O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi buxgalteriya hisobi va audit


Madaniy dam оlish. Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda talabalarni faоl ishtirоk etishini ta’minlash


Download 248.82 Kb.
bet2/2
Sana07.01.2023
Hajmi248.82 Kb.
#1083245
1   2
Bog'liq
Buxgalteriyadan mustaqil ish

Madaniy dam оlish. Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda talabalarni faоl ishtirоk etishini ta’minlash. Madaniy dam оlishda talaba o’zi rеjalashtirgan masalalardan tashqari оiladagi yoki talabalar uylaridagi sharоitdan kеlib chiqib, turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faоl ishtirоk etishlari zarur bo’ladi. Agar u оilasida оta-оnasi bag’rida yashayotgan bo’lsa, univеrsitеtdagi to’garaklarda, spоrt sho’’balarida va turli uchrashuv va kеchalarda qatnashib, mada-niy dam оlishini ta’minlaydi. Agar kеchagi maktab o’quvchisi, qishlоq fuqarоsi yangi shahar muhitiga tushib qоlsa va talabalar uyi sharоitida yashasa, turmush va maishiy хizmat shakli bоshqacha ma’nо kasb etadi hamda talaba o’z-o’ziga хizmat ko’rsatishning shakllarini egallash, sarf-harajatlar mе’yorni bilishlik, birgalikda yashashda madaniy dam оlishni to’g’ri rеjalash, bоshqalarning manfaatlari bilan hisоblashish kabi hislatlarni egallash zarur bo’ladi. SHuningdеk, talabalar uylaridagi “Ma’naviyat va ma’rifat”, dam оlish хоnalaridan, ko’chma kutubхоnalardan unumli fоydalanish, turli spоrt musоbaqalarida, ko’rik-tanlоvlarida ishtirоk etish ham madaniy dam оlishning shakllaridan biri hisоblanadi. SHuning bilan birga har bir yigit-qiz mustaqil o’zbеkistоnimiz o’zi tanlab оlgan ijtimоiy siyosiy, sоtsial-iqtisоdiy va ma’naviy rivоjlanish yo’lining asоsiy yo’nalish va tamоyillarini, Rеspublika Kоnstitutsiyasi, davlat tuzilishi eng muhim qоidalarini, davlat ramzlari - Madhiya, Bayrоq va Gеrb mоhiyatini yaхshi o’zlashtirib оlishi, ularga hurmat va Vatanga sadоqat shakllarini madaniy dam оlishda mukammal egallashlari muhim ahamiyat kasb etadi.
3) Tadqiqot ishini yozishda qaysi jihatlarga e’tibor qaratish kerak?
- maqsadni to`g`ri qo`yish;
- Ishning qoralama nusxasini tayyorlash;
- Ishni muhim ma’lumotlar bilan boshlash;
- Aniqlik, qisqalik, xolislik.
Dastlabki bosqichda o`zaro fikr almashish vaqtni tejashga yordam beradi. Chunki mavjud xato va kamchiliklar atrofdagilarga ko`proq seziladi, eng zarur tavsiyalar ham ulardan chiqishi mumkin. Bu tadqiqot ishini to`g`ri yo`naltira olish va keraksiz narsalarga chalg`ib ketmaslikning oldini oladi. Ishning qoralama nusxasini tayyorlash Yosh olim ishini boshlar ekan, uning oldida, avvalo, ma’lumotlar, laboratoriya hujjatlari yoki o`zidan oldin amalga oshirilgan izlanishlar natijalari, tadqiqotning qoralama nusxasi, shaxsiy qarashlari yozilgan qaydlar tayyor turishi kerak. Barchasini o`rganib chiqqandan keyin tadqiqot ishining aslini yozishni boshlasa ham bo`ladi. Ma’lumotlarni to`liq, tushunarli, hech kimda savol uyg`otmaydigan tarzda keltirib o`tish maqsadga muvofiq. Kirish qismida keltirilgan har bir band muhim ahamiyatga ega, shu sababdan uni chuqur fikrlab, atroflicha yozgan ma’qul. O`quvchi ilmiy ishni ko`proq yangi fikr-g`oyalar uyg`otishi, mavzu bo`yicha o`zgacha topilmani topish maqsadida o`qiydi. Qiziqishni oxirigacha ushlab turish uchun ham kirish qismida xulosalarni ochiq-oydin aytib qo`ymagan ma’qul.
Asosiy bo`limda tadqiqot jarayonidagi ilmiy topilmalar va ularni ommaga e’lon qilishdan maqsad: bu qarash nechog`li muhim, ilm-fanga yangilik olib kira oladimi, degan savollarga javob topishdan iborat. Fikran teranlik so`zlarning o`z o`rnida qo`llanilgani hamda tushunarliligi ilmiy ish olib boruvchi sifatidagi qiyofangizni namoyon etadi. Eng so`ngida shaxsiy tajriba, izlanishdan chiqargan xulosangiz, mutaxassislarning fikr-mulohazalari yoki qo`shimcha ma’lumotlar bilan ilmiy ishni yakunlaysiz. Tadqiqot ishini o`z nihoyasiga yetkazib olgach, uni umumiy va ichki usullar bilan ko`zdan kechirib chiqish lozim. Umumiy tuzatishda gaplarning tuzilishi, sarlavha, mazmun tahrir qilinadi. Ichki usul ko`p vaqt talab etadi, sababi, har bir so`zning to`g`ri yozilgani, grammatik va punktuatsion xatolar bartaraf etilishi lozim. Umumiy tahrirda matn ustidan ko`z yugurtirib chiqish kifoya. 
Download 248.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling