Tinchlik toklari. Galvanometrning elektrodlari zararlangan muskulga
qo’yilsa (bunda elektrodlarning birini muskulning zararlanmagan yuzasiga,
ikkinchisini esa zararlangan yuzasiga qo’yish kerak), potensiallar farqini bilish
mumkin. Elektrodlar shu tariqa joylashtirilganda elektrodlar oqimi burilib, tok
borligini ko’rsatadi. Muskulning yuzasida musbat elektr zaryadi borligi, kesigida
esa manfiy elektr zaryadi borligi tekshirishlarda ma’lum bo’ldi. Muskulning
zararlangan va zararlanmagan qismi o’rtasida kelib chiqadigan elektr tokiga
tinchlik toki deb nom berildi. Bu tokning shunday nom bilan atalishiga sabab
shuki, u muskul qo’zg’almagan va qisqarmagan vaqtda seziladi.
Galvaninning ikkinchi tajribasi, ya’ni nerv muskulning ustiga qo’yilganda
metalsiz qisqarishi endi tushunarli bo’lib qoladi. B tajribada nerv muskulning
zararlangan qismi ustiga qo’yilganda tinchlik toki nervga ta’sir etib, muskulni
qisqartiradi.
Zararlanmagan nerv va muskul qo’zg’alganda bir muncha boshqacha tok
topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |