O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi chirchiq davlat pedagogika universiteti talabalar turar joyi тўҒрисида nizom chirchiq – 2022 tasdiqlayman


VI. TALABALAR TURAR JOYI BOSHQARUVI RAISI (MUDIR)NING VAZIFALARI


Download 29.24 Kb.
bet4/7
Sana22.03.2023
Hajmi29.24 Kb.
#1286515
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ТТЖ НИЗОМ-2022 (2)

VI. TALABALAR TURAR JOYI BOSHQARUVI RAISI (MUDIR)NING VAZIFALARI


1. Boshqaruv raisi (mudir) – Talabalar turar joyi faoliyatini tashkil etishning barcha yo'nalishlari bo'yicha umumiy rahbarlikni olib boradi.
2. Boshqaruv raisi (mudir) lavozimiga tayinlanadigan shaxs tajribali bo'lishi shart.
Uning vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Talabalar turar joyining faoliyatini tashkil etish dasturi va rejasini ishlab chiqadi;

  • joriy yilda olib borgan faoliyati bo'yicha har yarim yilda universitet Ilmiy kengashiga hisobot beradi;

  • Talabalar turar joyi boshqaruvidagi lavozimlarga shtat birliklari asosida xodimlar va ishchilarni tanlaydi, ishga qabul qilish va ishdan ozod etish bo'yicha o'z tavsiyalarini rahbariyatga rasmiylashtirish uchun taqdim etadi;

  • talabalarni xonalarga joylashtiradi;

  • sanitariya me'yorlarining bajarilishini ta'minlaydi;

  • o'rinlarni talabalarning jinsi, fakultetlar bo'yicha taqsimotini belgilaydi, ular haqidagi umumiy ma'lumotlar banki, axborotlar, statistik jadvallarni tayyorlaydi, ushbu ma'lumotlar bilan universitet rahbarlarini doimo xabardor etib turadi;

  • Talabalar turar joyining moddiy-texnik ta'minotini tahlil etadi, ehtiyoj va talablar asosida zarur materiallar, jihozlar uchun buyurtmalar beradi;

  • Talabalarning yashashi, dars tayyorlashi va dam olishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi;

  • pasport tizimi, Talabalar turar joyiga kirib-chiqish qoidalarining qat'iy bajarilishini ta'minlaydi;

  • pedagog-tarbiyachilar faoliyatini tashkil etadi;

  • doimiy navbatchilikning uzluksizligini ta'minlaydi;

  • haftalik yig'ilishlar, tadbirlarda ishtirok etadi, Talabalar turar joyiga tegishli bo'lgan masalalar bo'yicha huquq-tartibot organlari, tashkilotlar, muassasalar bilan hamkorlikda ish olib boradi;

  • nazoratchilar guruhi faoliyatini tashkillashtiradi hamda Mahalla posbonlari bilan hamkorlikda ishlashni ta'minlaydi;

  • talabalar bo'sh vaqtini foydali mehnat bilan to'ldirishni amalga oshiradi.




Download 29.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling