qo’ychilik va echkichilik - deyarli ekstensiv xarakterga ega bo’lib, nam
mo’’tadil mintaqalar Yevropa, Yangi Zellandiya, Argentina, Urugvay, shuningdek,
qurg’oqchil xududlar-Avstraliya, Xitoy, Xindiston, Eronda rivojlangandir.
qo’ychilik va echkichilik go’sht-jun va go’sht yo’nalishi - AQSH, Buyuk
Britaniya, Argentina, Braziliya, jun-yung yo’nalishi esa - Avstraliya, JAR,
Namibiya, Argentina, Ispaniya mamlakatlari uchun xosdir. Mayin yung yetkazib
beruvchi angor echkilari - Turkiya, Afg’oniston, Namibiya, O’zbekiston
qozog’iston uchun xosdir. qorako’l qo’ylari Afg’oniston, O’zbekiston(Buxoro),
Namibiyada tarqalgan. MDX xududida mayin junli qo’ychilik-Kavkaz oldi, Volga
bo’yining qo’yi qismi, qozog’iston, dag’al junli qo’ylar O’zbekiston, qirg’iziston,
Turkmaniston, Rossiyaning noqoratuproq mintaqasida tarqalgandir. Yung (tivit)
beradigan echkichilik Ural yoni, Volga bo’yi, Don bo’yidagi quruq dasht
rayonlarida, shuningdek butasimon yaylovlari bo’lgan tog’ dashtlarida (Oltoy,
qirg’iziston, Baykal orti) rivojlangan. qo’ychilik va echkichilik maxsulotining
asosiy qismi jun-teridir. Yiliga dunyo bo’yicha 2,5-3 mln.t. jun tayyorlanadi.
Buning asosiy qismi Avstraliya (800 ming.t.), Yangi Zellandiya (350 ming.t.),
FarbiyEvropa va Argentinaga (100-150 ming.t.) to’g’ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |