O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta ta`lim


Neft va gaz uyumining ishlash usullar


Download 6.15 Mb.
bet4/96
Sana17.10.2023
Hajmi6.15 Mb.
#1706325
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96
Bog'liq
NEFT KONLARINI ISHLASH VA ISHLATISH ÌÌÒ

1.3. Neft va gaz uyumining ishlash usullar.
Ta`sir etuvchi energiya kuchiga qarab neft konlarining ishlash usuli quyidagilarga bo`linadi: suv bosimi ta`siridagi usul: gaz bosimi ta`siridagi usul (gaz do`ppisi usuli), erigan gaz usuli, taranglik usuli, gravitatsion usul. Birinchi va ikkinchi usullar siqib chiqarish usuli deb, qolgan uch usul esa so`nib borish usuli deb ataladi.
Konning ishlash jarayoni va uning mahsuldorligi ishlash usuliga bog’liq. Mahsuldorlikning asosiy belgisi konning neft beraolishlik koeffitsientiga bog’liq.
Konlarning neft beraolishlik koeffitsienti kondan olinishi mumkin bo`lgan neft miqdorining shu kondagi umumiy neft zahirasiga bo`lgan nisbati orqali aniqlanadi:

 = Qn / Qzax


Bu erda:  - neft beraolshilik koeffitsienti;
Qn - olinishi mumkin bo`lgan neft miqdori;
Qzax - kondagi umumiy neft zahirasi.

Neft beraolshilik koeffitsienti foizda yoki ulush birligida o`lchanadi. Konlarning neft beraolshilik koeffitsienti ulardagi mavjud usulga bog’liq.


Chunonchi, suv bosimi usulida neft beraolishlik koeffitsienti 0,6 - 0,8 ga yaqinlashadi, ya`ni qatlamdagi bor mahsulotning 60-80 foizini er yuzasiga olib chiqish mumkin.
Gaz bosimi ta`siridagi usulda neft beraolishlik koeffitsienti 0,5 - 0,7 ga borishi mumkin.
Qolgan uch usul uchun neft beraolishlik koeffitsienti 0,15-0,3 dan oshmaydi. Demak, konnnig mahsuldorligini oshirishning asosiy omillaridan biri uning neft beraolishlik qobiliyatini oshirish yo`llarini takomillashtirishdan iborat.
Yuqorida ko`rib o`tilgan tabiiy usullar sof holda kamdan-kam uchraydi. Ular odatda aralash usul tarzida (masalan chekka suv bosimi va erigan gaz usuli, chekka suv bosimi va taranglik usullari va x.k.) uchraydi. Konlarni ishlatish jarayonida bu usullar bir turdan ikkinchi turga o`tishi mumkin.
Kon mahsuldorligini oshirish maqsadida ba`zan samarasiz tabiiy usuldan samarali sun`iy usulga o`tiladi. Chunonchi, tegishli shart-sharoitlar mavjud bo`lgan hollarda erigan gaz usulidan sun`iy ravishda gaz bosimi ta`siridagi usulga o`tishi mumkin. Buning uchun ma`lum quduqlar orqali yuqoridan gaz (yoki havo) haydalib, sun`iy gaz do`ppisi hosil qilish yoki mavjud gaz do`ppisining energiyasini oshirish mumkin.



Download 6.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling