O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi
Download 59.03 Kb.
|
fuqorolik jamiyati m.iw
- Bu sahifa navigatsiya:
- TOSHKENT MOLIYA INSITUTI MAVZU:O’zbekistonda fuqorolik jamiyatini barpo etish
- Fuqarolik jamiyati
- fuqarolik
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGITOSHKENT MOLIYA INSITUTI MAVZU:O’zbekistonda fuqorolik jamiyatini barpo etish Bajardi:IX-50 guruh talabasi Ikromiddinov Sherzodbek Toshkent-2020 Reja:
1.Kirish 2.Fuqorolik jamiyati haqida tushuncha 3. O’zbekistonda fuqorolik jamiyatini barpo etish 4. Xulosa Fuqarolik jamiyati, bu insonning, rivojlanishiga imkon yaratadigan, uning huquq va erkinliklarini to`la darajada ta’minlaydigan qonun ustuvor bo`lgan ijtimoiy jamiyatdir. Bunday jamiyat qurish davlat qonunlari va inson huquqlarini poymol etmaslikni, insondan qonunlarga qat’iyan rioya qilishni talab etadi. Har bir fuqaroni davlat boshqaruviga keng jalb etilishi, inson huquqlarini himoya qilishda faol qatnashishni ta’minlash uchun shart – sharoitlar yaratilishi zarur. Huquqiy davlatda sud hokimiyati O`zbekiston Respublikasida odil sudlov va tarbiyalash vazifalarini bajarish bilan alohida ahamiyat kasb etadi. O`zbekiston Respublikasi sud hokimiyati tizimiga besh yil muddatga saylanadigan Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, Oliy xo`jalik sudi, harbiy sudlar tizimi, Qoraqolpog`iston Respublikasi oliy sudi, Qoraqolpog`iston Respublikasi xo`jalik sudi, viloyat, rayon va shahar sudlari kiradi. sud hokimiyatining faoliyati to`g`risidagi qonun – qoidalar O`zbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan “Sudlar to`g`risida”gi qonunda bayon etilgan. Jamiyat tizimini qayta tashkil etkan, Respublika rahbariyati sud hokimiyati doirasida islohotlar o`tkazib, inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, ularning erkinligi va majburiyatlarini kafolatlovchi huquqiy mexanizmni shakllantirdilar. Bu jarayonda, respublikamizda demokratik jamiyat talablariga mos tushadigan saylov tizimining tashkil etilishi ham muhim ahamiyatga egadir. Bu o`zgarishlarining barchasi shaxsning davlat va jamiyat bilan munosabatlarini belgilashga qaratilgan. Davlat va shaxs o`rtasidagi munosabat fuqarolikni namoyon etadi va ularning o`zaro huquq va majburiyatlaridan kelib chiqadi. O`vzbekiston Respublikasi Oliy majlisning 1999 yil oxiridagi sessiyasi sud – huquqiy ishlaridagi islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida advokatura tizimini kuchaytirish, sud’yalarning chinakam mustaqilligini ta’minlash vazifalarini qo`ydi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va O`zbekiston Respublikasining 1993 yil 28 dekabrdagi, 1995 yil 5 maydagi Qonunlari negizida demokratik saylov tizimi asoslab berilgan. “Saylov tizimi” to`g`risidagi Qonunga asoslanib 1994 yilning 25 dekabrda vakillik organlariga birinchi marta hududiy bir mandatli saylov okruglari bo`yicha ko`p partiyaviylik asosida besh yil muddatga deputatlar saylandi. Muxtaram Prezidentimiz I.A.Karimov davlat va jamiyat hayotini erkinlashtirish yuzasidan muhim vazifani belgilab: “... hokimiyat vakolatlarini nodavlat va jamoat tashkilotlariga, fuqarolarni o`z – o`zini boshqarish organlariga bosqichma – bosqich o`tkaza borish, ularni haq – huquqlari va erkinliklarini muhofaza etishni kuchaytirishdan iborat. Oliy Majlisning XIV sessiyasi “kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyat siri” degan siyosiy qurilish dasturini belgiladi. Fuqarolik jamiyati — haqiqiy fuqarolardan, yaʼni uzviy bogʻliqlikda boʻlgan hamda axloqiy madaniyatga tayanadigan huquqiy va siyosiy madaniyatga ega odamlardan iborat jamiyatdir. Fuqarolik jamiyati - konstitutsiyaviy huquq nazariyasida huquq va demokratiyaga asoslangan ijtimoiy hayotning zarur oqilona usuli; insonga uning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti shakllarini erkin tanlash kafolatlanadigan, qonun ustuvorligi va inson huquqlari hamda erkinliklari qaror topadigan, koʻp partiyaviylik, siyosiy institutlar, mafkura va fikrlarning xilma-xilligi taʼminlanadigan hamda oʻzinioʻzi boshqarish organlarining mavqei baland boʻlgan ijtimoiy tuzum. Bunda mamlakatning har bir fuqarosi siyosiy, ijtimoiy, iqgisodiy, maʼnaviy va huquqiy jihatdan oʻz ehtiyojlarini jamoat birlashmalari va fondlari, oʻzini oʻzi boshqarish organlari, siyosiy partiyalar va nodavlat notijorat tashkilotlar ishida faol ishtirok etib, ular orqali qondiradilar. Fuqarolik jamiyatida fuqarolar davlat faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatadilar, davlatning koʻpgina vakolatlari jamoat tashkilotlari zimmasiga yuklanadi. Davlat hokimiyati esa mamlakatning umumiy taraqqiyot rejalarini tuzadi, uning strategiyasini ishlab chiqadi, mudofaa, milliy xavfsizlik, davlat mustaqilligi va chegaralari daxlsizligini, uning suverenitetini taʼminlash, pulmoliya, soliq, bank siyosati, tashqi siyosat va jahon hamjamiyati bilan aloqalar tizimini yaratadi, uni boshqaradi. Fuqarolik jamiyatini qurish kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari bosqichmabosqich oʻtish orqali roʻy beradi. Fuqarolik jamiyati haqida ilk tasavvurlar Aristotelning "Siyosat" asarida bayon etilgan. Unga koʻra, insonning erkin yashash huquqi kishilik jamiyatining adolat va qonun ustuvorligi asosida tashkil etilishi orqali taʼminlanishi lozim. Jamiyatni boshqarishda qonunlarning toʻgʻri va adolatli boʻlishiga alohida eʼtibor beriladi. Bu gʻoyalar 17-asrga kelib keng rivojlandi. Jumladan, T.Gobbs asarlarida takomillashtiriddi. 18-asr Buyuk fransuz inqilobi davrida Inson va fuqaro huquklari deklaratsiyasi eʼlon qilinishi bilan esa Fuqarolik jamiyati tushunchasi keng tarqala boshladi. Chunki jamiyatning teng huqukli aʼzolari — "fuqarolar" tushunchasi paydo boʻldi, ular jamiyat va davlat manfaatlari bilan bogʻlangan shaxsiy manfaatlarini anglay boshladilar. Kant, Russo, Gegel, Popper ilgari surgan fikrlar Fuqarolik jamiyati ning yangidan-yangi qirralarini, umuminsoniy qadriyat sifatidagi mohiyatini ochib berdi. Sharqda Fuqarolik jamiyatining oʻziga xos talqini mavjud. Bu, bevosita, axloq, madaniyat va maʼnaviyatning huquq bilan uygʻunlashgan, feʼlatvor, xattiharakatlar va qoidameʼyorlarning uzviy uygʻunlashgan shakli bilan bogʻliq. Jumladan, eng qad. madaniy tarixiyhuquqiy yodgorlik — Avestoda kishilarning uyushib yashashi, oʻzaro munosabatlar va aloqalarning axloq va meʼyorlarga tayanishi kabi gʻoyalar ilgari surilgan. Bunda oʻzoʻzidan jamiyatda qonun ustuvorligiga erishish, jamiyatni shaxs tomonidan emas, qonun boshqarishi kabi Fuqarolik jamiyatining ilk belgilari namoyon boʻlgan. Forobiyning "Fozil odamlar shahri" asarida mamlakatni boshqarishda adolatli qonun zarurligi, faol Fuqarolik jamiyatini shakllantirish mohiyati chuqur tahlil etilgan. Qonunlari mukammal boʻlgan mamlakatda adolat, inson huquqlari ustuvor boʻlishi muqarrar ekanligi bayon qilib berilgan. Forobiyga kura, "Shahar (mamlakat) aholisi xushxulqqa ega boʻlmagan taqdirda hokimiyatga ehtiyoj tugʻiladi", jinoyatchilik, bezorilik, qonunbuzarlik qonunlar zaif, aholi axloqiymaʼnaviy jihatdan barkamol boʻlmagan sharoitda avj oladi. Bunday xalqni tartibga chaqirish uchun kuchli taʼsir oʻtkazuvchi hokimiyat kerak boʻladi. Bu kabi gʻoyalar Ibn Sino, Beruniy, Xorazmiy, Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur va boshqa tomonidan ham ilgari surilgan va amaliyotda keng qoʻllanilgan. Uzoq tarixiy rivojlanish natijasida Fuqarolik jamiyatini hozirgi zamonaviy tushunish shakllandi. Unga koʻra, F.jla mulkchilik shakllarining xilma-xil va teng boʻlishi, mehnat va tadbirkorlikning erkinligiga yoʻl qoʻyilishi, mafkuraviy xilma-xillik va axborot erkinligi, inson huquq va erkinliklarining daxlsizligi, rivojlangan oʻzini oʻzi boshqarish, madaniylashgan huquqiy hokimiyat boʻlishi hamda jamiyat hayotining barcha sohalarida qonun ustuvorligi taʼminlanishi muhim hisoblanadi. Oʻzbekistonda Fuqarolik jamiyatini kurish tarixiy anʼana boʻlsada, u butunlay yangi tarixiy sharoitlarda jahon davlatchiligi ilgor tajribalari va koʻp ming yillik milliy anʼanalarning sintezi sifatida dunyoga kelmokda. Yaʼni erkinlik va axloq, ozodlik va tarbiya, qonunga itoatkorlik va siyosiy hukuqiy faollik, hurriyat va qatiy tartibintizom uygʻunligida Fuqarolik jamiyati shakllantirilmoqda. Fuqarolik jamiyati nafaqat davlatning majburlov kuchi bilan, balki uning aʼzolari boʻlmish fuqarolarning oʻzlari orqali saqlab turiladigan va qatʼiy tartib qaror topgan jamiyatdir. Bunday jamiyat oʻzini oʻzi yuksak darajada tashkil etishi bilan ajralib turadi. Fuqarolik jamiyatiga davlatning kuchli taʼsiri talab etilmaydi. Davlat bunday jamiyatning nazoratida boʻlishi kerak, chunki davlat — fuqarolik jamiyatning „yollanma xizmatkori“. Zero, u fuqarolar, korxona va muassasalardan olinadigan soliqlar hisobiga mavjud boʻladi. Mazkur jamiyat nafaqat oʻzining siyosiy, madaniy hayotini, balki iqtisodiy, ijtimoiy hayotini ham boshqarib turadi. Hamma jamiyatni ham fuqarolik jamiyati deb boʻlmaydi. Fuqarolik jamiyati ancha yuksak darajadagi ijtimoiy rivojlanish koʻrsatkichidir.
O‘zbekistonda jamiyat hayotini demokratlashtirish hamda fuqarolik jamiyatini barpo etishda fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni va roli beqiyos darajada kattadir. Bu institutlar - ko‘ngilli ravishda tuzilgan, jamiyat hayotining barcha sohalarida amal qiladigan nodavlat tipidagi tuzilmalar (birlashmalar, tashkilotlar, assotsiatsiyalar, uyushmalar, markazlar, klublar, jamg‘armalar va b.)ning faoliyatini o‘zida mujassamlashtiradi. Mazkur tuzilmalar jamiyat hayotining barcha sohalarida faoliyat ko‘rsatadi. Ular faoliyatining kuchayishi, fuqarolik jamiyatining qay darajada amal qilishini bildiradi. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari sifatida faoliyat ko‘rsatuvchi nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat birlashmalari, turli sohalar bo‘yicha markazlar, jamg‘armalar, assotsiatsiyalar, siyosiy partiyalar, harakatlar, diniy tashkilotlar bo‘lib, ular, mamlakatimizda fuqarolik jamiyati shakllanishi va rivojlanishining muhim shartidir. Ular, fuqarolarning ijtimoiy- siyosiy faolligini oshirishda, hamda ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi ishtirokini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Kuchli davlatdan–kuchli fuqarolik jamiyatiga bosqichma-bosqich o‘tib borish jarayonida, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy manfaatlarini, qiziqishlarini qondirib borishda davlat tashkilotlari bilan bir qatorda nodavlat notijorat tashkilotlari hamda jamoat birlashmalarining roli kattadir. Fuqarolik jamiyatiga yaqinlashgan sari boshqaruvning ko‘plab funksiyalari davlat tasarufidan o‘z-o‘zini boshqaruv tizimiga o‘tib boradi. Aholining turli qatlamlari, ayrim olingan shaxs muayyan nodavlat va jamoat tashkiloti orqali jamiyat boshqaruvida faol qatnashadi. Shu asnoda jamiyat o‘zini o‘zi boshqarib boradi. Bu jarayonda qaysidir shaxs, hokim yoki rahbar xohish-irodasi, hukmronligi yoki muruvvati bilan emas, balki demokratiyaga asoslangan, fuqarolarning yuksak huquqiy madaniyati, dunyoqarashi ustuvor bo‘ladi va har qanday ijtimoiy faoliyat asosini tashkil qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar
Fuqarolik jamiyati”Toshken moliya insituti 2. https://aim.uz/referaty/107-ostalnye-referaty/15141-taraqqiyotning-o-zbek-modeli-va-fuqarolik-jamiyatini-barpo-etishning-ilmiy-metodologik-asoslari.htm 3. http://uuooidata.org/course/ss/s69/Topics%2012-14.pdf 4. https://stat.uz/uz/press-sluzhba/novosti-uzbekistana/7945-konstitutsiya-va-qonun-ustuvorligi-huquqiy-demokratik-davlat-va-fuqarolik-jamiyatining-eng-muhim-mezonidir Download 59.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling