O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta-maxus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti biologiya fakulteti biologiya yo’nalishi sirtqi bo’lim 4-kurs talabasi ning


Ekologik omillarning tirik organizmlarga ta’siri


Download 92.5 Kb.
bet3/4
Sana10.03.2023
Hajmi92.5 Kb.
#1257671
1   2   3   4
Bog'liq
4yosh fizologiyasi2

Ekologik omillarning tirik organizmlarga ta’siri
Ma’lum sharoitda yashayotgan organizmlarga ekologik omillar turlicha ta’sir etishi mumkin. Ammo ekologik omillar qanchalik xilma-xil bo‘lmasin, ularning tirik organizmlarga ta’sir etish xarakteri nuqtai nazardan ular uchun umumiy bo‘lgan qonuniyatlar xam mavjud. Organizmning normal rivojlanishi uchun ma’lum darajada qulay ekologik omillar majmui talab etiladi. Xar bir omilning organizmga ta’sir etish kuchi xamda quyi va yuqori ta’sir etish chegaralari bo‘ladi. Omilning kuchli ta’sir etuvchi kuchi optimum zona deb qaraladi yoki optimum deb ataladn. Ekologik omil organizmga xaddan tashqari kuchsiz (minimum) va kuchli (maksimum) ta’sir etishi mumkin. SHunday qilib, xar qanday ekologik omilning optimum, minimum va maksimum ta’siri bo‘lar ekan. Minimum va maksimum chegaralari kritik nuqta deb ataladi. Kritik nuqtalardan ortiq kuch ta’sirida organizm nobud bo‘ladi (2-rasm) .
Omilning kuchli ta’sir etishi, ya’ni optimum qonunning or-ganizmlarga ta’sirini tushunib olish uchun g‘o‘za o‘simligini xavo xaroratiga bo‘lgan munosabati va uning optimum, minimum va maksimum nuqtalari xaqida tuxtab o‘tamiz. Ma’lumki, chigitning unib chiqishi uchun temperatura 14-16°S bo‘lishi zarur. Baxorda xarorat past kelsa, chigitning unib chikishi kechikadi. Bizning sharoitda g‘o‘za nixollari paydo bo‘lgan vaqtda xavo bilan tuproq temperaturasi sekin-asta ko‘tariladi va odatda, normal darajada bo‘ladi. Temperatura 38°S dan yuqori bo‘lganda, ayniqsa, nam kam bo‘lsa, o‘simlik qizib ketadi. Temperatura 1-2°S bo‘lsa, g‘o‘za nixollarini sovuq uradi. Kuzdagi 3-4°S sovuq xam g‘o‘zani nobud qiladi. SHunday qilib, g‘o‘za o‘simligining vegetatsiya davomida minimum nuqtadan xaroratni 1-4°S pasayishi uni nobud bo‘lishiga olib keladi. 14-16°S dan 38°S gacha oraliqdagi temperatura o‘simlik o‘sishi uchun qulay, undan yuqorisi esa, noqulay xisoblanadi. G‘o‘za o‘simligi uchun maksimum nuqta 46-47°S deb qarash mumkin.
Muxitning biror omiliga keng doirada moslashgan ekologik turlarga evri-old qo‘shimchasini qushib, tor doirada moslashganlarga steno-old qo‘shimchasini qo‘shib nomlanadi. Temperaturaga nisbatan evriterm, stenoterm, namlikka nisbatan evrigidrid, stenogidrid, sho‘rlanishga nisbatan evrigal, stenogal. Ekologik omillarniig ta’sir etish kuchi bilan organizmda bo‘ladigan o‘zgarishlarning o‘zaro ta’siri bosimga nisbatan evribat, stenobat ekologik guruxlar ajratiladi.
Tashqi muxitning turli omillarga nisbatan ekologik valentliklar yig‘indisi turning-ekologiya spektrini tashkil etadi. Masalan, cho‘lda o‘suvchi sho‘raklar tuproqning sho‘rligiga, kurg‘okchilik va yuqori tsmperaturaga yaxshi moslashgan. Ushbu omillarga moslanish shuraklarning ekologik spektrini tashkil etadi. Boshqa turlar tuproq sho‘rlanishiga chidamsiz ekanligini ko‘rish mumkin.
Ayrim turlarning ekologik spektri bir-biriga tug‘ri kelmaydi. Xatto bir xil sharoitda yashayotgan va moslashish xususiyati xam o‘xshash bo‘lgan turlar ozmi-ko‘pmi miqdorda o‘zining ekologik imkoniyatiga ega bo‘ladi. Izen va teresken o‘simliklari kurg‘okchil va issiq sharoitga moslashgan turlar xisoblanib, ulardan birinchisi nisbatan kurg‘okchilikka xam, yuqori xaroratga xam biroz kuchliroq moslashishi bilan ajralib turadi.
Ekologik omillar organizmning turli funksiyalariga xam turlicha ta’sir etadi. Sovuq qonli xayvonlar uchun xavo temperaturasiiing 40-45°S bo‘lishi modda almashinuvi jarayonini tezlashtiradi, ammo ularning faolligi, ya’ni xarakatlanishi susayadi. Bunda xayvonlar tinim xolatiga o‘tadi.
Ayrim individlarning tashqi muxit omillariga chidamlilik darajasi, kritik nuqtalari, optimal zonasi xam tug‘ri kelmaydi. Ushbu individning irsiy, jinsiy, yosh yoki fiziologik xususiyatlari bilan bog‘lik, bo‘lishi mumkin. Don maxsulotlari va unda yashovchi mita kapalagining g‘umbagn uchun kritik temperatura - 7°S ni tashkil etsa, katta yoshdagilari uchun 22°S, tuxumlari uchun esa - 27°S. -10°S, temperatura g‘umbakni nobud qiladi, ammo ularning davri va tuxumlariga ta’sir etmaydi.
Muxitning ayrim ekologik omillari organizmga bir vaqtda ta’sir etadi. Ushbu omillarning ta’siri boshqa omillarning mikdoriga bog‘liq bo‘ladi. Buni omillarning uzaro ta’sir etish qonuniyati deyiladi.
Organizmning normal xayoti uchun ma’lum darajada sharoit talab etiladi. Agar barcha shart-sharoitlar qulay bo‘lib, ulardan biri etarli miqdorda bo‘lmasa, uni cheklovchi omil deb ataladi. CHeklovchi omil organizmni ushbu sharoitda yashashi yoki yashay olmasligini belgilab beradi.
Turlarning shimolga tomon siljishiga temperatura omilining etishmasligi ta’sir etsa, kurgokchil rayonlarda esa namlik yoki yukori temperaturaning ta’siri cheklovchi xisoblanadi. CHsklovchi omillar fakatgina abiotik omillar bulib kolmay, balki biotik omillar xdm bulishi mumkin. Gulli usimliklar turlarini biror joyga iklimlashtirishda ularni changlatuvchn xdsharotlar cheklovchi omil buladi. CHsklovchi omillarnn anikdash amaliy jixatdan muxim axamiyatga ega.
Organizmning yaxshi o‘sishi, rivojlanishi abiotik omillarning optimal (zona) sharoiti ta’sirida bo‘lsa, ularning yomon xolati .... (nobud bo‘lishi) minimal sharoitda, ya’ni abiotik omillarning salbiy ta’siri natijasida yuzaga keladi



Download 92.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling