Bog’dorchilik-subtropik va tropik mintaqada, uzumchilik-subtropik
mintaqada keng tarqalgan. Bog’dorchilik va uzumchilik plantatsiya xo’jalik
shaklida bo’lib, yuqori tovar qiymatiga egaligi bilan ajralib turadi. Yirik
bog’dorchilik va uzumchilik mintaqalari - O’rta dengiz qirg’oq bo’yi (Ispaniya,
Italiya, Frantsiya, Yugoslaviya, Bolgariya), AQSH (Kaliforniya), Markaziy
Osiyoda (O’zbekiston) shakllangan. Dunyo bo’yicha yiliga 360-400 mln.t. meva
yig’ishtirib olinadi, buning 60 mln.t. tsitrus mevalaridir. TSitrus mevalari AQSH,
O’rta dengiz va Karib xavzalari mamlakatlarida ko’plab yetishtiriladi.
Bog’dorchilik va uzumchilikning tez rivojlanganligi qayta ishlash sanoatini
xam ixtisoslashgan transport vositalarining yuzaga kelishiga olib keldi.
SHuningdek, bog’dorchilik va uzumchilik maxsulotlari (xam yangi xolda xam
qayta ishlangan xolda) xalqaro savdoda muxim o’rin tutmoqda. Ko’pgina
mintaqalarda bog’dorchilik va uzumchilik xam ichki xam tashqi bozor (AQSHda
Kaliforniya, O’zbekistonda - Farg’ona vodiysi, O’rta Dengiz qirg’oq bo’yi va
boshq.) yo’nalishdadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |