O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа tа’lim vаzirligi nizоmiy nоmidаgi tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgik univеrsitеti
Chijevskiy, N. Kondratev, P. Sorokin, I.Shumpeter
Download 282.12 Kb. Pdf ko'rish
|
Kitob 2051 uzsmart.uz
Chijevskiy, N. Kondratev, P. Sorokin, I.Shumpeter, nomlari bilan bog’liq.
A.L.Chiteskiy 1924-yil “Tarixiy jarayonning fizik omillari” tadqiqotida tarixiy voqealarning dinamikasidagi sikliklik quyosh faolligi tebranishlari ta’siri ostida asoslab berdi. N.D.Kondratev konyukturani katta sikllarini nazariyasini keng holda bayon qilib kapitalistik xo`jalikning dinamikasini to`lqinsimon holatini tavsifladi. Iqtisodiy konyukturaning uzoq muddatli tebranishlari. Siklik dinamikani qonuniyatlarini bilish u yoki bu mamlakatning xo`jaligini o`sishi yoki tushkunligini umumiy an’analarini narxlar harakati an’analari, xo`jalikni tashkiliy tuzilishdagi o`zgarishlarni xalqaro murakkablashishini oldindan ko`rish va tushkunliklarini yanada asosli bashorat qilishga imkon beradi. Sikllar nazariyasiga ijtimoiy-iqtisodiy bashoratni ishonchli quroli sifatida qaraldi. N.D. Kondratyevning asosiy g’oyalari amerikalik taniqli iqtisodchi Yozef Shumpeterning 1939-yilda chop etilgan “Iqtisodiy sikllar” nomli ikki jildli asarida statistik asoslanib, rivojlantirildi. Iqtisodiy dinamikadagi o`rta muddatli va uzoq muddatli (Kondratyevning) to`lqinsimon tebranishlarini rivojlanishdagi o`zaro bog’liqlikni ochib berib, Shumpeter tebranishlar asosini innovatsiyalar to`lqinida ko`rdi, ularning ostida nafaqat ixtirolar, texnik takomillashtirishlarni, balki tarixiy progressning asosiy omillari bo`lgan ehtiyojlar, talablar, modalar, tashkilotlar shakllarini o`zgarishini ko`rdi. P.Sorokinning “Ijtimoiy va madaniy dinamika (1937-1941) fundamental 4 jildli asarida ikki ming yil davomidagi jamiyat siklik dinamikasi fundamental tadqiq qilingan. Sorokin ijtimoiy-madaniy dinamikani eng muhim omili u yoki bu dominant madaniy yuqori tizimni yemirilishi deb hisobladi. U madaniyatni tushkunligini tavsiflab, “Urushlar va inqiloblar yo`qolmaydi, aksincha, XX asrda mislsiz darajaga yetadi, ilgarigidan ko`ra muqarrar va yanada dahshatli bo`ladi; demokratiyalar tushkinlikka uchraydi o`rnini despotiyaga uning barcha ko`rinishlariga bo`shatib beradi; madaniyatning ijodiy kuchlari so`nadi va halok bo`ladi” deb bashorat qildi. Uning fikricha, tushkunlik bir vaqtni o`zida g’arb madaniyati va jamiyatining barcha bosh muassasalarini qamraydi; bu san’at va fan, falsafa va din, huquq va axloq, turmush tarzi va odatlar, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayot shakllari; tushkunlik so`nggi to`rt yuz yilda g’arb madaniyati va jamiyatini asosiy shakllarini yemirilishidadir” Ikkinchi jahon urushidan keyin, tarix falsafasi rivojlanishiga qo`shilgan muhim hissa bu nemis tarixchisi Karl Yaspersning (1883-1969) “Tarixning ibtidosi va uning maqsadi” asarining (1948-y) chop etilish bo`ldi. Tarixiy vaqt hisobini er. avv. III ming yillikdan boshlab, Yaspers zamonaviy insonni, uning ma’naviy dunyosini yaxlitligida shakllangan davr - “Tayanch vaqt” ni ajratdi. Jahon tarixini bu osini er. avv. 500-yillar atrofiga olib borish mumkin, er. avv. 800-yillar bilan er. avv. 200- yillar oralig’ida borgan o`sha ma’naviy jarayonga taqash mumkin. O`sha vaqtda tarixda eng keskin burilish yuz berdi. Hozirgacha mavjud bo`lgan odam tipi paydo bo`ldi. Bu vaqtda biz qisqacha os vaqti deb aytamiz. Os vaqtida keyinchalik aql va shaxs deb ataladigan kashfiyot yuz berdi. (63.C 32-35, 37, 39) ana shu qoidalar asosida Yaspers tarixgacha va tarixni yangi chizmasini va davrlashtirishini ko`rsatdi. Tarix falsafasidagi rivojlanishni yangi davri, uning siklik xususiyatini anglashda 1929-yilda fransuz tarix maktabi “annallari” tashkil etilishi bo`ldi. Bu maktabga Download 282.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling