadriyatlardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari

Dissertatsiya tuzilishi va u haqidagi umumiy ma’lumotlar

Dissertatsiya kirish 3 bobni o’z ichiga olgan, tajriba-sinov ishlari, umumiy xulosalar, tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar va ilovalardan iborat.



I Bob. YOSHLARNI IJTIMOIY DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISHDA TARIXIY ETNOGRAFIK QADRIYATLARNING PEDAGOGIK MUAMMOLARI

1.1. Yoshlarning dunyoqarashini shakllantirishda tarixiy etnografik qadriyatlar ma’naviy komillikning mezoni sifatida
Bugungi kunda nafaqat alohida mamlakat yoki mintaqani, balki bugun jahon hamjamiyatni tashvishga solayotgan muammolardan biri diniy ekstremizm va uning milliy mintaqaviy havfsizlikka tahdidi masalasidir.

Bugungi globallashayotgan dunyoda diniy ekstremizm muammosi ham transmilliy, transchegaraviy xarakter kasb etayotgani va keskinlashayotgani hech kimga sir emas. Ammo ba’zi mintaqalar jumladan aholining ko’pchiligini asosan musulmonlar tashkil qiladigan hamda ijtimoiy hayotning barcha sohalarida siyosiy ijtimoiy mafkuraviy ma’naviy tub o’zgarishlarni boshidan kechirayotgan Markaziy Osiyo mintaqasi uchun bu muammo ayniqsa dolzarbdir.

Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning quyidagi fikrlari ibratlidir: “Biz xalqimizning dunyoda xech kimdan kam bo’lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo’lib yashashi uchun bor kuch va imkoniytlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi hech shubxasiz be’qiyos ahamiyat kasb etadi. Qgar biz bu masalada xushyorlik va sezgirligimizni qatiyat va mas’uliyatimizni yo’qotsak bu o’ta muhim ishni o’z holiga tashlab qo’yadigan bo’lsak muqaddas qadryatlarimizga yo’g’rilgan va ulardan oziqlangan ma’naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, ohir-oqibatda o’zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo’lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin”. [10.-B.4] Demak biz hozirgi kunda yoshlarimizda mana shu oqilona fikrlar asosida turli diniy oqimlarga qarshi tura oldigan, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurasha oladigan mafkuraviy immunitetni va ijtimoiy dunyoqarashni to’g’ri shakllantirishimiz zarurdiz.

Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash bugungi kunda strategik ahamiyatga ega. Vaziyatning o’ziga xos xususiyati shuki, Markaziy Osiyoda bu kurash umumiy yagona mintaqaviy strategiya bo’yicha olib borilishi maqsadga muvofiqdir. Umumiy tahdidga qarshi birgalikda kurash olib borilishi Markaziy Osiyo mamlakatlarining integratsiyalashuviga yirik hissa bo’lib, ijobiy yaratuvchan geosiyosiy omilning kuchayishiga salbiy buzg’unchi geosiyosiy kuchlarning mag’lubiyatiga olib kelishi muqarrardir. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, yoshlarda ijtimoiy dunyoqarashni shakllantirish g’oyaviy kurashlarga qarshi o’zimizda immunitetni hosil qilishning samarali jihatidir.

Shu o’rinda yoshlik davriga to’htalib o’tsak. Yosh davri shaxs hayotida tub burilishni yasaydigan davrdir. Yoshlikda har tomonlama ham ruhiy, ham ma’naviy anatoma-fiziologik o’zgarishlar, keskin rivojlanishi kuzatiladigan davrdir. Yoshlar o’zidagi bu o’zgarishlarni niqoblashga urinadi. Uning nazdida atrofdagilar uning faqat shu tomonlarini ko’rayotgandek tuyuladi. Shuning uchun bu yoshni o’tish davri sensor davrlari deb yuritiladi.

Yoshlarda yuzaga kelgan qon tomirlardagi o’zgarishlar tabiiyki ruhiy o’zgarishlarni ham keltirib chiqaradi. Bunga ulardagi asabiylik tajanglik bunga misoldir. Bu yoshlar bilan munosabatga kirishuvchilar uchun qiyinchilik tug’diradi. Bundan tashqari olimlar tomonidan yoshlik davri uch qismga bo’linadi. Yana R.Kullening fikricha agar bola o’z oldiga yuqorida ko’rsatilgan robletallarni, sifatlarni ham qo’ymas ekan necha yil yashaganidan qat’iy nazar bu bola yoshlik davrida bo’ladi. Shuning uchun bu sifatlar ma’lum darajada zaruriy holatdir. Bu biologik jarayondir. Yoshlik davri hammada turlicha o’tadi. Yoshlarda o’zini anglash yangi bosqichga ko’tarilgach, ular o’ziga hos ahloqiy na’munani tanlaydilar. O’quvchi o’ziga namuna bo’lgan shaxsning hulq atvori bilan o’zining xatti-harakatini solishtiradi va o’zining ijobiy yoki salbiy jihatlarini anglab yetadi. Yoshlar o’zini-o’zi tarbiyalashda kitob qahramonlaridan kinofilm ishtirokchilaridan o’rnak olib goh ularga taqlid qilib butun iroda kuchi va xarakter hislatlarini ishga solib har xil xususiyatlarni egallashga intiladi va bu yo’lda uchraydigan to’siq hamda qiyinchiliklarni yengadi. Yoshlik davrida psixologik jihatdan eng muhim hislat voyaga yetish yoki kattalik hissining paydo bo’lishi alohida ahamiyatga ega. Kattalik hissi ijtimoiy axloqiy sohada aqliy faoliyatda qiziqishda, munosabatda, ko’ngil ochish jarayonida xulq atvorning tashqi shakllarida o’z ifodasini topadi. Yoshlar o’z kuchi va quvvati, chidamliligi ortayotganini bilim saviyasi kengayayotganini anglay boshlaydi. Bularning barchasi unda kattalik hissini rivojlantiradi. Unda asabga tegadigan rahbarlikdan, o’rinsiz homiylikdan, ortiqcha nazoratdan, zeriktiradigan g’amho’rlikdan holi bo’lish istagi vujudga keladi. Mazkur jarayon o’z navbatida kattalar bilan munosabat va muloqatda noxush kechinmalarni paydo qiladi. Sinf jamoasi va oila a’zolari o’rtasidagi munosabatlarni o’zgartirishgina kattalar bilan yoshlar orasidagi anglashilmovchilik g’ovini yo’qotadi. Sir emaski, bugungi kunda yoshlar orasida sotsial xulqning ko’rinishlariga ko’plab duch kelmoqdamiz. Ijtimoiy dunyoqarash esa anashunday ko’ngilsizliklarni oldini oladi. Bu holatni V.I.Karimova va B.Umarovlar ham o’z tadqiqotlarida ta’kidlab o’tganlar. Bu tadqiqotlarda yoshlar suitsidining yosh va ijtimoiy-psixologik xususiyatlari kabi dolzarb masalalarga to’xtalib o’tiladi. Olimlarning olib borgan tadqiqotlarining natijalariga ko’ra, o’z-o’zini yondirish shaklidagi suitsidal xulqning sabablaridan biri: joniga qasd qilish aksariyat hollarda oilaviy nizolar tufayli kelib chiqar ekan. B.Umarov o’zining ilmiy tadqiqotida yoshlarda suitsidal xulqning sabablarini shartli klassifikatsiyasini tuzib chiqdi. Bu klassifikatsiyaga ko’ra yoshlar suitsidining bahona va sabablari quyidagicha ifodalangan.

1. Oilaviy nizolar.

A) Yolg’izlik.

B) Yaqin kishisining o’limi.

V) Muvaffaqqiyatsiz sevgi bilan bog’liq bo’lgan nizolar.

G) Ota-ona yoki oilaning boshqa a’zolari tomonidan o’smirlarni jismoniy va ma’naviy xo’rlash.

2. Salomatlik bilan bog’liq bo’lgan nizolar.

A) Ruhiy kasalliklar.

B) Somatik kasalliklar.

V) Tug’ma yoki hayot davomida orttirilgan nogironlik.

3. Ijtimoiy axloq normalari bilan bog’liq bo’lgan nizolar.

A) Jinoiy javobgarlikdan qochish.

B) Boshqa xildagi jazolanish va sharmandalikdan qutilish.

V) Uyushgan jinoyatchilik guruhlariga tushib qolish.

4. O’qish jarayoniga bog’liq bo’lgan nizolar.

A) O’quv dasturlarini o’zlashtirmaslik.

B) Sinfdan ikkinchi yilga qoldirilishi.

V) O’quv maskanlaridan chetlashtirilish.

5. Moddiy–maishiy ta’minot bilan bog’liq bo’lgan muammolar.

A) Moddiy yetishmovchilik tufayli kerakli shart-sharoit bilan yetarlicha ta’minlanmaslik.

B) Yoshlar tomonidan noo’rin qo’yilgan talablar.

Olib borilgan tadqiqot ishlarining tahliliga ko’ra oilaviy nizolar boshqa nizolar o’rtasida asosiy motiv sifatida namoyon bo’lganligini ko’rish mumkin.

Demak, yoshlarda ijtimoiy dunyoqarashni shakllantirishning psixologik jihatini yuqoridagi muammolar yechimini hal qilish bilan bog’lash mumkin.

Yoshlarni umuminsoniy va milliy qadriyatlar asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, ijtimoiy dunyoqarashini shakllantirish bugungi kundagi pedagogika fani oldida turgan dolzarb masalalardan biridir. Shu ma’noda O.Musulmonovaning tadqiqoti katta e’tiborga molik. Olima yoshlarni ma’naviy madaniyatini shakllantirish borasidagi qator pedagogik muammolarni yechishga harakat qiladi.

Ota-onalarninig yoshlar ruhiyatini yaxshi bilmasligi oilada o’z farzandlarini erkalatib o’stirishlari hamda ularni haddan tashqari asrab avaylab ardoqlashi oilada bola hulqini buzilishiga olib keladigan omillardandir.

Bunday tarbiyalangan bolalar va o’smirlarda xulq o’zgarishi ko’rinishlari tez shakllanib mustaqil fikr yuritish va moslanuvchanlik qobiliyatlari yaxshi rivojlanmaganligi tufayli ular unchalik murakkab bo’lmagan oddiy nizoli vaziyatlardayoq o’zlarini yo’qotib qo’yadi.

“Shaxsning ichki ma’naviy dunyosi ma’naviy ehtyoj, ma’naviy qiziqish va faoliyat, ma’naviy qadriyat kabi asosiy belgilar tizimidan iboratdir.”

Haqiqatdan ham tadqiqotchi qayd etgani kabi shaxsning axloqiy ma’naviy qarashlari tasavvurlari fan, adabiyot, san’at, maorif, din kabi vositalar orqali tarbiyalanadi.

Zero, ana shu tarbiyaviy vositalar yordamida insonda ma’naviy axloqiy ehtiyojlar tug’iladi va bevosita unga intilish asosida ma’lum maqsadlarga intilishlar yuzaga keladi. Yuqorida qayd etilgan ilmiy adabiyotlar va tadqiqotlarning tahlili shuni ko’rsatadiki hozirgi kunda oilaviy sharoitni va oilada oyoshlar tarbiyasiga munosabatni turli toifaga bo’lib o’rganish mumkin.

Masalan, ijtimoiy ilg’or oilalarda tarbiya olayotgan yoshlarda ijtimoiy dunyoqarashni shakllanganlik darajasi ancha yuqori. Buning aksini ham ko’rishimiz mumkin. Bu o’rinda maktab, kollej oila va jamoatchilik hamkorligi muhim o’rin tutadi.

Maktab muqaddas maskan. Bu maskanda inson ta’lim olish bilan birga tarbiya ham oladi. Aslida bu ikki tushinchani bir-biridan ajratib bo’lmaydi. Bu ish dialektik birlikda olib boriladi va amalga oshiriladi. Tarbiya jarayonida axloqiy tarbiya zamirida sog’lom e’tiqodni shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Xalq ta’limi tizimida o’qitish o’quvchilarni axloqiy mukammallashtirish bilan bog’lab olib boriladi. Buning natijasida o’quvchilar axloq odob xulq atvor to’g’risida bilimga ega bo’ladilar. Zero, insonning ma’naviyati uning odobi xulqi madaniyatidan tashkil etadi. Ma’naviyat esa aqliy axloqiy huquqiy iqtisodiy va siyosiy bilimlar zamirida shakllanadi. Mazkur bilimlar o’z navbatida inson ijobiy sifatlarining kamol to’ib boyib borishga olib keladi.

Mana shunday ijobiy sifatlarning kamol topishida maktab yetakchi bo’g’in hisoblanadi. Sog’lom e’tiqodga doir tushunchalar ilk darsdan boshlab ta’lim bilan birga olib boriladi. Hozirda sog’lom e’tiqodni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etgan. Chunki bu bilan yosh o’smirlarda vatanparvarlik ongli intizom mehnatga, atrofdagi kishilarga axloqiy munosabatlarni shakllantiradi. Demak, sog’lom turmush tarzini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etar ekan uni to’g’ri va tushunarli holda berish lozim. Buning uchun avvalo o’qituvchilar diniy bilimga ega bo’lishlari lozim.

Zero ko’pgina shaxsiy xususiyatlar yoshlik davrida ‘aydo bo’lib rivojlanadi. Shunday ekan bolalarning ta’lim-tarbiya olishlari o’qituvchilar qo’lida. Avvalo o’qituvchi yoshlarnini ahillikka bir-birlari bilan inoq intizomli bo’lishga hamda hamjihatlikka o’rgatmog’i lozim. Chunki ahillik, inoqlik, intizomlilik, hamjihatlikni o’rgangan yoshlar kelajakda ham shunga intiladilar. Bu o’z navbatida yoshlarda ijtimoiy dunyoqarashni shakllanishining dastlabki bosqichi hisoblanadi va jamiyat uchun ham yutuq hisoblanadi. Buyuk nemis ‘edagogi A.V.Disterberg aytganidek yaxshi o’qita bilgan o’qituvchi yaxshi tarbiyalaydi ham. Bu o’qituvchilarning yoshlarni ijtimoiy dunyoqarashini shakllantirishda muhim o’rin egallashini bildaradi. Xususan, ko’pgina yoshlar o’z ustozlarining yurish-turishi, o’zini tutishi kabi holatlariga taqlid qiladilar. Shuning uchun, avvalo o’qituvchining o’zi ahloqli, keng ijtimoiy dunyoqrashli,sog’lom e’tiqodli bo’lishi lozim. Demak, aytish mumkinki, ijtimoiy dunyoqrashli shakllantirishning eng birinchi usuli, o’qituvchining keng ijtimoiy dunyoqrashliligiga bog’liq.

Maktabda tarbiyaviy ishlar rejali va tartibli, hamjihatlik bilan amalga oshirilgan taqdirdagina etnik qadryatni shakllantirishning muvaffaqiyati ta’minlanadi. Yoshlarda ijtimoiy dunyoqarashni shakllantirishda etnografik qadryatlar haqida “Vatan tuyg’usi”, “Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari”, “o’zbekiston tarixi” va “din tarixi” va tarbiyaviy soat darslari saviyasini oshirmoq lozim. Eng avval tarbiyaviy soat haqida gapiradigan bo’lsak, bu dars shunchaki suhbat yoki kundalik daftarini tekshirish bilan o’tkazilishi kerak emas. Bu darsning nomidan kelib chiqadigan bo’lsak, bu tarbiya soati, bunda faqat tarbiya to’g’risida va diniy tushunchalar, diniy yangiliklar, shuningdek, o’quvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berib borilishi lozim. Shuningdek, sinf rahbari tarbiyaviy soatda ma’naviy-ma’rifiy targ’ibot ishlarini olib borsa, o’quvchilarga halollik, adolat, e’tiqod haqidagi ma’naviy-axloqiy milliy tushunchalarning, bilimlarning, ma’lumotlarning, ko’nikma va odatlarning tarkib topishiga zamin yaratadi. “Odobnoma”, “Vatan tuyg’usi”, “Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari” darslariga keladigan bo’lsak, bu darslar ham maktablarda yuqori saviyada o’tilmayapti desak xato bo’lmaydi. Chunki bu darslar ham quruq suhbat bilan cheklanmoqda. Bu darslar o’quvchilarning sog’lom e’tiqodi uchun juda muhim hisoblangani uchun, soatlarini oshirish lozim. Darsning saviyasini oshirish uchun malakali o’qituvchilarni jalb etmoq maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, dars jarayonida interaktiv metodikalardan, fan-texnologiya yutuqlaridan keng ko’lamda foydalanilsa, dars keng ma’noda zamon talablariga javob beradi. Bunda mavzuga doir turli lavhalardan, videofilmlardan, xujjatli filmlar, buyuk insonlarning hayot faoliyatiga oid filmlar ko’rsatilsa, o’quvchilarning e’tiqodi mustahkamlanadi va o’zini qiziqtirgan savollarga jonli tarzda javob oladi. Natijada har xil oqimlarga kirib ketish hollariga ancha chek qo’yiladi. Chunki bugungi kunda axborot ko’lamining kengligi shuni taqozo etadi.

E’tiqodi mustahkam inson ma’nan komil bo’ladi. Bu haqida Yusuf Xos Hojib “Qutadg’u bilig” dostonida “Halol, haqgo’y, ahloqli-odobli kishi, har qanday qimmatbaho narsadan ham qimmatlidir” deb aytgan. Shuningdek, iymonli halol bo’lish haqida prezidentimiz I.A.Karimov shunday deganlar: “Hudo bizga qo’ygan talab bitta-iymonli bo’lish, halol yashash va halol mehnat qilish”.[11.-B.429]

Ma’nan komil inson avvalo oilada, maktabda, mahallada tarbiyalanadi va shakllanadi. Bunda maktab yetakchi rol o’ynab, buning uchun ma’naviyatning asosini sog’lom e’tiqodning asosini tayanchini tashkil etadigan halollik, adolat, oriyat, nomus, vijdon, diyonat kabi asosiy tushunchalar haqida tizimli uzluksiz ilmiy ma’lumot olmog’i hamda ularni hayotda qo’llash bilan bog’liq bo’lgan ko’nikma odatlarni tarkib toptirish shart. Bu kabi diniy ma’naviy tushunchalar sho’rolar davrida o’quvchi yoshlar tarbiyasida hisobga olinmaganligi oqibatida pedagogik tizimda salbiy voqealarni keltirib chiqardi. Buning oqibatida jamiyat hayotining barcha jabhalarida pasayish ro’y berdi.

Hozir aksariyat o’quvchilar o’zbek halqining kelib chiqishi ( etnogenezi) , tarixiy o’tmishi va madanyatini yaxshi bilmaydilar. O’zbekiston mustaqilligining e’lon qilinishi , milliy o’z-o’zini anglash va qadryatlarimiz tiklanayotgan bir paytda, o’zbek xalqi etnagrafiyasini o’rganishning ahamyati tobora oshmoqda.Shu sababli so’ngi yillarda faqat o’quvchilargina emas, balki aholi barcha qatlamlari orasida ham o’zbek halqining o’tmish tarixiga qiziqish sezilarli darajada kuchaydi.

Yoshlarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda, ulkan vazifalarni amalgam oshirishda ulkan etnografiyasini o’rganishning ahamyati kattadir,binobarin ,halqimizning o’tmish boy tarixi ,moddiy va ma’naviy madanyati , marosim va an’analarini chuqur bilmasdan turib hozirgi katta o’zgarishlar davrida olg’a qarab harakat qilish juda qiyin, albatta.

Tarix o’qitishda etnagrafik materiallardan foydalanish ulkan tarixi va madanyatini chuqurroq o’rganishning muhim omillardan biridir. O’rta maktablarda tarix darslarida va sinfdan tashqari ishlarda o’zbek xalqining o’tmish tarixi, o’quvchi yashab turgan joy halqlarining kelib chiqishi, ho’jaligi ,moddiy madanyati ,ijtimoiy va nikoh-oila munosabatlari, dini va e’tiqodlari, hozirgi turmush tarzi faqat etnagrafik ma’lumotlar asosidagina chuqur o’rganiladi. To’plangan etnagrafik materiallar esa maktabda o’quv-tarbiyaviy ishlar samarasini oshirishga yordam beradi. [12.-B.3-4]

Maktabda tarix darslarida etnagrafik materiallar samaradorligini oshirish uchun ularni tanlab olish va foydalanishda bir qator didaktik qoidalarga amal qilish talab qilinadi. Chunki darsda tartibsiz qo’llangan materiallar yaxsh samara bermaydi. Shuningdek, etnografik materiallarning o’ziga xosligini hisobga olish zarur. Shuning uchun bu materiallarni darsda va sinfdan tashqari ishlarda qo’llashdan oldin ular bilan atroflicha tanishib, ularni o’tilayotgan dars mavzusidagi o’rnini va ro’lini aniq belgilab olish nixoyatda zarurdir.

Etnografik qadryatlardan ta’lim jarayonida foydalanganda ularni o’quvchilarning bilim manbai va ko’rsatmali o’quv vositasi sifatida ikki guruxga bo’lish mumkin. Bular asl manbalar va ilmiy jixatdan qayta ishlangan manbalardir. Har ikki manba o’z navbatida o’z navbatida qismlarga bo’linadi. Asl manbalar o’zbeklarning moddiy madaniyat ashyolari hamda ularning fotosuratlaridan iborat. Ilmiy jixatdan qayta ishlangan manbalar esa etnografik ma’lumotlarni og’zaki bayon qilish, asl manbalarning qayta tiklangan tasviri va rasmi hisoblanadi.

Etnografik matriallar ko’rsatmali o’quv vositasi sifatida o’quvchilarga bevosita namoish qilinganda asl nusxa va tasvir (rasm, surat, mulyaj) turlich ta’sir qiladi. Eng avvalo etnografik materiallarning nima maqsadda tanlanganligini, ular dars mavzuini to’ldirishini, darsga asosiy manba yoki ko’rsatmali vosita sifatida tanlanganligini aniq belgilash lozim. Maqsad aniq bo’lgach etnografik qadryatlardan foydalanish mumkin.

Etnografik qadryatlarning ta’limdagi samaradorligini ta’minlash uhun bu materiallarni tanlab olish va ulardan foydalanishning to’g’ri yo’llari va vositalarini izlash eng muxim ish xisoblanadi. Dastlab bu ma’limotlarning ilmiy jixatdan ahamiyati, puxtaligi, dars mavzui bilan mazmunan aloqasi, o’quvchilar bilim doirasini kengaytirishda, ularning tarix faniga bo’lgan qiziqishlarina oshirishda naqadar ko’maklashishi, ularning tarbiyaviy ahamiyati nazarda tutiladi.

Darslarda etnografik qadryatlardan foydalanishda maktab dasturidagi maqsad va vazifalarga tayaniladi.

Etnografik qadryatlardan foydalanish uchun oldin ularni to’plash va ma’lum bir tartibga keltirish zarur. Bu materiallarni toplaguncha esa belgilangan xududda esa etnografik qadryatlar haqida, ularning qay darajada o’rganilishi to’g’risida ma’lumot keltirish lozim. Respublikamizning har bir viloyati, tumani va mavzesida etnografik qadryatlarga boy juda ko’p joylar mavjud bo’lib, ularning barchasi haqida darsda gapirib o’tish juda qiyin, albatta. Chunki bunga dars uchun belgilangan vaqtning cheklanganligi, bundan tashqari maktab tarix dasturining talablari ham imkon bermaydi. Yana ma’lum qoidaga amal qilinmasdan keltirilgan dalillar o’quvchilarning qiziqishlarini va darsni o’zlashtirishlarini susaytiradi. Etnografik qadryatlardan foydalanishda quyidagi yo’l yo’riqlarga rioya qilish tavsiya etiladi. [13.-B.40-41]

Birinch idan, bu qadryatlar o’quvchilarning ongi va szgisiga tasir qilib, ularda darsga nisbatan qiziqish uyg’otishi lozim, ikkinchdan o’zi yashayotgan o’lkaga taalluqli qadryat darsda o’rganilayotgan tarixiy hodisalar bilan bog’lib o’rganilsa, mavzu o’quvchilar uchun aniq va tushunarli bo’ladi, uchunchidan, o’quvchilarda atrof-muhitni kuzatish va uni butun O’zbekiston tarixi bilan bog’lash hususiyati vujudga keltiriladi, to’rtinchidan, yoshlarga jaxon xalqlari tarixi kursini o’rganishda yordmlashadi, beshinchidan. O’quvchilarda o’z jonajon o’lkasiga nisbatan qiziqish uyg’otishi, uning o’tmish tarixini o’rganishga ko’maklashadi, Ona Vatanga bo’lgan mehr- muhabbatini yanada oshiradi.

Darxaqiqat, etnografik qadryatlardan foydalanish o’qituvchi ixtiyoridagi materiallarning miqdori bilan emas, balki o’quv materiallarining mazmuniga ko’proq bog’liq bo’ladi. O’qituvchi har bir darsning mazmuniga mos keladiagn etnografik qadryatlardan foydalansa, o’sha dars o’quvchilarning ko’proq etiborini tortadi va ular otilayotgan mavzu yuzasidan aniq bilimga ega bo’ladilar.

Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek, “Inson e’tiqodsiz, iymonsiz yashay olmaydi. Chunki, komil va sobit e’tiqod jamiyat ma’naviy qiyofasini belgilydi. Bu borada islom dini katta ahamiyatga ega”. [14.-B.429] Demak, ijtimoiy dunyoqarashni shakllantirishda islom dinining manbaalari – Qur’oni Karim va Hadis birinchi o’rinda turadi. Biz nafaqat Qur’oni Karim va Hadislarni, balki yuqorida sanab o’tilgan (Xotamnoma, Odobnoma Burxoniddin Marg’ilonining “Hidoya”, Kaykovusning “Qobusnoma”, Ahmad Yassaviyning “Hikmatlar”, Nosir Xusravning “Saodatnoma”, Sa’diyning “Guliston”, “Bo’ston”, Navoiyning “Mahbubul qulub”, Boburning “Boburnoma”, Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston yohud axloq” va boshqalar...) ma’naviy meroslarimizni ham ta’lim tizimida keng joriy etishimiz lozim.

Egotsentrizm hudbinlikning bir ko’rinishi bo’lib, faqat o’zini, o’z manfaatlarini o’ylab yashash, boshqa hech narsani tan olmaslikni bildiradi. Insoniyatga yetkazadigan zarari nuqtai nazaridan bu illat jaholat va aqidaparastlikdan aslo qolishmaydi.




Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling