O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta ta`lim
manzil va ma’lumotlar shinalariga ega uch shinali magistral
Download 1.16 Mb. Pdf ko'rish
|
kompyuter taminoti
manzil va ma’lumotlar shinalariga ega uch shinali magistral deb ataladi.
Ayrim mikroprotsessorlarda magistralning jismoniy enini toraytirish maqsadida manzil-ma’lumotlarning qо‘shma shinasi AD (ingl. Address/Data Bus) joriy etilib, ushbu shina orqali manzillar ham, ma’lumotlar ham uzatiladi. Manzilga oid axborot uzatish bosqichi ma’lumotlar uzatish bosqichidan vaqt bо‘yicha ajratilgan bо‘lib, SV tarkibiga kiritilgan maxsus ALE (ingl. Address Latch Enable) signali vositasida stroblanadi. Ushbu magistral, odatda, multipleks =-58-= magistral yoki manzillar va ma’lumotlarning qо‘shma shinasi bilan birgalikdagi ikki shinali magistral deb ataladi. Ma’lumotlarning magistral orqali tabiiy almashinishi kanalga sо‘zlar yoki baytlar vositasida bir-biridan keyin amalga oshiriladigan murojaatlar kо‘rinishida kechadi. Magistralga murojaatlarning bitta sikli davomida MP, xotira qurilmasi va kiritish- chiqarish tizimi о‘rtasida bitta sо‘z yoki bayt uzatiladi. Almashinishning bir nechta sikllari mavjud. Ular jumlasiga xotirani о‘qish va xotiraga yozish sikllarikiradi. 10-MAVZU. XOTIRA VA UNING ISHLASH IMKONIYATLARI Reja: 1. Xotira 2. Xotira turlari 3. Kompyuterda ma’lumotlarni saqlanishi. Qadim zamonlardan boshlab insonlar hisoblash ishlarini yangilashtirishga harakat qilishgan. Ular dastlab qurilmasi sifatida qo`l barmoqlaridan foydalanishgan. Keyinchalik hisoblash yog`osh tayoqchalari orqali bajarilgan. Taniqli ingliz olimi Ch. Bebbidj tomonidan yaratilgan mexanik arifmometr XIX asrning yana bir kashfiyoti bo`ldi. Bu mashina murakkab masalalarni yechadigan matematik mashinalarning paydo bo`lishiga asos bo`ldi. XX asrning 30-40 yillariga kelib uchta muhim texnik yangilik elektromagnit relis ikkilik – o’nlik sanoq sistemalarida ma`lumotlarni kodlash: ma`lumotlarni saqlashga mo`ljallangan suniy xotira yaratildi. Bu esa o`z navbatida avalgi hisoblash mashinalaridan tubdan farq qiluvchi elektron hisoblash mashinalari (Kompyuter) ni yaratish imkonini berdi. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling