O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vaziligi


Download 1.12 Mb.
bet3/20
Sana12.02.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1190470
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Diamagnit, paramagnet va ferromagnitlar.

Diamagnetizm (dia... va magnetizm) — tashqi magnit maydoniga joylashtirilgan moddada shu maydon induksiyasi vektoriga qaramaqarshi yoʻnalishda magnitlanganlik vujudga kelishi. Diamagnetizm hodisasi hamma moddalarda sodir boʻladi, lekin u bir vaqtning oʻzida kuzatiladigan paramagnetizm yoki ferromagnetizm hodisalariga nisbatan se-zilmasligi mumkin.
Ferromagnetizm - baʼzi kristall moddalarning magnit jihatidan tartiblashgan xolati. Bunda barcha atomlarning magnit momentlari parallel yoʻnalishda joylashadi. Magnit momentlarining bunday joylashishi Kyuri nuqtasi deb ataladigan kritik tradan pastda yuz beradi. Atom magnit momentlarining ferromagnit tartibi yuz beradigan moddalar ferromagnetiklar deb ataladi. Ferromagnetiklarning magnit qabul qiluvchanligi musbat va 104 ~ 105 qiymatlargacha yetadi. Ularning magnitlanganligi va magnit induksiyasi magnit maydon kuchlanganligi Nga nochizigʻiy bogʻlangan hamda N ~ 103 A/m qiymatlarda toʻyinishga erishadi. Ferromagnetiklarning magnitlanganligi tashqi maydon yoʻqolganidan keyin ham saqlanib qoladi. Kimyoviy elementlardan Gʻe, Co, Ni, Gd, Tb, Dy, Ho, Er, Tm ferromagnetikdir. Materiallarning ferromagnetik xususiyatlaridan radiotexnik va elektrotexnik qurilmalar (mas, transformatorlar, axborotni yozishning magnit vositalari va boshqalar)da keng foydalaniladi.
Paramagnetizm (para... va magnetizm) — tashqi magnit maydoniga kiritilgan jismlarning shu maydon yoʻnalishiga moyil yoʻnalishda magnitlanish xossasi. Magnit qutbi yaqiniga joylashtirilgan har qanday paramagnit jism shu qutbga tortiladi. Tashqi magnit maydoni boʻlmagan (N=0) da paramagnetiklar magnitlanmaydi.
Paramagnetizm.“ terminini fanga M. Faradey kiritgan (1845). U ferromagnitdan boshqa barcha moddalarni magnit xossalari boʻyicha diamagnit va paramagnit moddalarga ajratgan. Paramagnetizm. zarralari (atom, molekula, ion, atom yadrosi) xususiy magnit momentiga ega boʻlgan jismlar uchungina xos boʻlib, bu momentlar tashqi maydon boʻlmaganda tartibsiz, yaʼni j=0 boʻladi. Tashqi maydon boʻlganda maydon yoʻnalishida moslanadi.
Metallda xususiy magnit (spin) momentiga va elektr oʻtkazuvchanlik xossasiga ega boʻlgan elektronlarning mavjudligi shu metallning paramagnit xossasini ifodalaydi. Tashqi magnit maydoni taʼsirida bu elektronlar magnit momentining yoʻnalishi maydon yoʻnalishi bilan bir xil boʻladi.
Atom yadrosi ham xususiy magnit momentiga ega. Yadro magnit momenti elektron magnit momentidan taxminan 1000-marta kichik. Atom yadrosining paramag-nit qabulchanligi elektron qabulchanligidan taxminan 106-marta kichik. Paramagnit modda kuchsiz tashqi magnit maydoni taʼsirida juda kucheiz, lekin juda past (mutlaq nol gradusga yaqin) temperaturalarda, shuningdek, oʻta yuqori tashqi magnit maydoni (>105 E) taʼsirida kuchli magnitlanadi. Kucheiz maydonga paramagnit moddaning mag-nitlanganligi j maydon kuchlanganligi oʻsishi bilan quyidagi qonun boʻyicha oʻsadi: j=%ff, bunda paramagnit qabulchanligi x~ Yu~5 dan 10~3 gacha qiymatlarni oladi. Agar maydon kuchli boʻlsa, paramagnit zarrachalari magnit mo-mentlarining yoʻnalishi tashqi magnit maydoni yoʻnalishidek boʻladi (magnit toʻyinishi roʻy beradi). Oʻzgarmas kuchlanishli maydonda temperatura Tortishi bilan magnit qabulchanlik Kyuri qonuni boʻyicha kamayadi.
Turli moddalarning Paramagnetizmini oʻrganish atom, ion, molekula, yadrolarning magnit momentini, murakkab molekulalarning tuzilishini oʻrganishda, materiallarning strukturasini taxlil qilishda juda muhim.


Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling