Mavzu:Umumiy psixologiya fani predmeti, ilmiy tadqiqot metodlari.
1.Psixologiyaning predmeti haqidagi tasavvurlar rivojlanishining asosiy bosqichlari. Psixologiyaning falsafa doirasida rivojlanishi. 2.Jonli va jonsiz tabiatda aks ettirish shakllari. Psixik aks ettirish. 3.Onglilik va ongsizlik.
4.Umumiy psixologiya, ijtimoiy psixologiya, yosh va pedagogik psixologiya, mehnat psixologiyasi psixofiziologiya, zoopsixologiya, muhandislik psixologiyasi, tibbiyot psixologiyasi, harbiy psixologiya, sport psixologiyasi, maxsus psixologiya (oligofreniya, tiflo, surdo), differensial psixologiya, yuridik psixologiya.
5.Introspeksiyaning (lotincha introspectare - ichkariga qarayman, tengdosh) psixologik holatini tadqiq qilishga qodir emasligi.
6.Psixik jarayonlarning shakllanishi va hukm surishini tekshirishning ob’yektiv metodlari.
7.Kuzatish, suhbat, inson faoliyati mahsulini tahlil qilish psixologiyaning metodlari sifatida.
Psiхоlоgiya alохida fan bo`lib, vоqеalikning alохida sохasi bo`lgan psiхik (ruхiy) хayotni o`rganadi.
“Psiхоlоgiya” so`zi yunоncha p s yu х е (ruх, jоn) va lоgоs (ta’limot) dеgan ikki so`zdan оlingan bo`lib, ma’nоsi ruх haqidagi ilm dеmakdir.
Psixologiya fanining predmeti – psixikadir.
Ruhiy jarayonlar,
1.Diqqat
2.Sezgilar,
3.Idrok,
4.Xotira
5.Tafakkur
6.Nutq
7.Xayol
Ruhiy xolatlar,
1.Emotsiya,
2. Hissiyot,
3. Iroda.
4.Qiziquvchanlik
5.Birdamlik.
6.Tetiklik.
7.Xayratlanish.
Ruxiy xususiyatlar.
1.Temperament.
2.Xarakter.
3.Qobiliyat
Maqsadi: - Psixik xodisalarni o‘rganish va ilmiy- nuqtai nazardan taxlil qilish. Chunki bu xodisalar ham o‘z qonuniyatlariga ega. Psixik qonuniyatlarni bilish bu faoliyatni samarali tashkil qilish va boshqarish imkonini beradi.
Psixologiya fanining asosiy vazifasi - psixik hodisalarni o`rganish va ilmiy asoslashdir. Psixologiya shu qonuniyatlarni ochishga, ularning tarkib topishi va rivojlanishini ochishga qaratilgandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |