O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi buxoro Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Ekologiya ta’lim yo‘nalishi Hotamova Sarvinoz Sunnatovna Mavzu: “Iqlim o’garishi”
Bitiruv malakaviy ishning dolzarbligi
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
iqlim ozgarishi
Bitiruv malakaviy ishning dolzarbligi. Atmosferada uzoq vaqtdan beri
asosiy gazlarning nisbatan doimiy miqdorlari mavjud bo’lib, so’nggi yillarda inson ta’sirining kuchayishi natijasida gazlar balansining o’zgarishi kuzatilmoqda. Atmosferadagi azot va kislorodning miqdori juda katta bo’lishiga qaramasdan salbiy ta’sir tobora kuchayib bormoqda. Kislorodning asosiy manbai bo’lgan o’rmonlarning maydoni tezlik bilan qisqarmoqda, okeanning neft maxsulotlari bilan ifloslanishi fitoplankton (suv yuzasida suzib yuradigan mikroskopik o’simliklar) faoliyatiga ta’sir ko’rsatmoqda. Qazilma yoqilg’ilardan foydalanish 6
jarayonida o’nlab milliard tonna kislorod sarf bo’lmoqda. Bu jarayonlar kelajakda kislorod balansining o’zgarishiga olib kelishi mumkin. Keyingi 150-250 yil ichida yerdan foydalanishdagi o’zgarishlar tufayli biomassa va tuproq uglerodi miqdori sezilarli darajada qisqardi, demak, yer ekotizimida uglerod zahirasi ham kamaydi. Natijada atmosferaga katta miqdorda C0 2
qisqarmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlarda katta miqdordagi mollarning boqilishi sababli yaylovlar degradatsiyasi kelib chiqmoqda. Bu nafaqat mahalliy, balki global iqlim jarayonlariga salbiy ta’sir o’tkazmoqda. Ko’plab hududlarda cho’llanish jarayoni sodir bo’lmoqda. Havo harorati 0,8-1 0 S ga oshgan. Global isish bunday keyin ham ekstremal ob-havo hodisalari, ya’ni, qurg’oqchiliklar va yozning yuqori haroratli davrlari sonining ortishiga, suv resurslarining vujudga kelish rejimida o’zgarishga imkon tug’diradi va bu mamlakatda qo’shimcha salbiy oqibatlarga olib kelish mumkin. Haroratning ortishi natijasida quruq subtropik va mo’’tadil iqlim mintaqalari o’rtasidagi chegara 150-200 km shimolga, balandlik iqlim zonalari 150-200 m yuqoriga suriladi. Sovuqsiz kunlar 8-15 kunga ortadi. CO 2 miqdorining ortishi ko’pchilik qishloq xo’jalik ekinlarining o’sishi va mahsuldorligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, hosildorlik ortishi mumkin. Ammo iqlimning o’zgarishi tufayli yuqori haroratli kunlarning ortishi va namlik yetishmasligi sharoitlarida hosilni yo’qotish sabzovot ekinlarida 10-50%, paxtada 9-15%, sholida 10-20%, poliz ekinlarida 10- 30%ni tashkil qilishi mumkin. Iqlimning kutilayotgan o’zgarishi Orol va Orolbo’yida qo’shimcha salbiy oqibatlar: bug’lanishning ortishi, tuz ko’chishining faollashuvi, sizot suv zaxiralarining kamayishi, namli landshaftlarning qisqarishi, oqmas ko’llar minerallashuvining ortishi, suv xavzalari botqoqlashuvining tezlashishiga olib keladi. Amudaryo va Sirdaryo oqimining kamayishi kutilmoqda. Bu Orol tangligining yanada kuchayishiga ishora qiladi. Shunday ekan ushbu bitiruv ishining mavzusi ham dolzarb hisoblanadi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling