O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta talim vazirligi jizzax davlat pedagogika insitituti tabiiy fanlar fakulteti


Download 344.78 Kb.
bet11/12
Sana21.02.2023
Hajmi344.78 Kb.
#1218576
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
O\'G\'ILOY kurs ishi

6 - rasm. Siklsiz fotosintetik fosforlanishning sxemasi
Bunda ikki fotoximiyaviy tizimning o’zaro ta’siri natijasida molekulyar kislorod ajralib chiqadi va ATF.NADF . N2 hosil bo’ladi. Yorug’lik energiyasi ta’siridan ikkinchi fotosintetik tizimda ham reaksiya boshlanadi va suvning fotolizi ro’y beradi. Bu yerda qo’zg’algan xlorofilldan ajralib chiqqan elektron yana shu xlorofill molekulasiga qaytmaydi. Musbat zaryadlangan xlorofill molekulasi o’zining avvalgi tinch holatiga qaytish uchun elektronni suvning fotolizi natijasida hosil bo’lgan gidroksil gruppadan oladi. Xlorofill molekulasdan ajralib chiqqan elektron esa dastlabki ferment sitoxrom Q ga, keyinchalik plastoxinonga, undan - sitoxrom b ga o’tadi. Shu oraliqda elektron energiyasi hisobiga bir molekula ATF sintez bo’ladi. Sitoxrom b3 dan elektron plastosianinga o’tkaziladi. Plastosianindan chiqqan elektron birinchi fotosintetik tizimning reaksion markazini tashkil etuvchi pigment P700 ni qaytaradi. Ya’ni bu pigmentlar elektron uchun akseptorlik vazifasini bajaradi. Chunki yorug’lik energiyasi ta’siridan qo’zg’algan fotosintetik tizimning reaksion markazidagi xlorofill " a " ning elektroni plastosianin va boshqa fermentlar orqali ferredoksinga o’tkaziladi. Bu jarayonda ham bir molekula ATF sintezlanadi va NADF.N2 hosil bo’ladi.
Umuman yorug’likda fosforlanish mexanizmi murakkab xarakterga ega bo’lib, uning muhim xususiyatlaridan biri elektronlarning ko’chishida ishtirok etadigan oraliq moddalardir. Bu moddalardan plastoxinon, plastosianin, sitoxromlar va ferredoksinning xususiyatlari ancha yaxshi o’rganilgan. Lekin elektronlar harakati zonlarida hali aniqlanmagan moddalar ham bor.
Xlorella bilan o’tkazilgan tajribalarning natijasi ko’rsatashicha yorug’likda fosforlanish jarayonida hosil bo’lgan umumiy ATF miqdorining 70-80% siklik va 20% siklsiz fotosintetik fosforlanishning mahsuloti ekan. Lekin yashil o’simliklarda bu nisbat boshqacha ham bo’lishi mumkin.

XULOSA
Tabiatdagi barcha tirik organizmlarning hayotiy jarayonlari dinamik ravishda energiya bilan ta’minlanishga asoslangan. Bu energiyaning yagona manbasi kuyosh energiyasi bo’lib, organizmlar uni to’g’ridan–to’g’ri emas, balki erkin kimyoviy xolidagina o’zlashtirish qobilyatiga egalar. Yashil o’simliklar tanasida quyosh nuri ta’sirida anorganik moddalardan (СО2 ва Н2О) organik moddalarning hosil bo’lishiga fotosintez deyiladi. Fotosintez jarayonini quydagi sxematik tenglama bilan ifodalash mumkin:
6СО2+ 12 Н2 О yorug’lik С6 Н12 О6+ 6Н2 О + 6О2
xlorofil
Yashil o’simliklarning bargi eng muhim organlardan biri bo’lib, unda fotosintez jarayoni sodir bo’ladi. Uning hujayraviy tuzilishi transpiratsiya, nafas olish va asosan fotosintezga moslashib tuzilgan. Ustki po’st ostida joylashgan qavat tayoqchalarga o’xshash, cho’zinchok bir-biriga zich joylashgan hujayralardan tashkil topgan. Bu hujayralarga xloroplastlar soni ko’p. Ular organik moddalarning sintez qiluvchi asosiy qavat hisoblanadi. Barglarda fotosintez to’xtovsiz davom etishi uchun ular suv bilan ta’minlangan bo’lishlari kerak. Bunda og’izchalar ochiqligi katta ahamiyatga ega.
Fotosintez jarayoni asosan barglarda va qisman yosh novdalarda sodir bo’lishining sababi, ularda xloroplastlarning borligidir. O’simliklarning fotosintetik tizimi xloroplastlarda mujassamlashgan. Xloroplastlar barcha tirik organizmlar uchun kimyoviy energiya manbai–organik moddalarni tayyorlaydi. Bargning xar bir hujayrasida o’rtacha 20-50 tagacha va ayrimlarida undan ko’proq xloroplastlar bor.
Xloroplastlar tarkibida suv ko’p, o’rtacha 75% tashkil etadi qolganlari quruq moddadan iborat. Umumiy quruq moddalar hisobida oqsillar 35-55%, lipidlar 20-30%, qolganini mineral moddalar va nuklein kislotalar tashkil etadi.
Yorug’lik energiyasi. Yorug’lik energiyasi elektromagnit tebranish xarakterga ega. U faqat kvantlar yoki fotonlar xolida ajraladi va tarqaladi. Har bir kvant yorug’lik ma’lum darajada energiya manbasiga ega. Har bir pigment jumladan xlorofill molekulasi bir kvant yorug’lik energiyasini yutish qobilyatiga ega. Pigmentlarning bir molekulasi birdaniga ikki kvant monoxromatin yorug’likni yuta olmaydi. Energiyaning samaradorligi, yutilgan kvant yorug’lik nuri hisobiga fotosintez jarayonida ajralib chiqqan O2 yoki o’zlishtirilgan CO2 ning miqdori bilan belgilanadi.
Yorug’lik energiyasi. Yorug’lik energiyasi elektromagnit tebranish xarakterga ega. U faqat kvantlar yoki fotonlar xolida ajraladi va tarqaladi. Har bir kvant yorug’lik ma’lum darajada energiya manbasiga ega. Har bir pigment jumladan xlorofill molekulasi bir kvant yorug’lik energiyasini yutish qobilyatiga ega. Pigmentlarning bir molekulasi birdaniga ikki kvant monoxromatin yorug’likni yuta olmaydi. Energiyaning samaradorligi, yutilgan kvant yorug’lik nuri hisobiga fotosintez jarayonida ajralib chiqqan O2 yoki o’zlishtirilgan CO2 ning miqdori bilan belgilanadi.
Fotosintezda karbonat angidridning o’zlashtirilishi. Fotosintezning ikkinchi bosqichi-qorong’ulik bosqichi deyiladi. Chunki bu bosqichda boradigan reaktsiyalar yorug’lik talab qilmaydi va СО2 ning o’zlashtirilishi bilan xarakterlanadi. Yorug’lik bosqichining asosiy maxsuloti bo’lgan ATF va NADFN2 lar karbonat angidridning o’zlashtirilib uglevodlar hosil bo’lishida ishtirok etadi. Karbonat angidridning o’zlashtirilishi ham oddiy jarayon emas. U juda ko’p bioximik reaktsiyalarni o’z ichiga oladi. Bu reaktsiyalarning xarakterlari to’grisida batafsil ma’lumotlar bioximiyaning yangi usullarini qo’llash natijasidagina olinadi.Xozirgi paytda CO2 ni o’zlashtirishning bir necha yo’li aniqlangan: С3-yo’li (Kalvin sikli); С4-yo’li (Xetch va Slek sikli); Fotosintezning SAM-yo’li.


Download 344.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling