О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta


Download 98.12 Kb.
bet8/12
Sana18.06.2023
Hajmi98.12 Kb.
#1598276
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Axatova U.

Xоtirа аssоtsiаtsiyalаri.


Inson muayyan daqiqalarda, lahzalarda dolzarb paytda bevosita idrok qilinayotgan narsalarni go‘yo ko‘rishda, eshitishda da-vom etayotgandek tuyuladi. Ushbu jarayon kelib chiqishi jihatidan be-qaror, hatto o‘zgaruvchan, lekin ular shu qadar maxsus tajriba ortti-rish mexanizmlarning faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi, shu bo-isdan ularning roli shu qadar ahamiyatliki, bu jarayonlarga esda olib qolish, esda saqlash, axborotlar, ma’lumotlar, xabarlarni qayta esga tushirishning alohida turi sifatida qaraladi. Ushbu jarayon, odatda, psixologik fanda qisqa muddatli xotira deb ataladi. Juda ko‘p qaytarishlar va qayta tiklashlar natijasida material-ni uzoq muddatli xotiradan farq qilgan holda qisqa muddatli xoti-ra bir marta hamda juda qisqa vaqt oralig‘ida idrok qilish va shu ongdayoq qayta tiklashdan so‘ng qisqa muddatli esda olib qolish bilan xarakterlanadi. Hozirgi zamon ilmiy adabiyotlarida qisqa muddatli xotiraning quyidagi atamalari mavjud: «bir lahzalik», «zudlik», dastlabki, qisqa muddatli va boshqalar. Operativ xotira. Inson tomonidan bevosita amalga oshirilayot gan faol, tezkor harakatlar, usullar uchun xizmat qiluvchi jarayonni anglatuvchi mnemik holat operativ xotira deb ataladi. Hozirgi za-mon psixologiyasida ushbu holatni namoyish qilish uchun ushbu misol keltiriladi: matematik amalni bajarishga kirishar ekanmiz, biz uni muayyan


bo‘laklarga ajratib hal qilishni maqsad qilib qo‘yamiz. Shu boisdan, oraliq natijalarini yodda saqlashga intilamiz, niho-yasiga (oxirga, yakunlanishga) yaqinlashgan sari ayrim materiallar esdan chiqa boshlaydi. Mazkur holat matnni- talaba yoki o‘quvchi tomonidan o‘qishda, uni ko‘chirib yozishda, ijodiy fikr yuritishda, akdiy faoliyati amalga oshirishda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Mazkur faoliyatda xotiraning birliklari deb nomlanadigan qism-lar (bo‘laklar, parchalar), hajmi va ko‘lami u yoki bu faoliyatning muvaffaqiyatli yakunlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Xotirada omilkor, tezkor birliklarni tarkib topishida ana shu qismlarning aniqlov-chilik ahamiyati kattadir. Qismning hajmi, ko‘lami, aniqligi, la-billigi, taktik va startegik xususiyatga ega ekanligi muhim ahami-yatga ega (misol uchun: pochta qutisi). Ramziy ma’noda yuqorida qisqa-cha mulohaza yuritilgan xotira turlari quyidagicha uzviy bog‘liqlik-ka egadir: operativ-qisqa muddatli va uzoq muddatli.


1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling