O’zbekiston respublikasi oliy va orta ta’lim vazirligi


Download 58.69 Kb.
bet1/2
Sana08.03.2023
Hajmi58.69 Kb.
#1251993
  1   2
Bog'liq
iqtisodiy tahlil


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA ORTA TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
IQTISODIY TAHLIL KAFEDRASI

NAZORAT ISHI
MAVZU: Debitorlik va kreditorlik qarzlarining tarkibi va muddati bo‘yicha tahlili


BAJARDI: SBIA-88 GURUH TALABASI BOLIYEV DILSHOD
TEKSHIRDI:

MAVZU: Debitorlik va kreditorlik qarzlarining tarkibi va muddati bo‘yicha tahlili
REJA:
KIRISH

  1. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning debitorlik va kreditorlik qarzlarini o’rganishning ahamiyati, tahlil vazifalari va axborot manbai

  2. Buxgalteriya balansi bo’yicha debitorlik va kreditorlik qarzlarining vujudga kelish sabablari

  3. Kreditorlik qarzlarining umumiy hajmi, tarkibi va tashkil topish muddati bo’yicha tahlili. Kreditorlik qarzlarining aylanuvchanligini tahlili

  4. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

http://www.stat.uz/ Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika
Moliyaviy tahlil. Darslik. M.Y.Raximov, N.N.Kalandarova; – T.: ―Iqtisod-Moliya‖, 2019.
Vahobov A.V., Ishonqulov N.F., Ibroximov A.T. “Moliyaviy va boshqaruv tahlili”. Darslik. T.; Iqtisod-Moliya,
KIRISH
Debitorlik majburiyatlari deganda – qarshi tomonning (ajratilgan bo‘linmalar, sho‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlari, xodimlar, mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar, budjetga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, maqsadli davlat jamg‘armalari va sug‘urta badallari bo‘yicha, ta’sischilarning ustav kapitaliga ulushlari bo‘yicha) korxonaga to‘lashi lozim bo‘lgan muddatli majburiyatlari nazarda tutiladi.
Kreditorlik majburiyatlari deganda – qarshi tomonga korxonaning to‘lashi lozim bo‘lgan (mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga, ajratilgan bo‘linmalarga, sho‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga, kechiktirilgan daromadlar, majburiy to‘lovlar bo‘yicha kechiktirilgan majburiyatlar, boshqa kechiktirilgan majburiyatlar, olingan bo‘naklar, budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz, sug‘urtalar bo‘yicha qarz, maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarz, ta’sischilarga bo‘lgan qarzlar, mehnatga haq to‘lash bo‘yicha qarz, qisqa muddatli bank kreditlari, qisqa muddatli qarzlar, uzoq muddatli majburiyatlarning joriy qismi va boshqa kreditorlik qarzlari) majburiyatlari nazar tutiladi.
Majburiyat bu muayyan fuqarolik huquqiy munosabatidan iborat bo‘lib, unga amal qilishi orqali bir shaxs (qarzdor) ikkinchi shaxsga kreditor foydasiga ma’lum bir harakatni bajarishi, mol-mulkni topshirishi, ishni bajarishi, xizmat ko‘rsatishi, pul to‘lashi yoki biror harakatni bajarishdan tiyilishi zarur bo‘lgan holatga aytiladi.Majburiyatlar shartnomadan, ziyon yetkazish natijasida hamda Fuqarolik kodeksida ko‘rsatilgan boshqa asoslardan kelib chiqadi yoki vujudga keladi.Majburiyatlar xo‘jalik shartnomalari bandlariga to‘la amal qilmaslik natijasida yuzaga keladi.Taraflardan biri shartlashilgan muddatda tadbirkorlik faoliyati sohasida tovarlarni berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish majburiyatini oladigan, ikkinchi taraf yesa tovarlarni, ishlarni, xizmatlarni qabul qilib olish va ularning haqini to‘lash majburiyatini oladigan kelishuv xo‘jalik shartnomasi deyiladi.Qarzdorliklar xo‘jalik yurituvchi subyekt mansabdor shaxsining aybi bilan bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan, uning tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektning pul mablag‘lari va boshqa mol-mulki maqsadga nomuvofiq foydalanilgan, to‘lov intizomi buzilgan, xo‘jalik yurituvchi subyekt bankrotlikka duchor qilingan yoki shartnoma munosabatlari sohasida boshqa qoidabuzarliklar sodir yetilgan taqdirda yuzaga keladi.
Debitor va kreditor so‘zlari ma’nosini ko‘payish va kamayish, qo‘shish va chegirish, kirim va chiqim ma’nosida qarash mumkin. Uning nomlanishiga asos qilib balansning aktiv va passiv qismlarga, hisobvaraqalarining aktiv va passiv turlarga tarkiblanishi asos qilib olingan.Debitorlik va kreditorlik qarzlarini tahlil yetishda tahlil mazmunini majburiyatlarni hajmi, tarkibi, vujudga kelish davri bo‘yicha o‘rganish, majburiyatlarining aylanuvchanligi, tahlikali majburiyatlarning himoyalanganlik darajasini baholash, majburiyatlarning yuzaga kelishi va ularning muddatini o‘tkazib yuborilish sabablarini o‘rganish, majburiyatlar balansini tuzish, majburiyatlarning moliyaviy holatga ta’sirini baholash tashkil yetadi.

Download 58.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling