O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti texnologiya ta'lim metodikasi fanidan mustaqil
Download 158.23 Kb.
|
TT 304-guruh UMIROVA DILNAVOZ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Guruh: TT 304-GURUH SIRTQI 2023yil
- T\r О‘quv fanlari Sinflar
- haftalik umumiy soat Jami yillik soat lar
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI TEXNOLOGIYA TA'LIM METODIKASI FANIDAN MUSTAQIL ISH Mavzu: Texnologiya faniga oid rejalashtiruvchi hujjatlar Tayyorladi: UMIROVA DILNAVOZ Tekshirdi : Guruh: TT 304-GURUH SIRTQI 2023yil MAVZU :TEXNOLOGIYA FANIGA OID REJALASHTIRUVCHI HUJJATLAR VA ULARNING MAZMUNIGA VA ULARGA QO’YILGAN TALABLAR REJA: 1.TEXNOLOGIYA FANI MILLIY O‘QUV DASTURI 2.UMUMIY O‘RTA TA’LIMNING- MILLIY O‘QUV DASTURI 3.RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI- TA’LIM DASTURLARI UZVIYLIGI VA UZLUKSIZLIGINI TA’MINLASH BOSQICHLARI
Texnologiya fanini o’qitishda rejalashtiruvchi hujjatlar. О‘quv rejasi О‘quv dasturi Taqvimiy mavzuli reja O’quv ustaxonasida bajariladigan ishlar ro’yxati
Fanlarning o’zaro bog’lanish jadvali Dars rejasi va konspekti О‘quv rejasi Mehnat ta’limi va kasb tanlashga yо‘llashni tashkil etish о‘quv reja asosida olib boriladi. О‘quv rejasi - davlat hujjatidir. Har bir sinfda о‘tiladigan fanlar, haftada necha soatdan va о‘quv yili davomida jami shu sinfda necha soat dars о‘tilishi kerak ekanligi kо‘rsatuvchi hujjat bо‘lib, xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. О‘zbekiston Respublikasi umumiy о‘rta ta’lim maktablarining о‘quv rejasi О‘quv dasturi. Har bir fan bо‘yicha alohida-alohida mavjud bо‘lib, mehnat ta’limi bо‘yicha о‘quv dasturi boshqa fanlar dasturidan farq qiladi. Mehnat ta’limi bо‘yicha о‘quv dasturi har bir sinfda ushbu fan bо‘yicha о‘quvchilarni qanday bilim va malakalar bilan qurollantirish kerak ekanligi, bu malakalar bilan qurollantirish uchun qanday ish obyektlari tanlash mumkinligi, ularni bajarishda ishlatiladigan asbob-uskunalar, texnik-texnologik ma’lumotlar hajmi va izchilligi, ularni qanday bо‘limlarga ajratib о‘rganish kerakligi, shuningdek, har bir bо‘limni о‘rganish uchun ajratilgan soatlar meyori kо‘rsatilgan bо‘lib, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan bо‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4884-sonli qaroriga ko‘ra maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, profеssional va oliy ta’lim o‘quv dasturlari va fanlarning uzluksizligini hamda uzviyligini ta’minlash. Umumiy o‘rta ta’limning Texnologik ta‘lim konsepsiyasi DTS, O‘quv dastur Darslik, ish daftari Fanini o‘qitish metodologiyasi O‘quv topshiriqlar Baholash Sinflar kesimida kompetensiyalar asosida qo‘yiladigan talablar ishlab chiqildi Fanlararo Konsepsiya ishlab chiqildi Tayanch kompetensiyalar takomillashtirildi Blok modul kompetensiyasi yaratildi DTSda о‘quvchi faoliyati natijalariga qо‘yiladigan talablar ishlab chiqildi 187-sonli qarorga asosan DTS darajalarga moslashtirilganligi sababli amaliy fanlar yo‘nalishiga mos kelmas edi Talablar speralsimonlikka yo‘naltirildi. Xalqaro baholash va XXI asr kо‘nikmalari singdirildi Taqvimiy mavzuli rejani tuzish. О‘quv rejasi va о‘quv dasturi asosida har bir maktab о‘qituvchisi tomonidan mahalliy shart-sharoitlarni hisobga olgan holda taqvimiy mavzuli reja ishlab chiqiladi va maktab metodik birlashmasi, pedagogik kengashi muhokamasi orqali maktab direktori tomonidan tasdiqlanadi. Taqvimiy mavzuli rejada har bir bо‘limini qanday mavzularga ajratilab, ular qanday ketma-ketlikda, necha soatdan va о‘quv yilining qaysi qismlarida о‘qitilishi belgilab olinadi. Bu mavzular о‘qitishning qaysi shakl, metod yordamida о‘rgatilishi, har bir mavzuni о‘qitishda qaysi ishni bajarish, buning uchun qanday asbob-uskunalar, xom ashyo, texnik–texnologik hujjatlar zarurligi, shuningdek, о‘qitishning texnikaviy vositalari, adabiyot va metodik qо‘llanmalarning qaysilari zarur bо‘lishini oldindan kо‘rsatuvchi hujjat bо‘lib, har bir sinf uchun yarim yoki bir yilga mо‘ljallab tuziladi. Buyum va mahsulot turlarini, ularni tayyorlash va ishlov berish usullarini bilish, texnologik loyihalash hamda amalga oshirish kompetensiyasi Psixomotor, funksional, hamda amaliy faoliyat turlarini bajarishdagi operasion kompetensiya To‘g‘ri va ongli kasb tanlash, ijtimoiy munosabatlarga kirisha olish kompetensiyasi Estetik madaniyat va ijodkorlik kompetensiyasi O‘z-o‘zini rivojlantirish va asrash kompetensiyasi Amaliy faoliyatni rivojlantirish kompetensiyasi Amaldagi o‘quv dastur kompetensiyalari Milliy o‘quv dastur kompetensiyalari Texnologiya faniga oid rejalashtiruvchi xujjatlar. Texnologiya ta’limini rejalashtirish vaqtida quyidagi hujjatlar tuzib chiqiladi: Texnologiya bo‘yicha yarim yilga, istiqbolga mo‘ljallangan kalendar mavzu rejasi. Har bir mehnat turi bo‘yicha yarim yilga yoki bir yilga mo‘ljallab tuzilgan o‘quv ishlab chiqarish ishlarining ro‘yxati. Tabiiy-ilmiy turkumdagi fanlarning yig‘ma mavzu rejasi: unda fanlararo bog‘lanishlar aks etishi lozim (yarim yilga mo‘ljallab tuziladi). Ana shu mavzu yuzasidan batafsil konspektga ega bo‘lgan dars rejasi Rejalashtirishning maqsadi va vazifalari. Rejalashtirishning maqsad va vazifalari “Texnologiya ta’limini” rejalashtirish o‘quv jarayonini aniq tashkil etishdan iborat bo‘lib, u didaktika tamoyillariga va o‘quvchilarning mehnat tayyorgarligi dasturi talablariga to‘la-to‘kis javob bera oladigan bolishi kerak. texnologiya ta’limi boshqa umumiy ta’lim fanlaridan farq qilib, ta’limni tashkil etishda o‘ziga xos xususiyatga egadir. Shuning uchun u rejalashtirishga yanada ham ko‘proq e’tibor berishni talab qiladiki, busiz ta’lim-tarbiya ishida yaxshi natijalarga erishib bo‘lmaydi. Texnologiya ta’limini rejalashtirishning maqsadi o‘quv jarayonini aniq tashkil etishdan iborat bo‘lib, u didaktika printsiplariga to‘la to‘kis mos keladigan bo’lishi kerak. Fan: Texnologiya Mavzu: Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi: Gazlamaning o‘ng va teskari tomonlarini , bo‘ylama va ko ‘ndalang iplarini aniqlash, gazlamaning xossalarini o ‘rganish Ta’limiy maqsad: Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi haqidagi bilimlarni o ‘quvchilarga qulay va sodda usulda bosqichli qilib tushuntirish Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarga gazlamalardan tayyorlangan kiyimlar va uy-rozg’or buymlarining ahamiyatini tushuntirib, gazlamalarning o‘ng va teskari tomonlarini , bo‘ylama va ko ‘ndalang iplarini aniqlashda , gazlamalarning xossalarini o‘rganish bo‘yicha tasavvurlarini , bilimlarini boyitish ,dars jarayonida o‘quvchilarda estetik tarbiyalarni shakllantirish. Rivojlantiruvchi maqsad; Dars davomida o ‘quvchilarda mavzu asosida BKMlarni hosil qilish Dars turi: ochiq dars , no ‘annanaviy dars Darsda qo ‘llaniladigan metodlar: ‘’Klaster’’ , ‘’ Tushunchalar tahlili r’’, ‘’O`yin’’ , ‘’ Qiziqarli rebus’’ Darsning jihozi: AKT , slayd ,darslik, gazlamalardan namunalar, tikuvchilikka oid ish qurollari, lupa. Laboratoriya ishi uchun jihozlar Darsning shiori: Mehnat tagi rohat. Darsda o ‘quvchilarga singdiriladigan kompetensiyalar; Milliy va umummadaniy, kommunikativ, o ‘z- o ‘zini rivojlantiruvchi, matematik savodxonliklarini oshiruvchi. DARSNING BORISHI. Tashkily qism: Salomlashish va davomat. O ‘qituvchi; Aziz o ‘quvchilar darsni boshlashdan oldin kelinglar bir-birimizning qo ‘limizdan tutaylik va bir-birimizga yaxshi tilaklar bildiraylik. Masalan men senga salomatlik tilayman va h.k. Mana bir-birimizga yaxshi tilaklar bildirdik Endi darsimizni mana shunday yaxshi kayfiyatda boshlasak ham bo ‘ladi. YANGI MAVZU BAYONI Bizga o ‘tgan darsdan malumki har qanday gazlamalar ikkita ipdan to ‘qiladi Bular bo ‘ylama va ko ‘ndalang iplar Bo ‘ylama iplar tanda ip , ko ‘ndalang ip arqoq ip deyiladi. Bugungi darsimizda gazlamalarning bo ‘ylama va ko ‘ndalang iplarini ,ularning o ‘ng va teskarisini aniqlashni o ‘rganamiz Jumladan gazlamalardagi bo ‘ylama va ko ‘ndalang iplarning yo ‘nalishini gazlamaning milkidan ya’ni gazlamaning ikki chetidagi lentasidan , bo ‘ylama va ko ‘ndalang iplarning cho ‘zilishidan ,tez tortish natijasida chigargan tovushidan ,bo ‘ylama va ko ‘ndalang iplarning ko ‘rinishidan bilish mumkin. Bu jarayonni amalda bajarib ko ‘ramiz. Ishning borishi 1.Gazlama cho‘zib ko ‘riladi, uning qaysi tomonga ko ‘proq cho ‘zilishi aniqlanadi 2. Gazlama parchasini tez-tez tortib ko ‘rib ,qaysi vaqtda jarangli qaysi vaqtda jarangsiz ovoz chiqarilishi aniqlanadi. 3.Gazlama parchasiga lupa orqali qarab, bo ‘ylama va ko ‘ndalang iplar ko ‘rinishi aniqlanadi.Bunda gazlamalarning bo ‘ylama ipi ingichkaroq va silliq , ko ‘ndalang ipi esa yo ‘g’onroq va tukliroq ekanligini ko ‘rishimiz mumkin.
4 Olingan natijalarni berilgan jadvalga qayd qilib boramiz.
Agar gazlamaning ikki tarafi ham bir xil bo ‘lsa gazlama o ‘ngi qanday aniqlanadi?( javob; gazlamaning milkidan yani milkning chap tarafida tugunchalar ko ‘proq bo ‘ladi ) Gazlama gullari mik tomonda joylashgan bo ‘lsa bu gazlamadan qanday kiyim tikish mumkin ?( kofta- yubka va to ‘gri bichimli ko ‘ylak) . Darsimizda tabiiy va kimyoviy tolali gazlamalarning xosslarini laboratoriya usulida o;rganib chiqamiz Ishni bajarish tartibi. 1.Paxta tolali gazlama parchasi yoqib ko ‘rsatiladi. Bunday tolali gazlamalar lovullab yonib o ‘zidan oq tutun chiqarishini korishimiz mumkin. 2.Kimyoviy tolali gazlama parchasi yoqib ko ‘rsatiladi Bunday tolali gazlamalar ko ‘mirga o ‘xshab yonishini va undan go ‘lak hosil bo ‘lganini ko ‘rishimiz mumkin Endi gazlamalarning o ‘ng va teskari tomonlarini aniqlashni o ‘rganamiz va olingan natijalarni jadvalga qayd qilib boramiz. Gazlamalarning o ‘ngi va teskarisi gulining bosilishiga , silliqligiga ,tuki va tozaligiga yoki gullar yo;nalishiga qarab aniqlanadi. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun quyidagi savollar beriladi. 1.Gazlama nechta ipdan to ‘qiladi va ularning nomlari ? 2.Agar gazlama bir xil ranggli bo ‘lsa uning o ‘ng va teskarisi qanday aniqlanadi? 3.Gazlamadagi qaysi ip ko ‘proq cho ‘ziladi va bu ipning nomi ? 4. Zig’ir tolali gazlamalarda iplar qanday ko ‘rinishda bo;ladi? Mana aziz o ‘quvchilar bugungi darsimizda siz gazlamalarga oid bo ‘lgan bir qancha bilimlarga ega bo ‘ldingiz . Darsimizning keyingi bosqichiga o ‘tamiz Biz o ‘tgan darsda paxta va zig’ir tolasi haqida ma’lumotga ega bo ‘lgan edik. Shuningdek gazlamaning oddiy to ‘qilishi polotno to ‘qish usulini rangli qog’oz orqali o ‘rganib uy vazifasiga kartonga tayyorlanadigan polotnoni tayyorlab kelish edi. O ‘qituvchi parta oralab o ‘quvchilarning uy vazifasini ko ‘rib chiqadi va o ‘quvchilar ishi rag’banlantiriladi,baholanadi. S) O ‘tilgan mavzu; ‘’Tabiiy tolalarning olinishi va ularning xusiyatlarini o ‘rganish, sarja (polotno ) to ‘qish ‘’ mavzusi o ‘qituvchi tomonidan berilgan bir nechta savollar asosida mustahkamlanadi 1.Biz o ‘tgan darsda qanday tolalar haqida ma’lumotga ega bo ‘lgan edik? 2.Gazlamalarning inson hayotidagi o ‘rni haqida ayting? 3.Paxta tolali gazlamalarning xususiyati haqida ma’lumot bering? 4. Ip turlari haqida ma’lumot bering? Aziz o ‘quvchilar ! o ‘tgan haftadagi mavzuni va yangi mavzuni qay darajada o ‘zlashtirilganingizni quyidagi topshiriqlarni bajarish orqali aniqlab olamiz va buning uchun sinfni ikki guruhga bo ‘lib olamiz. Guruhingizga texnologiya faniga oid so ‘zlar bilan nomlashingiz mumkin.Masalan ‘’Paxtaoy’’, ‘’To ‘quvchi’’ va h.k Ekranda metodlar tartibi ko ‘rsatiladi va tushuntiriladi. ‘’Klaster ‘’ metodi gazlamalar turlarini yozish ‘’ Tushunchalar tahlilir’’metodi 4 ta ustunchaga o ‘tilgan mavzularga oid so ‘zlarni yozish. 1-chi o ‘quvchi 2-chi o ‘quvchi 3-chi o ‘quvchi 4-chi o ‘quvchi 3‘’O`yin’’ metodi-------2ta o ‘quvchi doskaga chiqariladi .Bunda xaridor parta ustidagi gazlama nomini ,narxini sotuvchidan so ‘raydi va1m 80sm xarid qilishini aytadi. Sotuvchi; bu gazlama chit ekanligini va1metri 6800 so ‘m deydi Savol ; Xaridor sotuvchiga15000 so ‘m bersa sotuvchi xaridorga necha so ‘m qaytarishi kerak ? 4‘’Rebusni yechamiz ‘’ metodida guruhlarga RASMLI REBUS yoki REBUSNI rasmlarda izohlab berishlari kerak. bo ‘ladi. Masalan ‘’PAXTA’’ so ‘zidagi harflarga mos rasmlar chiziladi. 1.Piyola 2.Anor 3.Xat yoki xo ‘roz 4. Telefon 5.Ayiq yoki asalari O ‘qituvchi dars davomida har bir topshiriqning o ‘quvchilar tomonidan qay darajada bajarib borilayotganin ragbat va jarima kartochkalari bilan izohlab boradi. Mana maktabimizda rus tili fan oyligi o ‘tmoqda. Shu jumladan hozir doskaga ikkala guruhdan qur’a tashlash usulidan foydalanamiz va ikkitadan o ‘quvchi chiqib, rus tilida texnologiyaga oid bo ‘lgan so ‘zlardan 4 tadan yozishlari kerak. Qaysi guruh ishtirikchilari 1-chi bo ‘lib topshiriqni bajarsa yana 1 ta rag‘bat kartochkasiga ega bo ‘ladi. Dars yakunida guruhlarning ballari hisoblanadi va g’olib guruh e’lon qilinadi. G’olib guruh o ‘quvchilariga ‘’5’’ ikkinchi guruh o ‘quvchilariga ‘’4’’ bahoni kundaliklariga qo ‘yib beradi. Download 158.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling